Sizni kuylayman



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

PUSHAYMON
Eng  boy odam  men  bo'lardim, 
Pushaymondan  foyda  bo'lsa. 
Ko'ngli toshdan  tosh  dilbarni 
Sog'inaman  qayda  bo'lsa.
O'n  beshimda  qoldim  sevib, 
Uyda  yurak siqar edi.
U  ham  ko'lob suvlar sepib, 
Yana suvga  chiqar edi.
Suvni  burardim  teskari,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Agarda  gap  soyda  bo'lsa. 
Qoshi  baxmalday dilbarni 
Sog'inaman  qayda  bo'lsa.
Oy yuzidan  qaytgan  nurlar 
Yuzlarida  qamashardi.
O'n  besh  kunlik oyday dilbar 
Menga juda  yarashardi.
Botmas edi  kunduzlari 
Bunday chiroy oyda  bo'lsa. 
Oyga  boqib,  ul  dilbarni 
Sog'inaman  qayda  bo'lsa.
Arazlashib qoldik  bir kun, 
Uch  kun  o'tdi,  kechirmadi. 
Yuragimni  bosdi tutun, 
Suvlar sepib o'chirmadi.
Nima  deysiz,  qizlar barin 
Gap-so'zlari  mayda  bo'lsa. 
O'zimday sodda  dilbarni 
Sog'inaman  qayda  bo'lsa.
Uxlayolmay  kechalari, 
Kunduzlari  gangib yurdim. 
Ikki  yilcha  ko'chalari 
Saratonda  changib turdi.
Bir gapirib,  o'n  kulardim, 
Kalishlari  loyda  bo'lsa. 
Ko'ngli  muzdan  muz dilbarni 
Sog'inaman  qayda  bo'lsa.
Ko'kragimni  berib yerga, 
O'ylab,  o'yga  etolmayman. 
Kelib-kelib  kimga  erga 
Tekkanini  aytolmayman.
Bundan  ortiq  azob  bormi,
Bir ko'cha,  bir joyda  bo'lsa. 
Toshkentga  ketdim.  Dilbarni 
Sog'inaman  qayda  bo'lsa.
Sindirmaydi yillar kimni, 
Tuyg'ularni silliqlaydi,
Har ko'rganda  yuragimni 
Kapalaklar qitiqlaydi.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Uzr,  oldim  vaqtingizni, 
Koshki,  gapdan  foyda  bo'lsa. 
Nima  qilay,  o'sha  qizni 
Sog'inaman  qayda  bo'lsa.
2002
ONAJON
Goho  sizning  borligingiz  unutdim, 
Yo'llarimda  zorligingiz  unutdim.
Umidlari  kesilgan  bu  dunyoda 
Yolg'iz umidvorligingiz  unutdim.
G'animatim,  omonatim  -  onajon.
Oshno topdim,  valekin  do'st topmadim, 
Oqko'ngilli  bir qorako'z topmadim. 
Shamollarga  sovurdim  gul  so'zlarni,
Lekin  Sizga  bir shirin  so'z topmadim. 
G'animatim,  omonatim  -  onajon.
Ba'zan falak  menga  bag'ritosh  keldi, 
Ishonganim  g'animga  yo'ldosh  keldi. 
Omad  ketsa,  hamma  kuldi  ustimdan, 
Faqat Sizning  ko'zingizga  yosh  keldi. 
G'animatim,  omonatim  -  onajon.
Fursat o'tib,  sochga  qirov qo'narkan, 
Sevgi  otashlari  asta  so'narkan.
Barcha  tuyg'u  aldamchi  va  o'tkinchi,
Ona  mehri  yolg'iz sobit qolarkan. 
G'animatim,  omonatim  -  onajon.
Hoki  poyingizni  ko'zimga  suray,
O'zim  yarim  ko'nglingizni to'ldiray.
Bir chekkaga  surib qo'yib dunyoni,
O'g'il  bo'lib,  yoningizda  o'ltiray.
G'animatim,  omonatim  -  onajon.
2000 

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish