Siyosiy islohotlar. Milliy davlat hokimiyat organlarining barpo etilishi



Download 377,5 Kb.
bet6/15
Sana12.01.2017
Hajmi377,5 Kb.
#383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

Partiya fraksiyalari nima?

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qanday partiya fraksiyalari va deputatlar bloki faoliyat ko‘rsatadi?

    1. §. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonun ijodkorligi

    Qonun loyihasini tayyor- O‘zbekiston Respublikasi Kons-

    lash va qabul qilish titutsiyasining 83- moddasida qo-

    tamoyillari nunchilik tashabbusi huquqiga ega

    bo‘lgan subyektlar aniq belgilab qo‘yilgan. Qonunchilik tashab- busi huquqiga O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Oliy Majlis deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Sudi, Oliy Sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Bosh prokurori egadirlar.

    Qonunlar loyihalarini ko‘rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va deputatlar bloklari, Oliy Majlisning te- gishli qo‘mita va komissiyalarining butun tarkibi faol qatnasha- dilar. Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalari orqali muntazam yoritib boriladi. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan mukammalroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari olinadi, xalqaro tashkilot- laming ekspertizasidan o‘tkaziladi.

    Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalari bo‘yicha bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar, ekspert xulosa- larini Oliy Majlis Raisi va uning o‘rinbosarlari huzurida tegishli qo‘mitalar, partiya fraksiyalari rahbarlari va ekspertlar ishti- rokida puxta va atroflicha muhokama etish yo‘lga qo‘yildi. Qonun loyihasini tayyorlashga bunday yondashuv, ularning puxta va sifatli bo‘lishiga ijobiy ta’sir etmoqda.

    Sessiyalar ishida O‘zbekiston Prezidentining bevosita ishti- roki, uning qonunlarni ishlab chiqish jarayonini yanada yax- shilashga muttasil e’tibor berishi O‘zbekiston parlamenti faoli- yatining takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonun- larning samaraligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qil- moqda.

    Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi



    1. 1999- yillarda 15 ta sessiya o‘tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiri- tildi. Shuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifi- katsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish to‘g‘risida 58 ta qaror qabul qildi.

    Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yakunlovchi XV sessiyasida Prezident Islom Karimov ma’ruza qilib, uning faoliyatiga yuksak baho berdi:

    Eng muhimi, birinchi chaqiriq asosida tashkil topgan parlamentimiz faoliyatining asosiy mezoni shundan iboratki, o‘tgan davr mobaynida ko‘ppartiyaviylik shakllangan, turli harakatlar, jamoat birlashmalari siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va tabaqalar vujudga kela boshlagan murakkab bir sharoitda, Oliy Majlis hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan hamkorlikda jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqaror- likni saqlab turishda ishonchli omil bo‘ldi“.

    1. A. Karimov. Vatan ozodligi — oliy saodat. Asarlar,

    8- jild, 60- bet.

    Ikkinchi chaqiriq O‘zbe- Birinchi chaqiriq respublika Oliy Maj-

    kiston Respublikasi Oliy lisining 1999- yil 19—20- avgust kun- Majlisiga saylovlar lari bo‘lib o‘tgan o‘n beshinchi ses-

    siyasi ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylovini 1999- yil 5- dekabr kuniga belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

    Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda 7 ta subyekt — beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. 1999- yil 5- dekabr kuni bo‘lgan saylovlarda nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan 66 ta saylov okrugida 19- dekabr kuni takroriy saylov tashkil etildi. Saylovlar aholining faol ishtiroki va yuqori siyosiy ko‘tarinkiligi bilan o‘tdi, jami 250 nafar vakil deputat etib saylandi. Natijalar O‘zbekistondagi saylovlar xalqaro tan olingan demokratik saylov tizimi, uning huquqiy bazasiga to‘la, mos ravishda, chinakamiga muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan- ligidan dalolat beradi.

    Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining



    1. yil 22- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasining birinchi majlisida hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 111 kishidan iborat deputatlar bloki, Xalq-demokratik partiyasidan saylangan 48 kishidan, „Fidokorlar“ milliy-demokratik partiya­sidan saylangan 34 kishidan, „Vatan taraqqiyoti“ partiyasidan saylangan 20 kishidan, „Adolat sotsial-demokratik“ partiyasi­dan saylangan 11 kishidan va „Milliy tiklanish“ partiyasidan saylangan 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyalari, saylovchi- lar tashabbuskor guruhlaridan saylangan, 16 kishidan iborat deputatlar bloki ro‘yxatga olindi. Bu holat Oliy Majlis tarkibida faoliyat yuritadigan partiya fraksiyalari va bloklari sonining ilgarigiga nisbatan ancha ko‘payganligini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, Oliy Majlis foaliyatining yanada qizg‘in o‘tishi, xilma-xil fikrlar, qarashlar bildirilishi, qonunlarning yanada pishiq-puxta tayyorlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirdi.

    Mazkur sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyidagi qo‘mitalari va komissiyalari tashkil etildi:

    • Budjet, bank va moliya masalalari qo‘mitasi.

    • Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi.

    • Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi.

    • Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat qo‘mitasi.

    • Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo‘mitasi.

    • Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari qo‘mitasi.

    • Ijtimoiy masalalar va bandlik qo‘mitasi.

    • Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi.

    • Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi.

    • Matbuot va axborot qo‘mitasi.

    • Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi.

    • Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqaro- larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi.

    • Yoshlar ishlari komissiyasi (mazkur komissiya ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30—31- avgust kunlari bo‘lgan uchinchi sessiyasi qarori bilan „Yoshlar ishlari qo‘mitasi“ shaklida qayta tuzildi).

    • Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissiyasi.

    • Oila va ayollar muammolari komissiyasi.

    • Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.

    Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining tarkibiy tuzilishi va unda faoliyat yuritayotgan partiya fraksiyalari va deputatlar uyushgan bloklar soni jihatidan bi- rinchi chaqiriq Oliy Majlisga nisbatan anchagina yangilandi. Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati ham yanada mukamallashdi. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayot- gan demokratik islohotlarning tobora chuqurlashib borayotgan- ligidan kelib chiqadigan tabiiy holdir.

    Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari- ning tarkibiy tuzilishi, uning faoliyatida 5 ta partiya fraksiyalari va 2 ta deputatlar blokining faol ishtiroki milliy parlamentni rivoj- lantirishda yangi bosqich bo‘ldi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimiz aholisining yarmidan ziyodini tashkil etgan yoshlarning manfaatlari, intilishlari, muammo- larining yechimlarini topishiga yo‘naltirilgan „Yoshlar ishlari komissiyasi“ning tuzilishi va keyinroq uning „Yoshlar ishlari qo‘mitasi“ga aylantirilishi parlamentning bu dolzarb masalaga e’tiborini, mas’uliyatini oshirdi. Parlament tarkibida „Oila va ayollar muammolari komissiyasi“ning tuzilishi oilani mus- tahkamlash, xususan, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijti- moiy-siyosiy, iqtisodiy mavqeyini ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘l- gan muammolarning huquqiy yechimlarini topish va amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.

    Oliy Majlis tarkibida „Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi“ ning tuzilishi va yangi qonunlar ishlab chiqishdagi faoliyati ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish jarayonini tez-

    lashtirishga ko‘maklashdi.

    O‘zbekiston Respubli- O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti kasi Oliy Majlisining davrida respublika bir palatali parla- qonun ijodkorligi menti yangi jamiyat qurishning ishonchli

    huquqiy asoslarini yaratuvchi 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur va mingdan ortiq qarorlar qabul qildi.

    Yuqorida qayd etilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, res­publika parlamenti bir palatali bo‘lsa-da, qonun chiqarish jarayoni ancha jadallik bilan bordi. Birinchi galda hayotning o‘zi talab qilayotgan eng kerakli qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Natijada, mustaqillik munosabati bilan dastlabki paytda vujudga kelgan huquqiy bo‘shliq tezroq to‘ldirildi. Respublika parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqa- rorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida faoliyat yuritdi.

    Qabul qilingan qonunlar turkumini ularning mazmuniga ko‘ra besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin.




    Download 377,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish