"Sug‘urta asoslari"


Sug‘urta agentining majburiyatlari nimalardan iborat?



Download 0,73 Mb.
bet76/153
Sana15.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#370046
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   153
Bog'liq
Qobulov h. A

Sug‘urta agentining majburiyatlari nimalardan iborat?


  • Sug‘urta brokerining huquqlari nimalardan iborat?
  • Sug‘urta brokerining majburiyatlari nimalardan iborat?


  • Sug‘urta brokerining asosiy funksiyalari nimalar hisoblanadi?
  • Adjaster yoki adjaster tashkilotideganda kimlar tushuniladi va ularning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?


  • Adjaster (adjaster tashkiloti) qanday huquqlarga ega?
  • Adjaster (adjaster tashkiloti) qanday majburiyatlarga ega?


  • Aktuariy yoki aktuar tashkiloti deganda kimlar tushuniladi va ularning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?
  • Aktuariy (aktuar tashkilot) qanday huquqlarga ega?


  • Aktuariy (aktuar tashkilot) qanday majburiyatlarga ega?
  • Assistans xizmati ko‘rsatuvchilar deganda kimlar tushuniladi va ularning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?


  • Assistans xizmati ko‘rsatuvchilar qanday huquqlarga ega?
  • Assistans xizmati ko‘rsatuvchilar qanday majburiyatlarga ega?


  • Sug‘urta syurveyeri deganda kimlar tushuniladi va ularning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?
  • Sug‘urta syurveyeri qanday huquqlarga ega?


  • Sug‘urta syurveyeri qanday majburiyatlarga ega?


    1. mavzu. Sug‘urta bozorining tartibga solinishi




    Ko‘riladigan masalalar


    1. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi va vazifalari

    2. Sug‘urta faoliyatini tartibga solish vakolatiga ega bo‘lgan organlar

    3. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining faoliyatini litsenziyalash

    4. Tayanch iboralar


      1. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi va vazifalari

    Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy hayotida sug‘urta faoliyati strategik ahamiyatga ega bo‘lib, bu sohadagi davlat siyosatining mohiyati uning bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy elementi sifatidagi ahamiyati va salmog‘ini yanada oshirishdan iborat.

    O‘zbekiston Respublikasi milliy sug‘urta bozorini va sug‘urta faoliyatini isloh qilishing asosiy yo‘llaridan biri - erkinlashtirishni kuchaytira borgan holda ushbu faoliyat ustidan davlat nazoratini ham kengaytirish, nazorat olib borishning huquqiy bazasini mustahkamlashdan iborat.

    O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda davlat tartibga solish va nazoratni samarali yo‘lga qo‘ymasdan turib sug‘urta bozorini erkinlashtirilishi bu bozorda bosh-boshdoqlik, tartibsizlikni avj olishiga olib kelishi mumkinligini jahondagi bir qator davlatlar tajribasi yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunday sharoitda ayrim jinoiy kimsalar tomonidan noqonuniy amaliyotlar amalga oshirilishi, asossiz boylik ortirish uchun keng imkoniyatlar tug‘ilishi mumkin. Bu sohada moliyaviy jinoyatlar sodir etilishi sug‘uratlanuvchilar manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazadi, sug‘urta faoliyati obro‘siga putur yetishiga olib keladi va bozor munosabatlarining shakllanishi – rivojlanishiga halal beradi.

    Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov Vazirlar Mahkamasida bo‘lgan yig‘ilishda ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda mukammal sug‘urta tizimlariga ega bo‘lmasdan turib xo‘jalik subyektlari, ayniqsa kichik va xususiy biznes vakillari, qishloqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar samarali ishlashlari, investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishlari, kredit olishlari qiyin”1.

    Sug‘urta munosabati ishtirokchilarining o‘zaro aloqalari hamda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy tamoyillari hamda qoidalarini ko‘zda tutuvchi huquqiy baza sug‘urta bozorining davlat tomonidan tartibga solish ishiga oid muhim tarkibiy qismlardan sanaladi. Yuqorida qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda yetarli darajada samarali ishlaydigan sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik tizimi yaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga

    «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni, Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarni va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qatlamini qamrab oladi. Ushbu huquqiy baza Respublikada sug‘urta faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

    Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi deganda sug‘urta bozori rivojlanishi, kengayishi va samarali ishlashini ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati, boshqaruvi va mahalliy idoralar tomonidan muntazam ravishda, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda, sug‘urta bozori ishtirokchilari xatti-harakatlariga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy va boshqa ko‘rinishlardagi faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat amaldagi qonunlar doirasida bo‘lishi, sug‘urta faoliyati ishtirokchilari huquq va manfaatlariga zarar yetkazmasligi lozim.

    Sug‘urta bozorini davlat yo‘li bilan tartibga solish qo‘yidagi vazifalarni bajaradi:



    1. Zarur iqtisodiy va huquqiy zaminni mustahkamlash va takomillashtirish yo‘li bilan sug‘urta bozori rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;



    1 Karimov I. A. «Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish — eng muhim vazifamiz». «Xalq so‘zi», 2000-yil, 15 fevral, №32.




    1. Kerakli me’yoriy-huquqiy qoidalar belgilash orqali sug‘urtalanuvchilar va sug‘urtalovchilar huquqlari hamda boshqa qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

    2. Sug‘urta bozori infratuzilmasini, uning tarkibiy qismlarini yanada rivojlantirish;

    3. Mustaqil sug‘urta brokerlari, ixtisoslashgan yuridik maslahat-tahlil hamda auditorlik firmalari shakllanishi va rivojlanishiga ko‘maklashish;

    4. Sug‘urta bozorida ishlaydigan malakali, zamonaviy bilim va tajribaga ega bo‘lgan, mutaxassis kadrlar tayyorlanishiga, mavjud kadrlar korpusining muntazam malakasi oshirilishiga ko‘maklashish;

    5. Sug‘urta kompaniyalari va tashkilotlari moliyaviy faoliyati monitoringini tashkil qilish, ularning to‘lov imkoniyatlarini kuzatib borish kabilar.

    Sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – sug‘urta bozori va uning ishtirokchilari xatti-harakatlari qonunchilik talablariga mos bo‘lishini ta’minlash, eng avvalo sug‘urtalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar mulkiy manfaatlarini himoyalashdan iboratdir.



      1. Download 0,73 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   153




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish