Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov


«Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
«Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan ijara uchun chop etildi».
4306020400 - 27
O - A - Q ---------------------------- 2010
M 352(04) - 2010
ISBN 978-9943-03-273-6
S. Olim, S. Ahmedov, R. Qo‘chqorov.
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2010-y.


О ZREKISTON RESPUBLIKASINING
DA VLAT MADHIYASI
Mutal BURHONOV 
musiqasi
Abdulla ORIPOV 
so ‘zi
Serquyosh, hur o ‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o ‘zing do ‘stlarga yo‘ldosh, meliribon!
Yaslmagay to abad ilm -u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
N a q a г о t:
Oltin bu vodiylar — jo n 0 ‘zbekiston,
Ajdodlar m ardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo ‘sh urgan zam on,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o ‘zbekning o ‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol m ash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu b o ‘l obod!
N a q a г о t:
Oltin bu vodiylar — jo n 0 ‘zbekiston,
Ajdodlar m ardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo ‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


KIRISH
Aziz o ‘quvchi!
Hayotning rang-barang hodisalarga to ‘la ekanini ozm i-ko‘pmi 
anglab boryapsiz. H ar bir odam ning u yoki bu hodisaga bergan 
bahosi bir-biridan anchagina farq qilishini ham ko‘rib-bilib turibsiz.
Insoniyat bosib o ‘tgan tarixiy yo‘l shu qadar chigal, murakkab 
hodisalarga boyki, uni dabdurustdan baholaslming hech iloji yo‘q. 
Shu tufayli ham o ‘tm ish hayot to ‘g‘risida har bir ilm sohasi o ‘z 
imkoniyatlaridan kelib cliiqib xulosalar yasaydi. Bu rang-baranglik 
san’at sohalariga ham birdek tegishlidir.
Deylik, ushbu mavzuni o ‘rganayotganingizda sinf derazalaridan 
Sizni o ‘ziga chorlayotgan kuz faslining taro v atin i m usavvir 
m o ‘yqalami orqali turfa b o ‘yoqlarda tasvirlasa, bastakor ushbu 
fasl nafasini ohang yordam ida ko ‘nglingizga olib kiradi. Xuddi 
shu kabi, agar tarix ilmi voqea-hodisalam ing qachon, qayerda, 
nim a sababdan yuz bergani, bu qanday natijalarga olib kelganini 
chuqur o ‘rgansa, adabiyot uchun ushbu hodisalarda ishtirok etgan 
kishilaming qalbidan o ‘tgan kechinm alar m uliim roq hisoblanadi. 
Tarixchi b o ‘lib o ‘tgan hodisalam ing o ‘m i, unda ishtirok etgan 
odam lar ism -u sharifi, ulam ing tarjimayi holiga oid faktlarni iloji 
boricha aniq ifoda etm og‘i lozim. Ijodkor adib esa o ‘z g ‘oyaviy- 
badiiy maqsadidan kelib chiqib mazkur hodisalarga biroz erkinroq 
yondashadi.
M asalan, sarkarda Am ir Tem um ing taqdirida m uhim o ‘rin 
tutgan «Loy jangi» (1365-yil)ga raqiblar qanday tayyorgarlik 
ko‘rganlari, bu jangda har ikki tom ondan nechtadan askar ishtirok 
etgani, har bir tom ondan qancha odam qurbon b o ‘lgani va boshqa 
tafsilotlarga yozuvclii to ‘liq to ‘xtalishi shart emas. U m azkur jang- 
ning butun dahshati va fojiasini birgina qahram on (u oddiy askar 
b o ‘lishi ham mumkin!) qismati orqali o ‘quvchiga anglatadi. Natija- 
da badiiy tasvir ta ’siriga berilgan o ‘sha o ‘quvchi o ‘zini shiddatli


jala ostida kechayotgan, jaladan-da shiddatli olishuv ichida liis 
qilishi hech gap emas. Demak, yozuvchi tarixiy hodisaga ijodiy 
yondashib, uning bir qirrasini xuddi kuchli lupa ostida k o ‘- 
ringandek b o ‘rttirib tasvirlar ekan, bunda muayyan m aqsadni 
nazarda tutadi.
О ‘m i kelganda badiiy ijodning yana bir m uhim jihatini aytib 
ketishimiz kerak. U ham b o ‘lsa, ijodkom ing hayot hodisalariga 
nisbatan egallagan pozitsiyasi, faol m unosabati masalasidir.
Rus adibi M aksim Gorkiy XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 
Rossiyani qamrab olgan adolatsizlik, xunrezliklar o ‘ziga qanday 
ta ’sir etganini xotirlab, shunday yozgan edi: «Hayotda ko‘rayot- 
ganlarim go‘yo yuragimning ustini shilib tashlagandek b o ‘ldi. 
Shundan buyon m ening qalbim har bir nohaqlikdan, adolatsiz- 
likdan ta ’sirlanib, achishadigan b o ‘lib qoldi».
Endi hozirga qadar hayoti va ijodini o ‘rganganingiz yozuvchi- 
shoirlar asarlarini birrov esingizga oling. U lam ing aksariyatida 
m ana shu holatni kuzatish m um kinm i, yo‘qmi? U lug‘ Navoiy- 
ning:
M enga qilsa ming jafo, bir qatla faryod aylamom,
Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram, —
degan shohbaytining m ag‘zida zamonasi muam m olaridan ogohlik, 
xalq qism atidan qayg‘urish hislari yotibdi.
Hozirgi kunda adabiyot va ijod ahli zimmasidagi bu m as’uliyat 
yana-da ortsa ortdiki, kamaygani yo‘q. 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Karimov bu m uhim masalani quyidagicha ifoda 
etadi:

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish