Superkayfiyat Qo‘ng‘iroqlar: 1 500 daqiqa Tarmoq ichida 300 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi Internet



Download 59,69 Kb.
bet1/2
Sana24.04.2022
Hajmi59,69 Kb.
#579459
  1   2
Bog'liq
Superkayfiyat


Superkayfiyat
Qo‘ng‘iroqlar:
1 500 daqiqa Tarmoq ichida
300 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi
Internet:
1 250 MB internet-trafik
500 MB tungi vaqt (01:00-09:00) uchun internet-trafik
1 250 MB  uchun
SMS:
200 SMS O‘zbekiston bo‘yicha
Oylik abonent to‘lovi: 30 000 so‘m
Limitlar qoldig‘ini tekshirish 
*102# - daqiqa va SMSlar
*103# - internet-trafik
• * Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa/o‘tsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
• Tarif rejasiga yangidan ulanish yoki boshqa tarifdan o‘tish mumkin.
• Tarif bo‘yicha oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlarning amal qilish muddati – 1 (bir) oy. Bu 1 oy tarif rejasiga o‘tilgan/ulanilgan kundan to navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechiladigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
• Oylik va kunlik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar. Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 23-sanasigacha foydalana oladi. Agar abonent, masalan, oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 29-sanasigacha, fevral oyining 27/28-sanasigacha, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 30-sanasigacha (shu kuni ham) foydalana oladi.
• Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Mazkur tarifga ulanish yoki o‘tish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak. Agar abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
• Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
• Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday hollarda abonent raqami Faol holatga o‘tgach, oylik abonent to‘lovi navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi; bunda abonent raqami Bloklangan holatdan chiqqanidan so‘ng yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini o‘zgartirmaydi.
• Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida limitlar belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
• Tarifga yangi ulanishda/o‘tishda, agar abonent balansi musbat holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (qolgan kunlar uchungina emas) yechiladi va belgilanadi.
• Tungi internet-trafik limitidan faqat soat 01:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida foydalanish mumkin. Berilgan limitning to‘g‘ri narxlanishi uchun, tungi hamda kunduzgi trafiklarning amal qilish vaqtlari almashinish paytlarida (soat 09:00 da va 01:00 da) internetni uzib turishni, shu vaqtlardan sal o‘tgach internetga qayta ulanib foydalana boshlashni tavsiya etamiz.
• «Superkayfiyat» tarif rejasidan «Oddiy» tarif rejasiga o‘tishda Facebook, Telegram va WhatsApp uchun berilgan internet-trafik qoldig‘i TAS-IX yo‘nalishlari uchun sarflanadi. Jamlangan internet-trafikdan tarif rejasi almashtirilgan kunning oxirigacha foydalanish mumkin bo‘ladi. Keyingi kundan boshlab, avvalgi trafik bekor qilinadi, yangisi esa yangi tanlangan tarif rejasi shartlariga ko‘ra belgilanadi. Internet-trafikdan foydalanishdan avval, limitlar belgilanganligini *102# USSD-so‘rovi yordamida tekshirib olishingizni so‘raymiz.
• Boshqa («Active» tariflaridan tashqari) ochiq tarif rejalariga «Superkayfiyat» tarif rejasidan o‘tishda tungi limitlardagi MBlar qoldig‘i amal qilmaydi.
• «Superkayfiyat» tarif rejasidan «Kayfiyat» tariflar tizimidagi boshqa tarif rejalariga o‘tishda O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun berilgan daqiqalar limiti qoldig‘i “tarmoqdan tashqari” yo‘nalish bo‘yicha amal qiladi.
• Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
• Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
• «Superkayfiyat» tarif rejasi abonentlari uchun «Qadrdonlar» sodiqlik dasturi shartlari amal qiladi.
• «Superkayfiyat» tarif rejasi abonentlari «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Tungi Internet» va «Qulay daqiqalar» xizmatlaridan foydalana oladilar.
• «Student» tarif rejasi abonentlari uchun «Tarmoq ichida 0», «VIP» xizmatlari, shuningdek, «Tarmoq ichida qulay» va «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari amal qilmaydi.
• Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqidagi qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.



Download 59,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish