Социолингвистика


Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi



Download 329 Kb.
bet39/41
Sana08.07.2022
Hajmi329 Kb.
#757767
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
1-маъруза

9.2. Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi
Yosh mutaxassis aniq sotsiolingvistik tadqiqot o‘tkazishda qator qiyinchiliklarga duch keladi. Bu qiyinchiliklar quyidagi masalalarda kuzatiladi:

  1. kimdan ma’lumot olish;

  2. ma’lumot olishda qanday metodlardan foydalanish;

  3. ma’lumotlarni qanday ishlash, tahlil qilish va talqin qilish.

Mazkur savollarga javob topish uchun sotsiologlar bir qator tadqiqotlarning ishchi strategik rejalariga asoslangan dasturni taklif qilishadi.
Tadqiqot dasturi ikki: metodologik va prosedura (yoki tashkiliy-texnik) bo‘limdan tashkil topadi. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida sotsiolingvistik tamoyillar va metodlar belgilanadi.
Prosedura bo‘limida tadqiqotning ikki xil strategik rejasi ishlab chiqiladi. Sotsiologiyada ular surishtirib biluvchi va tahliliy rejalar, deb nomlanadi.
Tadqiqotning surishtirib bilish rejasiga quyidagilar kiradi:
1) tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish;
2) tanlangan muammolarni sotsiolingvist olimlar bilan muhokama qilish, sotsiologlardan, shuningdek, tilshunoslardan maslahat olish;
3) aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha statistik dalillar va boshqa tegishli ma’lumotlarni o‘rganish;
4) dastlabki kuzatuvlarni o‘tkazish va ishchi taxminlarni chiqarish;
5) ma’lumotni tahlil qilish usullarini tanlash.
Tadqiqotning tahliliy rejasi quyidagilardan tashkil topadi:
1) sotsiolingvistik anketa, test yoki suhbatni ishlab chiqish;
2) dastlabki tadqiqotlar o‘tkazish;
3) anketaning oxirgi variantini ishlab chiqish;
4) tanlov turi va hajmini aniqlash;
5) materialning haqqoniyligi va taqdimot bopligini ta’minlash;
6) anketa so‘rovlarini o‘tkazish;
7) to‘plangan ma’lumotlarni ishlab chiqish;
9) olingan natijalarni tahlil qilish va bayon etish.
Tadqiqot jarayonida quyidagi usullar qo‘llaniladi:
a) anketa so‘rovnomalari (bilvosita va bevosita);
b) suhbat usuli;
d) kuzatish yoki bevosita kuzatish;
e) statistik tahlil;
f) korrelatsion tahlil.
Sotsiolingvistik tadqiqot oldiga qo‘yiladigan bunday shart-sharoitlar va rejani amalga oshirish o‘z navbatida qator muhim masalalarni yechishni talab qiladi. Mazkur kuzatuvning muvaffaqiyatli chiqishi uchun ko‘p vaqt va kuch sarf qilinadi.
Qator xorijlik tadqiqotchilar (masalan, Yevropa, Amerika maktablari) vaqt va kuchlardan unumli foydalanish uchun eng muhim savollarni (shu jumladan, sinov savollarini ham) oldindan tuzib olishni maslahat berishadi. Bu usul ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarida mavzuni shakllantirishdan tortib, to olingan ma’lumotlarni ishlash yoki ishni xulosa qilishda juda qo‘l keladi.



Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish