Sudxo'rning o'limi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana07.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#486071
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
sudxurning-ulimipdf

28
Sadriddin Ayniy
shoxidan ajralib, parvonalar kabi o'zlarini biz 
tomonga tashladilar va parvona sham atrofida 
qanday aylansa, ular ham bizning boshimiz us- 
tida shunday aylanar edilar.
Biron daqiqadan keyin bulbullar tamom 
holsizlanib, ulardan birisi mening tanburim- 
ning quloq cho'piga va boshqa birisi ustozim 
childirmasining gardishiga qo‘ndi...
Rahimi Qand naql qiladigan bunaqa sargu- 
zashtlarning yolg‘onligi o‘z so'zidan ravshan 
bolsa ham men unga qarshi biron narsa demas 
edim. Chunki u o‘zi gapirib berayotgan hikoya 
va sarguzashtlariga qarshi eshitguvchidan oz 
bolsa-da ishonmaslik sezsa, u odamga boshqa 
unaqa gaplarni gapirmas va u bilan oshnolik 
aloqasini uzar edi.
Holbuki, uning hikoyalarini eshitish menga 
zavq berar edi, ayniqsa, men bundan ko‘p zavq- 
lanardimki, u afsonaga o'xshagan o‘z hikoyala­
rini jiddiylik bilan gapirar va mening «tamoman 
ishonib» eshitayotganimga imoni komil edi.
•k
*
-k
U bir kun menga o‘sha zamonning «qahra- 
monlari» - amir navkarlari to‘g‘risida gap ochdi. 
Gap Amir Muzaffarning hisorliklar bilan uru- 
shi ustida to'xtadi. U Amir Muzaffarning De- 
nov qo‘rg‘oni oldida hisorliklarning boshlaridan 
kalla minora yasaganini, bir soatda to‘rt yuz 
asirning boshini kestirganini hikoya qilgan- 
dan keyin gapini Azizullo degan bir «qahramon» 
ustiga keltirdi:


Sudxorning o'iimi
29
- Azizullo, - dedi Rahimi Qand, -
Balxdan bo‘lib, Buxoroga tahsili ilm uchun 
kelgan, Amir Muzaffarning hisorliklarga qarshi 
urushiga ko'ngilli bo'lib qatnashgan va bu ishi- 
ga mukofot yuzasidan G‘ij du von tumaniga rais 
qilingan edi.
Azizullo Hisor urushida Amirning «gala- 
botur»1 navkarlari qatorida hisorliklar safida ot 
minib hujum qilgan, har bir qilich urishida o fa­
cto ikki nafarni daraxt novdasiday qalam qilib 
chopib tashlagan bir qahramon edi. Urushning 
ayni qizib turgan chog'ida oti shoxlari bir-bi- 
roviga o'ralashib ketgan ikki tut daraxti orasi- 
dan shaxt bilan o‘tayotganida Azizulloning 
kallasi shoxlarga ilinib uzilgan. U ham tezlik 
bilan otning boshini orqaga qaytarib, hali qoni 
sovumagan o‘z kallasini shox orasidan ajra- 
tib olib, kiftiga o‘rnatgan-da, yana ot choptirib 
jangga kirib ketgan...
Men hikoyaning bu yerini eshitganimda Ra­
himi Qandga dedim:
- Xayriyatki, Azizullo o‘z kallasini kiftiga 
0
‘rnatganda teskari qo^mapti, bolmasa ko'zlari 
orqa tomonida bolib, hayotda qiynalib yurgan 
bolardi.
Rahimi Qand mening bu so'zimdan o‘z hi- 
koyasiga ishonmaganligimni sezib, qizishib 
ketdi va zardalanib dedi:
- U ko Y emas edi, aqlsiz ham emas ediki
kallani tanaga qanday va qaysi tartibda o'matish- 
ni bilmasin.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish