Сунъий йўлдошли навигация тизимлари


Sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya



Download 313,52 Kb.
bet6/6
Sana27.06.2022
Hajmi313,52 Kb.
#709646
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
МИ

3.3. Sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya

Sun’iy yo‘ldoshli radionavigatsion tizim deb, YSY guruhi tayanch radinavigatsion nuqtalar rolini bajaradigan tizimga aytish qabul qilingan. Bunday tizimlarga NAVSTAR (AQSH) i "Glonass" (Rossiya). NAVSTAR (NAVigation System using Timing And Ranging) yoki GPS (Global Positioning System) tizimlari kiradi [18].


Bu tizimlar o‘zi aniqlaydigan passiv tizimlar toifasiga kiradi. Ularda faqat navigatsion YSYlar radiouzatkichga ega bo‘ladi, harakatdagi obyektda joylashtiriladigan apparatura esa faqat ESY signallari qabullagichi, signallarni qayta ishlash va obyektning koordinatalarini hisoblash qurilmasiga ega bo‘ladi. Bunday navigatsion tizimlarda ob’ektning koordinatalarini hisoblash natijasi faqat obyektning o‘zida bo‘ladi, ya’ni ob’ekt apparaturasining o‘zi o‘z koordinatalarini aniqlaydi.
Sun’iy yo‘ldoshli radionavigatsion tizim asosidagi joyni radioaniqlash va harakatdagi obyektlarni kuzatish tizimlarini qurishning umumlashtirilgan sxemasi 3.8- rasmda keltirilgan.
Obyekt apparaturasi ko‘rish zonasida bo‘lgan bir necha YSYlardan (4 tadan kam bo‘lmagan) bir vaqtda navigatsion signallarni qabul qilishni amalga oshiradi. YSYdan beriladigan sun’iy yo‘ldosh tomonidan nurlantiriladigan signal haqidagi, shuningdek YSYning harakatlanishi orbital parametrlari haqidagi kodli ma’lumotlar bo‘yicha KSAS EHMda qo‘yilgan algoritmlar bo‘yicha harakatdagi ob’ektning geografik koordinatalari, harakatlanish tezligi va yo‘nalishi aniqlanadi.


3.8- rasm. Joyni radioaniqlash tizimini qurilish sxemasi


Harakatdagi ob’ektning koordinatalari va tezligi haqidagi ma’lumotlar iste’molchiga vizual shaklda tabloda berilishi va o‘lchash vaqti qayd etiladigan xotirada saqlanishi mumkin.


NAVSTAR (NAV igation System using Timing And Ranging) yoki GPS (Global Positioning System) global sun’iy yo‘ldoshli radionavigatsion tizim kosmosda, havoda, yerda va suvda harakatlanayotgan obyektlarning yuqori aniqli navigatsion-vaqt ta’minoti uchun yaratilgan.
Uning tarkibiga navigatsion sun’iy yo‘ldoshlar, yer usti boshqarish kompleksi va iste’molchilar (foydalanuvchilar) apparaturalari kiradi. Tizimda qo‘llaniladigan tamoyil shundan iboratki, iste’molchilarda o‘rnatilgan maxsus qabullagichlar bir necha sun’iy yo‘ldoshlargacha masofani o‘lchaydi va bir xil olisdagi sirtlar kesishmalari nuqtalari bo‘yicha o‘z koordinatalarini aniqlaydi. Vaqt bo‘yicha kechikish qiymati sun’iy yo‘ldoshlar nurlantiradigan va qabul qilish qurilmalari generatsiyalaydigan signallar kodlarini ularning mos kelishigacha vaqt bo‘yicha surilishi usuli orqali taqqoslash bilan aniqlanadi. Vaqt bo‘yicha surilish qabullagichning soati bo‘yicha aniqlanadi. Kenglik, uzunlik, balandlik va xatoliklarni bo‘lmasligini topish uchun vaqt bo‘yicha surilishni aniqlashda foydalanuvchining qabullagichi to‘rtta sun’iy yo‘ldoshlarni ko‘rishi va ulardan navigatsion signallarni qabul qilishi kerak.
Tezlik foydalanuvchining harakatlanishi keltirib chiqaradigan sun’iy yo‘ldosh signali tashuvchi chastotasining dopler surilishi bo‘yicha aniqlanadi. Dopler surilishi sun’iy yo‘ldoshdan qabul qilinadigan va qabullagich generatsiyalaydigan signallar chastotalarini taqqoslashda aniqlanadi.
Navigatsion signallar L-diapazonning (L-band, 390 dan 1550 MGsgacha radiochastotalar polosasi) ikkita 1575,42 MGs (L1) va 1227,6 MGs (L2) chastotalarida nurlantiriladi. L2 chastotada yuqori aniq ma’lumotlarli P(Y) harbiy kodli va imitatsion halaqitlardan himoyalangan signallar nurlantiriladi. L1 chastotada P(Y) harbiy kodli va ko‘pincha C/A deyiladigan umumiy foydalanishdagi fuqaro kodli signallar nurlantiriladi. L1 va L2 chastotalardagi signallarni taqqoslash ionosfera orqali radioto‘lqinlarning o‘tishida vujudga keladigan qo‘shimcha kechikishni hisoblashga imkon beradi, bu navigatsion ma’lumotlarni o‘lchashning aniqligini sezilarli oshiradi. Avtomobilning koordinatalari 2 dan 5 metrlargacha aniqlikda aniqlanadi.
1994 yilning 28 martida GPS tizimi 6 ta orbital tekisliklardagi 24 ta KAlardagi shtatdagi konfiguratsiyada ishlay boshladi. ESY korpusining o‘lchamlari 1.52 m 1.93 m 1.91 mni, quyosh batareyalarining qadami 19.3 mni, maydoni 13.4 m. kvni tashkil etadi. Bort elektr ta’minoti tizimining quvvati ishlatilishi muddati tugashida 1136 Vtni tashkil etadi. Apparatning ishga tushirilishidagi og‘irligi 2032 kg ga, ishchi orbitadagi og‘irligi 1075 kg ga teng bo‘ladi.
24 ta ESYlardan tashkil topgan GLONASS guruhi orbitaga chiqarilgan va fuqaro kodi uchun 50 metrdan ortiq bo‘lmagan xatolikli koordinatalarni aniqlashga imkon beradi.
Download 313,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish