Surxondaryo viloyati


G‘AZALLAR «Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim...»



Download 8,85 Mb.
bet6/7
Sana04.02.2022
Hajmi8,85 Mb.
#429859
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasi

G‘AZALLAR
«Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim...»

Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ordim,


Ko‘rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrayi zardim.
Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayoqingg‘a tushub, bargi xazondek muncha yolbordim.
Latofat gulshanida gul kibi sen sabz-u xurram qol,
Men archi dahr bog‘idin xazon yaprog‘idek bordim.
Xazondek qon yoshim, sorig‘ yuzumdin el tanaffurda,
Bahar rangi, bihamdillah, ulusdin o‘zni qutqordim.
Ne tole’dur mangakim, axtari baxtim topilmaydi,
Falak avroqini har nechakim daftardek axtardim.
Ulusning ta’n-u ta’rifi manga, Bobur, barobardur,
Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim.

«Xazon yaprog‘i yanglig‘» g‘azali Bobur she’riyatining eng yaxshi namunalaridan biridir. Undagi badiiyat nihoyatda go‘zal va ta’sirchan shaklda namoyon bo‘lgan. She’rda tanosub san’atining juda go‘zal va yorqin namunasi mujassamlashgan. Dastlabki baytda kuz manzarasining o‘ziga xos belgilari aks etgan. Xazon yaprog‘i kuzning o‘ziga xos timsolidir. Bu bejiz emas. Gap ayriliq ustida bormoqda. Mumtoz she’riyatimizda shodlik, visol ko‘pincha bahor bilan bog‘liq holda tasvirlanadi. Shunga ko‘ra, Boburning ayriliq onlarini kuzga bog‘lab berishi tasodifiy emas. Xuddi shuning uchun ham oshiq «sarg‘ardim» deydi. Uning sarg‘ayishi xazon yaprog‘iga o‘xshaydi. Kuz manzarasida alohida urg‘u bilan ko‘rinadigan boshqa bir manzara ham bor. Bu yor bilan bog‘liq manzaralar. Yorning ko‘rinishida kuzga yaqinlik mutlaqo mavjud emas. U – gul yuz. Yorning mana shunday holati yana bir marta alohida ta’kidlanadi. Unga murojaat (ey lolarux) shu holatni yuzaga chiqaradi. Bu yerda asosiy urg‘u yorni tavsiflashga emas, balki oshiqning o‘z ruhiyatini ifodalashga qaratilgani uchun ham lirik qahramon o‘z tashqi qiyofasiga e’tiborni tortadi – o‘z «chehrayi zardi – sarig‘ yuzi»ni eslatadi. Bu e’tibor maxsus murojaat orqali (ko‘rub rahm aylagil) yana-da kuchaytiriladi.


E’tibor berilsa, bu yerdagi ruhiy holat ifodasida sariq rang bilan bog‘liq tasvirlarning yetakchilik qilayotganini sezish mumkin. Xazon – sarg‘ardim – chehrayi zardim silsilasi shu vazifani bajaradi. Ularga zid tarzda esa «gul yuz» hamda lolarux ifodalari tanlangan. Umumiy tarzda birinchi baytni o‘z yoridan ayrilgan lirik qahramonning hijron azoblaridan shikoyati hamda bunga yor e’tiborini qaratishga urinish tarzida baholash mumkin.
Dastlabki misrada gul yorning yuziga tavsif tarzida keltirilgan edi. Keyingi misrada u to‘g‘ridan to‘g‘ri yorning o‘zini ifodalaydi. Yor (gul) sarvga o‘xshaydi. Bu yerda yorning tik va baland qomati e’tiborga olingan. Odatda, mumtoz adabiyotimizda yorning yosh, tik va go‘zal qomati sarvga nisbat beriladi. Biroq ulardan farqli tarzda shoir sarvning «sarkash»ligiga, ya’ni uning itoatsizligi, o‘jarligiga urg‘u berib, bu obrazning mazmuniga yangilik kiritmoqda. Bu bejiz emas. Lirik qahramon «xazon yaprog‘i»ni yana bir marta eslatyapti. Endi u «bargi xazon» ko‘rinishida kelmoqda. Birinchi baytda xazonning rangi alohida e’tiborda
edi. Bu baytda uning harakati, shitirlashi (ehtimolki, «shivirlashi»), daraxtning tepasidagi emas, balki pastga, yerga tushgan holati nazarda tutilgan. Shoir xazonning shitirlashi (shivirlashi) va oshiqning yolvorishida ichki bir uyg‘unlikni
ko‘radi.
Xazon yaprog‘i uchinchi baytda ham yana bir marta ishlatiladi. Xazon yaprog‘ini bog‘da shamol uchirib tashqariga olib ketadi. Shoirning nazarida umr bog‘ga o‘xshaydi (dahr bog‘i). Xazonning daraxt va bog‘lardan uzilib chetga chiqishi bilan insonning olam uyidan (dahr bog‘idan) ketishi o‘rtasida ham yaqinlik bor. Bu yerda ma’shuqaga bildirilayotgan tilak ham e’tiborli. Har qanday
holda ham u go‘zal va xushnud bo‘lishi kerak («Latofat gulshanida gul kibi sen sabz-u xurram qol»).
Navbatdagi baytda oldingi mantiqiy izchillik yana davom etadi. Oshiq yana o‘z uzvlarini xazonga o‘xshatishdan charchamaydi. Endi unga qon yoshim va sorig‘ yuzim ifodalari qo‘shiladi. Siz kuz paytidagi daraxt barglarini, ayniqsa, yerda yotgan xazonlarni ko‘rganmisiz? Ulardagi sariq va qizil ranglar jilvasiga e’tibor berganmisiz? Bobur ayni mana shu holatlarni nazarda tutgan holda ko‘z yoshini ham, o‘z yuzini ham xazonga o‘xshatmoqda. Endi «elning nafrati»ga e’tibor beraylik. Nega shunaqa? El nimadan norozi? Bu yerda kuz manzarasi fonidagi qahramon holatiga e’tibor berish joiz ko‘rinadi. Yuqoridagiday holat egasining
go‘zal ko‘rinmasligi tabiiy hol. «Tanasi boshqa dard bilmas» deganlaridek, bunday ruhiy holatdan begona ko‘ngilning insonni tushunmasligi ham tushunarli holatdir.
Keyingi baytdagi mazmunda mana shunday «ko‘ngilni tushunmaydigan ulusdan o‘zni qutqarish» ohangi mujassam bo‘lsa ne ajab?! Baytlarning navbatdagisida xazon, barg tushunchalari kitob sahifasi – varaq shaklida tilga olingan. Lirik qahramon o‘z taqdiridan (ne toledur manga) hayron. Uning baxt yulduzi (axtari baxtim) topilmaydi. Vaholanki, u umri davomida shuni (falak avrog‘ini)gina izlab kelmoqda, daftarning har bir varag‘ini (bu umrning har bir lahzalariga tegishli) astoydil va muntazam (har nechakim) qidirmoqda. Lirik qahramonning mazkur holatida atrofdagilarning munosabati juda muhim ko‘rinmaydi. Ular buni maqtashadimi yoki unga ta’na-yu malomatlar qilishadimi, baribir. Bu boshqalarni mensimaganligi yoki boshqalarning fikr-mulohazalariga
e’tiborsizligi uchun emas, balki hayotda haddan tashqari ko‘p hodisalarga duch kelgani, olamda ko‘plab yaxshi-yomon ham lirik qahramonning o‘z mustaqil va hech kimga bergusiz dunyosi borligi uning o‘ziga ham tasalli, ham umid bag‘ishlab turganini sezish qiyin emas.







«Bоburnоmа»dа ilm-fаn, sаn’аt, аdаbiyot аhli haqidа ham kеng fikr yuritilgаn. Muаllif Аlisher Nаvоiy, Jоmiy, Binоiy, Muhаmmаd Sоlih, Hilоliy, Sаyfi Buхоriy, Mir Husаyn Muаmmоiy, Shayximbеk Suhаyliy, Аhmаd Hоjibеk, Bеhzоd, Shоh Muzаffаr, G‘ulоm Shоdiy, Husаyn Udiy kаbi shоir va sаn’аtkоrlаr hаqidа qimmatli mа’lumоtlаr bеrgаn, ularning аsаrlаridаn nаmunаlаr ham kеltirgаn.
Tole yo’qkim jonimg’a baloliq bo’ldi,

Download 8,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish