Soliqlаr vа mаjburiy toʼlovlаr аuditi


- rasm. АQShda soliq qarzdorligini majburiy undirish mexanizmi



Download 0,49 Mb.
bet7/8
Sana19.11.2022
Hajmi0,49 Mb.
#868318
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Курс иши 1

2- rasm. АQShda soliq qarzdorligini majburiy undirish mexanizmi

Iqtisodiy adabiyotlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar


va boshqa majburiy toʼlovlarning yigʼindisi soliqlar tizimi deb tushuniladi. Soliq
kodeksining 23-moddasiga koʼra Oʼzbekiston Respublikasi xududida soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar amal qiladi hamda ular Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan joriy etiladi va bekor qilinadi.
Oʼzbekiston Respublikasi hududida umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy toʼlovlar hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar amal qiladi.
Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy toʼlovlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʼi;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi;
3) qoʼshilgan qiymat soligʼi;
4) aktsiz soligʼi;
5) yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʼlovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili Oʼzbekiston Republikasi Prezidentining keyingi moliya yili uchun makroiqtisodiy koʼrsatkichlar va davlat byudjeti prognozi toʼgʼrisidagi maxsus qarori asosida belgilangan normativlar boʼyicha tegishli mahalliy byudjetlar oʼrtasida taqsimlanadi.
7) ijtimoiy jamgʼarmalarga majburiy toʼlovlar:
 yagona ijtimoiy toʼlov;
Bu toʼlov oʼz navbatida quyidagi jamgʼarmalarga taqsimlanadi: Pensiya
jamgʼarmasiga, bandlik jamgʼarmasiga va kasaba uyushmasi jamgʼarmasiga.
 fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga sugʼurta
badallari;
 byudjetdan tashqari Pesiya jamgʼarmasiga majburiy toʼlovlar;
8) Respublka yoʼl jamgʼarmasiga majburiy toʼlovlar:
 Respublka yoʼl jamgʼarmasiga majburiy ajratmalar;
 Respublka yoʼl jamgʼarmasiga yigʼimlar;
9) davlat boji;
10) bojxona toʼlovlari;
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida toʼlanadigan umumdavlat soliqlari:
11) yagona soliq toʼlovi;
12) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʼyicha qatʼiy
belgilangan soliq.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk soligʼi;
2) yer soligʼi;
3) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
soligʼi;
4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizelь
yoqilgʼisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi
xizmatlarni koʼrsatish huquqi uchun yigʼim;
6) yagona yer soligʼi ( soddalashtirilgan tartibdaga soliq)

Хulosa

Mavzuga doir amalga oshirilgan tadqiqotlar va ilgʼor xorij tajribasiga tayangan holda quyidagi xulosalar shakllantirilib, amaliy tavsiyalar va ilmiy takliflar ishlab chiqildi.


Davlat soliq xizmati organlari tomonidan asosiy hisobraqamga qoʼyilgan inkasso topshiriqnomasi bir oy muddatda toʼliq bajarilmagan taqdirda, xoʼjalik yurituvchi subʼektning barcha hisobraqamlariga qaratilishini belgilab qoʼyish tartibini joriy etish orqali soliq toʼlashdan qochishni oldi olinadi.
Аgar soliq toʼlovchi xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼzi taqdim etgan hisobotlarga koʼra soliq qarzi kelib chiqqan boʼlsa, soliq qarzini toʼlash uchun soliq toʼlovchiga ogohlantirish talabnomasi joʼnatish, soliq qarzini undirish uchun iqtisodiy sudga ariza yoki daʼvo ariza kiritilishi shart boʼlmasligi lozim. Chunki soliq toʼlovchi soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlardan boʼlgan qarzdorligini oʼzi bilish kerak, hisobotni oʼzi taqdim etgan va buning natijasida soliq qarzining vujudga kelishi nizoli emas.
Buning uchun davlat soliq xizmatining mansabdor vakili tomonidan qabul qilingan qaror soliq qarzini qarzdorning mol-mulkidan undirish, yaʼni uning tovar-moddiy boyliklarini xatlash uchun asos boʼlishi lozim. Faqat oʼrtada nizolar yuzaga kelgandagina sud orqali hal qilinishi kerak boʼladi.
Iqtisodiy sudga daʼvo ariza bilan chiqilganda, sud odatda faqatgina undiruvni soliq toʼlovchining mol-mulkiga qaratish toʼgʼrisida qaror chiqarish bilan cheklanadi (faqat shu uchun davlat boji hisoblanadi).
Iqtisodiy sudga berilganda sud qarori nafaqat soliq toʼlovchining mol-mulkidan undirish, balki uning keyingi moliya-xoʼjalik faoliyatini tiklash, ishlab chiqarishni saqlab qolish va xoʼjalik yurituvchi subʼektni shu ahvolga olib kelgan aybdor shaxslarga nisbatan taʼsirchan choralar qoʼllashi maqsadga muvofiq boʼlar edi.
Soliq qarzlarini undirish jarayonini soddalashtirish maqsadida, korxonani ortiqcha xarajatlardan saqlash va yangi qarzdorliklar paydo boʼlmasligi uchun qarzdorni nizoli boʼlmagan soliq qarzini undirish boʼyicha sudda ishi koʼrilganida davlat bojidan ozod etish taklif etiladi.
Soliq qarzdorligining vujudga kelishini oldini olish, yuzaga kelgan soliq qarzdorligining xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliya-xoʼjalik faoliyatiga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida soliq krediti, investitsion soliq krediti imtiyozlarini berish tartibini va shartlarini qoʼllash har ikkala tarafga ijobiy natija beradi.
Mamlakat byudjetining asosiy daromad manbai soliqlardan tashkil topishini inobatga olib, soliq nizolarini hal etish va soliq qarzdorligini undirish tartibini takomillashtirish lozim. Bunda soliq nizolarini koʼruvchi soliq sudlarini tashkil qilishda ehtiyoj sezilmoqda.
Soliq toʼlovchi qarzini oʼzi tan olgan boʼlsa, ogohlantirish olganidan keyin ham qarzini bir oy ichida ham toʼlab bermasa, uning mol-mulki hisobidan undirish va ushbu undiruv davlat soliq xizmati organlarining qarori asosida Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshirilishi sezilarli samara beradi deb hisoblaymiz.
Bundan tashqari, soliq qarzdorligi maʼmurchiligini takomillashtirish yuzasidan quyidagi takliflarni joriy qilinishi va amalda tatbiq etilishi tavsiya qilinadi:
birinchi navbatda soliq madaniyati darajasini oshirishga yoʼnaltirilgan soliqqa oid qonun hujjatlarining normalarini takomillashtirish;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan tashqi maʼlumot va soliq toʼlovchi deklaratsiyalari (hisobotlari), shu jumladan chakana savdo tarmogʼida hisobga olinadigan avans toʼlovlarni joʼnatish bilan onlayn rejimda ishlaydigan toʼlov terminallari maʼlumotlari asosida hisoblab chiqiladigan soliq va boshqa majburiy toʼlovlar roʼyxatini bosqichma-bosqich kengaytirish va soliq toʼlovchining “Shaxsiy kabinet” orqali dastlabki soliq toʼlovlari toʼgʼrisidagi xabarnomalarni yuborish;
byudjetga soliqlarni oʼz vaqtida undirishda qoʼshimcha kafolatlar (kafolatlar, garovlar, bank kafolati va boshqalar) oʼrnatish yoʼli bilan soliq majburiyatlarini bajarish amaliyotini takomillashtirish maqsadga muvofiq boʼladi.
Bizga ma’lumki iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida faoliyat yurituvchi sub’ektlar o’zaro munosabatlarida audit muhim element hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati, mulkdori va uni davlat bilan o’zaro munosabatida audit muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, axborotdan foydalanuvchilar oldida auditorlar to’liq javobgar ekanligini e’tirof etishimiz mumkin. Shunday ekan auditor taqdim etayotgan xulosasining ishonchliligiga to’liq javobgardir, buning e’tiborli jihati shundaki, auditor xo’jalik operatsiyalarini, tovar moddiy zahiralari va boshqa aktivlar hamda o’z va qarz mablag’larini yoppasiga tekshiruv o’tkazmasligi bois xulosaning ishonchliligi yuzasidan risk yuzaga keladi. Bu riskni aniqlash va baholash, uning kritik va maqbul chegarasini aniqlash auditorlar oldidagi asosiy muammo hisoblanadi.
Yuqorida bayon etilgan shart-sharoitlar, xususan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning qaysi tarmoqqa tegishliligi, mulkchilik shakli, tashkiliy-iqtisodiy tavsiflari va boshqalardan kelib chiqib, auditorlik tashkiloti auditni rejalashtirish uchun muhim ko’rsatkichlarni tanlash va muhimlik darajasini hisob-kitob qilish uchun o’zining ichki standartlarini (uslub va shakllarini) ishlab chiqishi zarur.
Xulosa oʼrnida mazkur takliflar yuzasidan soliqqa oid tegishli meʼyoriy huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi, mavjudlariga esa oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilgan holda amaliyotga joriy qilinishi soliq toʼlovchilarning soliqqa doir huquqiy savodxonligini oshirishda, toʼlov madaniyatini mustahkamlashda va soliq maʼmurchiligining samaradorligini kuchaytirish orqali soliq qarzdorligini paydo boʼlmasligida sezilarli natijalarga erishiladi.



Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish