Subyektlarga bog‘liq ravishda huquqni sharhlashning ikki turi, ya’ni rasmiy



Download 266 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2022
Hajmi266 Kb.
#577094
Bog'liq
dhn kazus



1. Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga va amaliy ahamiyatga, ya’ni 
turli yuridik xususiyatga ega bo‘lgan huquqiy hujjatlarning murakkab, ko‘p 
darajali tizimidan iboratdir. Huquqni sharhlash hujjati – muayyan huquqiy normani 
qay tarzda tushunish va amaliyotda qo‘llashni tushuntirib beruvchi hujjat. 
Subyektlarga bog‘liq ravishda huquqni sharhlashning ikki turi, ya’ni rasmiy 
sharhlash va norasmiy sharhlashni alohida farqlash qabul qilingan. 
Rasmiy sharhlash vakolatli huquq subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan 
hamda izohlanayotgan norma bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga solinadigan 
barcha huquq subyektlari uchun majburiy xususiyatga ega bo‘lgan huquq 
normalarini tushuntirishga qaratilgan faoliyatdir. Rasmiy sharhlashning normativ 
va kazual turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Huquq normalarini rasmiy va norasmiy sharhlashning o‘ziga xos xususiyatlarini 
tahlil qilgan holda huquqni sharhlash hujjatlarini normativ-huquqiy hujjatlardan 
farqli jihatlari, shuningdek huquqni qo‘llash jarayonidagi o‘rnini tushuntirib o‘ting. 
Savollar: 
1. Sharhlash nima va uning qanday turlari bor? 
2. Rasmiy va norasmiy sharhlashning o`ziga xos xususiyatlar? 
3. Sharhlash hujjatlari va normativ –huquqiy hujjarlar farqlari? 
4. Sharlashning huquqni qo`llash jarayonidagi ahamiyati? 
1-savolga javob: 
Sharhlash – lotincha "interpretation " so`zidan olingan. Sharhlash – muayyan 
faoliyat bo`lib , muayyan muddatda amalga oshadi. Sharhlashni tor va keng 
ma`noda talqin etish mumkin, yani tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarni tushuntirish 
keng ma`noda sharhlash bo`lsa, tabiiy yoki sun`iy til belgilarini aniqlashtirish tor 
manodagi sharhlash bo`ladi. Buni anglab olish {o`zi uchun} va tushuntirish 
{boshqalar uchun} deb izohlasak ham bo`ladi. 
Huquq normalarini sharhlash – bu maxsus tushuncha sanalib, faqat anglab 


olishnigina nazarda tutmaydi. Huquqni sharhlash- uning ma`nosini , maqsadi , 
ijtimoiy ahamiyati va amaliy qimmatini bilish va tushuntirishdan iborat. 
Sharhlashning bosh mezoni aniqlashdir. "Sharhlash – aniqlash " sharhlochi 
ongidan tashqariga chiqmaydigan bilishning ichki tafakkur jarayonidir.1 Huquq 
normalarini sharhlashni normalarni maksimal darajada to`g`ri qo`llash maqsadida 
uning ma`nosini aniqlash va tushuntirish bo`yicha aqliy-irodaviy faoliyat sifatida 
tushunish mumkin. Sharhlash zarurati huquqni qo`llash jarayonida vujudga keladi, 
chunki uning aniq manosini aniqlamay turib qonun normalarini qo`llash mumkin 
emas . Huquqni sharhlash usullari- bu ongli ravishda yoki ichki tuygular orqali 
huquqiy buyruqlar xususida aniqlikka ega bo`lish uchun subyekt tomonidan 
foydlaniladigan, normalar mazmun – mohiyatini bilishning maxsus usullari, 
qoidalari va vositalari. Huquq normalari 2 xilda : dinamik va statik yondashuvlar 
asosida sharhlanadi. Statik ko`rinishda subyektning barqarorligini saqlashga 
harakat qilinsa; dinamik ko``rinishda mazmuni yoritilayotgan huquq normasini 
hayotiy voqelikka yaqinlashtirishga harakat qilinadi. 
Huquq normlarini sharhlash usullari- bu huquq normasining mazmuni va 
mohiyati hamda unda aks etgan huquq ijodkorining irodasini anglash imkonini 
beradigan usul va vositalar yig`indisi.2 
Normaning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini aniqlash uchun sharhlovchi 
subyekt: 
-huquq normasining o`zini; 
-huquq normasining boshqa qoidalar va prinsiplar bilan aloqasini
-ijtimoiy voqelik bilan bolgan boshqa aloqalarni tanqid etadi. 
Huquq normalarini sharhlashning quyidagi usullari bor: 

Islomov Z. Davlat va huquq nazariyasi. –T.: Adolat , 2007 , 680-bet . 


2 SH.A.Saydullayev. Davlat va huquq nazariyasi . –T.:2018, 180-bet. 
Grammatik sharhlash- qonun matnini yoki boshqa normativ hujjat matnini 
grammatik tahlil etish orqali uning mazmuni va maqsadini aniqlash. Hujjatning 
morfologik va sintaktik tuzulishi aniqlashga qaratilgan maxsus usuldir. Amaldagi 
qonun hujjatlari bilan tanishishning asosiy birinchi bosqichi. Bu sharhlashda 
qonunning quyidagi jihatlariga e`tibor beriladi: 
A. Sharhlash jarayonida hamma uchun tushunarli bo`lgan adabiy tildan 
foydalanish kerak; 
B. Qonun chiqaruvchi idora qonunda adabiy til me`yorlaridan chetga chiqqan 
bo`lsa, sharhlash jarayonida ham izohni xuddi shu tartibda berish kerak; 
C. Sharhlashda iboralarni to`g`ri qo`llash , ya`ni bir sohaga oid malumotni 
boshqa taalluqli bo`lmagan sohada ishlatish; 
D. Norma matnidagi ibora mazmuni aniq ifodalanmagan bo`lsa , uni 
sharhlashda huquqshunoslik amaliyotida keng qo`llaniladigan so`zdan foydalanish 
kerak; 
E. Agar qonunda iborani turli ma`noda tushunishga "ruxsat bermasa" , o`z 
ma`nosidan tashqari ma`nolarda sharhlash ; 
F. Iboralarni asossiz ravishda bir ma`noda qo`llamaslik; 
G. Biror bir iborani ortiqcha ibora sifatida talqin qilmaslik kerak. 
Tizimli usul- har bir qonun normasi tizimning bir qismi ekanligi bilan 
belgilanadi, shuning uchun tizimli ravishda sharhlashda me`yorning o`rni va 
ma`nosini aniqlash orqalinormaning ma`nosini oydinlashadi. Bundan tashqari 
izohlangan normaning unga yaqin boshqa bilan huquqiy aloqalarini ochib beradi. 3 
Tarixiy-siyosiy sharhlash usulida qonun chiqaruvchi idora belgilagan 
normalar ma'qsadi va ma'nosini aniq tushuntirib berish uchun sharhlanayotgan 
norma qabul qilingan payt yuzaga kelgan ijtimoiy -siyosiy sharoit inobatga olinadi. 
Mantiqiy usul- voqea-hodisalarni bilishda rasmiy va dialektik mantiqdan 


foydalanish . Bunda normativ-huquqiy hujjatlar o'rtasida ichki aloqalar, huquqiy 
ko'rsatmalarning mantiqiy tarkibi tadqiqotlar obyektiga aylanadi. 
Teleologik (maqsadli ) sharhlash- jamiyatda uncha katta ehtiyoj sezilmasada, 
ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskin o'zgarishi ehtimolida, maqsadni aniqlashga 
qaratilgan tizim. 
2-savolga javob: 
Huquqni sharhlash turlari bu- huquqni tushuntirish faoliyati natijalari va 
sharhlanayotgan hujjatlarning yuridik tabiati to'g'risidagi masala. O'zbekiston 
Respublikasida sharhlashning yuridik xususiyat va amaliyotdagi ahamiyati 
huquqni sharhlash subyektlari vakolati bilan belgilanadi. Xususan, *davlat 
hokimiyati organlari , 
* davlat boshqaruvi organlari, 
* sud, prokuratura , ichki ishlar vazirligi orgalari, 
* jamoat tashkilotlarining markaziy organlari, 
3 Л.А.Морозова.Теория государства права. –М.:269-страниса 
*alohida shaxslar.4 
Sharhlashning ikkita asosiy turi mavjud: rasmiy va norasmiy. 
Qonunning rasmiy talqini-tushuntirilishi: a) vakolatli shaxslar tomonidan beriladi: 
davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan; b) boshqa sub'ektlar uchun 
majburiydir; c) huquqiy ahamiyatga ega, chunki u huquqiy oqibatlarga olib 
keladi. Qonunning norasmiy talqini mansabdor shaxsga ega bo'lmagan sub'ektlar 
tomonidan beriladi, qonun normalarini rasman sharhlash vakolatiga ega bo'lmagan 
shaxslar tomonidan anglash va tushuntirish ko'rinishida bo'ladi.5 
Rasman sharhlash-vakolatli davlat organlari, davlat hokimiyat organlaridan 
kelib chiqadigan hamda izohlanadigan norma bilan o'zaro munosabatlarni tartibga 
solinadigan barcha subyektlar uchun majburiy, maxsus hujjatlar bilan 
mustahkamlanuvchi normalarni tushuntirish shakli. 


Rasmiy sharhlash 2 xilga ko'rinishga ega: 
1) normativ( umumiy) 
2) kazual 
Normativ sharhlash umumiy xarakterga ega bo'lib, natijasi huquqni 
qo'llashda majburiy xarakterga ega. Yangi normalar yaratmaydi , normalar 
mazmunini tushuntiradi. Normativ sharhlash o'z navbatida autentik ( mualliflik) va 
legal ( ruxsat berilgan) kabi turlarga farqlanadi. 
Autentik sharhlash -normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ 
tomonidan sharhlash ( masalan , òzi qabul qilgan qonunga parlament sharh berishi) 
, bu sharhlash haqiqiylikni , dastlabki manbalarga asoslanganlikni nazarda tutadi. 
G.F. Shershenevich autentik sharhlashning umummajburiyligiga shunday tavsif 
beradi: "Autentik sharhlashning kuchi uning ishonarliligida emas , balki uning 
majburiyligidadir. Qonun chiqaruvchining talqini mantiqqa zid bo'lgan taqdirda 
ham , u har qalay, qonun kabi hamma uchun majburiydir. Shuning uchun autentik 
sharhlash -qonunning sharhlanishi emas , balki qonunning o'zidir"6 
Legal sharhlash - qonun bilan vakolat berilgan, ruxsat etilgan organ 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Kazual sharhlash- umummajburiy xarakter kasb etmaydigan balki huquqiy 
normani aniq hodisa , hayotiy holatga qo'llash uchun ko'zlangan rasmiy talqin. 
Ba'zibir manbalarda, sharhlash pretsedenti tushunchasi ham keltiriladi. 
Sharhlash pretsedenti bu-bu muayyan yuridik ishni ko‘rib chiqish vaqtida 
ta’riflangan va yuridik amaliyotda e’tirof etilgan hamda huquqni qo‘llash 
amaliyotida ishlab chiqilgan huquqiy normalarni tushunish va qo‘llashning talab 
etiladigan namunasi, andozasidir7 




Islomov Z. Davlat va huquq nazariyasi. –T.: Adolat , 2007 , 690 -bet 
5 Л.А.Морозова.Теория государства права. –М.:270-страниса 
6 Шершеневич Г.Ф. Общая теория права. М., Юридический колледж МГУ, 
1995, 298-бет 

Islomov Z. Davlat va huquq nazariyasi. –T.: Adolat , 2007 , 693 -bet 
Norasmiy sharhlash - vakolat berilmagan organlar hamda shaxslar 
tomonidan amalga oshiriladigan va majburiyligi bo'lmagan huquq ma'nosini 
tushuntirish shakli. U 3 ga bòlinadi ( ba'zi manbalarda 2 ga bo'linishi aytilgan , 
ya'ni nazariy( doktrinal) hamda oddiy turlarga) oddiy, kasbiy , doktrinal . 
Oddiy- huquqiy faoliyatda mutaxasis bo'lmagan fuqarolarning yuz berib 
turadigan huquqqa oid hodisa va harakatlarga nisbatan o'zlarining subyektiv fikrini 
bildirishi va normaning mazmunini anglash jarayoni. 
Kasbiy sharhlash- xizmat faoliyati nuqtayi -nazaridan doimiy foydalanuvchi( 
yuristlar, prokuror, sudyalar va hk) huquqni muhofaza etuvchi organlar 
xodimlarining normalarning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan fikri. 
Doktrinal sharhlash- kundalik hayotda shu muammolarga duch keluvchi va 
ularni bartaraf etish bilan shug'ullanuvchi mutaxasis, yurist olimlarning normalar 
mulohazasiga nisbatan bildiradigan fikri , yo'naltitilgan izohi. Ular monograflar , 
darsliklar, ma'ruzalar , ilmiy matnlar va hokazolar ko'rinishida bo'ladi. 
3-savolga javob: 
Sharhlash hujjatlari va normativ –huquqiy hujjarlar farqlari. 
1. Normativ huquqiy hujjatlar dalat ahamiyatiga molik , ya`ni davlat organlari , 
mansabdor shaxslar , tashkilotlarga normativ –huquqiy hujjatlarni tayyorlash va 
qabul qilish huquqini beradi, ya`nikim ularga huquq ijodkorligi vakolatlari 
beriladi; 
Sharhlash hujjatlari natijasida hech qanday yangi norma yaratuvchi, 
o`zgartiruvchi va bekor qiluvchi huquqiy hujjatlarni yuzaga keltirmaydi. 


2. Subyektlariga ko`ra farq qiladi , ya`ni normativ- huquqiy hujjatlar hamma 
tomonidan emas, muayyan subyectlar tomonidan qabul qilinadi. 
Huquqni sharhlash esa xohlagan subyect tomonidan huquqiy bilim 
doirasidan kelib chiqqan holda tushuncha berish imkoniyatiga ega. 
3. Normativ-huquqiy hujjatlar muayyan tartib-qoidalarga, shuningdek mazmun 
va shakl talablariga rioya etgan holda qabul qilinadi hamda qonuniy hujjat tusiga 
ega. 
Sharhlash hujjatlarida esa bunday qoidalar yo`q . 
4. Normativ – huquqiy hujjatlarni alohida turlarga ajratsa bo`ladi. 
Sharhlash hujjatlarida aniq bir turlar yo`q. 
5. Normativ- huquqiy hujjatlar hamisha yozma shaklga ega bo`ladi; 
Sharhlashda o`gzaki ham bo`lishi mumkin. 
6. Normativ – huquqiy hujjatlar nashr etilib, ommaga taqdimqilinishi shart. 
Sharhlash hujjatlari esa e`lon qilinishi shart emas. 
7. Qabul qilish subyectiga ko`ra farqlanadi. 
8. Ta`sir doirasiga ko`ra farq qiladi. 
4-savolga javob: 
Huquqiy tartibga solish jarayoniga uning yakunlovchi bosqichi sifatida huquqni 
qo`llash jarayoni qo`shiladi. Huquqni qo`llash vakolatli davlat organi 
tomonidan individual-aniq ko`rsatma chiqarish orqali huquq normalarini amalga 
oshirishga yo`naltirilgan faoliyat. Huquq normalarini sharhlamay turib , uni 
qo`llash mumkin emas. Chunki normaning ma`nosini , uning nima uchun , qaysi 
holatlarni ko`zlab qabul qilinganini anglamay turib uni qo`llash faqat va faqat xato 
va kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Huquqning adolatliligini ta`minlash , uning 
oqilona va to`g`ri maqsadlarda qo`llanilishini ta`minlash uchun ham 
huquq normalarining mazmun-mohiyatini chuqur anglash kerak bo`ladi deb 
o`ylayman. 


Xulosa: 
Fikrimcha, huquq qachonki to`g`ri sharhlansa, shundagina uni to`g`ri qo`llash 
mumkin . To`g`ri qo`llangan huquq esa jamiyat farovonligi, uning rivojlanishi, 
adolatli turmush tarzini yaratishga asos bo`ladi. Huquqni to`g`ri sharhlash 
qo`llashning osonlashishiga , uning mazmun-mohiyatini huquq subyektlari 
tomonidan oson tushunib yetishga huquq normalarini noto`g`ri talqin qilinishini 
oldini olishga yordam beradi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: 
1) Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi.–T.:Adolat,2000.-528b 
2) Odilqoriyev X. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik.–T.:Sharq,2009,592 
3) Saburov N, Saydullayev Sh.A.Davlat va huquq nazariyasi.T.:2011,170b 
4) Л.А.Морозова.Теория государства права. –М.:384ст 
5)Saydullayev Sh.A.Davlat va huquq nazariyasi.T.:“Yuridik adabiyotlar 
publish”,2020,-298b 
6) Шершеневич Г.Ф. Общая теория права. М., Юридический колледж МГУ, 
1995, 298-бет 

Download 266 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish