Sotvoldiyev Nurillo Saydullo o’g’li tatu farg‘ona filiali “ Teleradioeshittirish ” yo’nalishi M3 – 21 ti guruh talabasi



Download 102,61 Kb.
bet1/2
Sana13.06.2022
Hajmi102,61 Kb.
#661474
  1   2
Bog'liq
Mobil Aloqa tizimlarini rivojlanishi TEZIS


Mobil aloqa tizimining rivojlanishi


Sotvoldiyev Nurillo Saydullo o’g’li
TATU Farg‘ona filiali “ Teleradioeshittirish ” yo’nalishi
M3 – 21 TI guruh talabasi
Sotali aloqa tizimlarida (yoki hozirgi vaqtda koʼpincha atalganidek mobil aloqa tizimlarida) ―avlodlar almashishi shaxsiy kompyuterlar industriyasi yoki televizion texnikaga nisbatan yaqqolroq va aniqrok boʼlmokda. Mobil aloqa dunyosida koʼp narsa hisoblidir: 1G (ingl. «First Generation»- birinchi avlod) – bu analog aloqa tizimlari (NMT, AMPS standartlari); ikkinchi avlod - 2G, kanallar kommutatsiyalanishi asosida ishlaydigan raqamli aloqa tizimlari (GSM, DAMPS va CDMA One standartlari); uchinchi avlod - 3G, kanallar kommutatsiyalanishi bilan birga paketlar kommutatsiyalanishini ham koʼzda tutadi (UMTS va CDMA-2000 standartlari); va nihoyat, toʼrtinchi avlod - 4G tarmoqlari toʼliq paketli IP-kommutatsiya asosida kuriladi (LTE Advanced, IEEE802.16m (WiMAX) va IEEE802.11ac (Wi-Fi) standartlari). Shunisi diqqatga sazovorki, mobil aloqa dunyosida avlodlarning almashishi muntazam ravishda har oʼn yilda boʼlib oʼtmoqda. Hozirgi kun ham dunyo miqyosida ikkinchi avlod mobil aloqa tizimlaridan uchinchi avlod tizimlariga oʼtish bilan bogʼliqdir. Xaqiqatan, tarqalishi darajasi boʼyicha 3G tarmoqlari mobil aloqaning jahon bozorida 25 foizini egallagan holda, 2G tarmoqlarini quvlab, bosqichma-bosqich yetakchi oʼrinlarga chiqib bormoqda. Mobil qurilmalar yaratuvchilari global assotsiatsiyasining (ingl. Global mobile Suppliers Association, GSA) va CDMA rivojlanish guruhining (ingl. CDMA Development Group, CDG) hisobotlariga koʼra, 2011 yilning 11 mayiga kelib butun dunyoda 3G tarmoklari soni 700 dan oshib ketdi, abonentlar soni esa 1,3 milliardga yetdi. Bu yosinda 3G texnologiyalarining funktsional imkoniyatlari ham joyida turmayapti va 3,5G nomini olgan (yaʼni HSPA va HSPA+ tizimlari) yangi ishlanmalar sari rivojlanib bormoqda. Bunday sharoitda 3G tarmoqlarining istiqbollari yorqin koʼrinmoqda edi. Аmmo bizning koʼz oʼngimizda qiziqarli bir jarayon ham yuz bermoqda: sahnaga ―4G deb atalmish mobil aloqaning yangi avlodi (LTE texnologiyasi) kirib keldi va jiddiy ravishda ―oilada oʼz oʼrniga daʼvogarlik qilmoqda. Shu sababdan yaqin vaqtlarda 3G tarmoqlari toʼliq kuch bilan rivojlanmasdan turib oʼz oʼrnini 4G tarmoqlariga boʼshatib berish ehtimoli paydo boʼldi. Lekin xolisona shuni taʼkidlash kerakki, mutaxassislar orasida boshqa fikrlar ham mavjud boʼlib, unga muvofiq holda 3G (aniqrogʼi 3,5G va 3,75G) tarmoqlari xarakteristikalari boʼyicha 4G talablariga yaqinlashib, hali uzoq vaqtgacha mobil aloqa bozorida asosiy oʼringa ega boʼladi. Parallel ravishda keng polosali simsiz ulanish (KSU) tizimlari oʼzining kichik zonadagi statsionar tarmoqlaridan (Wi-Fi) bir necha kilometrli hududlarni qoplaydigan mobil tarmoqlariga (WiMAX) qadar evolyutsiyasida funktsional imkoniyatlari va xarakteristikalari jihatidan 4G texnologiyalari sari rivojlanmoqdalar va bu bilan mobil aloqa tarmoqlariga yaqinlashmoqdalar (1.1-rasm).

1-rasm. Mobil va kyeng polosali tizimlarning evolyuцiyasi Ko'rib turganimizdyek, mobil va keng polosali aloqa tizimlari va tyexnologiyalari ulkan rivojlanish jarayonida turibdi hamda inson faoliyatining turli sohalariga yanada ko'proq kirib bormoqda. Bu jarayonlarni chuqur o'rganish, mobil tyexnologiyalar rivojlanishi masalalaridan xabardor bo'lish, ularning istiqbollari va rivojlanish tendensiyalarini bilish mamlakatimizda mobil aloqa tizimlarining rivojlanishi va joriy etilishining ratsional strategiyalarini aniqlash uchun juda muhim.
Hozirgi kunda mobil aloqada judayam tez sifatda ishlay oladigan 5G texnalogiyasi kirib kelmoqda. 5G IMT-2020 talablari asosida ma'lumotlarni uzatish tezligini 20 Gbit / s gacha etkazish uchun mo'ljallangan. Qualcomm Technologies-ning eng yirik 5G echimlari Qualcomm® Snapdragon ™ X55 va Snapdragon X60 Modem-RF tizimlari ma'lumotlar uzatish tezligining yuqori tezligida 7,5 Gbit / s gacha tezlikni ta'minlashga mo'ljallangan.
Ammo 5G - bu shunchaki tezligidan ko'proq narsa. Ma'lumotlarning yuqori darajalariga qo'shimcha ravishda, 5G yangi spektrga, masalan, mmWave-ga kengayib, tarmoqning ko'proq hajmini ta'minlashga mo'ljallangan.
Harakatdagi radioaloqa tizimlari rivojlanishining tavsifi va tarix
Harakatdagi radioaloqa tizimlari (HRT) hozirgi vaqtda taqdim etiladigan xizmatlar sifati va hajmining kyengaytirilishi xisobiga, ularning ommaviylashishi va foydalanuvchilarning individual talablariga moslashtirilishi hisobiga keskin sur'atlarda rivojlanmoqda. Yangi imkoniyatlarning ishlatilishi ham mavjud tarmoqlarning takomillashtirilishi hisobiga, ham global tarmoq infratuzilmasini yaratish bilan bog'liq yangi texnik yechimlarning ishlatilishi hisobiga ta'minlanadi. O'z o'rnida HRT tizimlari ham konvergensiya, universallashish va ichki raqobat jarayonlarini boshdan kechirmoqda. Shu asnoda, ba'zi bir xizmat turlari o'z umrini o'tab sahnadan ketmoqda (masalan, ―peydjing personal radiochaqiruv tizimlari), boshqalari o'zining funksional imkoniyatlari bilan alternativ xizmatlarga yaqinlashib bormoqda (masalan, sotali va tranking aloqalar), uchinchi holatda esa, bir xizmat ikkinchisining bozorini qamrab olmoqda (masalan, sotali va yo'ldosh aloqa tizimlari) va hokazo. Hoxlagan xizmatn (ya'ni, nutq, ma'lumot, multimedia xizmatlari), hoxlagan joyda (global ko'lamlarda) va ―hoxlagan vaqtda (ishda, uyda, dam olishda, yo'lda) taqdim etishga qodir bo'lgan ko'pqamrovli aloqa tizimining konsepsiyasi bugungi kunda muayyan qirralarga ega bo'lmoqda. Lekin yangisini qurish uchun eskisini bilish zarur bo'lgani kabi, bu tizimlarda bugungi kunda amalga oshayotgan jarayonlarni yaxshi tushunish uchun HRT tizimlarining tug'ilish manbalari va rivojlanishini yodga olish ham foydadan holi emas.
1.2. Professional mobil aloqa tizimlari Professional mobil radioaloqa (PMR) turi bugungi kunda tranking radioaloqa tizimlari sifatida ma'lum bo'lib, HRT tarkibida eng keksa hisoblanadi. Bu aloqa turi o'tgan asrning 30-yillarida paydo bo'lib, yetmish yildan ortiq vaqt davomida insoniyatga xizmat qilib kelmoqda. Ma'lumki, PMR tizimlariga jamiyat xavfsizligi xizmatlari va huquq tartibini 1 Multi-carrier and spread spectrum systems: from OFDM and MC-CDMA to LTE and WiMAX / K. Fazel, S. Kaiser. – 2nd ed.2008 muhofaza qilish uchun turli vakolatli tarmoqlar (tyez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bo'yicha, munisipial va transport xizmatlari, yirik industrial ob'yektlar va boshqalar) kiradi. Qabul qilingan xalqaro klassifikasiya bo'yicha PMR tizimlarining ikki sinfi, ya'ni professional mobil radioaloqa tizimlari - PMR (ingl. Professional (Private) Mobile Radio) va umumiy foydalanish mobil radioaloqa tizimlari - PAMR (ingl. Public Access Mobile Radio) mavjud. Birinchi sinfdagi tizimlar bir foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi tasarrufida bo'ladi va umumiy foydalanish tarmoqlariga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi, lekin tijoriy xizmatlarni ko'rsatmaydi. PMR tizimlarining ikkinchi sinfi esa ko'plab foydalanuvchilarga tijoriy asosda UFTT (PSTN) tarmoqlariga chiqish imkoniyatini beradi va operator tomonidan yaratiladi. Tranking rejimida ishlaydigan PMR tizimlarning farqli o'ziga xos xususiyati – bu umumiy boshqarish shinasi yordamida bir-birlari bilan bog'langan bir nechta retranslyatorlardan iborat saytning (retranslyasiya punktining) mavjud chastota resursidan umumiy foydalanish hisobiga radiochastotalarni samarali ishlatish qobiliyatidir. Shuningdyek, PMR tizimlarida radioefirni ―yengillatishga abonent radiostansiyasining uzatkichi doimiy ravishda emas, balki faqat maxsus tugma – tangenta (ingl. Push To Talk - PTT) bosilganida ishlashi xizmat qiladi. PMR tizimlarining rivojlanishi aloqani sifati, tezkorligi va konfidensialligini yaxshilashga hamda analog tizimlardan raqamli tizimlarga o'tkazish yo'naltirilgan. Raqamli PMR tizimlarining paydo bo'lishi bilan ilgari analog tizimlarida to'la me'yorda erishib bo'lmaydigan ko'plab zamonaviy xizmatlarni taqdim etish imkoniyati paydo bo'ldi. Mavjud analog PMR tizimlari (SmartTrunkII, LTR, Multi-Net, Accessnet, Smartnet, EDACS, MPT-1327) tarmoqlarini qurishda yetarli darajada ixcham emas, ma'lumot uzatishda imkoniyatlari cheklangan, bir-birlari bilan moslashmaydigan, yuqori konfidensiallikni va sanksiyasiz ulanishdan ishonchli himoyani ta'minlay olmaslik kabi kamchiliklarga ega.

Download 102,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish