Strategik menejment


- rasm. Strategik boshqaruv strukturasi



Download 4,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/468
Sana30.12.2021
Hajmi4,87 Mb.
#193129
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   468
Bog'liq
Strategik menejment uzb

4- rasm. Strategik boshqaruv strukturasi. 

3.Strategik boshqarishning maqsadi va uning  turlari. 

Maqsad va vazifalarni aniqlash uchta kichik jarayonlardan iborat. Birinchi kichik 

jarayon  firmaning  vazifasini  aniqlashdan  iborat.  Bu  vazifa  firmaning  faoliyat 

yuritishini    mazmunini  ifodalaydi  va  bu  tashkilotda    ishlovchi  odamlarga  ularning 

joriy  hatti-harkatlariga  istiqbol  nuqtai  nazaridan  ma’lum  ma’no,  mazmun  berish 

imkoniyatiga ega. 

Tashkilot  faoliyatiga  manfaatlari  ta’sir  etuvchi  odamlar  guruhi  (demakki,  firma 

vazifalari  aniqlanishida  hisobga  olinishi  lozim  manfaatlar  egalari)  bo’lib  tashkilot 

egalari  (ta’sischilari)  xodimlari,  tashkilot  mahsulotlarini  sotib  oluvchilar,  firmaning 

hamkorlari, mahalliy jamoat va butun jamiyat hisoblanadi. Vazifada har bir sub’ekt 

manfaatlarining namoyon bo’lish darajasi bevosita tashkilot katta-kichikligiga, qaysi  

biznes turi bilan shug’ullanishiga, qaerda joylashganligiga va h.klarga bog’likdir. 

Keyin  uzoq  muddatli  maqsadlarni  aniqlash  kichik  jarayoni  boshlanadi.  Strategik 

boshqaruvning  ushbu  qismi  qisqa  muddatli  maqsadlarni  aniqlash  bilan  tugallanadi. 

Firma maqsad va vazifalarini aniqlash firma nima uchun faoliyat yuritayotganligi va 



13 

nimaga  erishmoqchiligi  aniqlanishiga  olib  keladi.  Buni  bilib  esa  qzini  tutish 

strategiyasini to’g’ri tanlash mumkin. 

Vazifa  o’zida  nimani  va  qanday  muddatlarda  tashkilot  qilishi  lozimligi    hakida 

aniq  ko’rsatmalarni  mujassamlantirmasligi  lozim.  U  tashkilot  harakatining  asosiy 

yo’nalishlarini ko’rsatadi. 

Evropa, va ayniqsa, Amerika korxona va tashkilotlari potentsial xaridorlar  hamda 

o’ziga  nisabatan  jamiyatning  yaxshi  munosabatini  mustaxkamlash  uchun  o’zaro 

raqobatlashish jarayonida maksimal darajada shaffof bo’lishga harakat qiladilar. 

Vazifani  shakllantitrish  korxonaning  xaqiqiy  maqsadlari  xaqida  o’ylantirishini 

amaliyot ko’rsatmoqda, shuning uchun bu dastak eng avvalo, rahbarlarni qiziqtirish 

lozim. Vazifa shunday shakllantirishi lozimki, uni tashqi muhitda sifat va ishonchlilik 

jihatidan  boshqalardan  ajratib  turuvchi  tashkilotning  joriy  yutuqlarini  aks  ettirsin  va 

kelajakdagi  intilishlarini  ifoda  etsin.  Bunda  vazifa  strategik  muljallarni  aniqlaydi  va 

taktik  yo’nalishlarni  kqrsatadi,  ular,  o’z  navbatida,  tashkilot  ichki  muhiti  uchun 

o’ziga xos vazifa bo’ladi. 

Kompaniya vazifasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: 

Kompaniya  vazifasi=tasavvur+kredo.  «Tasavvur»  atrofdagilar  tasavvurida 

kompaniya  qiyofasini  shakllantirishga  yo’naltirilgan.  Uning  asosini  kompaniyaning 

bozordagi  obrqsi  (joriy  yutuqlar)  va  kompaniya  qziga  tashqi  muhitda 

ta’minlanmoqchi  bo’lgan  imidj  (kelajakdagi  intilish)  tashkil  etadi.  Tasavvurning 

asosiy  mazmuni «Bu qanday tashkilot»? savoliga javobdan iborat. Bu erda, odatda, 

kompaniya  faoliyatining  sohasi,  asosiy  tovar  va  xizmatlari,  iste’molchi  guruhlar, 

faoliyatning geografik joylashuvi kabi tushunchalar beriladi. «Kredo», o’z navbatida, 

kompaniyaga  ichki  butunlikni  beradi  va  xodimlarda  umumkorporativ  maqsadlarga 

erishish  qiziqishini  oshirishga  mo’ljallangan.  U  kompaniyaning    dunyoqarashini 

(strategik mqljallar) va asosiy qarash, nuqtai nazarini (taktik yqnalishlar) ifodalaydi. 

Kredo «Tashkilot nimaga intilmoqda»? savoliga javob beradi. Bu erda asosiy e’tibor  

falsafa, boyliklar tizimi, ichki madaniyat, raqobatbardoshlik asosiga qaratiladi. 

Yuqorilardan  kelib  chiqqan  holda    korxona  yoki  tashkilot  vazifasining  asosini  

tashkil etishi lozim bo’lgan asosiy unsurlarni ajratish mumkin. Bular: 

nom va status; 

tovar yoki xizmat

strategik mqljal; 

manfaatdor guruhlar

raqobatbardoshlik asosi. 

Vazifa  unsurlarining  ketma-ketligi  va  mazmuni,  shuningdek  vazifa  shakli,  ancha 

o’zgarishi mumkin va ko’p omillarga bog’lik. Har qanday holatda ham vazifa ifodasi 

korxona  tarixi,  obro’si  va  imidji  bilan  muvozanatda    bqlishi  lozim.  Bunda 

iste’molchilarga  o’z  «va’dalar»ini  aytish  oldin,  iqtisodiy  sub’ekt  ularni  bajarish 




14 

uchun o’z kuchi va resurslarining etarliligini baholashi kerak. Maq-sadlar eng kamida 

realistik va erishiladigan bo’lishi lozim. 

Rejalashtirishning  zamonaviy  nazariyasida  har  bir  korxona  o’zining  asosiy 

maqsadlarini  aniqlaydigan  faoliyatning  sakkizta  asosiy  soha  ajratiladi.  Bular-

korxonaning  bozor  o’rni,  innovatsion  faoliyat,  ishlab  chiqarish  darajasi,  ishlab 

chiqarish  resurslarining  mavjudligi,  barqarorlik  darajasi,  boshqarish  tizimi,  personal 

malakasi  va  ijtimoiy  javobgarlik.  Ushbu  sohalar  doirasida  foyda-lilik,  moliyaviy 

barqarorlik,  bozor  ulushining  o’sishi,  ilmiy  tekshiruvlar,  resurs  ta’minoti, 

diversifikatsiya,  ishlab  chiqarish  samaradorligi,  mahsulot  va  xizmatlar  sifati, 

menejment  tizimining  rivojlanishi,  xalqaro  kompaniyaga  aylanishi  va  h.klar  kabi 

asosiy maqsadlar ajratiladi. 

U  yoki  bu  korxona  ko’zlagan  maqsadlar  individual  xarakterga  ega  va  qaysi 

tarmoqqa  tegishliligi,  korxona  turi,  bozordagi  pozitsiya,  mos  etkazib  beruvchilar, 

xom  ashyo  manbalari  va  h.klar  singari  omillarga  bog’liqdir.  Shu  bilan  birga 

maqsadlarni  shakllantirishning  ba’zi  umumlashtiruvchi  tamoyillar  xaqida  gapirish 

imkonini  beruvchi  qator  tashqi  makroiqtisodiy  omillarni  ajratish  mumkin.  Hozirgi 

korxonalar  oldida  tekshiruvlar  va  ilmiy  yangiliklarni  tadbiq  qilish  sohasidaga 

maqsadlar  turibdi.  Biznes  globalizatsiyasi  korxonalarni  milliy  va  xalqaro 

manfaatlarni hisobga olishga majbur qilayapti. 

Vazifa  va  maqsadlar  aniqlanganidan  so’ng  strategiyani  tanlash  va  tahlil  qilish 

bosqichi boshlanadi, ya’ni strategik boshqaruvning o’zagi. 

 


Download 4,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   468




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish