Суртмалар (Unguenta) – юмшоқ дори шакллари бўлиб, асосан маҳаллий



Download 1,14 Mb.
Sana10.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#649593
Bog'liq
farmatsevtik texnalogiya 8- mavzu


Reja:
  • Geterogen surtmalar,
  • Suspenzion surtma dorilar texnologiyasining o’ziga xosliklari
  • Pastalar
  • Suspenzion surtma dorilarning sifatini baholash

Суртмалар (Unguenta) – юмшоқ дори шакллари бўлиб, асосан маҳаллий ишлатиш учун мўлжалланган. Уларнинг дисперс муҳитлари шундай реологик (етарли қовушқоқлик, пластиклик ва псевдопластик) кўрсаткичларга эгаки, бу кўрсаткичлар натижасида суртмалар белгиланган ҳароратда ҳам ўзининг турғунлигини етарли даражада сақлаб қола олади.
Суртмалар тегишли XI ДФ расмий дори воситалари кўринишида киритилган бўлиб, терига, яраларга ва силлиқ қаватларга суртиш учун мўлжалланган.
Суртма дори шаклларининг ишлатилиши
Тери ва силлиқ қаватларни ташқи муҳит таъсиридан химоя қилишда
Куйганда ва совуқ уриш натижасида ҳосил бўлган яраларни юзасига дори моддасини суртиш учун
Тери касалликларида уларни махаллий даволаш ёки дори моддасини лимфа томирлари орқали қонга сўрилиб, ҳар хил патологик жараёнларга умумий таъсир қилишини таъминлаш учун
Организмнинг ҳар хил бўшлиқларида юзага келадиган касалликларни даволашда ва хомилани олдини оладиган воситаларни тайёрлаш учун
Гомоген суртмалар (қотишма,эритма ва суртмалар
Гетроген (суспензион,эмульцион,аралаш) суртмалар
Дисперс системаси бўйича таснифланиши:
Suspenzion yoki trituratsion surtma dorilar tayyorlash
Surtma asosida erimaydigan, lekin asosda suspenziya xolida tarqalgan qattiq kukunsimon dori moddalar saqlagan surtmalarga suspenzion (trituratsion) surtma dorilar deyiladi.
Bundan tashqari suvda yaxshi eriydigan, lekin retseptda ko’p miqdorda yozilgan moddalar hamda rux sulfat, rezorsin va pirrolalol suvda yaxshi erigani bilan surtmaga suspenziya xolida (ko’z surtmalariga ega emulsiya xolida) qo’shiladi, sabab agar ular suspenziya xolida qo’shilmasa teri nekrozini chaqiradi.
Suspezion surtmalar dori moddalarini asosda yaxshilab ezib-maydalash, ya’ni dispergirlash usuli bilan tayyorlanadi. Bunday tayyorlanishidan maqsad dori moddasining farmakologik faolligini oshirishdir, chunki aynan farmakologik faollik erimaydigan fazaning dispersligiga bog’liqdir.
Suspenzion surtmalarning yuqori qovushqoqligi tufayli, qattiq faza cho’kmaga tushish ehtimoli kamayganlishgi uchun bu dori turini tayyorlashda stabilizator ishlatilmaydi.
Suspenzion surtmalarda qattiq faza 50% gacha va undan ko’p foizni tashkil etgani uchun ushbu suspenzion surtmalarni tayyorlashda turli xil texnologik bosqichlarni ishlatish maqsadga muvofiq.
Bu guruh surtmalar dori moddasini surtma asosida bir xilda ezish yo’li bilan tayyorlanadi. Shuning uchun boshqa­cha nomi trituratsion surtma (lot. trituratio — ezib ishkalash) ni bildiradi. Suspenziyali surtmalarda qattiq faza disperslik darajasi qancha yuqori bo’lsa, ya’ni dori moddasining yuzasi qancha katta bo’lsa, davolash samarasi shuncha ortadi. Dorixona sharoitida suspenzion surtmani tekshirish organoleptik usulda olib boriladi. Surtmani kaft orasida ishkalaganimizda yirik bo’lakchalar bo’lmasligi kerak. Agar surtma tarkibidagi dori bo’lakchalari 50 mkm gacha kattalikda bo’lsa, unda surtmani teriga surtgan vaqtimizda terini kitiklaydi, ba’zi hollarda terini jaroxatlashi ham mumkin. Bunday surtmalarni yallig’langan va shillik qavatlarga surtish yaramaydi.
Agar dori modda surtma tarkibiga kam miqdorda (5% gacha) bo’lsa, ezish bodom, shaftoli, kungaboqar moyi ishtirokida (agar surtma hayvon yog’ida tayyorlansa) yoki vazelin moyida (agar vazelinda) olib boriladi, so’ngra hosil bo’lgan mayin suspenziyaga dorixatda berilgan miqdorgacha asos qo’shib aralashtiriladi. Agar surtma tarkibida dori modda ko’p miqdorda (5%-25% gacha) bo’lsa, kerakli miqdorda suyultirilgan asos bilan eziladi. So’ngra qolgan asos qo’shib aralashtiriladi. Aralashtirish paytida bir necha bor hovoncha devorlaridan massa tushirilib turiladi. Surtma suspenziyasining tarkibida dori moddalar 25% dan ortsa, pastalar deyiladi. Yuqori dispers va bir xil taqsimlangan pasta tayyorlash uchun dori moddasini eritilgan asos bilan ezib ishqalanadi. Pastalar trituratsion surtmalarga nisbatan quyuqroq bo’ladi. Magistral suspenzion surtmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bunga misollar keltiramiz:
 Rp.: Furacilini 0,1
Lanolini 20,0
Vaselini 30,0
M.f. unguentum
D.S. Antiseptik surtma.
Furatsillinni 3-4 tomchi vazelin moyi bilan ezib, so’ngra iliq vazelin va lanolin qorishmasini qo’shib aralashtiriladi.
Rp.: Resorcini 0,6
Acidi Salicylici 1,0
Sulfuris prаecipitatae 2,0
Cerae flavae 4,0
Ol. Ricini ad 20,0
D.S. Ceboreyada qo’llaniladi
Bu uch fazali suspenzion surtma bo’lib, mum-moyli asosda tayyorlanadi. Kukunsimon dori moddasi 9% atrofini tashqil qiladi. Avval salitsil kislota mum, kanakunjut moyi aralashmasida eritib olinadi. So’ngra kukunlar aralashmasini 5-6 g eritma bilan eziladi va qolgan eritma qo’shiladi.
2. Pastalar yumshoq dori shakllari ichida ma'lum foizini tashkil etib, korxona va dorixona sharoitida tayyorlanadi. Bu dori shakli tarkibida 25% va undan ko’p poroshoksimon moddalar bo’lib, konsistеntsiyasi jixatdan mazlarga nisbatan quyqroq bo’ladi. Bu dori shakli bir qancha afzalliklarga ega, tarkibida bir nеcha dori moddalardan iborat. Tayyorlash jarayonida tarkibida bir nеcha quruq moddalar bo’lsa ham, ular nimada erishdan qatiy nazar, bu dori turini tayyorlashda xеch qanday suyuqlik ishlatilmaydi.
Umumiy tеxnologiyasi shundan iboratki, pasta tayyorlash uchun avval poroshoklarning hammasi hovonchada yaxshilab aralashtirib olinadi, so’ngra eritilgan asosning bir qismi bilan, so’ngra qolgan qismi bilan bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi
Pastalar dеb tarkibida 25% va undan ko’p poroshoksimon moddalar bo’lgan hamda konsistеntsiyasi mazlarga nisbatan quyuqroq dori turiga aytiladi.
Pastalar tayyorlanishi, tarkibiga kiradigan asoslar, ishlatilishi, bеrilishi va saqlanishiga ko’ra hamda, ularga bo’lgan talablar jixatidan surtmalardan xеch farq qilmaydi: Shuni eslatib o’tish kеrakki, pastalar tarkibiga kiradigan quruq moddalar ko’p bo’lganligidan ular nimada erishdan qatiy nazar, bu dori turini tayyorlashda ko’pincha xеch qanday suyuqlik qo’shilmaydi.
Pastalar tеriga ishlatiladigan, tishni davolash va yuvish uchun qo’llaniladigan xillarga bo’linadi.
Tеrini davolashga ishlatiladigan pastalarga: rux oksidi pastasi, salitsilat kislota bilan rux oksidi pastasi, lеvomitsеtin rux oksidi-salitsilat bilan birgalikdagi pasta, va boshqalar kiradi.
Tishni davolashda ishlatiladigan pastalarga: yodoformli pasta, uch krеzolformalinli pasta, ftorli pasta, margimushli pasta va x.k.
1.Rp.: Zinci oxydi 25,0
Amyli 25,0
Vaselini 50,0
M.1. pasta
D.S. sirtga surtish uchun
2.Rp.: Acidi sаlicylici 2,0
Zinci oxydi aa 25,0
Amyli aa 25,0
Vaselini 48,0
M.F. pasta
D.S. Lassar pastasi. Sirtga surtish uchun
Tеxnologiyasi: salitsilat kislota bilan rux oksidni yaxshilab aralashtirib, ustiga eritilgan ozgina vazеlin qo’shiladi va yaxshilab eziladi so’ngra ustiga kraxmal va qolgan vazеlinni oz-ozdan qo’shib, bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Og’zi yopiladigan idishlarga qadoqlanib, sirtga surtish uchun yorlig’i bilan jihozlanadi
Tеxnologiyasi: rux oksidni eritilgan ozgina vazеlin bilan yaxshilab eziladi. Ustiga kraxmal va qolgan vazеlinni oz-ozdan qo’shib, bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Og’zi yaxshi yopiladigan idishlarga qadoqlanib, «Sirtga surtish uchun» yorlig’i bilan jihozlanadi.
Asosiy adabiyotlar:
Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.
Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.
Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
  • Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

  • Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.
    Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.
    Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
    Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.
    Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish