Sport trenirovkasini asosiy vositalari reja: Kirish. Sport inshootlarining joylashuviga gigiyenik talablar. Sport trenirovkasiga gigiyenik talablar



Download 32,16 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi32,16 Kb.
#844565
  1   2
Bog'liq
SPORT TRENIROVKASINI ASOSIY VOSITALARI


SPORT TRENIROVKASINI ASOSIY VOSITALARI
Reja:
Kirish.
1. Sport inshootlarining joylashuviga gigiyenik talablar.
2.Sport trenirovkasiga gigiyenik talablar.
3.Trenirovka mashqlarini rejalashtirish va o`tkazishga bo`lgan gigiyenik talablar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Kirish.
Sport inshoatlari shamolga teskari tomonga qurilishi maqsadga muvofiq. Bunda yirik ishlab chiqarish korxonalari, avtomagistrallar, chiqindi to‘planadigan joylardan changlarning shamol bilan sport inshoatiga kelishi ma’lum darajada kam bo‘ladi.
Sport inshoati quriladigan joyda yer osti suvi basseyn vannasining eng quyi qismidan, kamida 0,7 metr past bo‘lishi kerak.
Sport inshoatlariga transport kirishi uchun yo‘l o‘tkazilishi lozim. Jamoat transporti to‘xtaydigan joy bilan sport inshoati orasidagi masofa 500 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Sport inshoati atrofiga 10 metr kenglikda 4 qator daraxt nihollari ekiladi. Ular orasida 2,5 metr kenglikda yo‘l (xiyobon) bo‘ladi. Daraxtlar inshoatni changdan, shamoldan himoya qilish xususiyatidagi archa, chinor, terak kabilar bo‘lishi lozim.
Yopiq sport inshoati derazalari janub va janubiy-sharqqa qaragan bo‘lishi lozim. Bunda bino ichiga quyosh nuri kunduzi 3 soat davomida kiradi. Bu bino havosidagi mikroblarni yuqotishga yetarlidir.
Sport inshoati binosi derazalarini g‘arbga yoki janubiy-g‘arbga qaratib qurish gigiyenik nuqtai nazardan noto‘g‘ri, chunki bunda sport zaliga quyosh nuri kunning eng issiq paytida tushadi.
O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida ortiqcha quyosh radiatsiyasini to‘sish uchun sport zali derazasi ro‘parasiga daraxt ko‘chatlari o‘tkazilgani ma’qul.
Yopiq sport inshoati binosida sport zalidan tashqari quyidagi yordamchi xonalar bo‘ladi: garderob, tibbiy xizmat, massaj, bufet, yechinish, dush, hojatxona (erkaklar va ayollar uchun), dam olish xonalari, ma’muriy inventarlarni saqlash va ta’mirlash xonalari.
Sport trenirovkasiga gigiyenik talablar.
Sport trenirovkasi – sportchilarni tayyorlashning asosiy shakli hisoblanadi.
Trenirovkaning vazifasi rejalashtirilgan jismoniy mashg`ulotlarni muntazam qo`llash natijasida sportchi organizmining funksional imkonini takomillashtirish va sportda yuqori ko`rsatgichlarga erishishdir.
Jismoniy tarbiya va sportning asosiy maqsadi shug`ullanuvchilar sog`lig`ini mustahkamlash bo`lganidek, trenirovkaning asosiy vazifasi va maqsadi sportchi organizmini tashqi muhitning noqulay ta`sirlariga chidamligini oshirish, jismoniy rivojlanishini yaxshilash, sog`lig`ini mustahkamlash, funksional imkonini oshirish va jismoniy chiniqtirishdan iboratdir.
Trenirovkaning yuqorida bayon etilgan maqsad va vaziflari to`liq amalga oshishi uchun uning tashkil etilishi va o`tkazilishi gigiyenik talablarga to`liq mos bo`lishi kerak. Jumladan,

53
1. Trenirovka bilan shug`ullanuvchi sportchi gigiyenik talablar asosida tuzilgan kun tartibiga rioya qilishi shart. Kun tartibida sportchining trenirovka mashqini o`tkazish vaqti, dam olishi, ovqatlanishi va boshqa gigiyenik omillar aniq ko`rsatiladi.
2. Trenirovka mashqi yuklamasining hajmi sportchi organizmining funksional imkoniga mos bo`lishi kerak.
3. Trenirovka mashg`uloti o`tkaziladigan sport inshoati, uning jihozlari, sportchining kiyimi, poyabzali, himoya vositalari gigiyena talablariga to`liq javob berishi lozim.
4. Trenirovka mashqlari jarayonida sportchilarda o`ta charchash, zo`riqish va shikastlanish kabi noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan va yuqoridagi 1, 2, 3 bandlarda bayon etilgan chora-tadbirlar trener tomonidan to`lig`icha amalga oshirilishi lozim.
Trenirovka mashqlarini rejalashtirish va o`tkazishda gigiyenik talablar buzilishining salbiy oqibatlari.
Trenirovka mashqlarini rejalashtirish va o`tkazishda gigiyenik talablarning buzilishi tufayli quyidagi salbiy holatlar yuzaga keladi:
1. Trenirovka mashqlarini bajarish jarayonida sportchi organizmi tez charchaydi.

57
2. Sportchida murakkab harakatlarni bajarishga shartli reflekslar hosil bo`lmaydi. Natijada u murakkab harakatlarni oson va tez bajarish imkoniga ega bo`lmaydi.
3. Trenirovka mashqlarini bajarish sportchi organizmining funksional imkonini oshirish o`rniga pasaytiradi, kuchsizlantiradi.
4. Sportchida jismoniy chiniqish belgilari yuzaga kelmaydi. Uning sport ko`rsatgichlari pasayadi.
5. Trenirovka mashqlarini bajarish jarayonida gigiyenik talablarga rioya qilmaslik sportchida o`ta charchash, o`tkir yoki surunkali zo`riqish hamda bular bilan bog`liq kasallik va shikastlanish holatlarining yuzaga kelishi ko`payadi.
Sportchilarni musobaqaga tayyorlashda gigiyenik talablar.
Sportchilarni musobaqaga tayyorlashda quyidagi gigiyenik talablarga asosiy e`tibor qaratiladi:
1. Sportchi tibbiy nazoratdan o`tkazilishi va unga musobaqaga qatnashish uchun ruxsat berilishi;
2. Yosh sportchiga sport turlari bo`yicha musobaqaga qatnashishga ruxsat etishda uning yoshini hisobga olinishi (10-jadval);
3. Kurash, boks, og`ir atletika kabi sport turlari bo`yicha musobaqaga qatnashish uchun ruxsat etishda sportchilarning tana vazni kategoriyalarini hisobga olish;
4. Sportchining sport turiga mos kiyim va poyabzal bilan ta`minlanganligiga e`tibor berish;
5. Sportchining himoyalanish moslamalari bilan ta`minlanganligiga e`tibor qaratish;
6. Sportchining yoshi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda musobaqaga tayyorgarlik davridayoq uning musobaqa paytida qo`llaydigan jismoniy yuklamasi hajmini oldindan belgilash;
7. Musobaqani o`tkazish tartibi, masalan, boks raundlari soni, davomiyligi, kurashish qoidalari, dam olish vaqti kabilar bilan sportchilarni oldindan tanishtirish;
8. Sportchining o`zi va raqibi shikastlanishiga sabab bo`ladigan usullarni qo`llamaslik haqida tushuncha berish;
9. Musobaqa o`tkaziladigan joylarni (inshoatlarni) sport anjomlari, asbob-uskunalar bilan ta`minlanganini trener tomonidan nazorat qilish.
10. Musobaqani ochiq sport inshoatida o`tkazish rejalashtirilgan bo`lsa, musobaqa kunlarida ob-havo o`zgarishlarini e`tiborga olish va zarur chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish;
11. Musobaqani yopiq sport inshoatida o`tkazish rejalashtirilgan bo`lsa bino harorati, namligi, ventilyatsiyasi, yorug`ligi, tomoshabinlarni joylashtirish va ularni himoyalash tadbirlarini amalga oshirish.
12. Musobaqani tibbiy ta`minlash.
Sport musobaqalarini tashkil etish va o`tkazishga gigiyenik talablar.
Asosan quyidagi gigiyenik talablarga e`tibor beriladi:
1. Yil davomida rejalashtirilgan musobaqalar jadvali, shuningdek, har bir musobaqa davrida har qaysi sportchining qatnashish jadvalini tuzganda, sportchi zo`riqishining oldini olish choralari trener e`tiborida bo`lishi kerak. Zotan, har qanday trenirovka mashqining ham, musobaqaning ham asosiy maqsadi, avvalo, sportchining sog`lig`ini mustahkamlashga qaratiladi.
2. Musobaqa paytida sportchi bajaradigan jismoniy mashqlar yuklamasining hajmi xuddi trenirovka mashqiga o`xshash, ya`ni organizmining funksional imkoniga mos bo`lishi kerak
3. Musobaqa davomida sportchining o`ta charchashi, zo`riqishi va shu holatlar bilan bog`liq bo`lgan kasallanish va shikastlanishining oldini olish uchun:
bitta musobaqa davomida sportchining har bir chiqishi orasida;
- yetarli dam olishi;
- kuch-kuvvatining tiklanishi;
- ovqatlanishi,
- kayfiyatini ko`tarish;
- zarur bo`lsa tibbiy yordam ko`rsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo`llash trenerning vazifasidir.
4. Ma`lumki, musobaqada jismoniy mashg`ulotlar trenirovkaga nisbatan qisqa muddat davomida bajariladi. Ammo, sportchining yuqori darajada mas`uliyat his etishi, ruhiy hayajonlanishi, o`zida mavjud bo`lgan barcha kuch-quvvatini, imkonini zimmasidagi vazifani bajarishga safarbar etishi, uning organizmi uchun juda og`ir ruhiy va jismoniy sinov hisoblanadi.
5. Sportchining musobaqaga qatnashishiga imkon beruvchi asoslar quyidagilar:
- birinchidan, sportchining mutloq sog`lig`i to`g`risidagi tibbiy nazorat xulosasi;
- ikkinchidan, sportchining yetarli darajada jismoniy chiniqqanligi, organizmining funksional imkoni musobaqada talab qilinadigan darajada bo`lishi.
6. Bo`lajak musobaqa jarayonida sportchi bajarishi mumkin bo`lgan jismoniy yuklama hajmi uning yil davomidagi trenirovka mashqlarida ko`rsatgan natijalari va chiniqqanlik darajasini e`tiborga olgan holda, trener tomonidan belgilanadi.
7. Yil davomida sportchi qatnashishi mumkin bo`lgan musobaqalar soni, ular o`rtasidagi oraliq davrining qisqa-uzunligi, sport jamoasining zaruriyatiga hamda sportchining sog`lig`i va chiniqqanligiga, ya`ni organizmining funksional imkoniga bog`liq.
8. Musobaqa boshlanishidan bir necha kun oldin trenirovka mashqlarining haftalik soni hamda ularda bajariladigan jismoniy yuklama hajmi ma`lum darajada kamaytiriladi.
Musobaqa boshlanishiga 2-3 kun qolganda esa trenirovka mashqi butunlay to`xtatilib, sportchiga dam beriladi. Bu kunlarda sportchi asosan ertalabki gigiyenik gimnastikani bajaradi va kechki payt ochiq havoda yarim-bir soat sayr qilib, dam oladi. Musobaqaga bir kun qolganda va musobaqa boshlanadigan kun sportchining jismoniy charchashiga va ruhiy bezovtalanishiga sabab bo`ladigan hech qanday xatti-harakatlar sportchining o`zi va uning atrofidagilar tomonidan sodir etilmasligi kerak.
9. Musobaqalar ketma-ket o`tkazilgan paytlarda, musobaqa oldidan o`tkaziladigan trenirovka mashqlarida jismoniy yuklama hajmi sportchining qisman bo`lsada charchaganini e`tiborga olgan holda, oldingi mashqlardagiga nisbatan ma`lum darajada kamaytirilishi lozim.

60
10. Musobaqa o`tkaziladigan sport inshoatiga sportchi musobaqaga start berilishidan bor-yo`g`i bir soat oldin kelishi mumkin. Sportchining start berilishidan bir necha soat oldin kelishi uning qo`zg`algan asabini yanada ortiq qo`zg`alishiga, hayajonlanishiga, kayfiyati buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga sabab bo`ladi.
11. Sportchining musobaqada qatnashish navbati kelgunicha, u boshqa sportchilarning musobaqada qatnashayotganini tomosha qilishi maqsadga muvofiq emas. Chunki, bu uning ruhiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
12. Musobaqalar davri o`tgandan keyin sportchi dam olishi kerak. Bu payt u asosan ertalabki gigiyenik gimnastika va kechki sayr qilish bilan shug`ullanadi. Shuningdek, kuch-quvvatni tiklovchi dori-darmonlar qabul qiladi.
Sportchilarni musobaqa oldidan o`quv-trenirovka mashqi yig`inlarida tayyorlashni gigiyenik ta`minlash.
Sportchilarni musobaqa oldidan o`quv-trenirovka mashqi yig`inlarida tayyorlash uchun quyidagi gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish zarur:
1. O`quv-trenirovka mashqi yig`inlarining asosiy vazifasi, o`tkazish muddati, qatnashadigan sportchilarning tarkibini hisobga olgan holda, yig`in o`tkaziladigan qulay joy oldindan tanlanadi. Joyni tanlashda iqlim, ob-havo sharoitlariga alohida e`tibor qaratiladi. Tanlanadigan joy chiroyli manzarali, toza, ko`kalamlashtirilgan, mashqlarni o`tkazish va dam olish uchun qulay bo`lishi kerak.
2. O`quv-trenirovka mashqi yig`inlari davrida sportchilar kun tartibida quyidagilar o`rin oladi:

61
- trenirovka mashg`ulotlarini o`tkazilishi bilan bir qatorda, sportchilarning madaniy va faol dam olishi (sayr qilishi) kabilarga e`tibor beriladi;
- sportchilarni mashqdan keyin ish qobiliyatini yaxshilash, kuch-quvvati tiklanishini tezlashtiruvchi turli xil gigiyenik vositalarni qo`llash aniq ko`rsatiladi;
- kechki uyquga 8 soat vaqt ajratiladi. Uyquning tinch-osoyishta bo`lishini ta`minlash choralari e`tiborga olinishi zarur;
- zarur bo`lgan shaxsiy gigiyena tadbirlari, ertalabki gimnastika;
- organizmni chiniqtirish (havo-quyosh vannalari, suv manba`larida cho`milish) va boshqa tadbirlar;
- o`zini – o`zi nazorat qilish kundaligi daftarini yuritish.
3.Yig`in qatnashchilari yil fasli, ob-havo, mashq o`tkaziladigan hudud iqlimiga mos bo`lgan sport kiyimida bo`lishlari kerak.
4. Ovqat kaloriyasi va tarkibi trenirovka mashqi yuklamasi hajmiga, ya`ni sportchi sarflaydigan energiya miqdoriga mos bo`lishi lozim. Ayniqsa sifatli oqsil va vitaminlarga boy mahsulotlar, meva-sabzavotlar yetarli bo`lishiga e`tibor beriladi.
5. Yig`in qatnashchilarini joylashtirish masalasi muhim ahamiyatga ega. Ularni alohida binoga joylashtirish lozim. Atrof-muhit toza, ko`kalamlashtirilgan, suv man`bai bor, mashq o`tkaziladigan sport inshoatiga yaqin bo`lishi kerak. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, yig`in qatnashchilari mehmonxonaga yoki yotoqxonaga (talabalar, ishchilar yotoqxonasiga) joylashtirilmasligi kerak. Bunday sharoit sportchilarning asab-psixik holatiga, sifatli dam olishiga, ish qobiliyatining yuqori bo`lishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
6. O`quv-trenirovka mashqi yig`inini musobaqa o`tkaziladigan joyda (sport inshoatida) o`tkazilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunda sportchilar shu hududning ob-havosi va boshqa sharoitiga moslashish imkoniga ega bo`ladilar. Bu esa musobaqa natijasining yaxshi bo`lishiga imkon beradi.
Iqlimi, ob-havosi turli xil bo`lgan hududlarda musobaqa o`tkazilganda sportchilarni gigiyenik ta`minlash.
Zamonaviy sport ob-havo, iqlim sharoiti har xil bo`lgan dunyoning turli qit`alarida xalqaro musobaqalar o`tkazilishi bilan xarakterlidir.
Iqlimi, ob-havo sharoiti biznikidan jiddiy farq qiladigan mamlakatga musobaqaga borgan aksariyat sportchilarning sog`lig`ida noxush holat yuzaga kelish hollari, ya`ni nafas qisishi, yurak-tomir faoliyatining buzilishi, kuch-quvvatining kamayishi kabilar kuzatiladi. Bunday noxush holatlarni musobaqa boshlanguncha bartaraf etish, ya`ni sharoitga moslashish maqsadida sportchilar belgilangan manzilga musobaqa boshlanishidan 7-14 kun oldin yetib kelishlarini ta`minlash gigiyenik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Havo harorati yuqori bo`lgan sharoitda sportchilarni tayyorlashda gigiyenik ta`lablar.
Jismoniy mashq bajarganda organizmda issiqlik energiyasining hosil bo`lishi ko`payadi va tana qiziydi. Havo harorati yuqori bo`lgan sharoitda esa bunga qo`shimcha organizmga tashqi muhitning yuqori harorati ham ta`sir qiladi. Havo harorati yuqori bo`lgani uchun organizmda hosil bo`lgan ortiqcha issiqlikni tashqi muhitga ajratish qiyinlashadi.
Ayniqsa, havo harorati va namligi yuqori bo`lib, shabada bo`lmagan ob-havo sharoitida, katta kuch va tezlik talab qilinadigan jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanish odamda issiq urish holatini yuzaga keltirishi mumkin.
Havo harorati +20 +25o, havoning nisbiy namligi 40-60 % bo`lib, odam tinch turgan paytda organizmning issiqlik almashinuvi me`yorida va ish qobiliyati yaxshi bo`ladi.
Yengil jismoniy mashg`ulot bajarganda, organizmda issiqlik almashinuvi me`yorida bo`lishi uchun, havoning harorati +10 +15o, nisbiy namligi 30-50 % bo`lsa, sportchining ish qobiliyati yaxshi bo`ladi.
Og`ir jismoniy mashq bajarganda havo harorati +5 +10o, nisbiy namligi 25-40% bo`lsa sportchining ish bajarish imkoni yaxshi bo`ladi.
Umuman, katta kuch va tezlik talab qilinadigan jismoniy mashg`ulotlarda, havo harorati +10 +15o atrofida, havoning nisbiy namligi 40% dan past bo`lgani maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Havo haroratining yuqorida ko`rsatilgan gigiyenik me`yorlardan yuqori bo`lishi, sportchining mashg`ulot bajarishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Havo harorati yuqori bo`lgan sharoitda sportchining e`tiborliligi, harakatlarining aniqliligi, tezligi, tana muvozanatini saqlashi, bir harakatdan tezda boshqa harakatga o`tish qobiliyati susayadi. Buning natijasida sportchining ish qobiliyati pasayib, shikastlanish xavfi ortadi.
Issiq sharoitda mashq oldidan sportchi tana haroratini normaga nisbatan hatto ozgina, ya`ni 1-1,5 darajaga ko`tarilishi mashqni bajarishga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Jismoniy mashq bajarish jarayonida sportchining tana haroratini +41- +42o gacha ko`tarilishi issiq urish belgisi bo`lib, hayot uchun xavf tug`diradi.
Quyosh nurlari to`g`ridan-to`g`ri sportchining ochiq boshiga ta`sir qilishi, hayot uchun xavfli bo`lgan quyosh urishi holatini yuzaga keltiradi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda Sport mashg‘uloti vositasi sifatida qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar quyidagilardan iborat:
1) tanlangan (asosiy) musobaqa mashqlari; 2) maxsus tayyorlov mashqlari ; 3) umumiy tayyorlov mashqlari.
Musobaqa mashqlari – bu yaxlit harakat faoliyati bo‘lib (yoki harakat faoliyatlarining yig‘indisi) sportcha ixtisoslash predmeti hisoblanadi va mazkur sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa shartlariga to‘la muvofiq holda bajariladi.
Ko‘pgina musobaqa mashqlari nisbatan tor yo‘nalishdagi va harakat tarkibi jihatidan cheklangan xaraterdagi faoliyat bo‘ladi. Bunga siklli harakatlar (yugurish va yurishning yengil atletika turlari, chang‘i, velosiped poygalari, suzish) ham, shuningdek ba’zi bir sikll bo‘lmagan va aralash mashqlar (yengil atletikadagi sakrash, uloqtirish va boshqalar) ham kiradi. Asosiy jismoniy sifatlariga qarab, bu mashqlarni tezlik, kuch va ko‘proq chidamlilik talab qiladigan mashqlarga bo‘lish mumkin. Chidamlilik talab qiladigan mashqlar o‘z navbatida chidamlilik xususiyatiga qarab, maksimal quvvattalab, katta quvvattalab va o‘rtacha quvvattalab mashqlarga bo‘linadi. Shu bilan birga har biri shartli «syujet»ga birlashgan, sharoitga qarab o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan хilma-хil harakatlar yig‘indisidan iborat musobaqa mashqlari ham bo‘ladi. Masalan, sport o‘yinlarida va yakkama-yakka sport uchrashuvlarida (kurash, boks, qilichbozlikda) ana shunday harakatlar yig‘indisi bo‘ladi. Musobaqa mashqlarining mazkur turlari yuqorida sanab o‘tilgan mashqlardan farq qiladi. Bular holat va harakat shakllari muntazam va to‘satdan o‘zgarib turadigan sharoitda asosiy jismoniy sifatlarning kompleks namoyon bo‘lishi bilan хarakterlanadi.
Maxsus tayyorlov mashqlari musobaqa harakatlari elementlarini, shuningdek namoyon etish shakl va xarakteri jihatidan ularga o‘xshash harakat va holatlarini o‘z ichiga oladi.
Masalan maxsus tayyorlov mashqlari, jumladan, yuguruv chilar tanlangan masofani qismlarga bo‘lib yugurishadi, gimnastikachilarda musobaqa kombinatsiyalari elementlari qismlarini bajarishdan, o‘yinchilarda o‘yin harakatlari va kombinatsiyalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Yana imitatsiya (taqlid) mashqlari, ya’ni musobaqa harakatlariga juda o‘xshab ketadigan mashqlar ham (chang‘ichilar g‘ildirakli chang‘ida mashq qilishlari, suvga sakrovchilar va gimnastikachilar batut va lopinda mashq qilishlari va hokazolar) maxsus tayyorlov mashqlari hisoblanadi. Ayrim hollarda o‘xshash sport turlaridagi mashqlar ham (musobaqada qatnashish uchun tanlangan masofaga o‘xshash masofaga yugurish va hokazolar) maxsus tayyorlov mashqlari jumlasiga kiradi.






Download 32,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish