Сунъий йўлдошли навигация тизимлари


SYATning tasniflanishi va asosiy ko‘rsatkichlari. Radiotelefon aloqasi va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini taqdim etishga mo‘ljallangan SYATlarning tasniflanishi asosiga quyidagi belgilar qo‘yilgan



Download 313,52 Kb.
bet2/6
Sana27.06.2022
Hajmi313,52 Kb.
#709646
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
МИ

SYATning tasniflanishi va asosiy ko‘rsatkichlari. Radiotelefon aloqasi va ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini taqdim etishga mo‘ljallangan SYATlarning tasniflanishi asosiga quyidagi belgilar qo‘yilgan:


- Ishlatiladigan orbitalar turi. Bu belgi bo‘yicha barcha SYATlar geostatsionar orbitadagi (GEO) va nogeostatsionar orbitadagi kosmik apparatlar (KA) ikkita tizimlarga bo‘linadi. O‘z navbatida, nogeostatsionar orbitalar past orbitali (LEO), o‘rta orbitali (MEO) va elliptik (HEO) orbitalarga bo‘linadi. Bundan tashqari, past orbitali aloqa tizimlari ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari bo‘yicha little LEO asosidagi ma’lumotlarni uzatish tizimlari, big LEO radiotelefon tizimlari va mega LEO keng polosali aloqa tizimlariga (adabiyotlarda Super LEO belgilash ham ishlatiladi) bo‘linadi.
-Tizimning xizmatga tegishliligi. Radio aloqa Reglamentiga muvofiq uchta asosiy xizmatlarga ajratiladi:
– qayd etilgan sun’iy yo‘ldoshli aloqa (QESYA) – bir yoki bir necha sun’iy yo‘ldoshlar ishlatilganida ma’lum qayd etilgan punktlarda joylashgan ESlar orasidagi radioaloqa xizmati;
– harakatdagi sun’iy yo‘ldoshli xizmat – bir yoki bir necha sun’iy yo‘ldoshlar qatnashadigan ESlar orasidagi radioaloqa xizmati;
– radioeshittirish sun’iy yo‘ldoshli xizmati (RESYX) – sun’iy yo‘ldoshli retranslyatorlar signallari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi qabul qilishi uchun mo‘ljallangan radioaloqa xizmati. Bunda abonentlar sifatili nisbatan oddiy va uncha qimmat bo‘lmagan qurilmalarga ham individual, ham jamoaviy qabul qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblanadi.
-Tizimning maqomi (statusi). Tizimning vazifasi, xizmat ko‘rsatiladigan hududni qamrab olish darajasi, yer usti stansiyalarining joylashtirilishi va tegishliligiga bog‘liq. SYATning maqomiga bog‘liq ravishda xalqaro (global va hududiy), milliy va idoraviy SYATlarga bo‘lish mumkin.

YSY orbitalari

Geostatsionar orbita. Ko‘plab mavjud SYATlar yo‘ldoshlarni joylashtirish uchun eng foydali bo‘lgan geostatsionar obitadan foydalanadi. Uning asosiy afzalliklari global xizmat ko‘rsatish zonasida uzluksiz sutkali aloqa imkoniyati va chastotaning surilishini deyarli to‘liq yo‘qligi hisoblanadi.

Geostatsionar yo‘ldoshlar taxminan 36 ming kilometrlarda joylashishi va Yerning aylanish tezligida aylanishi bilan ekvatorda joylashadigan yer sirtidan ma’lum nuqtada «osilib» turadi. Haqiqatda geostatsionar KAning orbitadagi holati o‘zgarmas hisoblanmaydi. U orbitaning degradatsiyalanishini keltirib chiqaradigan qator omillar ta’sirida sezilarsiz “dreyfga” uchraydi. Bunda bir yildagi orbita holatining o‘zgarishi 0,92oga etishi mumkin.

Geostatsionar orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar qator kamchiliklarga ega, ulardan eng asosiysi signalning kechikishi hisoblanadi. Geostatsionar orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar 250 msli kechikish (har ikkala yo‘nalishlardagi) signallarning sifat xarakteristikalariga ta’sir qilmaydigan radio- va televizion uzatish tizimlari uchun optimal hisoblanadi. Radiotelefon aloqasi tizimlari kechikishlarga sezgirroq, chunki bu sinfdagi tizimlardagi yig‘indi kechikish taxminan 600 msni (yer usti stansiyalaridagi qayta ishlash va kommutatsiyalashni hisobga olganda) tashkil etadi, hatto zamonaviy aks-sadoni so‘ndirish texnikasi hamma vaqt ham yuqori sifatli aloqani ta’minlashga imkon beravermaydi. “Ikkilangan sakrash” holida (yer usti stansiya-shlyuzi orqali Retranslyatsiyalash) kechikish endi 20 %dan ortiq foydalanuvchilar uchun ma’qul bo‘lmay qoladi.


Geostatsionar tizimlar arxitekturasi ajratilgan chastotalar polosasidan takroran foydalanish imkoniyatini, natijada ularning spektral samaradorligini cheklaydi. Geostatsionar KAlar qamrab olish zonasi yuqori kenglikdagi hududlarni (sh.k. va j.k. 76,5o yuqori) o‘z ichiga olmaydi, ya’ni haqiqatda global xizmat ko‘rsatish kafolatlanmaydi. Shuningdek ta’kidlash kerakki, geostatsionar KAlar personal aloqa xizmatlarini faqat, agar ular Yer sirtida shakllantiradigan xizmat ko‘rsatish zonalari past orbitali sun’iy yo‘ldoshlar hosil qiladigan zonalar bilan deyarli bir xil bo‘lsa ta’minlay oladi.
Hozirgi vaqtda geostatsionar orbitada juda “tirband” bo‘lib qoldi va yangi KAlarni joylashtirish bilan muammolar vujudga keldi. Ish shundaki, texnikanaing zamonaviy rivojlanishi darajasida o‘zaro halaqitlarning vujudga kelishi tufayli geostatsionar KAlar orasida orbital surilish 1o dan kam bo‘lmasligi kerak, ya’ni orbitada 360 tadan ortiq bo‘lmagan sun’iy yo‘ldoshlarni joylashtirish mumkin (3.5-rasm).

O‘rtacha balandlikli orbita. O‘rtacha balandlikli tizimlar geostatsionar tizimlarga qaraganda harakatdagi abonentlarga xizmat ko‘rsatishning sifatliroq xarakteristiklarini ta’minlaydi, chunki abonentning ko‘rish maydonida bir vaqtda ko‘p sonli KAlar bo‘ladi. Buning hisobiga KAni ko‘rishning minimal burchaklarini 25o — 300o gacha oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Masalan, ICO tizimida ikkita yo‘ldoshlarning radio ko‘rinishi sutkalik vaqtning 95% davomida ta’minlanadi, binobarin KAlardan biri 300o dan ortiq burchak ostida ko‘rinadi. Bu esa, o‘z navbatida, yaqin zonada tarqalishdagi yo‘qotishlarni (unda daraxtlar, binolar va boshqa to‘siqlar bo‘lganida) kompensatsiyalash uchun radioliniyaning qo‘shimcha energetik zahirasini kamaytirishga imkon beradi.






Download 313,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish