“super qo’llanma” dan foydalangan har bir inson mashaqqatli mehnatimizni qadrlab Davlat nur



Download 373,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.09.2021
Hajmi373,24 Kb.
#168787
1   2
Bog'liq
10 11 sinf O'zbekiston tarixi SUPER

Unga ko’ra : 

1. Muhammadjon Tinishboyev - Bosh vazir, Ichki ishlar vaziri

2. Islom Shoahmedov - Bosh vazir o’rinbosari; 

3. Mustafo Cho’qay -Tashqi ishlar vaziri; 

4. Ubaydulla Xo’jayev - Harbiy vazir; 

5. Yurali Agayev - Yer va Suv boyliklari vaziri ; 

6. Obidjon Mahmudov – Oziq-ovqat vaziri; 

7. Abdurahmon O’razayev - Ichki ishlar vazirining o’rinbosari; 

8. Solomon Gersfeld - Moliya vaziri etib tayinlandi. 

Keyinchalik Mustafo Cho’qay Bosh vazir lavozimini egalladi. 

Qurultoylarni ,,Ulug’ Turkiston’’ gazetasi yoritib bordi. 

Toshkentda 1917-yil dekabrda ko’p ming kishilik aholi ishtirokida (Munavvar qori boshchiligida ) Muxtoriyatni yoqlab 

miting o’tkazildi. 



Sovetlar muxtoriyatni tugatish payiga tushdilar va buning uchun Toshkentdan qizil askarlar chaqirtirildi va arman 

dashnoqlari bilan Qo’qonga hujum uyushtirildi. Xuddi shu vaqtdan esa muxtoriyatga Qo’qon mirshablari bo’shlig’i 

Kichik Ergash rahbarlik qildi.Bunga qarshi bolsheviklarga Toshkentdan Perfilev boshliq askarlar yordamga keldi. O’t 

ichida qoldirilgan Qo’qon taslim bo’ldi va 72 kun yashagan Muxtoriyat tugatildi. 

Lenin tomonidan yuborilgan P.Kobozev favqulodda komissar etib tayinlandi. 

1918-yil 20-aprelidan – 1-mayiga qadar bo’lib o’tgan o’lka sovetlarining V syezdida bolsheviklar taklifi asosida RSFSR 

tarkibida TASSR ( Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi) tuzildi. 

1918-yil iyunda esa Turkistonda RKP(Rossiyskie Kommunisticheskie Partiya )ning tarkibiy qismi bo’lgan TKP(Turkiston 

kommunistik partiyasi) tuzildi. 

1919-yilda Turor Risqulov tashabbusi bilan Musulmonlar Byurosi (MusByuro) tuzildi. 

1920-yili T.Risqulov TASSR o’rniga Turk respublikasi, TKP o’rniga Turk partiyasini tuzish va yana o’lka manfaatlarini 

o’zida aks ettirgan g’oyalar bilan ciqdi va bu ishlari tufayli hokimiyatdan chetlashtirildi. 

RKP 1921-yil martda bo’lib o’tgan X syezdida NEP(YIS)ga o’tildi. 

Sovetlar Turkistonda xususiy mulkni tugatish maqsadida Yer-suv islohotini amalga oshirganlar, I bosqich 1921-22 –

yillarni o’z ichiga oladi va unda Turkiston ASSRda va II bosqichda 1925-29-yillarda esa Farg’ona, Samarqand, 

Toshkentda o’tkazildi. 

Turkistonda milliy ozodlik harakati dastlab 1918-yilning bahoridan boshlab Farg’ona vodiysida boshlandi. Kichik 

ergash vafot etgach (1918–yil bahor) Qo’rboshilik harakatiga boshchilikni Katta Ergash o’z qo’liga oladi. Shuningdek 

yana Madaminbek (1892-1920), Shermuhammadbek o’z harakatlari bilan tanildilar. 

1919-yil oktabrda Pomirning Ergashtom ovulida bo’lgan yig’inda Madaminbek yetakchiligida “Farg’ona muvaqqat 

muxtoriyat hukumati” tuzildi va tarkibiga 16 nafar mahalliy va 8 nafar rus vakillarini birlashtirdi. 

Hukumat boshlig’i va qo’shin qo’mondoni etib Madaminbek tayinlandi. 

Bu davrda Madaminbekning 30000, Shermuhammadbekning 20000, Katta Ergash qo’rboshining 8000 askarlari 

mavjud edi. 

1920-yil yanvarida Katta Ergash mag’lubiyatga uchradi, Shermuhammadbek esa asosiy kuchlarini olib Oloy vodiysiga 

chekindi. O’zaro kelishmovchiliklar natijasida Madaminbek o’ldirildi. Qo’rboshilar harakati 1924-yilda to’xtatildi. 

1918-yil Kolesov Yosh buxoroliklar talabini bajargan bo’lib Buxoro amirligiga ochiqdan-ochiq hujum qiladi. 

1920-yil 29-avgustda Frunze boshliq qizil askarlar Buxoroga hujum qildi, amir hokimiyati esa 2-sentabrda taslim 

bo’ldi, hokimiyat esa Yosh buxoroliklar qo’liga o’tdi.1920-yili 6-8-oktabrda Butunbuxoro xalq vakillarining I 

qurultoyida BXSR(Buxoro Xalq Sovet Respublikasi) tuzildi . Fayzulla Xo’jayev-Nozirlar Kengashi raisi, Abdulqodir 

Muhitdinov-Butunbuxoro Markaziy Inqilobiy Qo’mitasi raisi lavozimiga keldilar. 1921-yil sentabrda esa RSFSR 

namunasidagi Konstitutsiyani qabul qildilar. Sovetlar bu yosh davlatni o’z nazoratiga olish uchun Markazdan 

Turkkomissiya, Turkbyuro, Turkfront kabi missiyalar yuborilib, O’rta Osiyo byurosi, O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi 

tuzilmalari tuzildi. 1924-yil sentabrda V Butunbuxoro qurultoyida BXSR o’rniga BSSR (Buxoro Sovet Sotsialistik 

Respublikasi) tuzildi. 

1917-yil 5-aprelda Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar ta’siri ostida Manifestni imzoladi.Majlis (Parlament)ga 

Bobooxun Salimov , Nozirlar Kengashiga Husaynbek Matmurodov rais bo’ldi. Iyun oyida Asfandiyorxon Muvaqqat 

hukumatning Xivadagi vakili Mirbadalovga tayanib Majlis va Kengashni tarqatib yubordi, 1918-yili esa xon 

Junaidxonni qurolli kuchlar qo’mondoni etib tayinladi. Tez orada Junaidxon Asfandiyorxonni o’ldirib, taxtga uning 

akasi Said Abdullo keldi, amalda butun hokimiyat sovetlarning ashaddiy dushmani Junaidxon qo’liga o’tdi. 2 yillik 

kurashlardan so’ng Junaidxon mag’lubiyatga uchradi, 1920-yil fevralda Xiva xonligi barham topdi.Said Abdullo esa 

taxtdan voz kechdi.1920-yil aprelida Butunxorazm xalq vakillari I qurultoyida XXSR (Xorazm Xalq Sovet Respublikasi) 

tuzildi va uning muvaqqat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Nozirlar sho’rosi raisi lavozimini esa Polvonniyoz Yusupov 

egalladi. Ammo sovetlar bu yerda ham Buxorodagi kabi yo’l tutishdi mart oyida Yusupov hukumati ag’darildi. 




1923-yil oktabrda bo’lib o’tgan IV Butunxorazm qurultoyida XXSRni XSSR(Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi)ga 

aylantirish bo’yicha qaror qabul qilindi. Yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko’ra barcha yerlar xalqniki deb e’lon 

qilindi, barcha vaqf mulklari Maorif Nozirligiga o’tkazildi. 

Milliy–hududiy chegaralanish 1924-yilga kelib amalga oshirilishi ko’zda tutilgandi.Turkkomissar Y.Rudzutak bu sohaga 

bosh mutasaddi edi. Yagona Turkistonni bo’lish g’oyasiga avvalboshdanoq T.Risqulov qarshi edi, shuningdek S 

.Xo’janov va S .Asfandiyorov ham shu fikrda edilar. XSSRliklar 1924-yil 8–mayda RKP MKga ,,Xorazmda milliy masalani 

hal qilish to’g’risida maktub’’ yuborishadi va chegaralanishga qarshi ekanliklarini bayon qilishadi. Lekin 1924-yil 26-

iyunda XSSRning yangi rahbariyati chegaralanishga rozi ekanligini bildirdi. 

1924-yil 12-iyunda “O’rta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralish to’g’risida” maxsus qaror qabul qildi.15-

iyulda bu ishlarni amalga oshirish uchun O’rta Osiyo byurosi tuzildi va bu ishlarni kuzda amalga oshirish ko’zda tutildi. 

Nihoyat 1924-yil 27-oktabrda Moskvada bo’lgan BMIQ (Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo’mitasi) milliy-hududiy 

chegaralanishlarni maqulladi. 

1925-yil 13-fevralda Buxorodagi Xalq Uyida qurultoy chaqirilib O’zbekiston SSR tuzilganligini e’lon qilishdi, MIQ 

raisligiga Y.Oxunboboyev va XKS raisligiga F.Xo’jayev saylandi. Uning hududini: Turkiston ASSRdan 9ta uyezd, 133 ta 

tuman ,7 ta qishloq okrugi; 

Buxoro respublikasining 9 ta viloyati; 

Xorazm respublikasing 23 ta tumani; tashkil qilardi. 

1925-yil 6-12-fevral kunlari Buxorodagi I ta’sis syezdida O’zbekiston Kompartiyasi tashkil etildi. Unga ma’sul etib 

V.Ivanov va A.Ikromov saylandi. 

1927-yilda Konstitutsiya qabul qilindi. 

1929-yili Tojikiston ASSR O’zbekiston SSR tarkibidan ajralib chiqdi va mustaqil Tojikiston SSRga aylandi. 

1925-yil dekabrda O’zbekiston SSR MIQ “Yer va suvni milliylashtirish to’g’risida” qaror qabul qildi. Unga Farg’onada 

40, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 desyatinadan ortiq yeribor xo’jaliklar tugatildi. 

1930-yil 17-fevralda O’zbekiston kompartiyasi MK ning “Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish 

to’g’risidagi’’ qarori qabul qilindi. 

1930-yili qoramollar miqdori 60000 boshda ziyodga kamayib ketdi. 

Quloqlashtirish jarayonida o’zbeklar Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Sibirga surgun qilingan. 

1- besh yillik davrida 289 ta korxona qurilgan (1928- 1932) 

1926-yil sentabrda O’rta Osiyo byurosi qarori asosida “Hujum” harakati suniy ravishda tezlashtirildi. 

1927-yil 8-martda ommaviy mitinglar boshlandi va 100000 dan ortiq ayollar paranji tashladi. 

1927-1928-yillarda O’zbekistonda 2500 dan ortiq ayollar jaholat qurboni bo’ldi. 

O’zbekiston milliy musiqasini rivojlantirishda kompozitorlardan Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, To’xtasin Jalilov va 

Mutal Burhonovlar ishtirok etdilar. 

18 lar guruhi a’zolar: Inomjon Xidiraliyev, Muxtorjon Saidov. 

1931-yili Moskvadagi sud jarayanida Munavvar qori boshchiligidagi “Milliy istiqlol tashkiloti” a’zolaridan 15 nafari 

otib tashlandi. 

II jahon urushining dastlabki kunlaridayoq 14000 dan ortiq o’zbeklar urushga borish istagini bildirdi. O’zbekistonliklar 

urush fondiga (649,9) 650 mln rubl pul, 22 kg oltin va o’zbek raqqosasi Tamaraxonim 50mimg so’m pul berdi. Urush 

yillari Oqqovoq, Qibray, Salor va Farhod GESlari qurildi. Urush yillari Zirabuloq, Qo’qon, Yangiyo’l shaharlarida qand 

zavodlari qurildi va urush yillari O’zbekiston Sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning chorak qismini berdi. Urush 




yillari O’zbekistonga 1mlndan ortiq insonlar ko’chirib keltirildi, shulardan 200 mingi bolalar edi. Toshkentlik 

Shoahmad Shomahmudovlar 15 bolani, Hamid Samadov 13 bolani Fotima Qosimova 10 bolani asrab oldi. 

 “Moskva mudofaasi uchun” ordeni bilan 1753 nafar o’zbek askarlar mukofotlandilar. General Sobir Rahimov Polsha 

uchun bo’lgan janglarda (Gdansk) 1945-yil 26-mart kuni vafot etdi va unga Qahramon unvoni berildi. Berlin uchun 

bo’lagan janglarda toshkentlik Botir Boboyev, Solih Umarov marg’ilonlik Toji Ali Boboyevlar ishtirok etgan. 1706 nafar 

o’zbek “Berlinni ishg’ol etganligi uchun” medali bilan mukofotlandi. Urush yakunida 120mingdan ortiq O’zbekistonlik 

jangchilar turli orden va mukofotlar oldilar. Ulardan 75 nafari Qahramon unvoniga sazovor bo’ldi. 

Urush yillari teatrda Hamid Olimjonning “Muqanna”, Hamid Olimjon va Uyg’un, Sobir Abdullaning “O’zbekiston 

qilichi”, Maqsud Shayxzodaning “ Jaloliddin Manguberdi” asarlari sahnalashtirildi. O’zbekistonga RSFSR Fanlar 

Akademiyasining 375 nafar xodimi ko’chirib keltirildi. Respublikamizga 31 ta oliy va 7 ta harbiy o’quv yurtlari ko’chirib 

keltirildi.Ko’chirib keltirilgan akademik shoir va yozuvchilar bilan hamkorlikda “ Biz g’alaba qozonamiz” nomli 

almanax va “O’zbekiston shoirlari frontga” nomli antalogiya yaratishga muvaffaq bo’ldilar. 

1946-yil 5-fevrlda SSSR hukumati “ 1946-53-yillarda” O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish rejasi 

va tadbirlari to’g’risida” qaror qabul qildi. Mirzacho’l yerlarini o’zlashtirish ishlariga bevosita rahbarlik qilish uchun 

maxsus “Glavgolodnostepstroy” tuzildi. 

1961-yil Guliston shahri vujudga keldi. 

1956-yil davlat tomonidan paxtaning xarid narxi oshirildi. 1950-yil O’zbekiston SSR fanlar akademiyasining ishi 

to’g’risidagi qaror bo’yicha sharqshunos A.Boboxo’jayev, faylasuf V.Zohidov, iqtisodchi O. Aminov nohaq ravishda 

qoralandi. 1951-yil Said Ahmad, Shukrullo, Maqsud Shayxzoda, Hamid Sulaymonov, Mirtemirlar “Sovetlarga qarshi 

millatchilik faoliyati”da ayblanib 25 yilga qamaldi. 

Stalin vafotidan keyingina ular oqlandi. 1959-yil O’zbekiston kompartiyasi MKga Sharof Rashidov birinchi sekretar 

etib saylandi, ungacha U O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumning raisi (1950-1959) sifatida o’zini ko’rsata olgan edi. 

Sharof Rashidov 1983-yil vafot etdi. Uning davrida Mirzacho’l, Surxon-Sherobod, Qarshi cho’llarini o’zlashtirishda 

katta muvaffaqiyatga erishgan. 

Buxoro-xiva mintaqalarida Gazli, Jarqoq kabi gaz konlari ochildi. Gazli Buxoro viloyatida 1956-yil ochilgan eng yirik 

neft- gaz koni edi. 

Paxta ishi 1983-yil Sharof Rashidov vafotidan so’ng boshlandi. Markazdan maxsus tergovchilar Gdlyan va Ivanov 

yuborildi. 

1989-yil may oyida Quvasoyda Mesxeti turklari va o’zbeklar o’rtasida mushtlashish sodir bo’ldi. 1989-yil 8-iyulda 

Qo’qonda aholining tinch namoyishi harbiylar tomonidan o’qqa tutildi Natijada 50dan ortiq kishi halok bo’ldi va 1011 

kishi jarohatlandi. 103 kishi halok bo’ldi. 1990-yil Farg’ona vodiysining O’sh va O’zgan shaharlarida o’zbekar va 

qirg’izlar o’rtasida millatlararo janjallar yuz berdi. 1989-yil 23-iyun kuni O’zbekiston kompartiyasi MKga Islom 

Karimov birinchi sekretar etib saylandi. 

1991-yil aprelda Moskava yaqinidagi Nova-Ogoryovada SSSR Prezidenti Gorbachyov va 9 respublika prezidentlari 

uchrashdilar natijada “9+1” shartnomasi imzolandi. 

 

Men sizlarga ishonaman !!!. Sizlar albatta uddalaysizlar va maqsadlaringizga erishasizlar qadrli shogirdlarim - 



hurmat bilan Davronbek KARIMOV. 

Agar sizlarga ozgina foydam tekkan bo’lsa Davlat bobomning nomiga duo qilsangiz sizlardan juda minnatdor 

bo’lardim. 

“SABR” – kelajak mevasi !!!  

 

Download 373,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish