Sovet hokimyati ateistik siyosatining ayanchli oqibatlari Reja: Sovet hokimyati ateistik siyosatining ayanchli oqibatlari 2


-yillar tahrir manbasini tahrirlash Ikkinchi jahon urushi yillari



Download 44,32 Kb.
bet5/5
Sana01.07.2022
Hajmi44,32 Kb.
#724139
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sovet hokimyati ateistik siyosatining ayanchli oqibatlari

1940-yillar tahrir manbasini tahrirlash
Ikkinchi jahon urushi yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekiston SSRdan 1,5 million kishi frontga ketgan, ulardan 450 mingdan ortiq kishi jang maydonlarida halok boʻlgan. Fashistlar bosib olgan hududlardan Oʻzbekistonga 1 milliondan ortiq kishi, jumladan, 200 ming bola evakuatsiya qilindi.
1943–44-yillarda qalmoqlar, qrim tatarlari, chechenlar, ingushlar, olmonlar, qorachoylar, yunonlar, mesxetin turklari, bolqorlar oʻz tarixiy vatani yoki doimiy yashash joylaridan mamlakatning sharqiy hududlariga koʻchirib yuborildi. Qrimdan 151 604 qrim tatarlari, Gurjistondan 110 ming mesxetin turklari, Shimoliy Kavkazdan 175 ming chechen, 20 mingdan ortiq ingush, 4 500 bolqor, arman va yunonlar Oʻzbekiston SSRga koʻchirildi. Koʻchirib keltirilganlar orasida boshqa xalqlarning vakillari ham oz emas edi. Maxsus koʻchirib keltirilganlarning koʻpchiligi kolxoz va sovxozlarga ishga joylashdilar, keyinchalik Mirzachoʻlni oʻzlashtirishda ishtirok etdilar. Urush yillarida Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi ahli eng murakkab va ogʻir sharoitlarda mehnat qilib, davlatga 4 148 000 tonna paxta, 82 million pud gʻalla, 54 067 tonna pilla, 195 ming tonna sholi, 57 444 tonna hoʻl meva, 36 ming tonna quruq meva, 159 300 tonna goʻsht, 22 300 tonna jun va boshqa mahsulotlarni yetkazib berdilar. Urushda vayron boʻlgan xalq xoʻjaligini tiklashga yordam berish uchun koʻplab oʻzbekistonliklar Rossiya SFSR, Ukraina SSR, Belorussiya SSR va boshqa respublikalarga joʻnatildi.
1940-yillarning ikkinchi yarmi tahrir manbasini tahrirlash
Urush tugagach, oradan koʻp oʻtmay Oʻzbekiston SSR boʻylab yana bir yalpi qirgʻin toʻlqini yelib oʻtdi. XX asrning 40-yillari oxiri va 50-yillari boshidagi qatagʻonlar, asosan, madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratildi. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK markazning yoʻl-yoʻriqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. Yozuvchi va shoirlardan Said Ahmad, Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Maqsud Shayxzoda, Mirkarim Osim, Hamid Sulaymonov, shuningdek, Muhiddin Qoriyoqubov 1951-yilda „sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati“ olib borganlikda ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yil ozodlikdan mahrum etildilar. Oʻzbek xalqining faxri hisoblangan Oybek badnom qilindi.
1950–1970-yillar tahrir manbasini tahrirlash
20-asrning 50–80-yillarida Oʻzbekiston SSRda turli sanoat korxonalari qurilgan, yangi shahar va posyolkalarga asos solingan. Mirzachoʻl va boshqa choʻllarning oʻzlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan. Xalqning turmush darajasi muayyan darajada yaxshilangan. Ayniqsa, Oʻzbekiston iqtisodiyoti markaz manfaatlariga boʻysundirilgan. SSRIning agrar respublikalaridan biriga aylangan Oʻzbekiston SSRda paxta yakkahokimligi oʻrnatilgan. XX asrning 60-yillarida Orol dengizining qurishi boshlandi va u mintaqadagi ekologik muhitga jiddiy zarar yetkazdi.
1980-yillar[tahrir manbasini tahrirlash]
XX asrning 80-yillari boshlariga kelganda sovet rejimi, uning siyosiy tizimi va xoʻjalik yuritish usullari oʻzining rivojlanish imkoniyatlarini tugata boshlagan. Oʻzbekiston SSR iqtisodiyoti ham, katta xom ashyo va tabiiy boyliklar zaxirasiga ega boʻlishiga qaramasdan, SSRIning markaziy hududlaridan juda tez ortda qola boshlagan. Oʻzbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda boʻlgan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 16-plenumi mashʼum rol oʻynagan. Moskva tashabbusi va koʻrsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar Oʻzbekiston SSRda oʻzbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi. Oʻzbekiston kompartiyasi 60 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi
SSRI Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar boʻyicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi tuzilib, 1983-yildayoq Oʻzbekiston SSRga yuborilgan edi. Ular keyinchalik markazdan respublikaga kelgan „desantchilar“ga tayanib, Oʻzbekistonda navbatdagi qatagʻonni amalga oshirdi.
Oʻzbekiston SSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bogʻliq jarayonlardagi „qoʻshib yozish“, „oʻgʻrilik“, „koʻzboʻyamachilik“, „poraxoʻrlik“ va hokazolarni tergov qiluvchi Gdlyan va Ivanov guruhining talabi bilan respublikadagi jamoa xoʻjaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60 foizi, qishloq xoʻjaligi yetakchi mutaxassislarining 45 foizi, paxtachilik brigada boshliqlarining 35 foizi, shuningdek, koʻplab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya qoʻmitasi kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xoʻjalik rahbarlari oʻz vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
1983–90-yillarda Oʻzbekiston SSRda „paxta ishi“ boʻyicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga jismoniy va ruhiy tazyiq oʻtkazildi. Ularning oila aʼzolari va qarindosh-urugʻlari ham qamoqqa tashlandi.
Mustaqillikka erishishi tahrir manbasini tahrirlash
Oʻzbekiston SSRda qilingan qatagʻon va yovuzliklar xalq ommasini sovet rejimiga nisbatan nafratini oshirdi, tuzumga boʻlgan munosabatini keskin oʻzgartirdi. Ana shunday murakkab bir vaziyatda respublikada mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1990-yil 20-iyunda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti „Mustaqillik deklaratsiyasi“ni qabul qildi. 1991-yil 31-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida“ qonun qabul qilinib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishdi.
Maʼmuriy boʻlinishi tahrir manbasini tahrirlash
Oʻzbekiston SSR maʼmuriy jihatdan 1925-yilda dastlab 8 ta viloyat (Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm) va Tojikiston ASSR (1929-yilgacha Oʻzbekiston SSR tarkibida boʻlgan), 22 uyezd va 241 volostga boʻlingan. 1926-yilda maʼmuriy-iqtisodiy rayonlashtirish amalga oshirilgan. 1987-yilda Oʻzbekiston SSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR (1936-yildan u Oʻzbekiston SSR tarkibida boʻlgan), 12 ta oblast (Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo), 155 rayon, 123 shahar, 95 ta posyolka hamda Toshkent shahri kirgan.
Oʻzbekiston SSR poytaxti 1925-yil fevraldan to may oyigacha Buxoro shahri boʻlgan. 1925-yil maydan to 1930-yil dekabrgacha Samarqand shahri poytaxt boʻlgan. 1930-yil oxiridan poytaxt Toshkentga koʻchgan.
Boshqaruv tizimi manbasini tahrirlash
Oʻzbekiston SSR siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925-yil fevralda Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Oliy Soveti (1937-yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946-yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari – 2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, rayon, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi – Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va markaz gumashtalari qoʻlida boʻlgan. OʻzKP(b) eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, bosmachilik va mahalliy mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik industrlashtirishni amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirishga, madaniy inqilobni oʻtkazishga qaratgan.
Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.
Mehnat ahlining eng ommaviy tashkiloti – kasaba uyushmalari ham partiya qoʻmitalariga toʻla-toʻkis qaram boʻlib qolgan. Mustabid tuzum yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalashga muntazam eʼtibor qaratgan. Bu ishlar bilan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (VLKSM) ning Oʻzbekistondagi organi – Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (OʻzLKSM) shugʻullangan.
Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasida Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqi tarkibidagi teng huquqli suveren respublika sifatida oʻz hududida davlat hokimiyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi, chet davlatlar bilan aloqa bogʻlash, ular bilan shartnomalar tuzish hamda diplomatik va konsullik vakillari ayirboshlash, xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega deb belgilab qoʻyilgan boʻlsa ham, amalda Oʻzbekistonning huquqi Rossiya SFSR tarkibidagi oblastlar yoki avtonom respublikalar huquqi bilan tenglashtirilib qoʻyilgan edi. Yuqori lavozimdagi kadrlarni tayinlash yoki olib tashlash markazdan turib hal qilinar edi.
OʻzSSR Xalq Komissarlari Sovetining raislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fayzulla Xoʻjayev (1925–37)

  • Abdulla Karimov (1937)

  • Sulton Segizboyev (1937–38)

  • Abdujabbor Abdurahmonov (1938–46-yilgacha)

OʻzSSR Ministrlar Sovetining raislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdujabbor Abdurahmonov (1946–50)

  • Abdurazzoq Mavlonov (1950–51)

  • Nuriddin Muhiddinov (1951–53; 1954–55)

  • Usmon Yusupov (1953–54)

  • Sobir Kamolov (1955–57)

  • Mansur Mirzaahmedov (1957–59)

  • Orif Alimov (1959–61)

  • Rahmonqul Qurbonov (1961–71)

  • Narmaxonmadi Xudoyberdiyev (1971–84)

  • Gʻayrat Qodirov (1984–89)

  • Mirahad Mirqosimov (1989–90)

OʻzSSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining raisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Islom Karimov (1990-yil 1-noyabrdan)

OʻzSSR Kompartiyasi MKning birinchi kotiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vladimir Ivanov (1925–27)

  • Nikolay Gikalo (1929)

  • Akmal Ikromov (1929–37)

  • Usmon Yusupov (1937–50)

  • Amin Niyozov (1950–55)

  • Nuriddin Muhiddinov (1955–57)

  • Sobir Kamolov (1957–59)

  • Sharof Rashidov (1959–83)

  • Inomjon Usmonxoʻjayev (1983–88)

  • Rafiq Nishonov (1988–89)

  • Islom Karimov (1989–91)

OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yoʻldosh Oxunboboyev (1925–37-yilgacha)

OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yoʻldosh Oxunboboyev (1937–43)

  • Abduvali Moʻminov (1943–47)

  • Amin Niyozov (1947–50)

  • Sharof Rashidov (1950–59)

  • Yodgor Nasriddinova (1959–70)

  • Nazar Matchonov (1970–78)

  • Inomjon Usmonxoʻjayev (1978–83)

  • Olimjon Salimov (1983–86)

  • Rafiq Nishonov (1986–88)

  • Poʻlat Habibullayev (1988–89)

  • Mirzaolim Ibrohimov (1989–91)

OʻzSSR Oliy Soveti raisi[tahrir manbasini tahrirlash]

  • Shukrulla Yoʻldoshev (1991-yil 12-iyundan)

Iqtisodi tahrir manbasini tahrirlash Oʻzbekistonning sovet davri tarixi muayyan yoʻqotishlar va fojialar bilan birgalikda katta qurilishlar va sanoat korxonalari bunyod etilgan davr hamdir. Aynan shu davrda Oʻzbekiston SSR zamonaviy qishloq xoʻjaligi respublikasiga aylantirildi. Bu yillarda iqtisodiyot, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot sohalarida muayyan yutuqlarga erishildi.
Oʻzbekiston SSRda 1925–26-yillarda ishchilar soni 11 900 kishiga yetdi. Ularning 29,3 foizini mahalliy millat vakillari tashkil etardi. Oʻzbekiston uchun sanoat qurilishini keng surʼatda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki respublika iqtisodiyoti XX asrning 30-yillari boʻsagʻasida ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927-yilda Oʻzbekiston SSR xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligining salmogʻi 62,6 foiz, sanoatning salmogʻi 37,4 foizni tashkil etar, shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishning 90 foizi qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan edi. Iqtisodiyot xom ashyo yoʻnalishida boʻlganligi sababli Oʻzbekiston SSR sanoati faqat bir tomonlama ixtisoslashtirilayotgan edi: uning 2/3 qismiga yaqini paxta tozalash sanoati hissasiga toʻgʻri kelardi, u butunlay metropoliya ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilardi, uning boshqa tarmoqlari oʻz holicha rivojlanib, umuman, SSRI iqtisodiyoti bilan zaif bogʻlangan edi.
Birinchi besh yillik[tahrir manbasini tahrirlash]
Birinchi 5 yillik davri (1928-32)da Oʻzbekiston SSRda 289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta korxona qayta tashkil etildi, sanoatning asosiy ishlab chiqarish fondlari 3 baravar, neft qazib chiqarish 2,5 baravar, metall ishlash sanoati mahsulotlari 6 baravar, sement ishlab chiqarish 3,5 baravar ortdi. Yengil sanoatning konchilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik sohalari va ip-gazlama ishlab chiqarish surʼatlari oshib bordi. Ana shu davrda Oʻrta Osiyoda paxtachilik, mashinasozlik sanoatining toʻngʻichi boʻlgan „Tashselmash“ va Quvasoy sement zavodi barpo etildi. „Chirchiqqurilish“, Toshkent toʻqimachilik kombinati qurilishi tez surʼatlar bilan olib borildi. Fargʻona toʻqimachilik fabrikasi va yogʻ zavodi, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlarda tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi.
Sanoatning rivojlantirilishi energetika bazasini kengaytirishni talab qilardi. Fargʻona, Samarqand, Toshkent va boshqa joylarda yangi elektr stansiyalari qurildi. 1932-yilda barcha elektr stansiyalarining soni 1928-yildagi 16 ta oʻrniga 49 taga yetdi, elektr quvvati ishlab chiqarish esa 7 baravardan ziyodroq oshdi.
Ikkinchi besh yillik[tahrir manbasini tahrirlash]
Ikkinchi 5 yillik davri (1933–37)da Oʻzbekiston SSRda barpo qilinadigan sanoat korxonalari mahalliy sharoit va milliy manfaatlarni emas, balki markaz ehtiyojlarini hisobga olib rejalashtirilgan edi. Mas, Chirchiqdagi azotli oʻgʻitlar zavodi va Toshkent toʻqimachilik kombinatini barpo etishdan maqsad Oʻrta Osiyo mintaqasida paxtachilikni rivojlantirishdan iborat boʻlgan. Umuman ikkinchi 5 yillik davrida 189 ta turli sanoat korxonalari va elektr stansiyalari barpo etildi. Ular orasida Fargʻonadagi yigirish-toʻqish fabrikasi, Xavdogʻ va Uchqizil neft konlari, Toshkent matbaa kombinati, Qoʻqon superfosfat zavodi, Buxorodagi issiqlik elektr stansiyalari, Qodiriya va Boʻrjar stansiyalari, Toshkent lok-boʻyoq zavodi va boshqalar bor boʻlib, ular, asosan, Sovet Ittifoqi ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilgan.
Uchinchi besh yillik[tahrir manbasini tahrirlash]
Urushdan oldingi uchinchi 5 yillik davri (1938–42)da sanoat rivojlanishida siljish kuzatildi. Urushning boshlanishiga kelib, Oʻzbekiston SSRda 134 ta sanoat korxonasi qoʻshimcha ravishda ishga tushirildi. Ular orasida Chirchiq elektr-kimyo kombinati, Toshkent toʻqimachilik kombinatining 2 navbati, Moʻynoqdagi yirik baliq-konserva zavodi bor edi. Chirchiq GES, Olmaliq mis eritish kombinati, Quvasoy GRESi, Tovoqsoy va Samarqand GESlarini qurish, Angrendagi koʻmir konini ishga tushirish jadal surʼatlar bilan bordi.
Urush boshlanishi vaqtiga kelib respublikaning sanoat potensiali 1 445 ta yirik va oʻrta sanoat korxonalarini hamda 19 mingta mayda korxonalarni oʻz ichiga olgan. Oʻzbekiston SSR vositalarini va isteʼmol buyumlarini ishlab chiqaradigan tarmoqlar oʻrtasidagi nisbat jiddiy ravishda oʻzgardi. Yirik sanoat salmogʻi 1928-yildagi 16,3 foizdan 1940-yilda 32,8 foizga koʻtarildi.
Sanoatni kadrlar bilan taʼminlash jarayoni ziddiyatli xususiyatga ega boʻldi. Umuman, shiddatli industrlashtirish surʼatlari ishchilar va muhandis-texnik kadrlar bilan taʼminlashning miqdor jihatidan oʻsishiga obʼyektiv sharoit yaratdi. Masalan, yirik sanoatda ishchilar sinfining soni birinchi 5 yillikdagi 17,9 mingdan 62,4 ming kishiga yetdi yoki deyarli 3,5 baravar ortdi. 1937-yilga kelib sanoat ishchilarining umumiy miqdori 181 ming kishidan iborat boʻlgan. Lekin ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashkil qilgan.
Urushdan keyingi yillar[tahrir manbasini tahrirlash]
Sovet davlatining siyosiy rahbariyati, xalq xoʻjaligini boshqarishda oʻzlari yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklar natijasida yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini maʼmuriy buyruqbozlik orqali majburlash va yuqoridan tashkil qilingan „sotsialistik musobaqa“, „zarbdorlik“, „staxanovchilik“ va boshqa bir qator ishchilar harakatlari vositasida „ommaning inqilobiy gʻayrat-shijoati“ni avj oldirish bilan qoplashga intildi.
Oʻzbekiston SSRda paxta yakkahokimligi oʻrnatilgan. Buxoro, 1973-yil. Urbain J. Kinet surati.
Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqiga paxta xom ashyosini yetkazib beruvchi asosiy respublika hisoblangan. Oʻzbekistonda yetishtirilgan paxtaning asosiy qismi Rossiyaning toʻqimachilik fabrikalariga qayta ishlash uchun yuborilgan va chet ellarga eksport qilingan. Oʻzbekiston sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlariga xizmat qilishga yoʻnaltirilgan edi. Sanoatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoqlar asosiy oʻrinni egallaydi. Respublika xom ashyosining pirovard mahsuloti Sovet Ittifoqi sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham oʻsha yerda qolardi. Shuningdek, Buxoro – Ural va dunyoda eng uzun Oʻrta Osiyo – Markaz gaz quvurlari orqali Oʻzbekistonning tabiiy gazi Rossiya SFSR va Sharqiy Yevropa davlatlariga joʻnatilgan. Lekin respublikadagi shahar va qishloqlarning aksariyat qismi gazlashtirilmagan edi. Oʻzbekistonda qazib olingan oltin, uran va boshqa nodir metallarning eksportidan kelgan valyuta markazning xazinasiga tushgan. Respublikada ishlab chiqarilgan sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 42 ta mamlakatga eksport qilingan, lekin Oʻzbekiston SSR chet ellar bilan aloqa oʻrnatish, xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan bevosita iqtisodiy shartnomalar tuzish huquqidan mahrum edi. Bunday vakolat faqat markazdagi Ittifoq ministrliklari va idoralari zimmasida boʻlgan.

Madaniyati tahrir manbasini tahrirlash


Oʻzbekiston SSRda bolsheviklar partiyasi tomonidan XX asrning 20-yillar oxiri – 30-yillar boshida amalga oshirilgan „madaniy inqilob“ oʻzbek milliy madaniyatiga qattiq zarba berdi. Markaz tomonidan oʻzbek xalqining urf-odatlari va asriy qadriyatlari zararli deb hisoblanib, ular man etildi. Shuningdek, sovet davrida Islom dini va uning qadriyatlari oyoqosti qilindi. Oʻzbek tili ikkinchi darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.
Biroq bunday holatlarga qaramasdan, sovet davrida mamlakatda madaniyat sohasida katta yutuqlarga ham erishildi. Savodsizlikni tugatish ishlari olib borildi, pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida yangi maktablar, texnikumlar va institutlar ochildi. Mafkuraviy tazyiqlarga qaramay, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Zulfiya, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir kabi yozuvchi va shoirlar, Habib Abdullayev, Ibrohim Moʻminov, Obid Sodiqov, Yahyo Gʻulomov kabi olimlar, Olim Xoʻjayev, Razzoq Hamroyev, Shukur Burhonov, Lutfixonim Sarimsoqova, Halima Nosirova, Tamaraxonim kabi sanʼatkorlar yetishib chiqdi. 1929-yilda arab imlosiga asoslangan oʻzbek yozuvi lotin, 1940-yilda esa kirill imlosiga almashtirildi. 1993-yilning 2-sentabrida – Sovet Ittifoqi parchalanib ketib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi. Ammo yangi yozuvga oʻtish jarayoni haligacha oʻz yakuniga yetgani yoʻq. Sovet davrida oʻzbek tilining ilk keng qamrovli izohli lugʻati hamda oʻzbek tilidagi ilk umumiy ensiklopediya – 14 jildli „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ chop etildi, minglab xorij yozuvchi va shoirlarining asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilindi

Adabiyot
1.„Oʻzbekistonning yangi tarixi“, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], Toshkent, 2000;
2.Azizxoʻjayev A., „Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar“, Toshkent, 2001;
3.Alimova D. A., Golovanov A. A., „Oʻzbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari“, Toshkent, 2000;
4.„Tarix shohidligi va saboqlari“, Toshkent, 2001;
5.„Oʻzbekiston tarixi“ (1917-1991-yil), Toshkent, 2002;
6.Shamsutdinov R., „Qishloq fojeasi: jamoalashtirish, quloqlashtirish, surgun“, Toshkent, 2003.



Aim.uz



Download 44,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish