“Sodda gaplarda shakl va mazmun aloqadorligi”


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Download 354,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.06.2022
Hajmi354,58 Kb.
#677762
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HO\'AT

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. 
Kurs ishi oldida ”Sodda gaplarda shakl va 
mazmun aloqadorligi”ning ilmiy talqinlarini o’rganish maqsadi turadi. Bayon etilgan 
maqsadga muvofiq ravishda kurs ishi oldida quyidagi asosiy vazifa turadi: 
o’zbek substansial tilshunosligi talqinlari asosida ”Sodda gaplarda shakl va mazmun 
aloqadorligi” haqidagi ilmiy talqinlar bilan tanishish.
 
Kurs ishining tadqiq manbayi va predmeti. 
Kurs ishi tadqiq manbayini 
kuzatish, analiz va sintez usullari tashkil etadi. 
Kurs ishi tadqiq mavzuyining metodologik asosi. 
UMIS VA AHVOdan 
foydalanildi. 
Kurs ishining ilmiy yangiligi. 
Ishning ilmiy yangiligi shundan iboratki,

”Sodda 
gaplarda shakl va mazmun aloqadorligi” haqidagi ilmiy talqinlar kurs ishi



sifatida 
markazlashtirildi.

Kurs ishi natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. 
Kurs loyihamizdan o’zbek 
substansial tilshunosligi talqinlari (sintaksis) masalasini o’rganish bo’yicha amalga 
oshiriladigan izlanishlarda material sifatida foydalanish mumkin. 




 
 
Sodda gaplar haqida ma’lumot 
Gap ma’lum bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so’roqni yoki buyruqni 
ifodalovchi asosiy sintaktik butunlik; muomala, aloqa-aralashuvining eng kichik 
birligi hisoblanadi. Har bir gap biror bir maqsad – mazmunni ifodalaydi. Og’zaki 
nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo’ladi. Ohang gap uchun 
muhim belgidir.
Gap tilshunosligimizda bir necha tomonlama tasnif qilinar ekan, bulardan biri 
tuzilishiga ko’ra turladir. Demak, gap tuzilishiga ko’ra (garammatik asoslarning 
miqdoriga ko’ra) ikkiga bo’linadi: a) sodda gaplar; b) qo’shma gaplardir. 
Biz ushbu rejamizda sodda gap haqida fikr yuritib, sodda gap tushunchasi haqida 
ma’lumot beramiz. 
Sodda gaplar gapning tuzilishiga ko’ra turlaridan biri bo’lib, uning tarkibida 
kesimlik shakllariga ega bo’lgan bitta kesim bo’ladi. Sodda gaplar tarkibidagi barcha 
bo’laklar shu kesim atrofida birlashadi. Fikrimiz isboti sifatida 
misol 
keltiramiz: 
1.
Biz yaqin kunlarda yakuniy test sinovlaridan o’tamiz.
2. 
Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqar. 
3.
Kuyunchaklik umrni uzaytirmaydi. 

4.
Ko’nglimni zavq asir etdi. 
5. 
Yellar, bir daqiqa to’xtang esishdan. 
6.
So’zdir inson aqlin dalili. 
Sodda 
gaplar fikr bildirishning, o’zaro so’zlashuv nutqining asosiy 
xususiyatlaridan biridir. Ma’lum bir fikr biror so’z yoki predikativ munosabatdagi 
birikma orqali yuzaga chiqadi. So’z yoki birikma orqali ifodalangan gap sharoitga, 
suhbatdoshning fikriga va umuman, fikrning rivojiga qarab kengaya boradi. Natijada, 
sodda gaplarning murakkablashgan turi yuzaga keladi. Murakkablashgan sodda 
gaplarning qanday tarkibiy birliklardan iborat ekanligini belgilashda turli fikrlar 



mavjud. Murakkablashgan sodda gaplarning o’zi alohida sintaktik hodisa ekanligi rus 
tilshunosligida 
A.R.Rudnev tomonidan 
asoslangan. 
O’zbek tilshunosligida
murakkablashgan sodda gaplar masalasi G’.Abdurahmonov, N.Mahmudov va 
boshqalar tomonidan nazariy va amaliy jihatidan o’rganilgan, ishlangan bo’lsa ham, 
ular bunday gaplarning chegarasini belgilash masalasiga turlicha munosabatda 
bo’lganlar. Murakkablashgan sodda gaplarda bir xil so’roqqa javob bo’lgan bir 
sintaktik vazifani bajarib, bog’lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog’langan uyushiq 
bo’laklar ham ishtirok etadi. Sodda gaplar uyushiq bo’laklar, ajratilgan bo’laklar, 
kirish so’z va kirish iboralari, ilova qurilmalari va undalmalar bilan murakkablashadi. 
Bunday gaplar murakkablashgan sodda gaplar deb aytiladi. Gapning barcha 
bo’laklari uyushiq bo’lak bo’la oladi. Gap tilshunoslikda bir necha tomonlama tasnif 
qilinganidek, sodda gaplar ham tilshunoslikda bir necha tomonlama tasnif qilinadi: 
a)
eganing ishtirokiga ko’ra; 
b)
ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra; 
c)
zaruriy bo’laklarning ishtirokiga ko’ra; 
d)
maxsus bo’laklar bilan kengayish (murakkablashish) xususiyatiga ko’ra. 
Va bular ham o’z ichida, sodda gaplarning xususiyatlarini aks ettirgan holda shu 
xususiyatlarini sodda gap tasnifida namoyon qiladi.
So’zlashuv nutqi emotsionalligini oshiruvchi vositalarga undalma, kirish so’zi, 
ilova qurilmalari, ajralgan bo’laklar, uyushiq bo’laklar kiradi. Shuning uchun
murakkablashgan sodda gap bo’laklari tartibida quyidagi masalalarga alohida e’tibor 
berish lozim bo’ladi:
1. Undalmalar bilan murakkablashgan sodda gaplarda bo’laklar tartibi;
2. Kirish bo’laklar va kiritmalar bilan murakkablashgan sodda gaplarda so’zlar 
tartibi;
3. Ajratilgan bo’laklar bilan murakkablashgan sodda gaplarda bo’laklar tartibi;
4. Ilovali qurilmalar bilan murakkablashgan sodda gaplar va gap bo’laklarining 
o’zgargan tartibi;
5. Uyushiq bo’laklar bilan murakkablashgan sodda gaplarda bo’laklar tartibi.



Tilning sintaktik vositalari nutqda, ayniqsa so’zlashuv nutqida boy uslubiy 
imkoniyat hisoblanadi. Hozirgi o’zbek adabiy so’zlashuv nutqida sodda gaplar uslub 
uchun bitmas-tuganmas xazina, ya’ni manbadir.
Sodda gapning mazmun va intonatsiyaga ko’ra turlari (darak, so’roq, undov, 
buyruq gaplar), uyushiq va ajratilgan bo’laklar, kirishlar va inversiya (odatdagi gap 
bo’lagi tartibining o’zgarishi), sintaktik sinonimiya, qo’shma gap, period, tekst, 
takrorlanish va paralellik (muvoziylik) gapning umumiy mazmuni va kontekst talabi 
bilan uslubiy vositaga aylanadi. Sintaktik vositalar sifatida ayrim so’z birikmalari va 
gaplar xizmat qiladi. Sodda gaplar ommabop uslubda, qo’shma gaplar – ilmiy 
uslubda ishlatiladi.
O’zbek tilshunosligining bugungi taraqqiyotiga nazar tashlaganda sodda 
gaplarning o’rganilishi lozim bo’lgan jihat va qirralari ko’pligining guvohi bo’lamiz. 
Sodda gaplar haqida tilshunoslarimiz tomonidan qancha ishlar amalga oshirilgan 
bo’lsa-da, uning ko’z ko’rib ilg’amagan tomonlari diqqatimizni tortadi.
Sodda gaplar haqida ma’lumot turli adabiyotlarda turlicha berilgan, turlicha 
yondoshilgan. Masalan, 

Hozirgi o’zbek adabiy tili” deb nomlangan qo’llanmada 
sodda gap tuzilishiga ko’ra sodda yig’iq gap va sodda yoyiq gaplarga ajratiladi. 
Bunday tasniflashda ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etish-etmasligi e’tiborga 
olinadi. Faqat bosh bo’laklar (ega va kesim)dan tuzilgan gap sodda yig’iq gap 
deyiladi. Sodda yig’iq gaplarda ikkinchi darajali bo’laklar ishtirok etmaydi: 
Do’stligimiz mustahkam bo’lsin. Yashasin tinchlik! Mehnat – baxt.
Bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokida tuzilgan gap sodda yoyiq gap 
deyiladi. Bosh bo’laklarning ishtirokiga ko’ra sodda gaplar bir sostavli va ikki 
sostavli gaplarga ajratiladi. Ega va kesim ishtirokida tuzilgan gaplar ikki sostavli gap 
bo’ladi. Ikki sostavli gap sodda yig’iq gap va sodda yoyiq gap shaklida ham bo’lishi 
mumkin. Bundan ko’rinadiki, ikki sostavli gap gapning bosh va ikkinchi darajali 
bo’laklarining ishtirok etishiga ko’ra ikkiga bo’linadi. Ikki sostavli sodda yig’iq gap, 
ikki sostavli yoyiq gap. Ikki sostavli gap odatda, ikki qismga – ega sostavi va kesim 
sostaviga ajratiladi. Ega sostavi ega va unga tobe bo’laklardan, kesim sostavi esa 
kesim va unga tobe bo’lgan bo’laklardan tashkil topadi. Sodda gapning sodda gap 



ekanliginintaminlab turuvchi asoslardan eng asosiysi be kesiklik belgisidir. 
O’quvchining yozma yoki og’zaki nutqda o’z fikrini to’g’ri ifodalashi uning gap 
bo’laklarini o’z o’rniga qo’ya bilishida bog’liq. Bunda gapning bosh bo’lagi – 
kesimning o’z o’rnida qo’llanishi fikrning asosiy mazmunini belgilashda muhim 
ahamiyatga ega. Ma’lumki kesim tilshunoslikning yetakchi tushunchalaridan biri 
bo’lib, jahon tilshunosligida ham, o’zbek tilshunosligida ham keng tadqiq etilgan. 
Sh.Bobomurodovaning fikricha, kesim atamasi o’zbek tilshunosligida 1925-yilda 
Elbekning ”Lug’at va atamalar” maqolasi va Fitratning ”Sarf” asaridan keyin 
ommalashgan. Fitrat o’zining ”Nahv”ida kesimga quyidagicha ta’rif beradi. Gapdagi 
so’zlarning oxirida kelgan, o’z kelishi bilan so’z qo’shumini gapga aylantirgan so’z – 
kesim so’zidir. Ko’rinadiki, kesim ta’rifi juda sodda. Ushbu ta’rifda asosiy urg’u 
kesimning gap oxirida kelishiga qaratilgan. Shu bilan birga, garchi bu holat kesimni 
yuzaga keltiruvchi shu sohaga xos boshqa terminlar, tushunchalar orqali 
izohlanmagan bo’lsa-da, turkiy tillardagi gap kesimining asosiy xususiyati juda 
to’g’ri ta’kidlangan ”So’z qo’shumini gapga aylantirgan so’z”. Shuningdek, 
olimlarimiz tomonidan kesim gapning markazi ekanligi to’laqonli asoslab berilgan. 
Ega kesimga ergashi, kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. 
Yoki kesim gap markazi bo’lib, u tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini 
ifodalab keladi. Hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida 
birlashtiradi deya ta’riflar berilgan. Gapda kesimgina boshqa bo’laklarga 
nisbatlanmagan holda aniqlanadi, chunki uning kesim ekanligi kesimlik shakllari 
ko’rsatib turadi. Biz gapning tarkibidagi kesimlar miqdotiga qarab, u sodda gapmi 
yoki qo’shma gap ekanligini aniqlaymiz va albatta bog’lovchi vositalariga diqqatni 
qaratgan holda. Shunday gaplar borki qo’shma gapni bog’lash uchun xizmat 
qiladigan vositalarni ko’rish orqali sodda gap ekanligini tezlikda aniqlab olish 
imkonini bermaydi. Shunday paytda biz kesimlar va gapning qurilish qolipiga e’tibor 
qaratish orqali farqlaymiz.

Download 354,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish