Standard o‘zbek tili



Download 47,23 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi47,23 Kb.
#45755
Bog'liq
Standard

STANDARD O‘ZBEK TILI

(Aziz Jo‘rayevning “Standard o‘zbek tili” risolasiga javob)



Alisher Navoiyning asarlari umuminsoniy va barcha davrlarga tegishli, ularni tarjima qilish muhim, lekin ayni damda o‘zbek tilini saqlab qolish bundanda ahamiyatliroq.

Dunyoning ko‘plab tillarida standard til tushunchasi mavjud. Standard til – tilning yozma va og‘zaki shakli uchun namuna vazifasini o‘taydigan, me’yorlashtirilgan qolipidir. Tilni standardlashtirish nafaqat til egalari o‘rtasida tildan turli shaklda foydalanishning aniq mezonlarini ishlab chiqish, balki til ta’limi (til egalari va o‘zga tillilar uchun), tilning elektron korpusini hamda internet tilini yaratish va bu orqali globalizatsiya jarayonida tilning yo‘qolib ketish xavfini oldini olish demakdir. Quyida biz tilni o‘zbek tilining standard tilga yaqinlik darajasi, o‘zbek tilini standardlashtirish jarayonidagi muammolar hamda muammoni tegishli ravishda hal qilish yo‘llari haqida so‘z yuritamiz.

Bugungi kunda internet olamida o‘zbek tilidagi ma’lumotlar bor-ku, o‘zbek tilini internet tiliga aylantirish deganda, aynan nima nazarda tutilyapti, degan savol tug‘ilishi mumkin. Buning javobini allaqachon ba’zi soha mutaxassislari anglab yetishgan. O‘zbek tilida onlayn ma’lumotlar mavjud, lekin istalgan mavzuda ma’lumot qidirilganda, ma’lumot kiritishdagi palapartishliklar yoki ma’lumotning mavjud emasligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yana bir achinarli holat shundaki, o‘zbek tili o‘rganuvchilari o‘zbek tilini o‘rganish uchun onlayn u yoqda tursin, kitob shaklidagi manbalarning ham yo‘qligini, kamida yetishmasligini, aytishadi. O‘zbek tili standardlashtirilmas ekan, bu kabi muammolarni hal qilish ilojsiz.

O‘zbek tilining standard shakli mavjud emasligi turli sabablarga borib taqaladi. Filologiya fanlari doktori, professor Aziz Boltaevich Jo‘rayevning “Standard o‘zbek tili” risolasi hajm jihatdan kichik bo‘lsa-da, hozir o‘zbek tilining rivoji uchun eng dolzarb muammoni va buning zudlik bilan hal qilinishi kerakligini o‘zida aks ettirgan. Olimning fikricha, standard o‘zbek tilining vujudga kelishiga “o‘zbek tili tarqalgan asosiy hududning (O‘zbekistonning) kech markazlashganligi, o‘zbek tilining lingvodidaktikaga kech kiritilishi, ko‘p shevalilik, ruslashtirish siyosati, aholi etnik integratsiyasining zaifligi, urbanizatsiyaning rivoj topmagani, qashshoqlik, va, nihoyat, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar orasida funksional savodning pastligi” omillari sabab bo‘lgan [1, 9].

Standard til tilning meyorlashtirilgan shakli bo‘lsa, o‘zbek tilida “o‘zbek adabiy tili” meyor emasmi? Xo‘sh, “standard o‘zbek tili”ning “hozirgi o‘zbek tilidan” farqi nima? Muammo shundaki, ushbu tadqiqotgacha (Aziz Jo‘rayevning tadqiqotigacha) bo‘lgan davrda “литературный стандарт”, “узбекский стандартный язык” kabi atamalar mavjud bo‘lgan, ammo ularning barchasida ham bu atamalar “узбекский литературный язык” atamasi bilan sinonim tarzda qo‘llangan. Bu holatni hattoki ba’zi g‘arb tilshunoslari tadqiqotlarida ham uchratishimiz mumkin, deydi professor. Rus mustamlakachiligi davrida adabiyot, hatto til ta’limi ham mafkuraga xizmat qilishi kerakligini ko‘zda tutgan holda, ona tili darsliklaridagi mustahkamlash uchun berilgan mashqlar turli asarlardan olingan parchalar edi. Shu uslub mustaqillikdan keyin ham saqlanib qolib, maktab o‘quvchisining yoshi va hayotiy tajribasini hisobga olmagan holda, turli badiiy asarlardan olingan misollar mashqlarning aksariyat qismini tashkil etib kelmoqda. Bu holat ona tili ta’limining amaliyot bilan bog‘lanmayotgani va unda asosan, bir uslub, badiiy uslub tahliliga keng o‘rin berilishiga olib keladi. Natijada, o‘quvchilar har bir til vakili uchun muhim bo‘lgan imlo qoidalari, tilda ravon so‘zlash mahorati, turli vaziyatlarda nutq uslublaridan kerakli shaklda foydalanishdek eng zaruriy ko‘nikmalarni egallash o‘rniga, ona tili darslarini ko‘p hollarda daftarga mashq ko‘chirish bilan o‘tkazadilar. Til qoidalarining amaliyot bilan bog‘lanmaganligi bugungi kunda o‘zbek tilining hatto o‘zbek tili vakillari orasida ham tobora tor doirada qo‘llanilishiga, til egalarining tilga bepisand munosabatda bo‘lishiga, savodxonlik darajasining pastligiga sabab bo‘lmoqda. Adabiyot buyuk bir ummon bo‘lsa-da, til talimi faqat adabiyot bilan cheklanmaydi.

Olimning risolasida standard o‘zbek tilining quyidagi birliklardan farqli jihatlari keltirilgan:



  1. O‘zbek adabiy tili va standard o‘zbek tili

  2. Standard yozma o‘zbek tili va yozma o‘zbek badiiy tili

  3. Standard o‘zbek tili va o‘zbek shevalari

  4. Standard o‘zbek tili va ommaviy axborot vositalarining o‘zbek tili

  5. Standard o‘zbek tili va o‘zbek so‘zlashuv nutqi

1. O‘zbek adabiy tili va standard o‘zbek tili.

“O‘zbek adabiy tili” atamasi, aslida, rus tilshunoslari tomonidan kiritilgan, aniq ta’rifga ham ega bo‘lmagan “литературный язык” atamasining aynan tarjimasidir. Olim bu masalada, o‘rinli savol beradi: “O‘zbek tilshunosligida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “O‘zbek adabiy tili tarixi” sarvlahasi ostida yaratilgan darsliklarda misollar, asosan, badiiy adabiyotlardan olingan. Faktik tayanchi badiiy adabiyot bo‘lgan tilni nima uchun “badiiy til” emas, “adabiy til” deymiz, degan savol tug‘ilmagan.” [1, 9] Shu o‘rinda, ushbu darsliklarning turli yillardagi nashrlarida, kirish qismida uchraydigan “… o‘zbek yozuvchilari yaratgan badiiy adabiyot asosiy obyekt qilib olindi…”, “grammatik qoidalarni izohlash uchun keltirilgan misollarni badiiy asarlardan tanlashga, ularning yoritilayotgan grammatik hodisa uchun tipik bo‘lishiga alohida e’tibor berildi”, “… misollarni badiiy asarlardan tanlashga, ularning g‘oyaviy jihatdan milliy muhitimizga mos bo‘lishiga e’tibor qaratildi” kabi izohlar orqali bu fikrning naqadar o‘rinli ekanligi isbotlab berilgan. Agar milliylik, milliy ruh ana shu mashqlar orqali singganda edi, bugun “ommaviy madaniyat” degan so‘z birikmasi o‘zbek tiliga hatto tarjima qilinmasdi ham!



2. Standard yozma o‘zbek tili va yozma o‘zbek badiiy tili

“Standard yozma o‘zbek tili davlat va jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan rasmiy nutq modelidir. Uning nufuzli ekanligi ham shundadir. Badiiy tilning har qanday ko‘rinishi esa norasmiy nutq modeli bo‘lib, undagi texnik-semantik erkinlik badiiy ijod tabiatidandir. Badiiy matnlarning iste’moli standart yozma o‘zbek tilining mahsuliga nisbatan vaqtga qat’iy bog‘liq emas.” [1, 13] Standard til ko‘p tilli, ko‘p madaniyatli, ko‘p shevali hududda davlat tilining birdek o‘rganilishi va birdek tushunilishini ta’minlaydi. Bugungi kunda, amaliy tahlil usullarini puxta bilmaslik, matnni ortiqcha emotiv kontentdan iboratligi akademik tadqiqotni ham publisistik matnga aylantirib qo‘ymoqda. Risolada keltirilganidek, yozma o‘zbek badiiy tili ayrim sabablarga ko‘ra standardlashmagan lisoniy vositalardan foydalanadi: imlo qoidalaridan badiiy maqsadda foudalanish, vazn va qofiya talabi bilan o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan badiiy orfogramma yaratish, shevaga oid badiiy orfogrammalardan foydalanish, diniy matn asosida standard o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan orfogrammalarni qo‘llash, diskurs talabiga ko‘ra eski o‘zbek badiiy matn an’analaridan foydalanish. Standard til shakllanishiga to‘siq bo‘layotgan yana bir sababni olim shunday izohlaydi: “Deyarli har bir asr davomida o‘zbek yozuvi va imlosini isloh qilish yoki almashtirish bilan bog‘liq tadbirlar (1922, 1929, 1934, 1940, 1956, 1993, 1995) yozma o‘zbek tilini surunkali beqarorlikka duchor etdi. Buning natijasida madaniyatimizda matn tanazzuli hodisasi yuz berdi. Islohotlar oralig‘ida yaratilgan lingvodidaktik matnlar orasida yozuv, imlo, talaffuz, punktuatsiya va uslub jihatidan ilgari shakllangan yoki shakllanayotgan uyg‘unik uzluksiz ravishda buzilib bordi.” [1, 8b.]



Olim badiiy va standard o‘zbek tiliga oid matnlardagi orfogrammalarning uch asosda o‘zaro mosligini quyidagicha tasniflagan [1, 15b.]:

A. Badiiy va standard matnlardagi leksik orfogrammalar mosligi

Abad

Abadiy

Avzoyi-badan

A’zoi badan

Ayyit

Ayt

Aylamoq (hurmat ~)

Qilmoq

Albat

Albatta

Allambalo

Allanimabalo

Alloh/Olloh

Olloh

Amriqo

Amerika

Amu

Amudaryo

Axiyri

Oxiri

Birla

Bilan

Birlan

Bilan

Bova

Bobo

Bukun

Bugun

Bul

Bu

Bo‘lo‘g

Bo‘liq

Bo‘p

Bo‘lib

Gar

Agar

Doru

Dori

Do‘llar/do‘llo‘r

Dollar

Do‘xtir/duxtur

Doktor

Yovvosh

Yuvosh

Ja

Juda

Jo‘rttagi

Jo‘rttaga

Zaril

Zarur

Zuryod/zurriyod

Zurriyot

Iymon

Imon

Ila

Bilan

Iloyim

Ilohim

Ichra

Ichida

Kabutar

Kaptar

Ke

Kel

Lek

Lekin

Magar

Agar

Man

Men

Mayyit

Mayit

Melisa/milisa

Militsiya

Milyon

Million

Munglug‘

Mungli

Mo‘ylab

Mo‘ylov

Nashavan

Nashavand

Ne

Nima

Nechun/ne uchun

Nima uchun

Nechchi

Necha

Nimaydi?

Nima edi?

Obbor

Olib bor

Ovvora

Ovora

Og‘och

Yog‘och

San

Sen

So‘rsa

So‘rasa

Suvrat

Surat

Toshkan

Toshkent

To‘k

Tok

To‘nna

Tonna

Ul

U

Xevoq

Xiva

Shohmot

Shaxmat

She’felik

Shafelik

Shul

Shu

Ermas

Emas

Yaro

Yara

O‘ksuk

O‘ksik

O‘ltir

O‘tir

Qayon

Qayer(ga)

Qay

Qaysi

Qayu

Qaysi

Qayda

Qayerda

Qaytanga

Qaytaga

Qaro

Qora

Qaroq

Qarog‘

Qorachug‘

Qorachiq

Hay

Ha

Humoy

Humo

B. Badiiy va standard matnlardagi grammatik orfogrammalar mosligi

a- (alar, aning ani, anga, anda, andin)

u- (ular, uning, unga, unda, undan)

-am/-yam

ham

-gay (bo‘lgay)

-sin

-gil (aytgil)

-gin

-gudek (emaklagudek)

-dandek

-gum (yuvgum)

-aman

-gun (bo‘lgunga qadar)

-gan

-guchi/-guvchi (sevguchi

-uvchi

-dayin (bundayin)

-day

-dan-da (har qachongidan-da)

-dan ham

-diz/-diyz (oldizmi)

-dingizmi

-din (nuridin)

-dan

-dur (yo‘ldoshidur)

-dir

-dur (kelibdur)

-di

-yotir (yamayotir)

-yapti

-(a)jak (bitajakman)

-a

-na (ustina)

-ga

-la (ishqing-la)

bilan

-mak (sevmak)

-moq

-mam (bilmam)

-mayman

-mak (bilmak)

-moq

-moqda (ketmoqdasan)

-(a)yap

-miram (aytmiram)

-mayman

-mish (bo‘lmish)

-gan

-mu (ochilurmu)

-mi

-n (aytganin)

-ni

-oyin (ko‘royin)

-ay

-t (qizartmas)

-tir

-ur (bo‘lursan)

-ar

-chun (yashamog‘i-chun)

uchun

-g‘a (bandig‘a)

-ga

-g‘ay (bo‘lg‘aykim)

-gay

-g‘on (qolg‘on)

-gan

D. Badiiy va standard matnlardagi alloleksik moslik

Izn

Ruxsat

Kelbat

Gavd

Mutarjim

Tarjimon

Odim

Qadam

Tegra

Atrof

Farahli

Baxtli

O‘ktam

Kelishgan

Ishq

Sevgi

Muhabbat

Sevgi

Musaffo

Toza

G‘ubor

Kir

Sarhad

Chegara

Yov

Dushman

Go‘zal

Chiroyli

Sohir (ovoz)

Sehrli

Yuqorida sanab o‘tilgan orfogrammalar ichida o‘zlari o‘zlashgan tilda standard hisoblagan so‘zlar uchraydi. Masalan: kabutar. Bundan tashqari, eski o‘zbek tiliga xos bo‘lgan, hozirgi o‘zbek tili uchun arxaizmga aylangan so‘zlar ham mavjud: ul, nechun, og‘och kabi. Umuman olganda, badiiy orfogrammalardan yuqorida sanab o‘tilgan badiiy maqsadlar yo‘lida foydalaniladi, ba’zida hatto yaratiladi. Badiiy matndan farqli ravishda, standard matnda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim [1, 35]:

  • badiiy diskursni shakklantirishga qaratilmaydi;

  • qo‘shimcha ma’no nozikliklari bilan hisoblashmaydi;

  • tasavvur va his-tuyg‘ular yaxlitigiga intilmaydi;

  • verifikatsiyalanish bilan hisoblashib ish ko‘radi;

  • tanlash imkonini beruvchi talqinlarga o‘rin qoldirmaydi.



3. Standard o‘zbek tili va o‘zbek shevalari

“Biror o‘zbek shevasi standard o‘zbek tiliga asos bo‘lgan emas (badiiy matndgi sheva unsunlari boshqa masalani tashkil etadi). Sheva o‘z ontologik tabiatiga ko‘ra norasmiy hududiy nutq modeli sifatida standard tilga ham, yozma badiiy tilga ham mos tushmaydi.” [1, 35b]

Standard o‘zbek tili shevalardan quyidagi jihatlari bilan farq qilishi keltirib o‘tilgan:


  • Unifikatsiyalangan (bir shaklga keltirilgan);

  • Simplifikatsiyalangan (soddalashtirilgan);

  • Normaga solingan;

  • Reproduksiyalangan (yozma va og‘zaki prototiplarga ega);

  • Lug‘ati konservativ cheklovlardan xoli, taraqqiyot uchun ochiq.

Sheva yozma shaklga ega emas, kodifikatsiyalanmagan, “jonli shevalar millatning yangi iqtisodiy, ilmiy va ma’muriy vazifalariga xizmat qiladigan lug‘atga ega emaslar.” [Hirsch, 1988, 82]

Olim o‘zbek tiliga u yoki bu shevaning asos qilib olinganligi haqidagi nazariyaga qarshi chiqib, buni eski dialektologik aqida deb ataydi. Bu “sayyor” g‘oya o‘zbek tilshunosligiga xuddi “o‘zbek adabiy tili” atamasi kabi rus tilshunosligidan kirib kelgan [Avanesov, 1958, 140]. V.V.Reshetov va Sh.Shoabdurahmonov o‘z ishlarida o‘zbek adabiy tiliga fonetik jihatdan Toshkent shevasi, morfologik jihatdan farg‘ona shahar shevalari asos bo‘lgan degan g‘oyani zo‘rma-zo‘raki isbotlashgan, deydi tadqiqotchi. Shu o‘rinda, ingliz tilida shevalarning standard tilga asos bo‘lishi masalasiga qanday qaralishiga qiziqdik. (Bu o‘rinda, shevaning “adabiy til”ga asos bo‘lishi deyilmayotganining sababi “adabiy til” aslida “badiiy til”dir.) Tadqiqotlarimiz natijasida, ingliz tilining ham ma'lum bir shevaga asoslanishi to‘g‘risida munozaralar mavjudligini bildik [2, 1-3]. Ammo standard ingliz tili sun'iy ravishda yasalib, xalqqa majburlab singdirilgan desak, qanday fikr bildirasiz? Bu haqida alohida bir maqolada muhokamalarimizni taqdim etamiz.



4. Standard o‘zbek tili va ommaviy axborot vositalarining o‘zbek tili

Bugungi o‘zbek ommaviy axborot tili aralash xarakterda bo‘lib, oraliq holatga tushib qolgan. Axborot tili lo‘nda, aniq va tushunarli bo‘lishi, badiiy bo‘yoqlardan holi bo‘lib, turli xil talqinlarga imkoniyat qoldirmasligi kerak [1, 39 b.].

Buni quyidagi misol orqali yanada ochiqroq tushuntirish mumkin:

“... Tashrif kunlari Shtutgartda ham, Bonnda ham havo xalqlarimiz qalbini aks ettirgan kabi ochiq, yorug‘ bo‘ldi. Safar nihoyasiga esa yomg‘ir yog‘a boshladi. Yomg‘ir qut-baraka ramzi deydiar. Tabiat ham hamkorligimizga rivoj, xalqlarimizga baxt va farovonlik tilayotgan bo‘lsa, ne ajab” [Toshxo‘jayev, 1995, 2].

Misolda badiiy va ommaviy axborot vositalari tilining qorishib ketganligini ko‘rishimiz mumkin. Ommaviy axborot vositalari tili publisistik uslub qoidalariga bo‘ysunishi lozim.

5. Standard o‘zbek tili va o‘zbek so‘zlashuv nutqi

O‘zbek so‘zlashuv nutqining standard o‘zbek tilidan farqi quyidagilarda bilinadi:



  • yozma shaklga emas;

  • kodifikatsiyalanmaydi;

  • aralash ontologik tabiatga ega;

  • voqelinishi ixtiyoriydir;

  • matn yaratish nutq momentiga qattiq bog‘langan;

  • diqqat nutq sifatida ushlanib qolmaydi;

  • normasi polivariantdir;

  • ilmiy-texnik terminologiyaning ishlatilishi keskin bog‘langan;

  • jumlalar mumkin qadar sodda, og‘ir sintaktik konstruksiyalr ishlatilmaydi;

  • nutqiy “qoqilishlar” (chala jumlalar, nutq oqimidagi uzilishlar, mantiqiy, grammatik, fonetik, semantik, intonatsion, affektiv va boshqa xatolar) xarakterlidir;

  • hududiy xususiyatlarga ham ega.

Bugungi o‘zbek so‘zlashuv nutqining asosiy kamchiligi bu uning standard shaklga kelmaganligi va bu orqali tilga bolgan befarqlikning ko‘zga tashlanayotganligidir. Deylik, Toshkentda ulg‘aygan inson o‘qituvchilik kasbini egallasa, hatto katta martabalarga erishsa ham, har joyda o‘zining sheva elementlarini oshkor namoyish etadi. Ba’zi holatlarda esa ilmiy konferensiyalarda o‘ta badiiy tilda so‘zlangan nutqni tinglashimiz mumkin. Demak, sheva va badiiy tilning oraliq holatini topish va uni rasmiy faoliyat doirasida qo‘llash masalasi og‘zaki uslubni tegishli qismlarga bo‘lib tadqiq etishni talab qiladi.

“Juda ko‘plab yirik olimlar, shoir, yozuvchilar, jurnalistlar va o‘zbek ziyolilari ham o‘zlarining shevalarida yoki adabiy nutq bilan jonli so‘zlashuv nutqining aralashgan bir formasida so‘zlaydilar. Shunday qilib, adabiy markazda xizmat qilayotgan barcha kasbdagi o‘zbek ziyolilarinng ko‘pgina guruhlari hali shevachilikdan tamomila qutula olganlari yo‘q.” [1, 43]

Og‘zaki uslubni quyidagi 3 guruhga ajratish mumkin:


  1. Badiiy og‘zaki nutq (badiiy davralar, tarixiy, badiiy teatr/kinofilm sahnalari, badiiy kechalar, adabiyot darslari)

  2. Standard og‘zaki nutq (o‘quv jarayoni, ish jarayoni, ilmiy konferensiyalar, rasmiy-siyosiy uchrashuvlar/tadbirlar)

  3. Shevaga asoslangan og‘zaki nutq (kundalik suhbat)

Masalaning dolzarbligini risola muallifining quyidagi izohidan ham bilish mumkin: “O‘zbek so‘zlashuv nutqini o‘rganishda zarur tushunchaviy-terminologik apparat shakllangan emas. Bu hol aslida so‘zlashuv nutqini tadqiq etishda boshqa tilshunosliklarda ham qator muammolarni tug‘dirmoqda (Rühlemann, 2006, 404). Tilshunoslikda og‘zaki diskursga bo‘lgan e’tibor yozma diskursga nisbatan, bir tomondan, ancha orqada bo‘lsa, ikkinchi tomondan, og‘zaki diskurs tahlilida yozma diskursga nisbatan ishlatilgan atama va tushunchalarni qo‘llash keng qo‘llanilgan.” [1. 44]

Xulosa sifatida, tilning turli sathlariga, muammolariga oid nazariyalarning ko‘pligi olimlarning o‘z tiliga fidokorligi, tilning rivoji uchun qo‘shayotgan hissasidan darak beradi. Abdurauf Fitratning “Sarf” va “Nahv” asarlaridagi o‘zbek tilining nazariy asoslari bugungi kungacha shakl-shamoyilini ko‘p marta o‘zgartirib, nisbatan mukammal holatga kelishi ortida ulkan mehnat yotibdi. Har bir tilshunos yoki shu sohaga yaqin mutaxassis ma’lum bir masalaning yechimini topish uchun tadqiqotini boshlarkan, o‘zigacha bosib o‘tilgan “yo‘l”ni o‘rganib chiqadi va shularni jamlagan holda xulosa va takliflarini bayon etadi. O‘rganish uchun nazariyalarning ko‘pligi, albatta, quvonarli hol. Ammo barcha tilshunoslar birlashib, tilning ikir-chikiriga, barcha ko‘chalarini birga aylanib, muammolar yuzasidan bir to‘xtamga kelib, o‘zbek tilining chinakam standard shaklini yaratishga bel bog‘lamoqlari lozim. Bu mashaqqatli va uzoq davom etadigan jarayon, ammo zaruriy hodisa. Yangidan-yangi, bir-biriga mos kelmaydigan nazariyalar, bugungi shiddatli zamonda ko‘ndalang turgan zamonaviy til muammolarini yechishga biroz to‘sqinlik qilgandek, nazarimizda.

Tilni standardlashtirish tajribasi bir necha tillarda mavjud. Bu jarayon turli tillarda turlicha kechgan, umuman olganda yuz foiz standardlashgan til mavjud emas. Hatto eng standardlashgan ingliz tilidan bor-yo‘g‘i besh foiz ingliz tili so‘zlashuvchilari foydalanar ekan xolos [2, 1]. Ammo masalaning mohiyati shundaki, til standardlashtirilganda, uning elektron korpusini yaratishga imkon paydo bo‘ladi, ixcham va samarali til ta’limi vujudga keladi, tilni egallash va amaliyot o‘rtasida mustahkam ko‘prik paydo bo‘ladi. Natijada, til egalari va o‘zga tillilar uchun tilni o‘rganish, undan ish faoliyatida unumli foydalanish, tilda istalgan manbani topishga yo‘l ochiladi va eng muhimi, tilning yo‘qolib ketish xavfi kamayadi. Aslida butun bir xalqning shuuriga birdan ta’sir qilish va til bilan bog‘liq biron o‘zgarishni ularga birdan singdirish mushkul. Standardlashtirish bosqichlari haqida o‘zbek tili ilmiy jamoasi masalaning dolzarbligini tushunib, shu ishga bel bog‘laganidan so‘nggina gap ochish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:



  1. Jo‘rayev, Aziz. Standard o‘zbek tili, Toshkent: Tezkor-press print, 2017

  2. Wright, Laura. The Development of Standard English 1300-1800. Theories, Descriptions, Cambridge: Cambridge University Press, 2007.

Download 47,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish