Sizni kuylayman



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

FARISHTA
Men  erga  bog'langan  bir bandi  edim,
Sahar borib,  oqshom  qaytardim  ishdan. 
Sen  kelding...
Sen,  axir,  qaylardan  kelding?
Ko'klardan tushdingmi,  ma'sum  farishtam?
Bir xushbo'y sabolar taraldi  birdan  - 
Yurakni  siypalab,  erkalaguvchi.
Odamlar odamdan  zerikkan  yerdan 
Insonlar tarafga  etaklaguvchi.
Esladim,
Olovlar gurlar qo'ynimda  - 
Bir buyuk vulqonlar portlaganini.
Keyin  sukunatda


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Tunda
Bo'ynimda
Kiprik  kapalakday  potraganini.
Shu  munis turishda 
Bu  ko'hna  olam
Sevgiga  zorligin  eslatib turding.
Chaqnoq  ko'zlaringga  ko'zim  tushgan  dam 
Yuragim  borligin  eslatib turding.
Men  senga  bog'langan  bir bandi,  asir,
Sen  uchsang,  uzilib tushar jon  rishtam. 
Menga  rahming  kelsin,
Shafqat qil,  axir -
Dunyoning  holiga  achin,  farishtam!
2004
SIZ...
Mudom  yorug'  bo'lsin  darchalaringiz! 
Menga  ko'chib  o'tsin  barcha  dardingiz! 
Men  sizni  avaylab  charchamadim  hech, 
Siz  ko'nglim  og'ritib charchamadingiz.
Goho yomon  qarab,  goh  qaramasdan, 
Goho yolg'on  kulib,  goh  kulib  rostdan, 
Goho erkalanmay,  erkalamasdan,
Siz  ko'nglim  og'ritib charchamadingiz.
Kimning  qo'lini sal  uzoq tutdingiz, 
Qaygadir ketdingiz,  shoshib  ketdingiz. 
Yonimdan  ko'rmagan  bo'lib  o'tdingiz, 
Siz  ko'nglim  og'ritib charchamadingiz.
Yosh  bola  emasdim,  ko'pni  ko'rgandim, 
Hammaning  ustidan  kulib yurgandim. 
Lek sizga  boladek qattiq  o'rgandim...
Siz  ko'nglim  og'ritib charchamadingiz.
Xohlasang  olasan,  agar shoh  bersa, 
Qayoqqa  borasan,  tangri  -  haq  bersa. 
Nima  ham  der edim,  sizga  zavq  bersa... 
Siz  ko'nglim  og'ritib charchamadingiz.
2004


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
KUZDA
Kuzda  uchib  ketar baxt qushlari  ham, 
Omad  ham  betayin  qushga  aylandi. 
Kecha tuyg'ularni  ko'klatgan  ko'klam 
Bugun jon  so'ragan  qishga  aylandi.
Sharob  ichmay turib,  yurardim  sarxush, 
Boshimdan  yulduzni  elardi  gardish. 
Kunlarim  kechardi  ko'rgan  kabi tush, 
Endi  o'sha  kunlar tushga  aylandi.
Men  ham  ishonmasdim,  avval  aytsalar, 
Tovonim  silagan  mayin  maysalar 
Yotsam,  yuragimga  urar nayzalar...
Qosh  kabi  maysalar nishga  aylandi.
Sen  neni  bilasan,  osmondagi qiz? 
Bahorday  bildirmay qariydi  bu  his.
Esiz,  yoshligimiz,  sevgilarimiz...
Bugun  sevgi  oddiy  ishga  aylandi.
2005
AYLANAY
Ko'zmunchog'ing  qo'yma  asta,  dildorim, 
Ay,  aylanay,  noziknihol  qaddingdan. 
Kuzagimni xushbo'y etgan  bahorim,
Ay,  aylanay,  atirgulim,  atringdan.
Ikki  ko'zim  manim,  ikki  dagarim,
So'zi  navvot,  qiliqlari  shakarim,
Mirzo  Ulug'begim,  Mirzo Anvarim,
Ay,  aylanay,  sabza  urgan  xattingdan.
Mayiz  bo'lib saratonda  kuygan  el, 
Bolasidan  dalasini  suygan  el,
Yaxshi  kunni  faqat to'yga  qo'ygan  el,
Ay,  aylanay,  kiprikdagi  gardingdan.
Ba'zan  ko'ngil  uchun  ko'ngil  so'ralar,
Kim  termular,  kimdir sekin  mo'ralar,
Ay,  do'stlarim,  ulfatlaru jo'ralar,
Ay,  aylanay,  nomardingu  mardingdan.
Omon  edi  orzu,  tilagim  kecha,
Tangrim,  boqding  chuqur yuragimgacha,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Bedavo dard  berding  suyagimgacha,
Ay,  aylanay,  tanlab  bergan  dardingdan.
2002
OVORA
Yaqin  ham  kelolmay,  uzoq  ketolmay, 
Yerning  atrofida  yo'ldosh  ovora. 
Zaminni  bir tekis chaman  etolmay, 
Milliard  yil  nur sochib quyosh  ovora.
Bahor sizga  bermish  guldan  zeb,  sarpo, 
Menday o'tkinchiga  endi  ne  parvo.
O'yin  bilan  bandsiz sho'x va  beparvo, 
Xinoli  barmoqqa to'ptosh  ovora.
Qizbola  bosh  bilan  dunyoni  anglab,
Aql  bilan  chertib,  olasiz tanlab.
O'zlarin  dardlarin  o'zlari tinglab,
Menday  necha telba,  bebosh  ovora.
Qachonki,  o'zandan  uziladi  suv  - 
Uch  kun  to'xtab  qolsa,  buziladi  suv. 
Yuragim  ostida  eziladi suv,
Ko'zimga  chiqolmay ko'zyosh  ovora.
2003

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish