Sotsio-madaniy pragmatika



Download 28,74 Kb.
Sana27.03.2022
Hajmi28,74 Kb.
#512703
Bog'liq
8-mavzu


8-mavzu. Pragmalingvistikaning yo’nalishlari
Rеja:

  1. Sotsio-madaniy pragmatika.

  2. Kognitiv pragmatika.

  3. Funksional pragmalingvistika.

  4. Yashirin pragmalingvistika.



Adabiyotlar:

  1. Angayеva S.P., Tiхеyеva Yu.S. Klyuch k obo‘еniyu (etnokulturniе i etnopsiхologichеskiе osobеnnosti kommunikatsii. –Ulan-Ude, 2007.

  2. Mahmudov N. Til. -T.: YOzuvchi, 1998.

  3. Mahmudov N., Mirtojiyеv M. Til va madaniyat. -T., 1992.

  4. Mеngliyеv B., Sayfullayеva R., Mamatov A. va boshq. Milliy tilshunoslik mustaqil rivojlanish yo‘lida // Ma’rifat, 2007 yil 21 may.

  5. Safarov Sh. Pragmalingvistika. – T., 2008.

XX asr tilshunosligining antropotsentrik paradigmasi, oxirgi 20-30 yil davomida pragmalingvistika fani doirasidagi izlanishlar ko‘lami kengayishi natijasida, mustaqil maqsadni qo‘zlovchi, tadqiq ob'ektini alohida ajratib olishga xarakat qilayotgan va o‘z tahlil metodlariga ega yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lib borayotgani kuzatilmoqda. Bularning barchasi pragmalingvistikaning maqomini ko‘rsatish, uning tadqiq ob'ektini aniqlash (lozim bo‘lsa, chegaralash) va pragmatik tahlil qaysi yo‘nalishda xamda qay maqsadda kechishi lozimligini belgilash kabi muammolar dolzarbligidan dalolat beradi. ta'rif-tavsiflardagi turli-tumanlik, yondashuvlardagi hartomonlamalik va boshqa sohalar bilan aloqadorlik qanchalik darajada keng miqyosda bo‘lishiga qaramasdan, pragmalingvistik izlanishlar ikki asosiy yo‘nalish doirasida olib borilayotganini sezish qiyin emas. Bulardan birinchisi sotsio-madaniy bo‘lsa, ikkinchisiga kognitiv pragmatika atamasini berish ma'qul ko‘rinadi. Sotsio-madaniy pragmatika muloqot kechishining “tashqi” omillari, ya'ni lisoniy shakl tanlovining turli ijtimoiy, madaniy omillar bilan bog‘liq jihatlarini aniqlashga intiladi. Ushbu yo‘nalishdagi izlanishlar qatoriga hurmat va hurmatsizlik nazariyasi, sotsial deyksis, muloqot uslublari (g‘arb tilshunosligida-konversatsion tahlil), ritorik amallar, nutq madaniyati, diskurs turlari, funksional uslubga oid tadiqiqotlar kiradi. Ikkinchi yo‘nalishda esa e'tibor diskursiv faoliyatining “ichki” omillariga qaratiladi va bunda, o‘z navbatida, pragmatika va grammatik tizimning sarhaddoshlik munosabatlari, tagma'noni hosil qiluvchi hodisalar, shuningdek, lisoniy faoliyatning kognitiv asoslari tadqiqi oldingi o‘ringa chiqadi.


Ko‘rinadiki, sotsio-madaniy pragmatikaning asosiy vazifasi til tizimi boyligidan ma'lum bir ijtimoiy guruh yoki jamoa doirasida foydalanish me'yorlarini aniqlashdir. Me'yor (norma) tushunchasi tilshunoslar va sotsiologlar tomonidan turlicha talqin qilinib kelinmoqda, bir tomondan, u umumiy hayotiy tajriba asosida yuzaga keladigan doimiy, odat tusiga kirgan harakatga taalluqli bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamoa tomonidan ma'qullangan qoidalar to‘plamiga oiddir. Shu bois sotsiolingvistlar ularni regulyatorlar, ya'ni hatti-harakatni boshqarish me'yorlari (regularities) va majburiy me'yorlar (oughtness norms) guruhlariga ajratadilar (Swann, et al: 225). Bunday talqinda me'yorlarni til birliklaridan foydalanish an'anasi (odati) va ularni qo‘llash qoidalari sifatida tavsiflash mumkin. Biroq aytilayotgan me'yorlarni bir biridan to‘lig‘icha farqlash yoki ajratib qo‘yish qiyin masala. Ma'lum darajada ko‘zga tashlanadigan farq ruhiy-psixologik ko‘rinishga ega. Zotan, me'yorlar qoidalarga asoslanganida kishilar ularni ma'lum ko‘rsatmalar, talablardan iborat ijtimoiy hodisa sifatida qabul qiladilar, me'yorlar odat tusidagi tajriba bo‘lganida esa, ular beixtiyor bajariladigan harakat qoliplaridan iborat bo‘lib, ularga amal qilayotgan shaxs hatto shunday qolip mavjudligini sezmasdan ham qoladi. Sotsio-madaniy pragmatika uchun muhimi me'yorlarning qaysi turda bo‘lishi emas, balki muloqot muhitida, uning bir xil vaziyatlarida turli etnik va ijtimoiy guruhlar vakillari qaysi me'yorlarga rioya qilishi lozimligi hamda ushbu me'yorlardan chetga chiqish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlashdir. Afsuski, pragmatikaning ushbu yo‘nalishida asosiy e'tibor so‘zlovchi shaxs hatti-harakatlari va aloxida jumlalar vositasida bajarilayotgan nutqiy aktlarga qaratilib, tinglovchining harakatlari, uning idrok etish (tushunish) qobiliyati hamda muloqotning keyingi rivojlanish bosqichlari, biroz bo‘lsa-da nazardan chetda turadi. Bunday holat ayniqsa, nutqiy aktlar nazariyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Keyingi yillarda hurmat kategoriyasining mazmun maydoni kengaytirilib, jo‘yalilik, nojo‘yalilik, hurmatsizlik kabi pragmatik mazmunlar ham kategorial belgilar qatoriga kiritilmoqda (Locher, Watts:85-116; Sh.Safarov 2008:131-139). Bundan tashqari, sotsio-madaniy pragmatika sohasida inson muloqotining poydevorida turadigan, uning asosini tashkil qiladigan omillar hamda ushbu omillarni harakatga keltiruvchi mexanizmlar tadqiqi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Buning natijasida, ingliz tilida so‘zlashuvchilar jamoalarida qabul qilingan me'yorlarga universallik, umumiylik nisbati berilib, boshqa madaniyatlardan ularning muqobillari qidirilmoqda. Qiyosiy va madaniyatlararo pragmatikaning rivoji, albatta, bu boradagi nuqsonlarning asta-sekin bartaraf etilishiga turtki berib turibdi. Ammo me'yorlarning yagona, bir til, madaniyat doirasida variantlashuvi masalasi tadqiqotchilar diqqatini keng miqyosida jalb qilib ulgurganicha yo‘q. Alohida bir lisoniy madaniyatga xos bo‘lgan hamda uning vakillari muloqotida uchraydigan pragmatik farqlarni o‘zo‘zidan paydo bo‘ladigan, qandaydir tartibotsiz farqlar yoki nuqsonlar ko‘rinishida talqin qilish katta metodologik xatoga sabab yaratadi. Zero, yagona bir tilda so‘zlovchilar ushbu tildan ma'lum muloqot muhitlarida bir xilda foydalanishi haqidagi fikr va shu yo‘sinda tilni bir xil va birtekis tuzilishdagi tizim sifatida qabul qilinishi reduksionizmning yaqqol namunasidir. Aslini olganda, yagona bir madaniyat doirasida bir xil turdagi kommunikativ me'yor, qoidalarning amal qilishini tasavvur qilishning o‘zi qiyin masala. Ba'zi adabiyotlarda qayd qilingan «madaniyat - kommunikatsiyadir, kommunikatsiya esa - madaniyat» qabilidagi fikrlar eskirib bo‘ldi. Bu ikki hodisa bir-birini birtekisda takrorlay olmaydi, ular o‘zaro bog‘liqlikka nisbatan ikki xildagi nuqtai nazar va voqyelanishdir. Madaniyat haqida so‘z ketganda diqqat strukturaga qaratilsa, kommunikatsiya shu strukturadagi jarayondir.
Madaniyat umumiy qobiliyat tizimi sifatida tasavvur qilinadigan bo‘lsa, uning faollashuv qoidalari ma'lum jamoa a'zolarining «jamoaviy o‘yin»ga ishtirokini nazoratga oluvchi me'yorlar majmuasidan o‘rin oladi. Ishtirokchilar o‘yin davomida ma'lum qoliplar asosida yuzaga kelayotgan qoidalarga beixtiyor amal qilishga majburdirlar. Lekin biror bir shaxs u yoki bu madaniyatni to‘liq, uning barcha qismlarini hyech qanday kamchiliksiz o‘zlashtirib olishiga ishonish qiyin. Madaniyat ramzlar, simvollarning oddiy to‘plamidan iborat emas, u inson ongida jamlanadigan, tartiblashtiriladigan bilimlar va axborotlar tizimidan tashkil topadi. Shuning bilan birgalikda, madaniyat vakillari baham ko‘radigan bilimlar zahirasinin ulushi harholda katta hajmda va shu sababli ular o‘zaro munosabatlarni tartibga solish, boshqarib borish imkoniyatiga egadirlar. Ma'lum muhitda sodir bo‘ladigan kommunikativ hatti-harakatlar haqidagi ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish me'yorlar, qoidalarni aniqlash imkonini bersa-da, biroq bu me'yorlar bo‘lajak faoliyat, harakatning qanday kechishini har doim ham oldindan belgilanishiga yo‘l bermaydi.
Kognitiv yondashuv, o‘z navbatida, pragmatikaga boshqacha mundarija va ko‘rinish bag‘ishlaydi. Bunday yondashuvda butun tizimga xos harakatlarni ta'minlovchi tamoyillar aniqlanadi. Shu jumladan, tildan foydalanish va lisoniy harakatlarni tushunish tamoyillari qatorini belgilash borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. Mantiqshunos Pol Grays kognitiv pragmatikaning asoschilaridan biri hisoblanadi. Buni biz uning “o‘zaro hamkorlik tamoyili” da (Sooperative Principle) ko‘ramiz: “Muloqotga qo‘shayotgan hissangiz talab qilinganidek ya'ni u yuzaga kelayotganida belgilangan maqsad siz ishtirok etayotgan suhbat yo‘nalishiga mos kelishi kerak ” (Grice 1989:26). Ushbu tamoyil oqilonalikning umumiy qonuniyatlari namunasi bo‘lib, uning qat'iyligi esa inson hattiharakatlariga ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa qoidalardan farqini ta'minlaydi. Aytish joizki, o‘z fikrini ma'lum qilish va muloqot yuritish tamoyillari Kaykovus, Husayn Voiz Koshifiy, Fariduddin Ator, Alisher Navoiy kabi Sharq mutafakkirlari yaratgan asarlar, pandnomalarda sanab o‘tilgan va ularni bilish, ularga amal qilish muloqotning oqilona kechishini belgilovchi omil ekanligi ko‘p bora ta'kidlangan (qarang: Sh.Safarov 2008:128-130; Hakimov 2013:64-71).
Mashhur pragmalingvist S.Levinson ajratgan tamoyillar ham so‘zlovchining lisoniy shakllar tanlovini qoliplashtirish va tinglovchi idrokining umumiy shartlarini belgilashga yo‘naltirilgan. Binobarin, Q-principle deb atalgan tamoyilni oladigan bo‘lsak, unda so‘zlovchiga nisbatan voqyelikka mos keladigan mavjud faktlarni to‘liq qamrab oladigan axborotni ma'lum qilish talabi qo‘yiladi. Tinglovchi ham axborotning to‘liq va rost ekanligiga ishonishi zarur (Levinson 2000:114). I-principle atamasini olgan tamoyilda esa “Imkoni boricha qisqa so‘zla” qoidasi ustuvordir. Kamroq lisoniy energiya sarflash, ya'ni lisoniy birliklarni iloji boricha kam miqdorda qo‘llash yo‘li bilin kommunikativ maqsadga erishish ushbu tamoyilning asosida turadi. Tinglovchi, o‘z navbatida, qabul qilinayotgan axborotni idrokning maxsus usullarini topgan holda yanada boyitishi, kengaytirishi mumkin (Levinson 2000:114). Ravshanki, S.Levinson taklif qilayotgan tamoyillar umumiylik xususiyatiga ega, lekin bunday shartlar ba'zan muloqot muhitining asosiy ishtirokchisi va ijrochisi bo‘lmish shaxsning roli hamda imkoniyatlarini chegaralab qo‘yish, hatto axborot mazmunini noto‘g‘ri qabul qilish holatlari tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Pragmatik tamoyillar haqida gapirayotib, implikaturalar nazariyasini (theory of implicatures) eslatmaslikning iloji yo‘q. Ushbu nazariyani tashviqot qilgan P.Grays (grice 1975) ikki xil ma'no mavjudligini o‘qtirgan edi: 1) bevosita ma'lum qilinayotgan ma'no va 2) nazarga tutilayotgan, yashirin ma'no. So‘zlovchi nutqida bevosita ifodalayotgan ma'no, talaffuz qilinayotgan jumla, gapning mantiqiy mundarijasi – propozitsiyaga mos keladi. Ma'lum qilinayotgan axborotning qolgan qismi implikaturani, ya'ni “tagiga yetish” usulida aniqlanadigan tagma'noni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, so‘zlovchi nutqiy aktni bajarayotib, undagi so‘zlar ko‘proq, boyroq ma'no ifoda etishini rejalashtiradi. Faylasuf T. Grays keltirgan kichik dialogni olaylik: Andy: I think we should get a pet “Fikrimcha, biror bir uy hayvonini saqlash bo‘lar edi”. Bless: Cats are my favourite animals “Mushuklar mening sevimli hayvonim”. Bess yuqoridagi gapni aytayotib, boshqacha mazmun va maqsadni ko‘zlamoqda, ya'ni uy hayvoni sifatida mushukni saqlash lozimligini bildirmoqda. Mazmunning bu yo‘sinda ifodalanishi implikatura yoki tagma'no hodisasining voqyealanish namunasidir. Aynan bu hodisa biror bir lisoniy shaklning o‘zga ma'no kasb etishiga manba tug‘diruvchi omillardan biridir. Masalan, inkor presuppozitsiyasiga ishora qiluvchi vositalar ayrim turdagi tuzilmalar tartibida qo‘llanib, ma'lum kontekstlarda tasdiqni ifodalashi mumkin. (qarang: Lutfullaeva 1997:18). Shuning bilan birgalikda, implikaturalar turg‘unlashgan yoki doiralashgan (conventional) hamda diskursiv yoki muloqot muhitiga oid (conversational) ko‘rinishlarga egadirlar. Qiyoslang: She stretched forth a hand to a glass about a third filled water, said “Would you mind filling that for me again?” Nell Sims took the glass to the bathroom (W.S. Maugham. The Painted veil). Ushbu parchadagi so‘roq gapi shu darajada turg‘unlashgan yoki qoliplashgan - ki, hatto unga javob berish ham shart emas. Muloqot va nutqiy ijod faoliyatlarini tartibga soluvchi tamoyillarni yagona bir maxraj ostida jamlash imkoni yo‘qmikan? Mantiqshunos Dan Shperber va Derde Uilsonlar kuyilgan savolga ijobiy javob berish izmidadirlar. Ularning fikricha, barcha tamoyil va koidalarni relevantlik, ya'ni o‘rinlilik nuktai nazaridan izohlash hamda birlashtirish mumkin. Menimcha, olimlar «ulug‘lashayotgan» tamoyil kommunikatsiyadan ko‘ra ko‘prok tafakkur faoliyatiga oid, chunki ushbu faoliyat maqsadi – o‘rinli, vokea, hodisa tabiatiga oid axborot olishdir va bu axborot qanchalik boy, o‘rinli bo‘lsa, shunchalik ma'qul. Ayni paytda, kommunikatsiya tafakkur faoliyatining ajralmas qismi ekanligini unutmaslik lozim. Shu bois, relevantlik (o‘rinlilik) tamoyili so‘zlovchining muloqot qilishiga qo‘shayotgan hissasi bilan birgalikda tinglovchi faoliyatini ham nazorat ostiga olishi muqarrar. D.Shperber va D.Uilsonlar uktirishicha, so‘zlashni ma'qul ko‘rayotgan so‘zlovchi imkoni boricha nutqining o‘rinli bo‘lishiga harakat qiladi. Pirovardida, tinglovchi ham eshitayotganining ishonchli ekanligiga umid bildiradi va shunday qabul qiladi. Xuddi shu ishonchni (ba'zan u taxmin bo‘lsa-da) mualliflar relevantlik (o‘rinlilik) tamoyili sifatida etirof etadilar (Wilson, Sperber 1991:382). Tafsiflanayotgan tamoyil samarasini namoyish etish maqsadida quyidagi dialogni tahlil qilib ko‘raylik: A.Will you join me for lunch? ”(Tushlikka menga qo‘shilasizmi?)” B. We‟ll be at the bank for some time? “Biz biroz payt bankda bo‘lamiz” Dialogdagi javob gapining mantiqiy mazmunini, propozitsiyasini fahmlash uchun uning referensiyasi to‘ldirilishi va kengaytirilishi lozim. Birinchi navbatda, we «biz» olmoshining referentini aniqlash talab qilinadi va buning uchun kontekstga murojaat kilishga majburmiz. Albatta, kontekst zamon va makon ko‘rsatkichlari jihatidan uzoqroq bo‘lganida ushbu omilni bajarish qiyinroq qyechadi va qo‘shimcha aqliy energiya sarfini talab qiladi. Bank so‘zining ma'nosini chaqish ham xuddi shu kabi aqliy tahlil orqali kechadi hamda bu so‘zning «pul to‘lovlarini bajaruvchi tashkilot» ma'nosida qo‘llanilayotganligi, «qirg‘oq» (side of river), «qon zahirasi» (blood bank) kabi boshka ma'nolarning kontekstga mos kelmasligi aniqlanadi. Nixoyat, sometime iborasining mazmunidagi o‘ziga xoslikka ham e'tibor qaratish lozim, chunki bu yerda so‘zlovchi bankda soatlab emas, balki malum muddatga, bir necha daqiqa bo‘lishini aytmoqchidek. Mabodo undagi bank so‘zi «daryoning qirg‘og‘i» ma'nosida qo‘llanganida, unda some time uzoq muddat, «bir necha soatlar» ni anglatish mumkin edi (chunki ular baliq oviga borayotgan bo‘lishlari mumkin). Ko‘rinadiki, so‘z va iboralarning kontekstdagi ma'nosi o‘rinli ekanligini aniqlash yo‘li bilan so‘zlovchi fikrining izohiga erishiladi, barcha propozitsiyalar ravshanlashadi. Ammo propozitsiya kommunikativ mazmunga mos kelmasligi ko‘plab uchraydigan hol. Yukoridagi dialog ishtirokchisining maqsadi ham mahalliy bankda (daryo qirg‘og‘ida emas) bir muddatda bo‘lishini ma'lum qilish emas, aksincha kommunikativ maqsad boщqacharoq: u ma'lum muddat bankda band bo‘ladi, demak birgalikda tushlik qilish taklifini qabul qila olmaydi. Taklifni inkor etishning bunday yashirin, tagma'noli yo‘lini tanlashda, odatda, suhbatdoshning bilim zahirasiga ishora qilinadi, uning fahmiy qobiliyati asl mazmunini izlash uchun yetarli ekanligiga ishoniladi. Shunday qilib, pragmatik tahlilning ikki asosiy yo‘nalishi qiyosi ko‘rsatishicha, yo‘nalishlardan birinchisining tayanch nuqtasi me'yorlar (norma) bo‘lsa, ikkinchisiniki – tamoyillardir. Lekin ularni bir biridan tamoman ajratib qo‘yish yoki tadqiq jarayonida birini tanlab, ikkinchisini esa inkor etish mumkinmikan?! Aminmanki, bunday ajrimchilik metodologik jihatdan noto‘g‘ri va o‘ta xavfli yo‘l. Tahlil usullarining birini ikkinchisiga qorishtirib yuborish yoki birini ustuvor o‘ringa ko‘tarib, ikkinchisini unutib yuborish fanda reduksionalizm, yani to‘xtab qolish, orqaga siljish holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi allaqachon o‘z isbotini topgan. (qarang: Sh.Safarov 2015: 91-93).
Malumki, hurmat kategoriyasi universal tamoyil ekanligi va uning ifoda vositalari etnik xususiyatga ega ekanligi ko‘p marta qayd etilgan. Jumladan, direktiv nutkiy aktining savol shaklidagi gap vositasida (Could you please answer me? «Marhamat qilib javob berasizmi») ifodalanishi hurmat me'yorlariga javob berishini pragmatikaga oid adabiyotlarda o‘kib turamiz. Ammo keyingi izlanishlar universallik haqida hukm chiqarishda ehtiyot bo‘lish lozimligidan darak bermokda. A.Vejbitska yuqoridagi shaklni ba'zi slavyan madaniyatlarida oddiy (standart) savol mazmunida kabul kilishlarini ko‘rsatib o‘tadi (Wierzbicka 1991). Tay millati vakillari uchun esa ushbu savol shakli qo‘pol eshitiladi, chunki bu holatda so‘zlovchi suhbatdoshining u yoki bu ishni bajara olishiga gumonsiramoqda, unchalik ishonmayapti (Kerbat – Oreschioni 1994). Reduksionizmdan qochishning yagona yo‘li turli tahlil usullari, yunalishlarini qorishtirib yubormasdan turib, ularning o‘zaro kesishuv nuqtalarini izlab topish va shu asnoda ularning umumiy maqsad sari bajaradigan vazifalarini, yakuniy natijaga erishishga qo‘shadigan ulushini belgilashdir. Nutqiy muloqot ishtirokchilari turli ko‘rinishdagi qobiliyatga ega bo‘lishlari shart. Til tizimi haqidagi bilim lisoniy qobiliyatning muhim qismi ekanligi anik, lekin bu bilim muloqot samarasi uchun yetarli emasligi ham barchaga ma’lum.
Kognitiv mo‘ljalli tadqiqotlarda inferensiya hodisasi oldingi o‘ringa chiqadi, chunki bu hodisa lisoniy ifoda topayotgan (kodlashtirilayotgan) mano va malum kontekstdagi mazmun o‘rtasidagi uzilish, nomutanosiblikni bartaraf etish uchun xizmat qiladi. Inferensiya mavjud bilim bo‘laklarini o‘zaro biriktirish vositasi yangi turdagi axborotni egallash imkonini beradigan umumiy qobilyatdir. Voqyea – hodisalar sababini anglash, izoxlash uchun abduktiv mantiqiy tahlil bajariladi, masalan, oshxona poli suvga to‘lganligini ko‘rib, biror bir uskuna buzilganligi, teshilgani haqida xulosa chiqarasiz. Xuddi shu kabi so‘zlovchini eshitib, uning gaplari ma'nosini topish uchun ma'qul izohni qidirasiz va izohimiz so‘zlovchi maqsadiga mos kelishi kerak. Kognitiv faoliyat, qanchalik darajada shaxsga xos bo‘lmasin, ijtimoiy – madaniy qobiqqa ega. Inson xatti – harakatlari, odatga aylanadigan faoliyat turlari shaxsiy va jamoaviy tajriba asosida yuzaga keladi hamda shu tajriba negizida shakllangan qoliplar, sxemalar doirasida ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajarilayotganligi belgilab beriladi. Demak, me'yor muloqot faoliyatida, nutq ijodida “tozalagich” vazifasini o‘taydi. Xullas pragmatika har ikkala yo‘nalishda ham yetarli darajada rivoj topib, qoniqarli natijalarga erishib ulgurdi. Navbatdagi vazifa – ushbu yo‘nalishlar hamkorligini kuchaytirish hamda ularning erishgan natijalarining umumiy samaradagi hissasini belgilashdir. Faqat shu yo‘ldan borilgandagina muloqot faoliyatining qaysi jihatlarini universallika yo‘yish va qaysilarini etnomadaniylikka qoldirish lozimligini aniqlash mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, muloqot jarayonida lisoniy va madaniy bilim sohalaridan foydalanishga oid muammolar yechimini topish vazifasini yengillashtiradi.
Nutqiy ta'sirning ochiq va yashirin shakli (bevosita kuzatuvda berilgan va bevosita kuzatuvda berilmagan) zamonaviy pragmalingvistikada ikki yo‘nalishni keltirib chiqardi. Bular: 1. Funksional pragmalingvistika. 2. Yashirin pragmalingvistika.
Funksional pragmalingvistikada nutqiy muloqotning turli jihatlari o‘rganish ob'ekti sifatida tanlanadi. Masalan, muloqotga kirishish sabablari, nutqiy aktlarni samarali tashkil etish, mazmunni to‘g‘ri talqin qilish muammolari, muloqot qoidalari, adresant, adresant va auditoriyaning interpretatsiya usullari singarilar.
Bu yo‘nalishda muloqot faoliyati matnni yuboruvchining faoliyati motivlangan, anglangan, maqsadga yo‘nalitirilgan nutqiy ta'sir omili orqali o‘rganiladi. Mazkur muloqot faoliyati lisoniy birliklarni yuqori samaraga xizmati darajasida tekshiriladi.
Adresat uchun zarur bo‘lgan nutq birligi muloqot vaziyati, maqsadi va motivlari singari ekstralingvistik omillar bilan tanlanadi, saralanadi.
Vaziyat 1.
Boshqa turdagi faoliyatlar singari, nutqiy faoliyat nutqiy aktlardan tashkil topadi.
( J. Searle, J. Austin), J. F. Allen va R. Perro (1986), N. D. Arutyunova (1990), V. V. Dementev (1997), I. M. Kobozeva (1986), O. G. Pochepsov (1986), A. Cohen (1990)
Yashirin pragmalingvistika asosida kommunikatsiya ishtirokchilarining nutqiy xulqini tekshirish masalasi turadi. Bunda real odamlar va konkret nutqiy vaziyatlarda nutqning amalga oshishining tahlili e'tiborga olinadi. Shuningdek, psixolingvistik va sotsiolingvistik jihatlar ham nazardan chetda qolmaydi. Sotsiolingvistika nutqiy xulqning ijtimoiy chegaralangan (sayqallangan) optimal variantini tanlash muammosi bilan qiziqadi.
Psixolingvistika insonni til sohibi sifatida o‘rganadi.
N. I. Formanovskaya nutqiy xulqni stereotipik, avtomatlashgan va anglangan motivdan xoli faoliyat sifatida tushunadi. Nutqiy xulq inson tomonidan uning hayoti davomida ishlab chiqiladi. U qator ijtimoiy belgilar (tug‘ilgan joyi, yashash joyi, ma'lumot, tarbiya, yosh, jins, kommunikatlarning rolli vazifasi) asosida matnni yuboruvchi, qabul qiluvchi shaklida qaror topadi.
ye. A. Zemskaya: “...odamlar bo‘shliqqa qarab emas, suhbatdoshiga ta'sir ko‘rsatish maqsadida, unga yoqish, undan farqli ekanini isbotlash, bilimdonlik va o‘qimishlilik darajasini ko‘rsatish istagida muloqotga kirishadi”.
Muloqot:
Muloqot xarakteri xarakteri (rasmiy, norasmiy)
Muloqot turi (omma oldida, shaxsiy, bevosita)
Qaytar aloqaning mavjudligiga ko‘ra.
Download 28,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish