Bloklar nomi
|
Soatlar (kreditlar) xajmi (%)
|
1.
|
Gumanitar va ijtimoiy-iktisodiy modullar
|
2,5-3,5%
|
2.
|
Klinika oldi modullar
|
20-25%
|
3.
|
Klinik modullar
|
65,5-75,5%
|
|
Elektiv modullar
(1-,2-,3-blok modullari uchun xududiy
komponent)
|
3-7%
|
Jami:
|
100%
|
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: 60910200 - Davolash ishi, 5111000 - Kasb ta’limi (davolash ishi), 60910200 - Xarbiy tibbiyot (davolash ishi), 60910300-Pediatriya ishi, 60910100 - Stomatologiya, 60910100- Bolalar stomatologiyasi, 60911200- Oliy xamshiralik ishi, Klinik psixologiya.
Bakalavriaturaning davolash faoliyati bilan bog‘lik, ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga birinchi kursdan klinik modullar bo‘yicha 50% nazariy va 50% amaliy uqitish tizimi xamda klinik amaliy ko‘nikmalarni egallash bo‘yicha modullarni kiritish nazarda tutiladi.
2. Davolash faoliyati bilan boglik bulmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun**:
t/r
|
Bloklar nomi
|
Soatlar (kreditlar) xajmi (%)
|
1.
|
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar
|
2,5-3,5%
|
2.
|
Umum kasbiy modullar
|
65-75%
|
3.
|
Maxsus modullar
|
15,5-21,5%
|
4.
|
Elektiv modullar
(1-, 2-, 3-blok modullari uchun, xududiy
komponent)
|
3-7%
|
Jami:
|
100%
|
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: 60910400 - Tibbiy-profilaktika ishi, 60910400 - Tibbiy-biologik ishi, 60910700 - Farmatsiya, 60910700 - Kasb ta’limi (farmatsiya), 60910700 - Sanoat farmatsiyasi, Biotibbiyot muxandisligi, Farmatsevtik biotexnologiya, Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti.
Tibbiyot kasbiga kirish fani moduli bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish turlari va baholash mezonlari
Tibbiyot kasbiga kirish moduli bo‘yicha nazorat turlari va baholash mezonlari haqidagi ma’lumot modul bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Talabalarning modul bo‘yicha o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
- joriy nazorat (JN);
- Yakuniy nazorat (YAN).
Modulga ajratilgan 2 kreditni talaba JN davomida yig‘adi.
JORIY NAZORAT (JN)
Joriy nazoratda talabaning modul mavzulari bo’yicha bilim, amaliy ko’nikma va kompetensiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko’zda tutiladi. Terapiya moduli bo’yicha JN og’zaki, o’rgatuvchi- nazorat testlari, tarqatma materiallari bilan ishlash, vaziyatli masalalar, mulyaj va fantomlarda ishlash ma’lumotlarini o’rganish, bemorlar bilan ishlash, uyga berilgan vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin.
Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg’ulot materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muxokamasida va ta’limning interaktiv usullarida ishtirokining faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi, kompetensiyalarni egallash (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) xisobga olinadi. Xar bir mashg’ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal ball 100, o’tish bali 55 ball.
Joriy nazorat uchun ajratilgan 2,0 kredit.
Talaba xar bir bo’limdan belgilangan kreditlarni to’plagandan keyingina oraliq va
yakuniy nazoratga kiritiladi.
Joriy nazoratda saralash (o’tish) ballidan kam ball to’plagan va o’zrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu
nazorat turigacha, so’ngi joriy nazorat uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy nazoratni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki xafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida modul bo’yicha joriy nazoratda saralash balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor xisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida modulni o’zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan kursdan kursga qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |