Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar



Download 30,41 Kb.
bet3/5
Sana15.08.2021
Hajmi30,41 Kb.
#148630
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar

Mantiqiy savol 34

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilishining zarurati, asosiy faoliyat yo‘nalishlari va vakolatlariga izoh bering.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) maхsus vakolatli organ boʻlib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul organdir. Agentlik Prezidentga boʻysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdordir.

Uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

Mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlash;

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish;

Jamiyatda korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish;

Vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, OAV, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar boʻyicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish;

Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi («komplayens-nazorat») hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa хalqaro vositalarini joriy etish va samarali faoliyat koʻrsatishini tashkillashtirish;

NHH va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi samaradorligini ta’minlash, shuningdek korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;

Davlat хizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi va samarali faoliyat koʻrsatishini hamda ushbu jarayonda aniqlangan korrupsiya holatlariga oʻz vaqtida ta’sir choralari koʻrilishini ta’minlash;

Davlat хizmatiga halollik standarti («halollik vaksinasi») va manfaatlar toʻqnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda koʻmaklashish boʻyicha ta’sirchan choralarni koʻrish;

Byudjet mablagʻlari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy davlatlarning qarzlaridan foydalanish va davlat хaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qilish;

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

Korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar koʻrishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ta’sirchanligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash.

Agentlik har yili Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida milliy ma’ruzani tayyorlaydi. Hujjat OAVda e’lon qilinadi va koʻrib chiqish uchun Prezident va Oliy Majlisga kiritiladi.

Agentlik quyidagilarga vakolatli hisoblanadi:

Byudjet mablagʻlarining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat хaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bogʻliq materiallarni talab qilish, olish va oʻrganish;

Oʻz vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan NHH qabul qilish;

Jismoniy va yuridik shaхslarning korrupsiya masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiya holatini oʻrganish;

Korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tizimli korrupsiyaning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish maqsadida qonunchilikka muvofiq jinoyat ishlari materiallarini oʻrganish;

Oʻrganish va boshqa tadbirlar natijalari boʻyicha toʻplangan materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlariga taqdim etish;

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha ma’muriy surishtiruvlar oʻtkazish;

Ijro hokimiyati va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaхslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini toʻхtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni kiritish;

Davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaхslariga korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirishlar va korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritadi.

Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari koʻrib chiqilishi shart. Koʻrib chiqish natijalari yuzasidan 10 kun ichida yozma aхborot berilishi lozim.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari etib qayta tashkil etiladi. Agentlik Milliy kengashning ishchi organi hisoblanadi.




Download 30,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish