Sulolalar davrida Misr podsholigi Reja: 19-sulola davrida Misr



Download 71 Kb.
bet3/11
Sana17.07.2022
Hajmi71 Kb.
#813921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
19-20- sulolalar davrida Misr podsholigi

20-sulola davrida Misr.

Merneptax vafotidan keyin Misr taxtiga Setnaxt o`tiradi (1200). U ancha tadbirkor kishi bo`lib, Misrdagi mushkul ahvolni ancha yaxshilashga erishadi. Mamlakatdagi qo`zg`olonlar bostirilib, tartib o`rnatiladi. Setnaxtning o`g`li Ramzes III (1198–1166) davrida mamlakat xo`jaligini tiklashga katta e`tibor berilgan. Misr qo`shini kuchaytirilib, intizom yaxshilangan. U mamlakat ichidagi nizolarga qarshi kurash olib borgan. Liviyaliklar va «dengiz xalqlari»ning Misrga qilgan hujumlari qaytarilgan. U Suriya va Palastinda g`olibona urushlar olib borib, u yerda Misrning avvalgi ta`sirini tiklagan. Ammo Ramzes III podsholigining oxirlarida u bilan ruhoniylar, nom hokimlari va ayrim amaldorlar o`rtasida nizo chiqqan. Fitnachilar Ramzesga suiqasd uyushtirib miloddan avvalgi 1166-yili uni o`ldirganlar. Ramzes III o`limidan so`ng juda ko`p podsholar almashgan. Lekin ularning hech biri Misrning avvalgi kuch-qudratini tiklay olmagan. Nihoyat 1085-yili Ramzes XI vafotidan so`ng Misr fir`avnlarining 20-sulolasi tugatilgan. Yagona Misr davlati ikkiga bo`linib ketgan. Janubiy Misr Fiva hokimlari, Shimoliy Misr esa 21- sulola asoschisi Tanis hukmdori Smendes qoiiga o`tgan. Shu bilan Misr tarixidagi Yangi podsholik davri ham tugagan.


5. So`nggi podsholik davrida Misr
Misr liviyaliklar hukmronligi ostida. Miloddan avvalgi XI asr boshlarida Misrda Yangi podsholik davri barham topib, So`nggi podsholik davri boshlangan. Bu davrni Liviya-Sais davri ham deyiladi. Yangi podsholik davrida Misr qo`shinida yollangan ajnabiy liviyalik askarlar xizmat qilishar edi. Yangi podsholik oxiridagi tarqoqlikdan ajnabiy liviyaliklar ustalik bilan foydalanganlar. Ular misrliklarni harbiy xizmatdan chetlashtirib, davlat tashkilotlarining yuqori lavozimlarini egallab olganlar. Miloddan avvalgi 950-yili liviyalik Sheshonk I shimolda hoki-miyatni egallab olgan. U 20- sulolaga asos solib, liviya sulolasi Misrda miloddan avvalgi 950-yildan 730-yilgacha hukmronlik qilgan. Ular Bubastis shahrini o`z davlatlarining poytaxti qilib tanlaganlar. Shuning uchun liviyaliklar asos solgan sulola bubastislar sulolasi deb ham ataladi. Sheshonk I va uning vorislari davrida xo`jalik va qurilish ishlari bir oz jonlangan. U Palastin va Nubiya ustiga qo`shin tortib borgan. U yerlardan ko`plab harbiy asir, katta o`ljalar bilan Misrga qaytgan. Bubastislar davrining oxiriga kelib Misr yana kuchsizlanadi. Sharqdan Ossur qo`shinlarining istilosi boshlanadi. Ossurlar bilan Suriya Palastin Misrning birlashgan qo`shinlari miloddan avvalgi 853-yili Qarqara shahri yaqinida to`qnashadilar. Jangda Ossur qo`shinlari g`alaba qozonadilar. Bu mag`lubiyatdan so`ng Misrning obro`si tushib ketadi. Shu davrda Petubastis o`zini Misr fir`avini deb e`lon qilib, 23- sulolaga asos soladi. Bu sulola davrida Misrdagi ahvol yanada yomonlashadi.

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish