Surxondaryo viloyati



Download 8,85 Mb.
bet5/7
Sana04.02.2022
Hajmi8,85 Mb.
#429859
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasi

Yangi dars bayoni:
Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevr alda Andijonda tug‘ildi. Bobur Vatanimiz tarixid agi takrorlanmas siymolardan biridir. U nafaqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olim, balki mohir sarkarda va davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalar bilan chambarchas bog‘liq holda yuzaga keldi. Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta – otasi Umarshayx mirzoning kutilmaganda vafot etishi munosabati bilan boshlandi. O‘shanda u bor-yo‘g‘i 12 yoshda edi.Bobur bobosi Amir Temur davlatining poytaxti – Samarqand shahrini ishg‘ol qilish uchun bir necha marta urin ib ko‘rdi. Dastlabki muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Shunga qa-ramay, uni qo‘lda tutib turishning imkonini topa olmadi. Keyinchalik u o‘z she’rlaridan birida shunday deydi:

Davron meni o‘tkardi sari somondin,
Oyirdi meni bir yo‘li xonumondin,
Gah boshima toj, gah baloyi ta’ma,
Nelarki, boshima kelmadi davrondin.
Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam markazlashgan davlat tuzishdan iborat edi. Bu maqsad amalga oshdi.

Boburdan bizga uning devonlari, «Boburnoma»si, bir qator ilmiy, tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy-ta’limiy ruhdagi asarlaridan iborat meros qoldi. U Xoja Ubaydullohning «Risolayi volidiya»sini o‘zbekchalashtirdi, musulmon axloqiga oid «Mubayyin» nomli masnaviyni yaratdi, «Xatti Boburiy»ni ixtiro qildi.Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 1530-yil 26-dekabrda, 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi.


Keyinchalik, 1539-yil, vasiyatiga muvofiq, xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.Bobur O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Andijon shahrida Bobur nomida universitet, teatr, kutubxona, milliy bog‘ («Bog‘i Bobur») bor. Bobur milliy bog‘i majmu asida «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoir-ning ramziy qabr-maqbarasi buny od etilgan. Shahar markazida va Bob ur bog‘idagi yodgorlik majmuyida shoirga haykal o‘rnatildi. Andijondagi markaziy ko‘chalardan biriga, shun ingdek, Toshkentdagi istirohat bog‘i va ko‘chaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bog‘iga Bobur nomi berildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi.

1993-yil 23-dekabrda tashkil etilgan Xalqaro Bobur jamg‘armasi Bobur ijodini o‘rganishda katta ishlarni amalga oshird i. Jamg‘armaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari bo‘ylab ilmiy safarlar uyushtirib, Bobur va bo buriylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi


ma’lumotlar to‘plab, ularni ilmiy iste’molga kiritdi.
Bomiyonga yaqin yetganlarida biz ning ortda qolgan uruq chodirlarini ko‘radilar. Ularni biz deb xay ol qilib tezda, qaytadilar. O‘rdalariga borib, hech narsaga qaramay ko‘chadilar. Orqalariga qaramay o‘zlarini Yakka o‘lang yerlariga tortishadi.Shayboniyxon1 Balxni2 qamal qilgan edi. Balxda Sulton Qulichoq qo‘rg‘onbegi edi. Shayboniyxon ikki-uch sultonni uch-to‘rt ming kishi bilan Badaxshonga3 hujum qilish uchun yubordi. U payti Muborakshoh va Zubayr4 kelib yana Nosir mirzoga5 qo‘shilgan edilar. Burunroq qasos va keklari bor edi. Kishmning pastida Shohidonda Kishm daryosining sharqiy tarafda lashkar tortib o‘tirganlarida o‘zbaklar tong otmayoq tungi qirg‘inga yopirilib kelib, Kishm daryosini kechib o‘tib, Nosir mirzoning ustiga yurdi. Nosir mirzo darhol o‘zini qirga tortdi. Qirdagi odamlarini yig‘ishtirib, karnay chaldirib, olg‘a siljigancha o‘zbaklarni surib qochirdi. Kishm daryosi katta edi. O‘zbaklar shu suvdan kechib kelgandilar. Ularning ko‘pchiligi o‘q yedi, qilich ostida qoldi. Juda ko‘p kishisi qo‘lga tushdi. Suvda ham ko‘p kishi o‘ldi.Muborakshoh va Zubayr (Nosir) mirzodan yuqoriroqda – Kishm tarafda edilar. Ularning ustiga yuborilgan o‘zbaklar ularni qirga qochirdi. Nosir mirzo yovni qochirayotganida bundan xabar topib, o‘sha odamlar ustiga yurdi. Yuqoridan Ko‘histon6 beklari (Mubor akshoh va Zubayr) ham otliq-yayovini yig‘ib jangga kirishlari bilan, o‘zbaklar turish bera olmadilar, qochdilar. Bu jamoatdan ham ko‘p kishi qo‘lga tushdi, ko‘p kishi o‘q yedi, qilichda chopildi va suvda oqdi. Chamasi ming-ming besh yuz o‘zbak o‘ldi. Nosir mirzoning bir yaxshi zafari mana shu edi. Bu xabarni Kohmard sayxonligida ekanligimizda Nosir mirzoning kishisi keltirdi.
«Bobur turkiy she’riyatda Alisher Navoiydangina keyingi o‘rinda edi. U sof va nafosatli turkiyda devon tartib etdi. U nazm yo‘lida «Mubayyin» atalmish asarini yaratib, shu bilan ko‘pchilik tomonidan foydali deb topilgan islomiy huquqshunoslikka doir ta’limotning muallifi bo‘ldi, shuningdek, turkiydagi aruz vazni haqida benazir risola yozdi va «Risolayi volidiya»ni tarjima qildi. Uning bequsurlikda yagona hamda jo‘n uslubda yozilgan «Vaqoye’» yoki «Tarixi turkiy» asari ham bor. U musiqa va o‘zga san’atlarni g‘oyatda nozik idrok etardi»



Download 8,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish