Soliqlаr vа mаjburiy toʼlovlаr аuditi



Download 0,49 Mb.
bet1/8
Sana19.11.2022
Hajmi0,49 Mb.
#868318
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Курс иши 1




SOLIQLАR VА MАJBURIY TOʼLOVLАR АUDITI

Reja:
Kirish



  1. Soliqlar va majburiy to’lovlar tuchunchasi




  1. Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdorliklarni kelib chiqishi



  1. Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdorliklar tahlili

Xulosa
Adabiyotlar ro’yhati




Kirish
Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017—2021 yillarga moʼljallangan Harakatlar strategiyasidagi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish nomli uchinchi ustuvor yoʼnalishida ham aynan soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʼbatlantiruvchi choralarni kengaytirish belgilab berildi. Buning uchun soliqlarning funktsiyalaridan moliyaviy unsur sifatida samarali foydalanish zarur.
Bu haqda Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining fikrlari diqqatga sazovordir: “...soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil boʼlib qoladi. Davlat byudjetining daromad qismi eng muhim umumdavlat, xalq xoʼjaligi vazifalarini hal etish uchun zarur boʼlgan miqdorda shakllanishning taʼminlashi lozim va ragʼbatlantirish vazifasini toʼla darajada bajarishi kerak”.
Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev bu borada: “Barchamiz soʼzsiz tushunamiz, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy oʼzgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish eng avvalo iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga bogʼliqdir. Ular yaqin va uzoq istiqbolga moʼljallangan, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga doir strategik vazifalarni nafaqat ishlab chiqishi, balki amalga oshirishni taʼminlashi zarur” deya oʼrinli taʼkidlagan.
Bugungi kunda korxonalarning soliq qarzlarining surunkali ravishda undirilmasdan qolayotganligi soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar boʼyicha byudjet tushumlariga oʼzining taʼsirini koʼrsatmoqda.
Zamon talablaridan kelib chiqadigan boʼlsak, soliq qarzlarni qisqartirishning eng zamonaviy usuli bu soliqlarning yigʼuvchanlik darajasini oshirishga borib taqaladi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda hisoblangan soliqlarning oʼz vaqtida va toʼliq undirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun soliqlarning oʼrnatilgan muddatda oʼz vaqtida kelib tushishini taʼminlash vazifasi muhim hisoblanadi.
Soliq toʼlovchilar tomonidan soliqlar va majburiy toʼlovlarni oʼz muddatida va toʼliq hajmda toʼlamasliklari natijasida qarzdorlik yuzaga keladi. Soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar boʼyicha qarzdorlikni kamaytirish va ushbu qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish uchun davlat soliq xizmati idoralari hamda bank muassasasi xodimlaridan yetarli darajada oqilona ish tashkil etilishi, bu boradagi mexanizmlarni ilgʼor xorij tajribasiga tayangan holda takomillashtirib borish zarurati talab etiladi. Korxonalarning iqtisodiy salohiyatini yanada takomillashtirish, ularga kelajakda maʼqul keladigan hamda byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar boʼyicha tushumlarni koʼpaytirish imkonini beradigan mexanizmni yaratish, korxonalarning investitsion jozibadorligi va moliyaviy barqarorligini taʼminlash, soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar boʼyicha tushumlarni oshirishda unga bevosita taʼsir etuvchi debitor va kreditor qarzlari hisobiga hosil boʼlgan soliq qarzini qisqartirish yoʼllarini asoslantirilgan takliflarni topish va ular faoliyatini rivojlantirish boʼyicha amaliy maslahatlar va aniq yechimlar ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi.
Soliq toʼlovchilar tomonidan soliqlar va majburiy toʼlovlarni oʼz muddatida va toʼliq hajmda toʼlamasliklari natijasida qarzdorlik yuzaga keladi. Soliq va boshqa qarzdorlik miqdorlarining oshib ketishi davlat byudjetiga hamda xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy taʼsir etadi. Demak, soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar boʼyicha qarzdorlikni kamaytirish va ushbu qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish uchun davlat soliq xizmati idoralari xodimlaridan yetarli darajada oqilona ish tashkil etilishi, bu boradagi mexanizmlarni ilgʼor xorij tajribasiga tayangan holda takomillashtirib borish zarurati talab etiladi.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish