Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   134
Shunday qilib, Gurkiboy va Mohiboy Zangar shahriga kirib
boradilar. K o ‘chada Xolmo'min yasovulboshiga duch keladilar.
Xolmo ‘min ulam i о ‘z uyiga xizmatkor qilib olib ketadi. Kuntug ‘mish
ham shu shaharda, о ‘z niyatiga yetolm ay, bir tadbir-chora
topolmay, eski kuloh-jandalarni kiyib yurgan edi.


B achchalarning borganiga besh oy-olti oy b o ‘lib edi, shu 
shahaming podshosi Buvraxon podsho o ‘ldi. U vaqtida podsholarga 
rasm shu edi: davlatqush degan qushini uchirar edi, kimning 
boshiga qo ‘nsa, podsho qilar edi. Shu davlatqushni uchirganiga 
uch kun b o ‘lib edi. Zangar shahrining jam iy katta-kichik odami 
dalada edi. Qush goh daraxtga, goh devorga qo ‘nib yurib edi. 
Banogoh shu vaqtda K untug‘mish to ‘raning ham guzari shu yerga 
tushib qolgan ekan. K untug‘mish to ‘ra katta bir chilim ni beliga 
boylab olibdi, o ‘zini hech odamga o ‘xshatmay, yom on jandalam i 
kiyib, o ‘zini shaylab olibdi. H ech kim bilan ishi yo‘q, odam bilan 
hushi y o ‘q, o ‘zidan boshqa kishi yo ‘q; chekadi bang, aytadi 
vadavang. Bir qurib qolgan daraxtning ostiga borib, k o ‘m ir 
q ilm o q ch i b o ‘lib, olov yoqib, n a sh an in g ta ra d d u d id a edi, 
davlatqushi borib to ‘raning boshiga qo ‘ndi. Shahri Zangam ing 
odamlari quslmi quvalab borsa, qush bir devonaning bosliiga qo‘nib 
turibdi. Arkoni davlat otdan tushib, izzat-ikrom lar bilan salom 
berib:
— Taqsir podshoyim, yurtingiz qutli b o ‘lsin, — desalar, to ‘ra 
teskariga qarab, dim indamaydi. Oxirda odam lar qushni olib 
ketdilar. P odshoning arkidan boz uchirdilar. Bo yana kelib 
(K u n tu g ‘m ishga) q o ‘ndi. Bu m av m d h am «Y urtingiz qutli 
b o ‘lsin», — desalar, dim indamaydi. Tag‘i qushni olib ketdilar. 
Olib borib qushni yana arkdan uchirdilar. Boz kelib, uchinchi 
m artaba h am bangining boshiga q o ‘ndi. Bu m avm d shahri 
Zangaming ulamolari, fuzalolari, katta ulug‘lari kelib, muborakbod 
qilib: — Taqsir podshoyim, yurtingiz qutli b o ‘lsin,— desa, teskariga 
qarab, javob bermadi.
Shunda kattalar turib aytdi:
— Ey yoronlar, uch debdi, uchdan keyin puch debdi. Endi 
shu odam ni olib borib, podsho qilmoq darkor. H ar vaqt bir odam
podsho b o 'lad i-d a1. Shu ishga qaraganda, shu odam nazokatli 
odam, yo b o ‘lmasa, qushni arvoh urgan. Agar bangi b o ‘lsa, jinni 
b o ‘lsa, bir kun podsholik taxtini tashlab ketib qolar. Biroving 
podsho b o ‘lasan-da va agar bajarsa, shunday bir odam podsho 
b o ‘ladi-da, — deb qo ‘lidan chilimini tortib olib, otib yubordilar. 
Bir oq kigizning ustiga chiqarib, cliir tevaragidan ko‘tarib, jarchilar:
'Q o'lyozm ada bo'lata.


— Zam on kimning zamoni, Qalandarxonning zam oni, — deb 
ko ‘cha-ko‘chalarga jar solib qichqira berdilar. T o ‘rani ko ‘tarib, 
taxti shohiga keltirib, tilla taxt ustiga o ‘tqizdilar. Ustiga podsho- 
hona xilvatlar kiygizib, boshiga tilladan b o ‘lgan tojni qarqara qilib, 
o ‘tqizib, hukum at niginni qo ‘liga solib, jam iy m ardum i shahar 
dasti bay’at berdilar. Ana K untug‘m ish to ‘ra bir qarichdan beri 
yurt so‘rab yurgan emasmi, jam iy olam ni uzukday changaliga 
olib, cliirsillatib so‘rab keta berdi. Anda jamiy chulonxo‘r umarola- 
riga farm on b o ‘ldiki: «M ening chulon oshimga kelgan amaldor- 
larkim, bir hafta-bir haftadan jilovxonamda istiqomat qilib ketsin». 
A w al navbat X olm o‘m in yasovulboshiga tegdi.
Yasovulboshi hovlisiga kelib, aw al bachchalariga tayin qildiki:
— 0 ‘ bachchalar, m e n y a n g ib o ‘lganpodshoningjilovxonasida 
bir hafta turib kelam an, lekin sizlar oqshom uxlamanglar, kunduz 
uxlanglar. Sipoyi xalqining duslimani ko‘p b o ‘ladi, namozdigardan 
keyin aslo darvozani ochmanglar, m abodo bachchalik qilib, g ‘ofil 
qolib, bir hodisa ro ‘y berm asin, — deb ko ‘p tayinladi. Andin 
keyin ichkariga kirib ayoliga tayin qildiki: — 0 ‘, xotin, m en ikkita 
yetim bola saqlab qo ‘yibman, ilgarigi yetimlarday beparvo qolib 
ketib qolmasin, holi ahvolidan ko‘p xabardor b o ‘l, e, yetim -da, 
dema. M en bularning oxirini ko ‘ram an, deb yuribman. U m idim
shulki, bular soyasi yerga tushm agan xonzoda chiqar, agar hech 
nim a b o ‘lmasa, bir asl sayyidzoda chiqar. Bulam i aslo yetim
demagaysan, — deb xotiniga ko‘p tayinladi. Andin so‘ng hovlisidan 
chiqib, podshoning davlatxonasiga ketdi.
Xolbeka oyim chechasiga aytdi:
— 0 ‘ yanga, akam sira yetimni yetim demas edi, ikki yetim 
bor, deb og‘zidan tushirmaydi. Shu yetimlami bir ko‘rsak, qaytadi?1
X olm o‘minning xotini aytdi:
— Akang bo‘lsa chiqib ketdi, ko‘rsang yur esa ko‘rsatib kelayin, — 
deb bitta non, b ir kosa suv olib m ehm onxonaning eshigidan 
uzatib edi, M ohiboy kelib qo ‘lidan olib ketdi. Anda o ‘tirib nonni 
o ‘rta g a q o ‘yib y e m a k c h i b o ‘lib tu rib edi. X o lb ek a oyim
m ehm onxonaning tokcha teshigining ichidan qarab, ikki go‘dakni 
ko ‘rdi. Ikkovini ko ‘rgan ham ono, uvuz eti uv b o ‘lib, to ‘la badani 
suv b o ‘lib, jam iy a ’zosida larza paydo b o ‘lib, emchagiga sut 
kelganday b o ‘ldi.
'Qanday bo'la 
3 — Adabiyot, 8-sinf


X olm o‘m in yasovulboshinikida xizmat qilib yurgan Gurkiboy 
va M ohiboy xo ‘jayin uyda y o ‘qligida b o ‘za ichib, og‘zi qizib 
turganida Gurkiboy ukasiga sirni ochib qo ‘yadi.
Gurki bechora aw al aytar edi: «Podsho xalqining dushm ani 
ko ‘p, agar aytsam, bu o ‘zi yengil ekan, birovga aytib qo‘yar», — 
deb aytmas edi. Bui vaqtda o ‘zini to ‘xtatolmay, yuragi toshib, 
Mohiboyga: «Е go‘dagim, kishining zotizuryodi, ota-enasi, eli 
yurti b o ‘lmasmi? San go‘daksan. Yurting N o ‘g‘ayda san bedarak 
emassan», — deb bir so‘z dedi:
Bilmaganing bildirayin, bilmasang,
Bayakbor maqsadga yetsang, o‘lmasang,
Men senga zotingni bayon aylayin,
Ertangman birovga aytib solmasang.
Uzoqda, Mohiboy, o‘sgan diyorim,
Bexabar qolgandi ko‘p ichkuyarim,
Ikkovimiz sut emishgan shirxo‘ra,
M en akangman, sen bo‘lasan jigarim.
Bu yetimlik seni qildi sargardon,
Cho‘pchak terib, tilab yeysan parcha non,
Zotingni aylasam men senga bayon,
Tub bobongdir Avliyoyi Qoraxon.
Maydon-maydon otam otin yelgandir,
Mard o ‘lg‘ondir, shirin jonin bo‘lgandir,
N o‘g‘aydan otamiz Zangar kelgandir,
Nard o‘ynab enamni utib olgandir.
Musoflrlik, shohga bandi bo‘lgandir,
Tanimay bularga zulm qilgandir,
Bir teriga tikib ikki oshiqni,
Asovga sudratib cho‘lga solgandir.
Bizni deb zor-zor bo‘lgan otamiz,
Baloga giriftor bo‘lgan otamiz,
Ikkovimiz uch yoshlarga kirganda,
Ko‘p karvonga duchor bo‘lgan otamiz.
Quloq solgin alvon-alvon tillarga,
Bulbul oshno bo‘lar bog‘da gullarga,
Enamizni karvon olib ketgandir,
Ikkovimiz qola bergan cho‘llarga.


Shunday bo‘p ayrilgan ikkovginamiz,
G ‘am bilan sarg‘aygan gulday tanamiz,
Ikkovimiz sut emishgan shirxo‘ra,
Shu bebaxt Xolbeka bizning enamiz.
Bu so‘zni Gurkiboy Mohiga aytdi,
Xolbeka xatosiz barin eshitdi,
Bollarini bu so‘zini eshitib,
Quvongandan bebaxt o‘zidan ketdi.
So‘z eshiting suxanvaming so‘zidan,
Yosh quyilib ikki qora ko‘zidan,
Vo bolam, deb tomdan o ‘zin tashladi,
Bolam dedi, sho‘rli ketdi o ‘zidan...
Alqissa, Xolbeka oyim bolalari bilan topishdi. Aytdi:
— 
Ey go‘daklarim, m en sizlami o ‘ldi deb edim, sira tirik demas 
edim. N im a uchunki, sizlar juda yosh edinglar, hech murab- 
biylaring yo ‘q edi, o ‘ldi demakka tilim bornias edi. Xayolim bilan 
tirik qilar edim. Endi m enga bola qayoqda, deb um idim ni uzgan 
edim. M ing-m ing shukur, sizlar tirik bor ekansizlar. Otangning 
o ‘lganiga endi xafa b o ‘lmayman, — deb bolalari bilan topishib, 
og‘zi-bum ini o ‘pishib, xumori tarqashib, gaplashib o ‘tirdi.
* * *

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish