Sultonxonov asrorning „


Musiqa merosimiz xazinaboni



Download 166,75 Kb.
bet5/6
Sana23.07.2022
Hajmi166,75 Kb.
#844169
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekiston radiosi qoshidagi Y.Rajabiy rahbarligidagi maqomchilar ansambili xususida

2.2.Musiqa merosimiz xazinaboni
Xalqimiz buyuk tarixi, ulkan merosi va uzoq o‘tmishi bilan jahon zarvaraqasida ajralib turadi. Tarixga nazar solsak, faxr ila tilga oluvchi ajdodlarimiz va ular qoldirgan merosdan g‘ururlanamiz. Asrlar osha sayqal topgan mumtoz musiqa san’atimiz esa, uzoq o‘tmishimiz, yuksak madaniyatimizning, bugungi kundagi jonli namunasidir. Shuni ta’kidlash joizki, mumtoz musiqa san’atimiz sayqal topib bizgacha yetib kelishida, ustoz san’atkorlarning (bastakor, xofiz, sozanda) ahamiyati katta. Zero butun dunyo tan olgan g‘arb Motsarti, Bethovenlari kabi siymolar, sharq musiqa san’atida ham talaygina. Biz bunday siymolarni uzoq o‘tmishdan qidirmasdan, birgina Yunus Rajabiy nomi bilan qiyoslasak.
Yunus Rajabiy ulkan musiqa merosimiz sarhadini kengaytirgan ustoz san’atkordir. Yunus otaning nomi hamisha faxr ila tilga olinadi. Zero, mumtoz musiqa merosimizni asrab, sayqal topishida Yunus Rajabiyning fidokorona xizmatlari katta. Shu bois ham yurtimizda Rajabiy nomini eshitmagan, bilmagan insonni topish mushkul. Nafaqat, O‘zbekistonda, balki butun Osiyo va Yevropada ham Yunus Rajabiyning nomi ma’lum va mashhur.
Bastakor sifatida o‘zidan o‘chmas iz qoldirgan, ustoz sifatida ko‘plab shogirdlar yetishtirgan Yunus Rajabiy sozanda va xonandalik san’atida ham mashhurlikka erishgan. Shuningdek mumtoz musiqa merosimiz namunalarini nafaqat yodida saqlagan, ularni notaga ham olib kelajak avlod uchun meros qoldirgan. Xususan 1500 dan ortiq xalq kuy va ashulalari, yalla, lapar, terma va dostonlar, o‘zbek maqomlari “Shashmaqom”, “Farg’ona- Toshkent maqom yo‘llari”ning nota na’munalarini “O‘zbek xalq musiqasi” kitoblarida nashr ettirgan.
Bastakorlik faoliyati bilan Yunus Rajabiy, o‘zidan mangu asarlar ijod qilib qoldirdi. Uning dastlabki mashhurlikka erishgan asarlari, “Bahor marshi”, “Yoshlar marshi”, “O‘rtoqlar”, “Komsamol marshi” kabi cholg‘u asarlari “Xammamiz” (Jig‘ay she’ri), “G‘alaba” (Uyg‘un she’ri), “Gulbog‘lar” (Habibiy sh’eri), “Yor ila” (Muqumiy g‘azali), keyingchalik “Yor mehri” (A.Navoiy g‘azali), “Hajringda” (Furqat), “Muhabbat dashti” kabi asarlarni ijod qildi. Hamid Olimjon so‘zi bilan aytiladigan asarlari orasida «Kuygay» ashullasi alohida e’tiborga sazovor. Ma’lumki Yunus Rajabiy musiqa teatrlarda ham, musiqa rahbari bo‘lib faoliyat yuritgan. Ana shu faoliyati davomida “Muqanna” nomli spektaklga musiqa bastalaydi. Uning adabiy matni muallifi Hamid Olimjon hisoblanib, shoir 1942-yilda «Muqanna» she’riy tragediyasini tugatganidan keyin o‘sha kezlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tashkil etilgan musiqali drama teatri uchun mazkur asarning musiqiy matnini tayyorlab bergan va bu asarga aruz vaznida bitilgan bir qancha g‘azallarni kiritgan. «Kuygay» g‘azali ham «Muqanna» musiqali dramasi uchun yozilgan ashulla matni bo‘lib, u spektaklda Guloyim va Muqannaning dueti tarzida ijro etilgan.
“Kuygay” ashullasi “Muqanna” musiqali dramasiga kuy bastalagan mashhur o‘zbek bastakori va hofiz san’atkor Yunus Rajabiy hamda uning farzandi Hasan
Rajabiy ijrosida xalqimiz o‘rtasida mashhur bo‘lgan. Hamid Olimjonning bu mashhur g‘azali hozir ham ko‘plab xushovoz xonandalar ijrosida aytilib keladi. G‘azal bunday misralar bilan boshlangan;
So‘zingning sharpasi tekkanda olam bob, bob kuygay,
Dengizlar, daryolar, hattoki ko‘llarda xubob kuygay.
Kamondek qoshlaring, kipriklaringdin o‘q otar doim, Sening yoding bilan tinmay hama noz-u itob kuygay.
G‘azal aruz she’riy tizimining “hazaji musammani solim” bahrida yozilgan bo‘lib, bastakor Yunus rajabiy ushbu so‘zlarni ansmabl jo‘rligida farg‘ona Toshkent mahalliy uslubiga hos ravishda mumtoz yo‘nalishdagi ohanglarga solgan. “Kuygay” asari haqida musiqashunos T.G‘ofurbekov “rajabiycha” mustaqil bastakorlik uslubiga xos boqiy bitiklar…” deb ataydi.
Akademik ko‘p yillar mobaynida maqom san’atini keng ommaga yetkazuvchi, hamda targ‘ib qiluvchi O‘zbekiston radiosi qoshidagi tuzilgan “Maqomchilar ansambili”ga rahbarlik qildi. Ushbu maqom ansambli ijrosida “Shashmaqom”ning
ashula bo‘limiga kirgan barcha sho‘balar va ko‘plab cholg‘u yo‘llari magnit lentalari va grammafon plastinkalarga yozib olingan va hozirgi kungacha mumtoz musiqamizning merosi sifatida qadrlanib saqlanib kelmoqda. Ushbu ansambl bilan ishlash, rahbarlik qilish, Yunus Rajabiy uchun katta musiqiy labaratoriya vazifasini bajargan edi. Dastavval ushbu maqom ansambili jami 13 ijrochidan tashkil topgan bo‘lib, keyingchalik ijrochilar tarkibi kengaytirilgan va hozirgi kunga qadar “ustoz shogirt” an’analari davom ettirilib maqom ansambili o‘z faoliyatini olib bormoqda. Yunus Rajabiyga ansambl bilan ba’zi maqom sho‘balarini ijro etish jarayonida ayrim qismlar yetishmayotganday tuyulardi va ularni to‘ldirishni taqzo etardi. Bunday paytlarda esa o‘ylangan kamchilik joylarga mos keladigan kuy jumlalar, namud avjlari yoki savt va taronalarga o‘xshash ayrim qismlar bilan to‘ldirishga xarakat qilingani tog‘risida ma’lumot berib, ular haqida ikki og‘iz to‘xtalib o‘tgan masalan, “Navo” maqomidagi “Savt I”, “Mustazodi Navo”, “Qashqarchayi Mustazodi Navo”, “Soqiynomayi Mustazodi Navo” , yoki “Bayot” ning “Sheroziy” variantining faqat uchtasi o‘sha davrgacha aytilib kelingan bo‘lsa, Yunus Rajabiy unga Talqincha “Bayot Sheroziy IV” va soqiynoma usulida “Bayot Sheroziy V” Soqiynoma qismlarini bastalagani xususida, “Мусиқа меросимизга бир назар” kitobida zikr etgan.
Shuni ta’kidlash joizki akademik, Yunus Rajabiyning o‘zbek musiqa san’ati rivojida olib borgan faoliyati serqirralidir. Birinchidan, ijrochilik, ikkinchi yo‘nalish bastakorlik, uchinchi yo‘nalish an’anaviy musiqa namunalarini notaga olish bilan bog‘liq etnograf-musiqashunoslik, to‘rtinchisi maqom ansambliga rahbarlik, beshinchisi o‘zbek xalq va mumtoz musiqalarini maqomchilar ansambliga o‘rgatib, magnit tasmalariga yozdirgan va meros qilib qoldirgan xazinabon, oltinchi betakror shogirtlarni yetishtirishda rahnamolik qilgan ustoz, yettinchi musiqa ijodiyotida ibrat sifatida faoliyat yuritgan yagona akademik.
Shuningdek kitobda maqomlarga kiritilgan avj va namudlar haqida juda ko’p to‘xtalib o‘tiladi masalan, “Ushshoqi Xo‘qand” da ilgari “Avji Zebo pari” kichik shaklda aytilgan,Yunus Rajabiy esa avjni to‘la qilib ishlab, “Namudi Ushshoq” va “Namudi Uzzol” larni kiritganliklari haqida bayon etadilar, yoki “Chapandozi gulyor” ilgarigi variantlarida kuplet xolida ijro etib kelingan, hamda ashullaning oxirgi misrasining avji usulsiz bo‘lib, katta ashulalarga xos avj qo‘llanilardi, uni Yunus Rajabiy usulga solib “Namudi Ushshoq”ni bastalaganlar. Shuningdek “Qo‘qon Ushshog‘i” asariga maqomchilar ansambliga o‘rgatish jarayonida “Zebo pari”, “Namudi Ushshoq”lar qo‘shilgan va ushbu asar qayta ishlangan va mukammallashtirilgan. Rajabiy Ota “Dilxiroj” kuyiga katta avjdan oldin keladigan avjiga “Namudi Segoh” ni qo‘shib ishlagan, “Navro’zi Sabo” ga esa “Namudi Oraz” ni kiritganlar hamda “Kurd” va “Cho‘li Kurd” kuylarining avjidan keying turk avjini kiritgan.
Bastakor Yunus Rajabiyning xalq kuyi asosida qayta ishlangan “Rajabiy” kuyi haqida ma’lumot berilar ekan, kitobni 53- betini o‘qib quyidagicha ma’lumotga ega bo‘lamiz. Ushbu kuy XIX- asrning ikkinchi yarmida “Rajabiy” taxallusi bilan ijod etgan bastakor tomonidan yaratilgan va uni ilik marta kapelmeyster E.Leysek notaga olgan hamda puflama orkestrga moslab qayta ishlagan. Asar 1891- yili Toshkentda ochilgan xalq qishloq xo‘jaligi vstavkasida namoyish qilingan. Rajabiy ota ushbu kuyga maqom qismlariga xos ravishda namudlar bog‘laganlar. Ushbu asarni “O‘zbek xalq musiqasi” II- jildida 334-336 betlarida nota na’munasi keltirilgan.
Yunus Rajabiy bastakorlik ijodi rang barangdir. Uning ijodida qo‘shiqdan tortib musiqali drama, hammualliflikdagi opera asarlarini ko‘rishimiz mumkun. Uning kuy va ashulalarida maqom an’analari, vohaviy xususiyatlar, mavzuli, shahliy va usul jihatlari mumtozona uyg‘unlashgan.
Xalq musiqa merosidagi unutilib borayotgan namunalarni tiklash va ularni an’anaga xos zamonga mos tariblashtirish ishlari XX-asr o‘zbek mumtoz musiqa san’atida jadal sur’atlarda rivojlandi. Dastavval bu savobli ishga Xamza Xakimzoda Niyoziy qo‘l urgan bo‘lsa, Yunus Rajabiy ijodida ham bu an’anani kuzatamiz. Hazrat Navoiy asarlarida ushbu amal “Nag‘mapardoz”, “Lahnpardoz” kabi iboralar bilan keltirilgan bo‘lib, “Nag‘mapardoz” amali Yunus Rajabiy ijodida yuksak ahamiyat kasb etadi. U bir qancha qadimiy o‘zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlagan. Xususan “Subhidam”, “Yolg‘iz”, “Sayqal”, “Fig‘on”, “Oraz”, “Begi Sulton” asarlari shular jumlasidandir.
Yunus Rajabiy katta va buyuk ijodi davomida fidokorona xizmatlari bilan, o‘zbek musiqa tarixida o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi. Zamondoshlari xotirasida ustoz, san’atkor, bastakor sifatida qolgan Yunus Rajabiy, bugungi kunda xalqimiz nazdida musiqa merosimizning xazinaboni sifatida ham tilga olinadi. Zero Rajabiyning musiqa merosimizni targ‘ib qilishda asrab avaylashga qilgan xizmatlari beqiyosdir. Shu bois ham Yunus Rajabiy ijodiga bag‘ishlangan, konferensiyalar o‘tkazilishi, yurtimizning ayrim ko‘cha va metro bekatlariga Yunus Rajabiy nomi berilishi ham bejiz emas. Asosiysi 2020-yilda Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa san’ati instituti tashkil etilishi, uning siymosiga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yuksak natijasidir. Joriy yilda esa Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” I Respublika tanlovini o‘tkazilishi ham, Rajabiy nomi o‘zbek mumtoz musiqa san’atida mangu qolishidan dalolat beradi.
Rajabiylar sulolasi - XX asr o‘zbek san’atiga ulkan hissa qo‘shgan san’atkorlar sulolasi hisoblanadi. Sulola boshlig‘i Yunus Rajabiydir. O‘zbek xalqi ulkan san’atkor Yunus Rajabiyni istehdodli bastakor, mohir ijrochi, tashkilotchi, o‘zbek musiqiy boyligining bilimdoni, murabbiy va musiqa jamoat arbobi sifatida taniydi.
1923-25-yillarda Samarqand teatrining musiqa rahbari, 1925-27-yillarda O‘zbekiston radiokomiteti qoshidagi xalq cholg‘u asboblari ansamblida, keyinchalik 1927-42-yillarda xalq cholg‘ulari orkestri tashkilotchisi va badiiy rahbari, 1942-45yillarda Yangiyo‘l teatri musiqa rahbari, 1959-76-yillarda O‘zbekiston teleradiosining
“Maqomchilar” ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Bu ajoyib san’atkorning ko‘p qirrali ijodiy faoliyati respublikamiz musiqa madaniyatining shakllanishi va taraqqiyoti tarixida salmoqli o‘rin tutadi. Maqomdon xonandalar, respublikamizdagi xalq cholg‘u va ashula ansambllari, mo‘zikali drama teatrlari uning ajoyib dilrabo ashula va qo‘shiqlarini ijro etmoqdalar; uning asarlari efirda, zangori ekranlarda yangramoqda.
Yunus Rajabiyning musiqa ijrochiligi, kompozitorligi va fol’klorchilik faoliyatining shakllanishida u bilan zamondosh bo‘lgan mashhur xonanda, sozanda va bastakorlarning ijobiy ta’siri, ta’limi va tarbiyasi g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Y.Rajabiy bir qancha qadimgi o‘zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan:
“Subhidam”, “Yolg‘iz”, “Sayqal”, “Fig‘on”, “Oraz”, “Begi Sulton” va boshqa ijrochilik faoliyatini bastakorlik bilan birgalikda olib borgan. U tug‘ilgan davrda, tojik va o‘zbek xalq musiqasining taniqli namoyondalari an’anaviy musiqa ijrochiligini intensiv davom ettirardilar. Buxoroda maqom ijrochiligi asosiy o‘rinda bo‘lib, uning mashhur ijrochilari Ota Jalol (Jaloliddin) Nosirov, Ota G‘iyos Abdulg‘ani, Qori
Karomat, Tilloboy, Tojixon, Usta Shodi singari maqomdonlar, Xorazmda esa
Matyoqub Harratov, Matkarim Kurji ota, Samarqandda Hoji Abdulaziz
Abdurasulov, Toshkentda Mirzoqosim hofiz, Mo‘lla To‘pychi Toshmuhammedov, Shoraaim Shoumarov, Abduqahhor, Sultonxon, Inog‘om va Ilhom hofizlar, Farg‘ona vodiysida Madumar hofiz, Hamroqul Qori, Jalolxon va Usta Olim sigari o‘nlab mahoratli ustozlar san’ati gullagan davr edi.
Yunus Rajabiy o‘zbek xalq musiqa ijrochiligi yuksak bo‘lgan muhitda tarbiyalandi, o‘sdi, san’atkorning ijro uslubi shu davrda shakllandi. Uning musiqa mashg‘ulotlari dastlab qozoqi dutor, haqiqiy dutorda mashq qilish bilan boshlanadi. U to‘ylarda, mehmondorchiliklarda, xalq yig‘inlari va sayillarida eshitgan kuylarini tamburchi akasi Rizqi Rajabiydan takror- takror eshitish va birgalashib chalish yo‘li bilan puxtalardi. Andijonlik hofiz Mirzaqosim mehmonxonasiga qatnab u hofizning ham boy repertuarini o‘rganadi. Hofizlar va cholg‘uchilar bilan yaqindan aloqa bog‘lagan va mashg‘ulotlar natijasida Yunus Rajabiy dutorda o‘sha yillarda keng tarqalgan
«Ey, nigorim», «Ko‘chabog‘i I- II», «Ilg‘or», «Suvora», «Ey, dastayi gul, marҳabo!», «Omonyor», «Yallama yorim», «Chamanda gul», «Ajam», «Eshvoy», «Kurd» singari katta-kichik shakldagi turli xil cholg‘u kuylarini, ashula va qo‘shiqlarni mustaqil chaladigan va aytadigan bo‘ladi. 1914- 15 yillar uning uchun xalq musiqasini o‘rganish, uning xususiyatlarini anglash va ijrochilar uslubi bilan tanishish davri bo‘ldi. Yunus Rajabiy 1916 yilda Chimkentda qushxonada xizmat qilib yurgan chog‘larida Imomxon va Hamroqul qori singari taniqli hofizlar va boshqa xonanda va sozandalardan ko‘p ashula, qo‘shiq va cholg‘u kuylarini og‘zlashtirdi. Shular jumlasidan «Nasib etgil», «Rab-bano, dodimga yet», «Ko‘p erdi», «Shafoat» kabi Farg‘ona katta ashula yo‘llarini o‘rgandi. Maqom yo‘llaridan «Guleri Shahnoz»,
«Chapandozi Gulyor», «Ushshoq», «Qashqarchayi Ushshoq», «Bayot», «Savti Bayot» va uning uchta shoxobchasi, «Chorgoh», «Savti Chorgoh» va unnng uchta shoxobchasi, «Girya I-II» va «Fig‘on I-II» kabi kuy va ashu- lalarni eslatib o‘tish mumkin. Shunday qilib Yunus Rajabiyning ijrochilik mahorati keksa san’atkorlar va o‘z tengqurlari bo‘lgan xalq xonanda va sozandalari, hamda bastakorlari davrasida kamolga yeta bordi va rivojlandi.
Yigirmanchi yillar qo‘shiq san’atining mana shu xilda rivojlanishi natijasida ruyobga kelgan xilma-xil kuylar (marsh, vals, raqs bilan aytiladigan yallalar, unison xorlar) Yunus Rajabiyning bastakorlik faoliyatiga barakali ta’sir ko‘rsatgan edi. Natijada bastakor o‘ttizdan ortio ommaviy qo‘shiq, ashula va marshlar yaratadi.
Rajabiyning «Bahor marshi», «Fabrika yallasi», «Yurish marshi», «Komsomol marshi» singari marshlari shunday asarlar jumlasidandir. Yunus Rajabiyning bastakorlik faoliyati uning ijrochilik faoliyati bilan chambarchas bog‘lik rivoj topadi. 1927 yilda Toshkent radio eshittirish studiyasi huzurida o‘zbek ashula va cholg‘u ansambli tuzishga qaror qilinib, unga Yunus Rajabiy rahbar qilib tayinlanganidan so‘ng ansamblga Shorahim Shoumarov, Rizqi Rajabiy, Imomjon Ikromov singari san’atkorlar jalb qilindi. Ansambl o‘n uch kishidan iborat edi.
Radio ansambli 1929 yildan boshlab o‘z safini atoqli san’atkorlar: Mulla Tuychi Hofiz, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdurahmon Umarov, Safo Mug‘anniy, Matyusuf Xarrat va boshqa san’atkorlar bilan to‘ldira boshlaydi. Ansamblning mana shu davrdagi ish faoliyati to‘g‘risida musiqashunos K.Olimboeva quyidagilarni yozadi:
«Keyinchalik bu ansamblda Maryam Alishoeva, Nazira Axmedova va boshqalar ishlay boshladilar. Yunus Rajabiyning bu ansambl faoliyatidagi katta ishlaridan yana biri shu bo‘ldiki, u ansambl tarkibiga o‘zbek xotin-qizlarini jalb qila oldi. Ansambl tarkibi kengaygan sari, uning ish faoliyati doirasi ham kengaya boradi; yoz paytida har haftada bir marta Janggoh bog‘ida, qish paytlarida esa Hamza teatr sahnasida kontsertlar uyushtiriladigan bo‘ldi. Radio ansambli Yunus Rajabiyning bastakorlik faoliyatida muhim rol o‘ynashi bilan bir qatorda u san’atkor uchun ijodiy laboratoriya xizmatini utadi. Bastakor o‘zining dastlabki ashula, qo‘shiq, cholg‘u kuylaridan hisoblangan «Ra’nolanmasun» (G‘oziy she’ri), «Birlashing!», «Fabrika yallasi», «Chamanzor marshi», «Galaba» (Mirtemir shehri), «Hammamiz» va boshqalarni yaratib, mahoratli bastakorlar qatorida» o‘rin ola boshladi. 1935 yilda Yunus Rajabiy Toshkent Davlat konservatoriyasining tayyorlov kursida Yu.Semyonov, B.Nadejdin singari mutaxassislardan ta’lim olishda davom etadi.
Yunus Rajabiy ham hofizlik, ham cholg‘uchilikda yuksak mahoratga yetishgan musiqa arboblari qatoridan o‘rin egalladi. Bunga u o‘zbek milliy cholg‘u asboblari dutor va nayda juda yoshligidan chalish sanhatini mukammallashtirishi natijasida erishgan edi. Yunus Rajabiy cholg‘u asboblari bilan bir qatorda ashulaxonlik sanhatini ham o‘zlashtirgan edi.
Yunus Rajabiy 1918 yilda Toshkentdagi «Namuna» maktabida tashkil etilgan musiqa to‘garagiga raxbarlik qildi. Atrofiga o‘nilab yosh musiqa havaskorlarini to‘pladi, ularga ustozlaridan o‘rgangan, xalq sayillari, tuytomoshalarda eshitgan yengil xalq cholg‘u kuylari, ashula, ruboiylarni o‘rgatib o‘zi ham yana bir kasb orttirish maqsadida hunar maktabida duradgorlikni o‘rgandi, so‘ngra uch oy davomida shu maktabdagi muallimlar tayyorlash kursida o‘qidi. Y.Rajabiy o‘zbek musiqali dramsining shakllanishiga ham katta hissa qo‘shgan bo‘lib, dastlab Sh.Shoumarov bilan birgalikda “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Rustam”, “Avaz”, “Xolisxon” kabi spektakllarni xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan. Keyinchalik
B.Nadejden bilan hamkorlikda “Qasos”, N.Mironov bilan “Qo‘chqor Turdiyev”, G.Mushel bilan “Muqanna”, O.Halimov bilan “Nodira”, B.Zeydman bilan “O‘g‘il uylantirish”, Sayfi Jalil bilan “Navoiy Astrobodda” singari musiqali dramalarni yartgan. 1958-yilda Y.Rajabiy B.Zeydman, D.Zokirov va T.Sodiqovlar bilan birga
“Zaynab va Omon” operasining yozilishida ishtirok etgan.
U 1935-yilda xalq kuy va ashulalarini notaga ola boshlaydi, natijada
Y.Romanovskaya va Il.Akbarov tuzgan “O‘zbek xalq qo‘shiqlari” to‘plamidan Y.Rajabiy notaga olgan 29 ta xalq musiqa namunasi o‘rin olgan. U 1955-59 yillarda 5 jildli “O‘zbek xalq musiqasi” to‘plamini nashr ettirdi. Unda mingga yaqin turli janrdagi o‘zbek, tojik, uyg‘ur kuy va ashulalari, Buxoro Shashmaqomi, Farg‘ona - Toshkent maqom yo‘llari, katta ashulalar, XX asr bastakorlari: K.Jabborov, N.Hasanov, S.Kalonov, F.Sodiqov, T.Jalilov, M.Mirzayev va boshqalarning asarlari kiritilgan. Y.Rajabiy “Maqom” ansmbli bilan ishlashi jarayonida Shashmaqomning 6 jildli yangi nashrini hamda 1970-yilda Toshkent grammyozuvlar studiasida grammplastinka yozuvlarini mukammal to‘plamini tayyorladi.
T.Sodiqov, D.Zokirov, D.Soatqulov, K.Mo‘minov, O.Imomxo‘jayev, B.Davidova, K.Ismoilova, O.Alimahsumov, T.Alimatov va boshqa ko‘plab san’atkorlar Y.Rajabiyning shogirdlaridir. 1971-yilda O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, 2000-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. O‘zbekiston teliradiokompaniyasi qoshidagi “Maqom” ansambli, Jizzax musiqali drama va komediya teatri, Toshkent musiqa pedagogika bilim yurti, Toshkentdagi ko‘chalardan biri va metro bekati Yunus Rajabiy nomi bilan yuritiladi. Yunus Rajabiy 1957 - 76 yillar yashab ijod etgan uyda 1997-yilda Rajabiy uy muzeyi ochildi. 2001til Yunus Rajabiy madniyat markazi tashkil etildi.
Yunus Rajabiy 1897-yil 5-yanvarda Toshkent shaxrining Chaqar maxallasi, bog‘bon oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Rajab ota har qanday og‘ir mehnatdan ham cho‘chimaydigan, g‘ayratli, juda xushchaqchaq, serzavq, xazilkash, san’atsevar, ulfatgo‘y kishi bo‘lgan. Rajab otaning Novza daxasida (hozirgi Chilonzor metrosining oldida) katta bog‘lari bo‘lib, baxor kelishi bilan u yerdagi ishlar qizib ketar, Rajab ota o‘z oilasi bilan shahardan dalaga ko‘chib, to kech kuzga qadar, o‘sha joyda yashar ekanlar, Rajab ota serfarzand bo‘lib, o‘z farzandlarini og‘ir mexnatdan tolmaydigan ishchan va harakatchan bo‘lishlaridagi ilk bor saboqni xuddi mana shu dala bog‘ida bergan ekanlar. Onasi - Oysha Bibidan avvalgi tug‘ilgan 10 ta farzand yosh paytligida turli kasalliklarga chalinib, nobud bo‘lgan edilar. So‘nggi o‘sib ulg‘aygan 6 ta farzand ichida Yunus Rajabiy eng kenjasi edi. Qilingan og‘ir mexnatdan so‘ng Rajab ota turli yiginlarga: choyxonalarga, to‘y-u-tomoshalarga dam-badam borib turishni odat qilgandi. Ko‘pincha u eng kichik suyukli va ziyrak o‘g‘li Yunusvoyni o‘zi bilan birga olib ketardi. Bunday xollarni Rajab ota chetdan ko‘zatib turar edi. Rajab ota o‘g‘lini elga tanilgan musiqachi yoki xofiz bo‘lishini orzu qila boshlagandi. Musiqaga o‘ta shinavanda otasi qo‘shnilari Mirza Qosim xofiz va Mulla To‘ychi xofizlarga xavasi kelar edi. O‘g‘li Yunusvoyga musiqaga bo‘lgan qandaydir aloxida bir diqqat-e’tiborni, zavqu-shavqi, xatti-harakatidan ham sezilib turar edi. Eshitgan qaysidir bir kuyni darxol ilgab olib kuylab yurishi, esda yodlab qolish qobiliyati yaxshi ekanidan xursand edi.
Oysha Bibi - uning onasi, uy bekasi bo‘lishi bilan birga katta faxm egasi, qur’onu dostonlarni va ko‘pgina mumtoz shoirlarimiz g‘azallarini yod bilgan, o‘zi ham she’hr to‘qiydigan, mexribon va duoguy, bilimdon, otinlikka o‘qigan, savodli ayol bo‘lgan ekanlar. Bir uy xotinlar yig‘ilishib, mashrabxonliklar, bedilxonliklar, arab yozuvidagi turli hikoyalar, dostonlarni xirgoyilab o‘qib hammani diqqatiga sazovor bo‘lgan ekanlar. Dastlab, Yunus Rajabiy o‘z akasi Risqi Rajabiyga uning tanbur chertishiga ergashib, o‘z dutorida birga qo‘shilib, sekin-asta mashq qila boshlaydi shu bilan birga yengil xalq qo‘shiqlarini ham aytadi. Keyinchalik bog‘ qo‘shnilari bo‘lgan Mirza Qosim, Mulla To‘ychi xofizlarlan Toshkentda va Fargona vodiysida aytilib kelinadigan xalq kuylari -hamda maqom parchalarini eshitib o‘zlashtirdi. Ko‘p o‘tmay o‘zi ham dutorda musiqa chalib, ashula ayta boshladi. Davralarga kirdi. O‘sha davrning yetuk xonanda-yu-sozandalarning ijrolarini, mushoiralarni murg‘ak va sezgir qalbi bilan xis qilib, qalbiga jo qila boshlaydi. Otasidan unga o‘tgan san’atga, musiqaga ixlosmandlik, onasidan o‘tgan yodda saqlash qobiliyati, iste’dodi Yunus Rajabiyning o‘z yo‘lini tanlab olishda katta rol o‘ynadi.
1904-1913 yillar ilk bor musiqa olamiga qadam qo‘yish, ustozlarga ergashish, ularga jur bulish davri. Eski maktab, so‘ngra madrasada tahsil oldi. Endi uning uchun o‘qish, o‘rganish, izlanish, davri kelagnda 1913 - yilda otasidan ayrildi.
1913-1914 yillar uy-ro‘zg‘or ishlariga yordam berish uchun har qanday mexnatdan qo‘rqmaslik, xayot maktabini o‘tash, katta ustoz musiqachilar davrasiga kirib, mumtoz musiqiy asarlarni diqqat bilan ustoz ijrochilardan tinglab saboq olish, har xil sinovlardan o‘tish, o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlarini dutor bilan chertib, elga xofiz sifatida ham tanilishi, musiqa to‘garaklari, maktablarda dars bera boshlagan, musiqa ilmini o‘z kasbi qilib tanlagan davriga kiradi.
1918-1923 yillar musiqa ilmini mukammal o‘rganish niyatida o‘sha davrda
Toshkentning eski shaharida, Shayx Xovad Toxur madrasasi ichida ochilgan xalq Konservatoriyasida, nay mutaxassisligi bo‘yicha o‘qib tugatdi. O‘zi kuylar bastalab, o‘z sozi va ovozi bilan asta-sekin el og‘ziga tushgan, pedagog, mexribon murabbiy sifatida tanilgan davri.
1923-1927 yillar maorif komissariyati topshirig‘i bilan Samarqand shahrida ochilgan Pedagogika institutiga musiqa muallimi etib tayinlandi. 1925 yil Samarqand shahrida Respublika bo‘yicha birinchi bo‘lib ochilgan musiqali drama teatriga musiqachi bo‘lib ishga tayinlandi. “Farxod va Shirin”, “Arshin mol olon”, “Unisi bo‘lmasa bunisi”, “Layli va Majnun”, “Yorqinoy” musiqali drama asarlarga musiqalar tanlab, o‘zi ham kuy bastalab sahnalashtirdi, spektakllar qo‘ydi, shogirdlar yetishtirdi. 10341939 yillarda Yunus Rajabiy O‘zbekistan Davlat Konservatoriyasida, musiqa nazariyasi bo‘limida tahsil oldi.
1940- 1941 yillarda Moskva shahrida tashkil etilgan kompozitorlar kursida ta’lim olgan.
Birinchi o‘zbek xalq milliy cholg‘u asboblari va ashulachilar ansambli tashkilotchisi.
1942-1946 yillarda Yangi-Yo‘l musiqali drama teatrida hamda o‘zbek xalq cholg‘u orkestrida musiqa rahbari.
1949-1976 yillarda Maqomchilar ansamblini tashkil etgan va Badiiy rahbari sifatida o‘zi boshqargan.
Bundan tashqari turli sozlarda chalib ko‘rsata bila olishi, ularda o‘z joyida aynan ustalik bilan foydalana bilishi ustozning odati edi.
Shuning uchun bastakorning rahbarligidagi ansambl ijrosi eng yukori ko‘tarinki ro‘xda yangragan. Xalqining dardu-alami, xursandchiligi-yu- shodiyonasiga hamoxang bo‘la olgan edi. U bir necha sozlar yasovchi ustalar bilan ham muloqatda bo‘lgan. O‘zbek xalq cholg‘u sozlarining turli shakllarini yaratishda bamaslaxat ish olib borib, turli shakllardagi sozlarni ulardan yasab berishlariga buyurtma bergan. O‘zbek xalqida qadim zamonlardan beri cholg‘u asboblarining turli xillaridan keng qo‘llanilgani haqida tarixiy manbaalardan, musiqiy risolalardan va hatto mumtoz shoirlarimizning she’riy asarlaridan ham bilib olishimiz mumkin. Shoirlarimizning tahrifiga sazovor bo‘lgan qadimiy cholg‘u soz-larining qirqdan ortig‘ini uchratishimnz mumkin: arganun, barbat, qonun, rud, ruxafzo, ud, chang, dutor, setor, tanbur, sato, rubob, tor, qobuz, biva, g‘ajjak, chagona, shammoma, musnkor, samtur, shaypur, ishtarangez, do‘mbira, kungura, sibizg‘a, chang-qobuz, taburak, zir, burg‘u, sur, kux, nafir-nay, anbon-nay, sarboznay, karnay, surnay, qo‘shnay, bo‘lamon, nog‘ora, daf, qayroq, tabla, safoyil kabi cholg‘u asboblarining ko‘pi bizning davrimizga yetib kelgan va shularning ba’zilaridan hozirda ham foydalaniladi. Alisher Navoiy yozadi:
Mayxonada kimki maydan ibo qilg‘ay,
Nay uni bir dilkash Navo bila ani rasvo qilg‘ay.
G‘ijjak Maddi nolasi bila anga yolborur.
Agar kishi may xavosun boshidan chiqarur,
Va chang zorlig‘ bila bug‘zin tortar
Va ud visoning nag‘masining targ‘ibi changdin ham ortar Andakim rubob boshin yerga qo‘yib niyoz ko‘rguzgay Va qobuz quloq to‘tib ayshga targ‘ib oxangin tuzgay.
Chun qonun va chag‘ona nolasi quloqqa tushgay.
Shu misolning o‘zidan ham Navoiy davrida ishlatilgan turli o‘zbek milliy cholg‘u sozlari nomini bilib olishimiz mumkin.
Asrlar davomida o‘zbek xalq cholg‘u kuylari, maqom asarlari bir sozandadan ikkinchi sozandaga o‘tib kelgani singari, o‘zbek xalq cholg‘u asboblari va uning yasalishi, taraqqiyot etilish san’ati ham, otadan-o‘g‘ilga, ustozdan-shogirdga o‘tib, to o‘zining hozirgi asl nusxasini topib olgunga qadar uzoq tarixiy muddatni o‘tagan hozirgi kunimzda ham qo‘llanib kelinayotgan: tambur, dutor, singari o‘zbek cholg‘u asboblarini har birini yakkaxonlik ijroda ham, ansambl, orkestr ijrosida ham har birining aloxida o‘rni bor. Yunus Rajabiy tuzgan ansambllarda, orkestrlarda shunday sozlarning yana bir necha xil alt, bas, kontrabas xillari ham ishtirok etgan edi. Hozirda bastakor Uy-muzeyida ham shunday go‘zal cholg‘u sozlaridan: qonun, ud, g‘ijjakiboburiy, soz, qo‘shnay, surnay, nay, rubob, afgon rubobi, sato, tanbur, dutor, setor, doyra, chanqobus, chang, tor, manzur, safoyil, qayroq, karnay, surnay, mandalino, balalayka singari cholg‘u sozlari ko‘rgazmada bor.
Yunus Rajabiy umr bo‘yi o‘zbek xalq cholg‘u asboblari, ansambllari, orkestrni tuzish va ularga rahbarlik qilishi bilan o‘tkazgan ekan, uning o‘zi albatta har qaysi cholg‘u sozning ijro uslubi, ularning jarangi, nimaga qodirligi, qaysi cholg‘udan qay o‘rinda-yu qay tarzda foydalana bilishi kerakligini juda yaxshi bilgan.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Ansambl (frans. ensemble – birlik, uygʻunlik, ohangdoshlik) – 1) me’morlikda – bir kenglik mujas-samotiga ega bir-biriga mos binolar, inshootlar majmui; 2) musiqada – a) ma’lum musiqa asarlarining bir necha ijrochilar tomonidan birgalikda ijro etilishi; b) sozanda va ashulachilarning kichikroq toʻdasiga moʻljallangan musiqa asari. Opera, oratoriya va kantatalarda ham A. boʻladi. Ijrochilar soniga qarab A.lar duet (2 kishi), trio yoki ter-set (3 kishi), kvartet (4 kishi), kvintet (5 kishi), sekstet (6 kishi), septet (7 kishi), oktet (8 kishi), nonet (9 kishi), va hokazolarga boʻlinadi; 3) teatr san’atida – dramaturg, rejissyor, rassom, kompozitor va aktyorlar ijodining uygʻunligi. A sahna asari gʻoyasining mukammalroq ochilishiga xizmat qiladi va spektaklda uslub birligini yuzaga keltiradi. A. yaratish uchun har bir ijrochi boshqa ijrochilarning ham vazifalarini hisobga olishi, saxnada umumiy sur’at va ruhiyat muta-nosibligini oʻrnatishga harakat qilishi kerak. A ijoddosh aktyorlarning bir uyushmada uzoq vaqt ishlashi va bir ijo-diy maqsad bilan yashashi tufayli tarkib topadi; 4) amaliy san’atda – tusi bir xil, bichimi bir-biriga monand boʻlgan kiyim-kechaklar majmui.
«Ansambl» iborasi hayotda barcha ijodiyot sohasiga, ayniqsa san’at yo‘nalishiga xosdir. Musiqada «ansambl» iborasini qo‘llash azaldan kеng ommalashgan. Aslida, «ansambl» fransuzcha «ensemble»1 so‘zidan olingan bo‘lib, birlik, uyg‘unlik, ohangdoshlik ma’nolarini bildiradi. Musiqa san’atida ansambl ko‘p ma’noga va turlarga egadir. Jumladan: a) muayyan musiqa asarlarini bir nеchta ijrochilar tomonidan birgalikda ijro etish; b) sozanda va xonandalarning kichikroq to‘dasi va ularga mo‘ljallangan asari, yirik janrlar tarkibida uchraydigan ansambllar. Opеra, oratoriya, kantata janrlarida kichik ansambllar kеng qo‘llaniladi. Ijrochilar soniga qarab ular – duet, trio, kvartеt, kvintеt, sеkstеt, sеptol yoki oktеt dеb nomlanadi. Tarixdan ma’lumki, ijrochilikda cholg‘ular jo‘rligida qo‘shiq ijro etish, raqsga jo‘r bo‘lish xalqimizning ommaviy bayram va marosimlarida kеng qo‘llanilgan. XX asrning o‘rtalariga kеlib cholg‘ulardan turli guruhlarda va qo‘shiqlarni ham to‘da bo‘lib ijro etishga e’tibor kuchaydi. Xalq og‘zaki ijodiyoti tarmog‘idan tortib to profеssional san’at yo‘nalishlarida bu jarayon kеng qo‘llanila boshlandi. Xalq musiqasi ijrochiligi amaliyotida turli tarkibdagi xalq cholg‘u va raqs ansambllari faoliyati kеng ommalashdi. Madaniyat rivojida vokal-cholg‘u ansambllari, alohida cholg‘u hamda vokal cholg‘u ansambllari tuzilib, faoliyat olib bordi. Ayniqsa, turli tarkibdagi vokal (bir ovozli, ko‘p ovozli) ansambllar yosh o‘smirlar faoliyatida kеng ommalashdi.



Download 166,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish