Siyosiy islohotlar. Milliy davlat hokimiyat organlarining barpo etilishi



Download 377,5 Kb.
bet11/15
Sana12.01.2017
Hajmi377,5 Kb.
#383
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Beshinchi yo‘nalishiga — O‘zbekistonning xalqaro munosa- batlariga, tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga, chet ellik sar- moyadorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga doir qonunlar kiradi.

  • O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplo- matiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish tartibi to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 2- iyun.

  • O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabani belgilash to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 3- iyul.

  • Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida“ Qonun.

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida“ Qonun, 1995- yil 22- dekabr.

  • Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 25- aprel.

  • O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 26 dekabr.

  • Chet el investitsiyalari to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 30- aprel.

  • Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 30- aprel va boshqalar.

Mazkur qonunlar jamiyatimizda xalq hokimiyati, qonun ustuvorligi tamoyillarining qaror topishiga, shaxs erkinligi va huquqlarining himoya qilinishiga xizmat qilmoqda. Yangi qonun hujjatlari, bir tomondan, mamlakatimizda ma’muriy-buyruq- bozlik tizimining hukmronlik qilishiga chek qo‘yish, ikkinchi tomondan, milliy davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy qadriyatlarini tiklash, uchinchi tomondan, xalqaro huquq normalarini hamda umum e’tirof etilgan demokratik va insonparvarlik qadriyatlarini inobatga olish yo‘lida rivoj topdi. Respublika parlamenti jamiyatimizda si- yosiy muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida mustahkamlandi.

Prezident Islom Karimov 2000- yil Ikki palatali parla- 25- may kuni ikkinchi chaqiriq O‘z- ment haqida bekiston Respublikasi Oliy Majlisining

ikkinchi sessiyasida ikki palatali par- lament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bu demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada tako- millashtirishni nazarda tutgan g‘oyadir.


  1. yil 6—7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi cha­qiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati uchun eng zarur bo‘lgan omil — yuqori malakali siyosatshu- noslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllanib yetilgan- ligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat darajasining ortgan- ligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga keldi.

Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor:

  • populistik maqsadni, ayrim guruhlar manfaatini ko‘z- lovchi, mukammal bo‘lmagan qonunlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

  • mamlakat mintaqalari (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning manfaatlari to‘laroq ino- batga olinadi;

  • milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parla- mentning nufuzi ortadi, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati o‘rtasidagi munosabat mutanosiblashadi;

  • parlament qabul qilayotgan qonunlarning sifatini yaxshi- lashga, xalqning xohish-irodasini to‘laroq namoyon bo‘lishiga imkon beradi;

  • parlament ishida demokratik fikrlar xilma-xilligi ko‘proq namoyon bo‘ladi;

  • jamiyatni liberallashtirishni tezlashtiradi;

  • deputatlar faoliyatini professionallashga, siyosatchilar tabaqasini shakllantirishga ko‘proq imkoniyat yaratadi.

Oliy Majlis 2002- yil 27- yanvar kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi bo‘yicha O‘zbekis- ton Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish byulleteniga „Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“ degan savol kiritildi.

Referendum 2002- yil 27- yanvar kuni keng demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoatchilik vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari kuzatuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 13.266.602 nafar fuqarolarning 12.113.070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi.



Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamen­ti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“ degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11.344.242 nafari yoki 93,65 foizi yoqlab ovoz berdi. Say- lovchilar ikki palatali parlament tuzish masalasini qo‘llab- quvvatladilar.

2002- yil 4—5- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi ses­siyasida „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“

Konstitutsiyaviy qonun va „2002- yil 27- yanvarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo‘na- lishlari to‘g‘risida“ qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.


  1. yil 12—13-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis- ning o‘ninchi sessiyasi xalqimizning xohish-irodasi bilan „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida“ va „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pa- latasi to‘g‘risida“ Konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularni amalga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi. Shuningdek, 2003- yil 24- aprelda „O‘zbekiston Respublikasining Konstitut- siyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunlar bo‘lg‘usi parlament- ning ikkala palatasi vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy shakllarini aniq belgilab berdi.

Bundan keyin ham O‘zbekiston Respublikasining Oliy dav­lat vakillik organi — parlamentning nomi Oliy Majlis deb ata- laveradi. Uning tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata — Senat, quyi palata — Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil etib belgilangan.

2004-yil dekabr — 2005- yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Quyi palataga saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 120 ta deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog‘iston Res­publikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda — 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.

Qonunchilik palatasining 2005-yil 27- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida E.H. Xalilov Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylandi. Shuningdek, Spiker o‘rinbosarlari, qo‘mita rahbarlari saylandi, siyosiy partiyalar fraksiyalari tashkil etilib ro‘yxatga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 27- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida M. Sharif- xo‘jayev Senat Raisi etib saylandi. Shuningdek, Senat Raisi o‘rinbosarlari hamda Senat qo‘mitalari raislari saylandi. Shunday qilib, ikki palatali parlament tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi. Ikki palatali parlamentning tashkil etilishi natijasida Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o‘rtasida vakolatlar yanada demokratik asosda qayta taqsimlandi. Parlamentning jamiyat hayotidagi mavqeyi o‘sdi. Qonun loyihalari dastlab Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi. So‘ngra Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonun Prezident tomonidan imzolanib, matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Prezident vakolatlarining bir qismi — davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar xalqaro tash- kilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlash Se­nat vakolatiga o‘tkazildi va Senat tomonidan amalga oshi- rilmoqda.

Ikki palatali Oliy Majlis 2005—2009-yillarda ijtimoiy- siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan 250 dan ziyod qonun qabul qildi. Milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parlamentimiz- ning nufuzi yanada o‘sdi. Qabul qilinayotgan qonunlarning sifati yaxshilandi. Deputatlar faoliyati professionallashib, siyosiy partiyalar fraksiyalarining faoliyati, fikrlar xilma-xil- ligi kuchaydi.

Deputat va senatorlarning vakolat muddati tugashi muno- sabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2009- yil 27-dekabr kuni saylovlar — 2010-yil 10-yanvar kuni tak- roriy saylovlar demokratiya, muqobillik va oshkoralik ruhida bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasida 135 deputat, O‘zbekiston Ekologik harakatining konferensiyasida 15 nafar deputat, jami 150 nafar deputat saylandi.

Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Tosh- kent shahrining har biridan teng miqdorda — 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.

2010-yil 22-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palata- sining birinchi majlisida Dilorom Toshmuhamedova Qonun­chilik palatasi Spikeri etib saylandi. 2010- yil 26- yanvar kuni Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida Ilgizar Matyoqu- bovich Sobirov Senat Raisi etib saylandi. Davlatimiz rahbari taqdimiga binoan Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni tasdiqladi.

O‘zbekiston parlamenti mamlakatimizda demokratik islohot- larni chuqurlashtirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkam- lash, mamlakatni modernizatsiya qilish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda.

? Savol va topshiriqlar


  1. Qanday hokimiyat organlari qonunchilik tashabbusi huquqiga ega?

  2. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qancha qonunlarni qabul qildi?

  3. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar qachon bo‘lib o‘tdi, ularda qanday subyektlar o‘z nomzodlarini qo‘ydilar?

  4. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qanday qo‘mita va komissiyalar tuzildi?

  5. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti tomonidan qabul qilingan qonunlarni qanday yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin?

  6. Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari haqida qanday kodeks va qonunlar qabul qilingan?

  7. O‘zbekistonning xalqaro munosabatlariga doir qanday qonunlar qabul qilingan?

  8. Ikki palatali parlament tuzish haqida referendum qachon bo‘lib o‘tdi, uning natijalarini bilasizmi?

  9. Oliy Majlis qanday palatalardan iborat bo‘ladi?


  10. 81
    Oliy Majlis palatalari haqida qachon va qanday qonunlar qabul qi- lingan?

  1. — Q. Usmonov




  1. §. Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi

Vazirlar Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv

Mahkamasi hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avva-

lo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi — Ministrlar Sovetining maqomi tub­dan o‘zgartirildi. 1990- yil 24- martda O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o‘zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o‘zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15- noyabrda O‘zbekiston Prezidentining „O‘zbekiston SSR Prezi- denti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida“ farmoni chiqdi. Unga muvofiq O‘zbekiston Prezi- denti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi.

1992- yil 4- yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi.

O‘zbekistonda davlat ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo‘ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Prezi- denti tomonidan shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining pala- talari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va Qoraqalpog‘iston Respub­likasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining huku- mati bo‘lib, ijro etuvchi hokimiyatdir.

Uning vazifalari:



  • davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi;

  • Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;




  • yagona moliya, kredit va pul siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

  • madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya so- hasidagi yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

  • mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyo- satni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

  • qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’- minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jino- yatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

  • iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi;

10- chizma

VAZIRLAR MAHKAMASI—IJRO ETISH HOKIMIYATINI AMALGA OSHIRUVCHI ORGAN




Vazirlar

Mahkamasining

tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi


  • Vazirlar

    Mahkamasi
    Davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi;

  • Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;

  • yagona moliya, kredit va pul siyosati yuritili­shini ta’minlaydi;

  • madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

  • mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavf- sizligi, tashqi siyosatini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

  • qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.




  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qaror- lari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;

  • barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi maj- buriy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Islohotlar jarayonida Vazirlar Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib, qisqartirib borildi. Agar 1990- yil 30- martda Respublika ijroiya hokimiyati 41 kishidan iborat etib tuzilgan bo‘lsa, 1995-yil 5-mayda Vazirlar Mahkamasi 35 kishidan iborat etib tuzildi. 2000- yil 11- fevralda bo‘lgan Ikkinchi chaqi­riq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Prezident tavsi- yasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tarkibini 34 kishidan — Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, 8 nafar Bosh vazir o‘rinbosarlari, 15 nafar vazir va 9 nafar Davlat qo‘mitalari rais- laridan iborat etib tasdiqladi.

  1. yil 24—25- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida qabul qilingan „O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi, uni tuzish va tasdiqlash tartibi o‘zgar- tirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89- moddasining „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi“ deyilgan qismi olib tashlandi. Vazirlar mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomzodini avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bu holat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlarni yanada chu- qurlashtirishga ko‘maklashadi. Bosh vazirning, hukumat va butun hukumat tizimlarining vakolatlari oshdi, mas’uliyati kuchaydi.

O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan Boshqaruv tizimidagi isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga islohotlar o‘tishni ta’minlovchi, bozor munosa-

batlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv tuzilmasi yaratildi. Markazlash- tirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexaniz- miga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan hu- quqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o‘zini o‘zi idora etishga o‘tildi.

Ma’muriy-buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining tayanchlari bo‘lgan bir qator Davlat qo‘mitalari, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi.

Davlat reja qo‘mitasi o‘rniga Iqtisodiyot vazirligi tuzildi. Bu vazirlik iqtisodiyotni isloh qilish qoidalari va ustuvorliklari, ularni amalga oshirish mexanizmlari asosida islohotlarni tahlil etish, baho berish, takliflar ishlab chiqish, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilash ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

Taqsimot bo‘yicha yakkahokim bo‘lib olgan Davlat ta’minot qo‘mitasi tugatilib, Respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi. Uyushma tarkibiga respublika aksiyadorlik to- var-xomashyo birjasi, aksiyadorlik birja banki, hududiy aksiya­dorlik tijoratchi vositachi kompaniyalar kiradi. Uyushma tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va tadbirkorlar uchun to­var resurslari bozorida erkin ishtirok etishga teng imkoniyatlar yaratish, ularga tijorat-vositachilik, savdo va marketing xizmat- lar ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

Davlat narx qo‘mitasi tugatilib, Moliya vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qilish, narxlarni belgilashda yakkahokimlikka yo‘l qo‘ymaslik, raqobatchilik muhitini shakllantirish ishlariga ko‘maklashuvchi maxsus boshqarma tuzildi.

Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o‘zgardi. Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamoqda, valuta ish- larini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo‘linmalari tugatildi. Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat bank- lari — „O‘zsanoatqurilishbank“, „Paxtabank“, „O‘zjam- g‘armabank“, „G‘allabank“, „Tadbirkorbank“, „Savdogarbank“, xususiy banklar va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligi oshirildi.

Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo‘mitasi, uning joy- lardagi organlari tugatildi, Prezident devonida nazorat inspek- siyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari tuzildi.

Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar — Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestatsiya komissiyasi va boshqa huku- mat organlari tashkil etildi.

Islohotlarni chuqurlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Prezident huzurida Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el in- vestitsiyalari bo‘yicha idoralararo Kengash tuzildi. Davlat mulki- ni boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Qo‘mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko‘chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda.

O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini yo‘lga qo‘yish maqsadida respublika tarixida birinchi marta Tashqi iqti­sodiy aloqalar vazirligi tuzildi, vazirlik tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini tahlil qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi strategiyani ishlab chiqish, eksport-import bo‘yicha markazlashgan tartibda mahsulotlar yetkazib berish ishlarini tashkil etmoqda. Vazirliklar, idoralar, korxonalarda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar, tashkilotlar, firmalar tuzildi. Res-


11- chizma



Download 377,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish