So’ziga quyidagicha ta’rif beriladi



Download 38 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi38 Kb.
#89612
Bog'liq
Matn


Matn nazariyasi, matn lingvistikasining umumiy rivojlanishida Praga lingvistik to’garagi vakllari, nemis, fransuz, ingliz, Amerika, golland, polyak va boshqa tilshunoslik maktablarining xizmatlari dunyo tilshunosligida e’tirof etilsa, rus tilshunosligida V.V. Odinsov, I. R. Galperin, O. I. Moskalskaya, L. M. Loseva, Z.Ya. Turayeva, N. S. Valgina, N. D. Zarubina kabi ko’pgina tilshunos olimlarning xizmatlari alohida e’tiborga loyiq.

Turkiyshunoslikda matn masalasi birinchi marta o’tgan asrning 70- yillarining boshlarida taniqli tatar tilshunosi M. Zakiyev tomonidan o’rtaga qo’yilgan. O’zbtk tilshunosligida birinchi bo’lib akademik G’. Abdurahmonov 1980 - yil Toshkentda bo’lib o’tgan sobiq Ittifoq turkiyshunoslarining III konferensiyasida matn nazariyasiga bag’ishlangan ma’ruza qilib, muammoning mohiyati va yechimlari haqida o’z fikrlarini bildirgan, bir qancha matn turlarini ajratib ko’rsatgan edi. Shuningdek buyuk tilshunos olim A. G’ulomov ham matnning mohiyati bo’yicha o’zining qimmatli fikrlarini bayon qilgandi.

Ma’lumki, «Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O’zbek tilining izohli lug’atida matn so’zining arabchadan o’zlashganligi, eskirgan kitobiy so’z ekanligi va aynan tekst so’zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug’atning 156-betida tekst so’ziga quyidagicha ta’rif beriladi: 1

Yozilgan, ko’chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi; matn. Maqolaning teksti. 2. Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga asos bo’lgan she’r, so’z. 3. Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi. Bu ta’rifda matnning asosiyxususiyatlari to’g’ri ko’rsatilgan. Faqat axborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn (tekst) so’zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko’rishimiz mumkin. Kompyuterda terilgan matn formati Word, RTF matn, oddiy matn, formatlangan matn, gipermatn kabilar ham iste’molda faollashdi.

Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob’ekti sifatida talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda uni so’z birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham o’z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos M.X.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag’ishlangan dissertatsion ishida bu haqda shunday yozadi:2Matn so’zining lug’aviy ma’nosida birikish, bog’lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o’zaro qaysidir bog’lovchilar yordamida birikishini o’rganish «Matn tilshunosligi» sohasining asosiy muammolaridan biri bo’lib qoldi. Matn birliklarining o’zaro bog’lanishini ifoda etuvchi takror va uning bir necha ko’rinishi, olmosh turkumiga oid ba’zi so’zlar, gapning so’roq shakliga xos bo’lgan ko’rinishining matn hosil qilishdagi vazifalari matn tilshunosligida alohida o’rin tutadi.Mazkur ishda muallif «matn» atamasini «nutq», «kontekst» kabi boshqa lingvistik atamalardan farqlash lozimligini ta’kidlaydi. Nutq og’zaki va yozma shakllarda namoyon bo’ladi. Nutqning yozma shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi. Nutq sub’ektdan adresatga yo’naltiriluvchi nutqiy faoliyat hisoblanadi. Matn esa faqat ob’ektiv informatsiyadan iborat bo’lmay, balki o’ziga pragmatik mazmunni ham qamrab olgan nutqning material ko’rinishidir.

Ma’lumki , har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlar, muayyan birliklardan iborat bo’ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bo’laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi borasida ancha - muncha munozaralar mavjud. Bu aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida jud ko’p va farqli fikrlar mavjud.

Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi emas deb hisoblaydilar. Masalan, I. R. Galperin gap emas, balki bir qator gaplarni birlashtiradigan nisbatan yirik butunlik – frazadan kata butunlik matn birligi bo’la olishini aytadi. U gap ana shunday butunlikda constituent sifadida ishtirok etishini, frazadan kata butunlikning tarkibiy qismi bo’lgan gap bir paytning o’zida yahlit matnning ham tarkibiy qismi bo’la olmasligini ta’kidlaydi3.

Ayni shu frazadan katta butunlikni matnning asosiy birligi sifatida baholash deyarli tilshunosliklarda keng tarqalganligini ta’kidlash mumkin. Bu termin orqali ifodalangan tushuncha turli tilshunoslar tomonidan turlicha nomlanadi, ya’ni mazkur terminning bir qancha sinonimlari mavjud. Masalan: ”frzadan kata butunlik (O. S. Axmanova), “murakkab sintaktik butunlik’’(A. M. Peshkovskiy, N. S. Pospelov), ”matn komponenti’’ (I. A. Figurovskiy) va hokazo.

O’zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash uchun bir qator farqli terminlar qo’llanilmoqda. Masalan, A. Mamajonov dastlab “yirik sintaktik birlik’’ terminini qo’llagan bo’lsa, keyinroq “superfrazali sintaktik birlik’’ terminidan foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida e’tibor bilan qaragan I. Rasulov va H. Rustamovlar esa “murakkab sintaktik butunlik ‘’ terminini ma’qul ko’radilar4. O’zbek matnidagi ana shunday birliklarni monografik tarzda tadqiq etgan M. Abdupattoyev “supersintaktik butunliklar’’ terminini qollashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi5. Bu atama hodisa mohiyatini ancha to’g’ri va xolis aks ettiradigan atama sifatida, shubhasiz, matnning asosiy birligidir.

O’zbek tilshunosligida matn tadqiqiga bag’ishlangan ishlarning aksaryatida matn birliklari haqida gap ketganda, shunday birliklar sifatida, asosan, jumla, murakkab sintaktik butunlik va abzats sanab o’tiladi. Olimlar keyingi yillardagi ishlarida abzatsni ajratib ko’rsatuvchi mazkur ochiq joy orni abzatslar o’rtasida bir qator tashlab ketish usulidan foydalanish ham kuzatilayotganini aytadi.

Abzats yangi fikrlar qatorining ko’rsatkichi sifatida xizmat qiladi; abzats ichida mustaqil gaplar bilan ifodalangan fikrlar mazmunan birlashgan bo’ladi va muayyan kichik mavzuni rivojlantiradi. Bir necha gap yoki hatto bitta gapni alohida abzats sifatida ajratish bu gaplarga muayyan salmoq baxsh etadi, bunday ajratish muallif tomonidan o’z maqsadiga bog’liq tarzda amalga oshiriladi. I. R. Galperin ham abzats xuddi tinish belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta’kidlab ko’rsatsh uchun xizmat qiladigan vosita kompozitsion-grafik usul ekanligini asoslagan6.



Ana shulardan kelib chiqilsa, abzatsni matn birligi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq emasligi ayon bo’ladi.Ammo yozma matnda abzats degan hodisa bor, uni o’rganish kerak. Faqat abzatsni yozma nutqdagi matn birligi sifatida emas, balki yozma matndagi o’ziga xos kompozitsion - stilistik usul tarzida tadqiq etish xolis ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Yuqoridagi fikrlarga asoslahgan holda shuni aytish mumkinki, supersintaktik birlik va gapni matnning asosiy birliklari deb hisoblash maqsadga muvofiq bo’ladi.


1


2Ҳакимов М.Ўзбек илмий матнининг синтагматик ва парадигматик хусусиятлари. Фил.фан.номз...дисс. автореф. -Tоshkent, 1993, 7-b

3 Galperin O’sha asar

4 Rasulov I. Murakkab sintaktik butunlik. //O’zbek tili va adabiyoti,1983,1-son,22-bet; ShomaqsudovA., RasulovI. vaboshq. O’zbek tili stilistikasi.-Toshkent: O’qituvvchi, 1983, 223-227-betlar

5Abdupattoyev M. T. O’zbek matnida supersintaktik butunliklar: Fil. fan.nom…diss.avtoref.-Toshkent,1998, 17-bet.

6.Galperin O’sha asar 46-bet.

Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish