Siyosatshunoslik yakuniy savol-javoblar Siyosat tushunchasi, mohiyati, siyosat obekti va subekti


siyosiy hokimiyat tushunchasi va uning belgilari????



Download 45,6 Kb.
bet17/17
Sana04.09.2021
Hajmi45,6 Kb.
#163786
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Siyosatshunoslik yakuniy savol-javoblari

35.siyosiy hokimiyat tushunchasi va uning belgilari????

SIYOSIY HOKIMIYAT — u yoki bu vosita: obro‘, huquq, zo‘rlik yordamida

xalq irodasini amalga oshirish kishilarning faoliyati, xulq-atvoriga belgilovchi

ta’sir ko‘rsatish qobiliyati va imkoniyatidir.

Siyosiy hokimiyat qator xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagi

belgilarda o‘z ifodasini topadi:

legitimligi, ya’ni davlat miqyosida kuch ishlatishdan foydalanishning

legalligi;

har qanday boshqa hokimiyat uchun qarorlarning majburiyligi, istagan

ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata olish xususiyati. Siyosiy hokimiyat qudratli

korporatsiyalar, OAV va boshqa muassasalarning ta’sirini, agar bunday ta’sir

qonunga zid bo‘lsa, cheklashi yoki ularni umuman tugatishi mumkinligi;

ommaviyligi, ya’ni umumiyligi va daxlsizligi. Buning ma’nosi shuki,

siyosiy hokimiyat mayda, kontakt guruhlarda mavjud bo‘ladigan shaxsiy

hokimiyatdan farqli o‘laroq, huquq yordamida barcha fuqarolarga butun jamiyat

nomidan murojaat qila olishi;resurslarning xilma-xilligi, ya’ni siyosiy hokimiyatning nafaqat

majburlovchi, balki iqtisodiy va madaniy-axborot resurslaridan ham foydalana

olish imkoniyati.

Siyosiy hokimiyat jamiyatda yakka holda emas, balki hokimiyatning boshqa

ko‘rinishlari: iqtisodiy, sotsial, madaniy-axborot, majburlovchi hokimiyatlarga

tayangan holda harakat qiladi.

36

Hokimiyat legitimligining uchta mumtoz turi.

0 ‘z davrida M.Veber (1864-1920-yillar)

ning liderlikning mumtoz, deb hisoblash mumkin bo‘lgan uch turini

«Siyosat-ham mayl, ham kasb sifatida» maqolasida bergan legitim-

likning uch turiga asoslanadi:

A n ’anaviy liderlik. Liderlikning bu turlari an’analar, marosim-

lar, odat kuchi kabi mexanizmlarga tayanadi. Itoat qilish odati

an’analaming muqaddasligiga va hokimiyatning meros tariqasida

o‘tishiga asoslangan. Liderlikning bu turi dohiylar, oqsoqollar, shoh-

lar boshqaruvi uchun xosdir.

Xarizmatik liderlik. Hukmdor-liderning qudratiga xalqning chek-

siz ishonchiga asoslanadi.

Ratsional-oshkora liderlik. Liderlikni saylashning tartibi, unga

muayyan hokimlik vakolatlarining oqilligi, qonuniyligi to‘g‘risidagi

tasavvurlarga asoslanadi.



37

Davlatning vujudga kelishi va turli nazaryalari .

Davlat - bu asosiy siyosiy institut. Siyosiy institut nima, ta’riflar

ko‘p: siyosiy institut - jamiyatda o‘matilgan va mustahkamlangan

hokimyat tuzilmasidir30. Siyosiy institut - bu aniq maqsadga

yo‘naltirilgan, tashkiliy va ijro tuzilmasi hamda apparatiga ega siyo-

siy tashkilot3Davlat - mustaqil va o‘z xohishini majburlay olish kuchiga ega

boshqaruv tuzilmasidir. Boshqacha aytganda, davlat bu-millatning

boshqaruv tuzilmasidir32.

Davlat bu - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati,

jamoat tartibini muhofaza qilish va davlat xavfsizligi, qurolli kuchlar,

qisman ommaviy axborot vositalaridan iborat ko‘p pag‘onali

murakkab tizim. Bunday deyilishiga sabab, davlat bir tomondan

jamiyatning “qonuniy kuch ishlatish vakolatiga ega bo‘lgan” yagona

va asosiy instituti, ikkinchi tomondan davlat turli institutlar-ijro,

qonunchilik, sud, boshqa organlami birlashtirshgan murakkab tizim

sifatida namoyon bo‘ladi.

Davlat - avvalambor, jamiyatni siyosiy tarzda tashkil qilish

usulidir. Davlat o‘z doirasida hokimiyatga egalik qiladi va uni to‘liq

amalga oshiradi, jamiyatdagi barcha resurslami tasarruf qiladi,

jamiyatni boshqarish bo‘yicha asosiy yuklamani bajaradi, xalqaro

huquq va munosabatlaming subyekti vazifasini bajaradi.

Davlat bu - ma’lum hududda o‘mashgan milliy yoki ko‘p

millatli umumiylikni tashkil qiluvchi siyosiy birlashma boTib,

unda institutsionallashgan hokimiyatni boshqaruvchi siyosiy elita

tomonidan huquqiy tartibot saqlanib turadi.Davlatning qanday paydo bo‘lganligi o‘rganish bo‘yicha turli

qarashlar shakllangan. Aristotel fikricha, har qanday davlat-dastlabki

aloqalar sifatida tabiiy kelib chiqish mahsulidir. U davlat boshqaruvni

to‘g‘ri va noto‘g‘ri shakllarini sanab o‘tadiN. Makiavelli birinchi bo‘lib davlat va jamiyat tushunchalarini

bir-biridan ajratib tushuntirishga harakat qilgan edi. Uning fik-

richa, “Davlat jamiyatning alohida siyosiy tashkilotidir”. U dav-

latni belgilash uchun maxsus Stato terminini joriy etdi. Fuqarolik

jamiyati va davlatni jiddiy nazariy farqlash birinchi bo‘lib Gegel

tomonidan amalga oshirildi. Bunda u, albatta, davlatni birinchi

o‘ringa qo‘ydi. Davlat va jamiyatni aynan bir narsa deb qarashTeologik konsepsiya - davlatning kelib chiqishini ilohiy qonunlar

bilan bog‘laydi.Patriarxal nazariya (asoschisi-XVIII asr ingliz siyosiy muta-

fakkiri Robert Filmer) davlatning vujudga kelishini urug‘larning

qabilalarga, qabilalarning esa katta ijtimoiy birliklarga, shu tariqa

davlat tuzilmalariga qadar mexanik birlashuvi natijasi, deb hisob-

laydi.


0 ‘z vaqtida Konfutsiy davlatning patriarxal-patemalistik konsep-

siyasini bayon qilib bergan edi: unga ko‘ra davlat katta oila hisobla-

nadi. U hukmdorlami fuqarolar bilan yaxshi fazilatlar asosida muno-

sabat o‘matishga da’vat qildi. Konfutsiyning fikriga ko‘ra, davlat-bu

umum manfaati yo‘lida hammaning nomidan amalga oshiriladigan

patriarxal hokimiyatning rivojlangan shakli.

T.Gobbs, J.Lokk va J.J.Russo tomonidan rivojlantirilgan ijtimoiy

kelishuv nazariyasi davlatni ijtimoiy hayotni tashkil qilish va tartib-

ga solishni ta’minlash maqsadida mustaqil hukmdor va fuqarolar

o‘rtasida o‘rnatilgan o'zaro kelishuvdan keltirib chiqaradi. Davlat

hokimiyatni bo‘lish masalasi tadqiq etiladi.

XIX asrda davlatning paydo bo‘lishini bir guruhning ikkinchisini

bosib olish bilan izohlovchi zo‘ravonlik nazariyasi (asoschisi avstri-

yalik sotsiolog va huquqshunos L. Gumplovich) keng tarqaldi.

Psixologik nazariya davlatning paydo boTishini inson dahosidan

tug‘ilgan g‘oyalardan keltirib chiqaradi.Ijtimoiy-iqtisodiy nazariya davlatning kelib chiqish manbalarini

mehnat taqsimotidan, jamiyatni boshqarish faoliyatining ajralib chiq-

ishidan qidiradi. Uning eng qadimiy ko‘rinishi - Platon qarashlari.



38

Unitar va Federativ davlat Xususiyatlari

Siyosiy hokimiyat o‘zining tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab shakllarda namoyon

bo‘ladi. Oddiy davlat hokimiyatiga unitar davlatni kiritish mumkin.

Unitar davlat hokimiyati – bu ma’muriy-hududiy, qismlarga bo‘lingan yaxlit, bir

butun markazlashgan davlat shaklidir.Murakkab shakldagi davlat hokimiyatiga federativ davlatni kiritish mumkin. U o‘z

qonun chiqaruvchi organlariga, o‘z hukumatlariga va sud organlariga ega bo‘lgan bir

nechta nisbiy mustaqil davlatlardan tarkib topadi.

Bunday davlatlar ixtiyoriy ravishda markazlashgan davlatni tashkil qiladilar. Bu

ittifoq mamlakat ichki va tashqi hayotida barcha federasiya a’zolarining nomidan ish olib

boradi va ularning manfaatlarini himoya qiladi; yagona fuqarolik va hudud, kredit-moliya

hamda boshqa munosabatlarni o‘rnatadi.

Federativ davlat hokimiyati — bu teng huquqli respublikalar, muxtoriyatlar, shtatlar,

yerlar, kantonlar, viloyatlar va okruglarning ixtiyoriy birlashuvi natijasida vujudga

keladigan siyosiy hokimiyat shaklidir.

Hozirgi kunda federativ davlatlar hokimiyatiga Argentina, AQSh, Braziliya,

Avstraliya, Meksika, Germaniya, Rossiya, Hindiston va boshqalar kiradi.

39. Davlat belgilari va funksiyalari.

Aytmoqchimizki, bugungi kunda davlatning institut sifatidagi

rivojlanishi mukammal darajaga chiqdi va o‘ziga xos belgilari shakl-

landi:


• Suverenitet - mustaqillik har qanday davlatning eng muhim

va hal qiluvchi belgisidir. Davlat suvereniteti o‘zining ichki va tashqi

jihatlari bilan ajralib turadi. Davlat suverenitetining tashqi jihatlari

boshqa davlatlaming suveren davlat ichki ishlariga aralashmasligi

uning mustaqilligini hurmat qilinishini nazarda tutadi. Suverenitet-

ning ichki tomoni esa mamlakat doirasida siyosiy hokimiyatni mus-

taqil ravishda amalga oshirish huquqi bilan izohlanadi.• ommaviy hokimiyat-har bir davlat o‘zining keng tarmoq-

li davlat hokimiyati organlari va muassasalariga ega. Ulardan eng

muhimlari quyidagilar:

-vakillik-qonunchilik organlari;

-ijro etuvchilik-rahbarlik organlari;

-sud organlari;

-davlat nazorat organlari;

-m a’murit.

• hudud-davlatning ma’lum chegaralar bilan belgilangan

o‘z hududining mavjudligi;

• Oshkora kuch ishlatish, jismoniy majburlash monopoli-

yasi. Davlatning majburlash doirasi erkinlikni cheklashdan tortib, to

insonni jismoniy yo‘q qilishgacha tarqalishi mumkin.

• Mamlakat hududidagi barcha aholi uchun bajarilishi maj-

bur boTgan qonunlar va me’yorlar qabul qilishning yagona huquqiga

ega boTganligi.

• Aholidan soliqlar va turli yig‘imlar olish huquqi.

• Davlat ramzlari - gerb, bayroq, madhiya.

• Xalq-har bir davlat hududida joylashgan bir millatli

yoki ko‘p millatli aholi davlatning eng yetakchi belgisi hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan asosiy belgilar davlatning nihoyatda keng qam-

rovli siyosiy institut ekanligidan dalolat beradi.Odatda, davlat funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga boTinadi.

Davlatning ichki funksiyalari quyidagi sohalar: iqtisodiy (iqti-

sodiy siyosatni ishlab chiqish, davlat korxonalarini boshqarish, narx

siyosatining huquqiy asoslarini belgilash, tashqi iqtisodiy munosabat-

lami tartibga solish), ijtimoiy (ish bilan bandlikning ijtimoiy kafo-

latlarini ta’minlash, fuqarolaming ijtimoiy himoyasi), ta’lim (ta’lim

olishni demokratlashtirish, uning uzluksizligini ta’minlash, ta’lim ol-

ish uchun barchaga teng imkoniyatlar berish), ekologik, soliq yig‘ish,

madaniy hamda fuqarolaming huquq va erkinliklarini o‘z ichiga oladi.Davlatning tashqi funksiyalari:

-xalqaro munosabatlarda davlat manfaatlarini himoya qilish va

ro‘yobga chiqarish.

-davlatni himoya qilish;

-dunyoviy tartib-qoidalami qo‘llab-quvvatlash;



-xalqaro global muammolami hal qilishda ishtirok etish
Download 45,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish