"Sug‘urta asoslari"


Qanday munosabatlar sug‘urta munosabatlari deyiladi?



Download 0,73 Mb.
bet7/153
Sana15.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#370046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153
Bog'liq
Qobulov h. A

Qanday munosabatlar sug‘urta munosabatlari deyiladi?


  • Sug‘urtaning xususiyatlarini qanday belgilar ochib beradi?
  • Sug‘urta qanday funksiyalarni bajaradi?




    1. mavzu. Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada risklarni boshqarish. Sug‘urta risklarni

    boshqarishning muhim usuli



    Ko‘riladigan masalalar


      1. Risk tushunchasi va tavsifi

      2. Risklarning turlari va ularning turkumlanishi

      3. Risklarni boshqarish va sug‘urta

      4. Tayanch iboralar


        1. Risk tushunchasi va tavsifi



    Risk deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatidan kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli tushuncha sifatida riskni tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy kategoriya sifatida ko‘rib chiqish mumkin.

    Riskning quyidagi ta’rifi alaqancha kengroq hisoblanadi: risk – subyekt tomonidan ko‘plab (birdan ortiq) natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning noaniqligi va hech bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan alternativalar mavjudligi holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi.



    Hodisa – tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subyektlarning maqsadga yo‘naltirilgan xatti- harakatlari yig‘indisi yoki subyektning o‘zini xatti-harakati.

    Subyekt uchun xavf-hatarlar – amalga oshishi subyektga zarar (ziyon) yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar; subyektni yo‘q qilinishida yoki subyektning evolyutsiya imkoniyatlarini cheklanishida, yoki subyekt manfaatlariga ziyon yetkazilishida namoyon bo‘ladi.

    Zarar – har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon.

    Manfaat – naf, foyda.

    Shunday qilib, risk alohida holat sifatida risk-menejment nuqtai-nazaridan kelib chiqib ikkita xususiyatga ega



    • noaniqlilik (ehtimollik) va xavf-hatarning amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlilik.

    Iqtisodiy nazariyada “risk”ni ma’lum ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida korxona tomonidan daromadlarning bir qismini yo‘qotish yoki qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli (xavfi) sifatida tushunish qabul qilingan.

    Risk omili va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zarurati sug‘urtaga bo‘lgan extiyojni keltirib chiqaradi. Risk sug‘urta mafaatlari va munosabatlarini yuzaga kelish asosi hisoblanadi.

    Sug‘urtada risk qator jihatlari bo‘yicha ifodalanadi:

      • aniq bir hodisa yoki hodisalar yig‘indisi (voqea yoki voqealar yig‘indisi), qaysiki ularning sodir bo‘lishi bilan ilgari shakllantirilgan sug‘urta fondidan to‘lovlar amalga oshirilishida;

      • aniq bir sug‘urtalangan obyekt bilan bog‘liqlikda, har qanday risk namoyon bo‘lish obyektiga ega;

      • sug‘urtaga qabul qilingan obyektni shikastlanish (zarar ko‘rish) ehtimolligi sifatida.

    Risk sug‘urtada obyekt hisoblanadi va uni tasodifiy voqealar va hodisalar natijasida amalga oshishi sug‘urta hodisasini yuzaga kelishini bildiradi.

    Texnologiyalarning yangilanishi, ularning yuqori darajada xavfsizligi, favqulotda holatlarning matematik modellashuvi tasodifiylikni chegaralaydi.





        1. Download 0,73 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish