Surxon vohasida maktabgacha yoshdagi bolalarga xos xalq o’yinlari terdu ning Pedagigika inistituti magistranti Toshova Shahnoza Tojinorovna Annotatsiya



Download 23,54 Kb.
Sana29.03.2022
Hajmi23,54 Kb.
#516649
Bog'liq
1-tezis 2022


SURXON VOHASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA XOS XALQ O’YINLARI
TerDU ning Pedagigika inistituti magistranti
Toshova Shahnoza Tojinorovna


Annotatsiya. Maqolada Surxon vohasida xalq o‘yinlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning ishtiroki va ular tomonidan o‘yinlarning tashkil etilishi, vatanparvarlik va mehnatsevarlikga chorlovchi tarbiyaviy xususiyatlari bayon yetilgan.
Kalit so‘zlar: o‘yin, sezgirlik, xushyorlik, topqirlik, epchillik, fahm-farosat, «tiqmoq», «senda», «zuvv», bolachiq, chibichga.
Yoshlarni epchil, chaqqon bo‘lishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinlardan biri «chirkash» o‘yini bo‘lib, bu o‘yinni bolalar o‘rtacha olti-sakkiztadan ikki guruhga bo‘linib, kelishgan holda bir guruh qochadi, ikkinchi guruh quvlaydi. Bunda har bir bola bittadan raqib guruhdagi bolani quvib yetishi biron joyiga oyog‘ini tegizishi kerak. Kamida besh-oltita bolaga yetib oyog‘ini tegizganda quvlayotgan guruh raqib guruh ustidan g‘alaba qozongan hisoblanadi. So‘ngra ikkinchi guruh quvlaydi, birinchi guruh qochadi. O‘yin shu tartibda davom etadi. Agar qochayotgan guruhdagi bolalarning biri chaqqonlik qilib quvlab kelayotgan bolalarning o‘rtasidan kesib o‘tsa, orqa tomonidan quvlab kelayotgan bolalar asir tushgan hisoblanib, o‘yindan chiqadi. Qolganlari o‘yinni davom ettiradi1.
Bolalarda sezgirlik, xushyorlik, topqirlik hamda fahm-farosatni o‘stirishda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan o‘yinlarda yana biri «tiqmoq» o‘yinidir. O‘yinda bolalar har guruhdan beshtadan o‘ntagacha bo‘lib, ikki guruhga bo‘lingan. Har guruh qator bo‘lib, o‘rtada bir yo‘lakcha joy qoldirib tiqilib o‘tirishadi. Shunda birinchi guruhdan bir kishi ikki kaftining orasiga kalapo‘shini yashirib, o‘zining guruhida o‘tirgan bolalarning oyog‘ining orasiga ikki kaftini tiqib ketaveradi. Kaftida yashirgan kalapo‘shni xohlagan kishisining oyog‘ining orasiga qoldirib joyiga borib o‘tiradi. Shunda raqib guruhdan biri o‘rnidan turib, o‘zining raqib guruhidagi bir kishiga «senda» deb oyog‘ining orasiga qo‘lini solib ko‘radi. Kalapo‘shni topsa g‘alaba qilgan hisoblanadi, topolmasa yengilgan xisoblanadi. Agarda kalapo‘shni topolmasa, topolmagan bolani to‘rt kishi oyoq-qo‘lidan ko‘tarib g‘alaba qozongan guruhning ustidan ko‘tarib o‘tkazayotgan vaqtda o‘tirgan bolalar o‘tirgan joyidan yutqazgan bolaning orqasiga oyog‘ini ko‘tarib, oyog‘i bilan turtib qolishadi. O‘yin shu asosda davom ettiriladi2.
Chidamlilik, chaqqonlik hamda epchillik kabi xususiyatlarini shakllantirishda «boboltaka» o‘yinining ham o‘rni bor. Boboltaka o‘yinida ikki guruhga o‘n-o‘n ikki kishidan bo‘lib, hammasi qur ya’ni davra bo‘lib turishadi. Shunda davraga ikki guruhdan bir kishidan chiqadi. Birinchi chiqqan bola«boboltaka»,ikkinchi guruhdan chiqqan bola «chibich» deb atalib, boboltaka davrada bir oyog‘ini ko‘tarib, ikkinchi oyog‘i bilan sakrab chibichni davra aylantirib, bir oyoqlab quvib yetishi, hamda ko‘tarib yurgan oyog‘ini chibichga tegizishi kerak. Boboltaka ko‘tarib yurgan oyog‘ini yerga tegizsa mag‘lub bo‘lgan hisoblanadi. Yerga tegizmay chibichga oyog‘ini tegizsa g‘alaba qilgan bo‘ladi. O‘yin shu tarzda davom ettiriladi3.
O‘ta chaqqon hamda sergak, epchil va chidamlilik bo‘lishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan «chillik» o‘yinida bolalar ikki guruhga bo‘linib, har guruhda olti-sakkiztani tashkil etadi. Tekis maydonda o‘rtaga aylana chizilib, aylananing o‘rtasi chuqurcha qilinadi. Chillikning uzun tayog‘i «enasob» besh qarich uzunlikda, kichik tayog‘i «bolachiq» deb atalib bir qarich uzunlikda bo‘ladi. Birinchi guruhdan bir kishi aylananing ichiga kirib, chuqurchaga bolachiqni ko‘ndalang qo‘yib, enasob bilan chaqqonlik bilan ko‘tarib xohlagan tomoniga qaratib uradi. Shunda ikkinchi guruh bolachiqni yerga tushirmay ushlab olishga harakat qiladi. Agar bolchiqni yerga tushirmasdan epchillik bilan ushlab olsa, o‘yinni yangitdan o‘zlari boshlaydi. Ushlay olmasa bolachiqni tushgan joyidan aylana ichiga tushirish uchun otadi. Aylana ichida turgan birinchi guruhdagi bola bolachiqni aylana ichiga tushirmaslik uchun harakat qiladi. Agar aylana ichiga bolachiqni tushirsa o‘yinni ikkinchi guruh yangitdan boshlaydi. Agar bolachiqni tushira olmasa, bolachiq tushgan joy bilan aylana chizig‘i o‘rtasiga enasobni qo‘yib o‘lchaydi. O‘lchanganda enasob aylana bilan bolachiq ustiga tushsa, bolachiqni otgan ikkinchi guruhdagi bolalardan biri aylanaga bolachiqni tushirish uchun otadi. Aylana ichidagi birinchi guruhdagi bola yana tushirmaslikka harakat qiladi. Aylanaga ikkinchi guruh bolachiqni tushirsa, o‘yinni shu ikkinchi guruh yangitdan boshlaydi. Tushira olmasa, birinchi guruhdan aylana ichida turgan bola bolachiqni urib yuborsa, bolachiq tushgan joyga boradi va bolachiqni qo‘lga olib yerga ko‘ndalang holatida tashlaydi hamda bolachiq yerga tushguncha enasob bilan uradi. Bolachiqni necha marta urgan bo‘lsa, keyin shuncha marotaba enasob bilan bolachiqni uzoqlikka qaratib uradi. Shu urayotganda ham ikkinchi guruh bolalari urilgan bolachiqni yerga tushurmay epchillik bilan ushlashga harakat qiladi. Bolachiqni yerga tushirmay ushlasa o‘yinda yutgan hisoblanib, ikkinchi guruh o‘yinni yangitdan boshlashi mumkin bo‘ladi. Bolachiq urilgandan keyin har bir tushgan joyga ikkinchi guruhdan bir kishidan turadi. O‘yinni davom ettirayotgan birinchi guruh bolachiqni ushlatmasdan hisobni oxiriga yetkazsa, ikkinchi guruh bolachiqni oxirgi tushgan joyidan har bir tushgan joyiga har bir a’zosi bir nafasda «zuvv» deya ovoz chiqarib aylanagacha yetib kelishi kerak. Bunday o‘yinning halol borishiga alohida e’tibor berilgan, ya’ni g‘olib guruh yengilgan guruh a’zolarining ortidan yugurib borishgan va ularning nafas olish-olmasliklarini nazorat qilishgan. Bunda har bir guruh a’zosi boshqalardan ko‘ra tezroq va uzoqroqqa chopib borishga harakat qilgan. Shu tarzda chidamlilik, epchillik hamda tezlik kabi jismoniy sifatlar qaror toptirilgan. Bir nafasda yetib kelmasa mag‘lub hisoblangan. G‘olib bo‘lgan guruh bir nafasda «zuvv» deb yetib kela olmagan guruhning to‘xtagan joyidan yana o‘yinni davom ettirib, bolachiqni ko‘ndalang holatda yerga tashlab, shu jarayonda enasob bilan necha marta ursa, shuncha marta bolachiqni uzoqlikka qaratib urib, o‘yinni davom ettirgan4.
«G‘irbaydi» o‘yini bolada jismoniy epchillikni shakllantiradi. Bu o‘yinda bolalar beshtadan o‘n beshtagacha bo‘lib, o‘rtaga bolalarning bittasi kalapo‘sh (bosh kiyim)ni tikadi va bolalarga kalapo‘shni teptirmaslik uchun qo‘riqlaydi. O‘yin jarayonida kalapo‘shni tepishga kelgan o‘yinchiga qo‘riqchi oyog‘ini tegizsa shu o‘yinchi uning o‘rniga kalapo‘shini tikishga majbur bo‘ladi. Bolalar qo‘riqchi bolaning oyog‘ini o‘zlariga tegizdirmay kalapo‘shni o‘rtadan tepib olib ketsalar, to kalapo‘shning egasi yetib borib, uni o‘rtadan olguncha tepib ketaverganlar. U bola kalapo‘shni tepki ostidan olib, yana uni o‘rtaga tikib qo‘riqlaydi. O‘yin shu tarzda davom etgan5.
Umuman olganda, an’anaviy o‘yinlar o‘zbek xalqining bir necha ming yillik ijodiy mahsuli bo‘lib, ular milliy madaniyatning ajralmas bir qismi sifatida ijtimoiy turmushda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi va o‘ziga xos etnik va lokal xususiyatlari bilan ajralib turadi. XX asrning 50-yillariga kelib milliy o‘yinlarda transformatsion jarayonlarning ma’lum doiradagi ta’sirini ko‘rish mumkin. Xususan, bu davrda maktabgacha ta’limining joriy etilishi hamda unda yevropa o‘yinlari (masalan, futbol, voleybol, basketbol va boshqalar) dars jarayonlarida voha qishloq maktablarida o‘rgatilib borilgan hamda milliy xalq o‘yinlari «eskilik sarqiti» sifatida taomildan chiqarila boshlangan. XX asrning 90-yillarga kelib milliy xalq o‘yinlarini keng targ‘ib etish masalasi yo‘lga qo‘yildi. Milliy xalq o‘yinlari yosh avlodning aql-idroki, did-farosati, tafakkurini o‘stirib, qolaversa, jismoniy kamolot sari yetaklashda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, voha aholisi ma’naviy madaniyati ming yilliklar davomida voha hududida istiqomat qilib kelgan etnoslarning yashagan tabiiy-geografik muhit, ularning xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy munosabatlari hamda bir qator boshqa omillari ta’sirida mintaqaga xos to‘y va to‘y marosimlar, an’anaviy taqvimiy marosimlar, shuningdek, milliy o‘yinlar shakllangan.


1Dala yozuvlari. 2019 yil. Oltinsoy tumani Chuqur Obshir, Chinor, Bodihavo qishloqlari.

2Dala yozuvlari. 2020 yil. Uzun tumani Chaqar, Chinor, Eshon qishloqlari.

3Dala yozuvlari. 2019 yil. Oltinsoy tumani Oqarbuloq, Botosh, Bibizaynab qishloqlari.

4Dala yozuvlari. 2019 yil. Oltinsoy tumani Katta Vaxshivor, To‘xtamish, Xo‘jasoat qishloqlari.

5Dala yozuvlari. 2019 yil. Oltinsoy tumani Chuqur Obshir, Zardaqo‘l, Bodihavo qishloqlari.

Download 23,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish