Suv resurslarini boshqarish


 Iqtisodiy va ekologik extiyojlar uchun suvga bo‘lgan talabning



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana25.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#581417
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
suv

1.3. Iqtisodiy va ekologik extiyojlar uchun suvga bo‘lgan talabning 
ortish dinamikasi 
Inson faoliyatida suv juda keng qo‗llaniladi. Suv sanoatda turli xil 
maxsulotlar va texnologik jarayonlar tarkibiga kiruvchi xom-ashyo, issiqlik 
keltiruvchi vazifasini bajaradi, isitish maqsadlari uchun xizmat qiladi. Suvning 
muayyan balandlikdan tushish kuchi gidroelektrostansiyalar trubinalarini xarakatga 
keltiradi. Suv omili qator sanoat korxonalarini rivojlantirish va joylashtirishda 
belgilovchi omil xisoblanadi. Sanoatning suvni ko‗p sarflovchi tarmoqlariga 
kimyo va neft-kimyo sanoati korxonalari kiradi, ularda suv nafaqat yordamchi 
material, balki xomashyoning eng muxim turlaridan biri sifatida xizmat qiladi. 
Xuddi shunday suv elektr energetikasi, qora va rangli metallurgiya, o‗rmon 
xo‗jaligining bazi sohalari, engil va oziq ovqat sanoatida ham xizmat qiladi. Suv 
qurilishi va qurilish materiallari sanoatida xam keng qo‗llaniladi. Insonning 
qishloq xo‗jalik faoliyati ayniqsa sug‗orma dehqonchilik katta miqdordagi suv 
istemoli bilan boglik. Daryo, kanal va ko‗llar – arzon traspor yo‗llaridir. Suv 
ob‘ektlari bu – insonlarning dam olishi, sog‗ligini tiklash, sport va turizm 
maskanlaridir.
O‗z taraqqiyotida insoniyat suvdan foydalanishning ko‗plab bosqichlarini 
bosib o‗tgan. Avval boshda suvdan to‗g‗ridan to‗g‗ri – ichimlik sifatida, ovqat 
tayyorlash uchun, maishiy xo‗jalik maqsadlarida foydalanilgan. Asta sekin daryo 
va dengizlarning suv transportini rivojlantirishdagi axamiyati ortib boradi. 
Sivilizatsiyaning ko‗plab yangi markazlari barpo bo‗lishi aynan suv yo‗llari 
mavjudligi bilan bog‗liq. Insonlar suv xavzalaridan suv yo‗llari sifatida, baliq 
ovlash uchun, tuz olish va boshka xo‗jalik faoliyati turlari uchun foydalanishgan. 
Xozirgi kunda xam suv yo‗llaridan foydalanish dunyo iqtisodiyoti rivojlanishida 
katta ahamiyat kasb etadi. SHu kabi dengiz transporti yiliga 3-4 mlrd. tonna yukni 
tashiydi bu umumiy yuk tashish xajmining 4-5 % ni tashkil etadi.


XX asrning taraqqiyotdagi ajratib turuvchi jixatlaridan bir turli yo‗nalishlar 
bo‗yicha suv istemol qilishning tezlik bilan o‗sib borganligidir. Suv istemol qilish 
hajmi bo‗yicha qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi birinchi o‗rinda turadi va eng 
yirik suv iste‘molchisi hisoblanadi. Planetaning ortib borayotgan aholisini oziq 
ovqat maxsulotlari bilan taminlash uchun dehqonchilikda ulkan miqdordagi suv 
resurslari zarur bo‗ladi. Namlik va issiqlik resurslari hamda ularning munosabati 
dunyoning turli tabiiy iqlim zonalarida tabiiy biologik unumdorlikni belgilaydi.
Yer sharidagi sug‗orma yerlar maydoni xozirgi vaqtda 290 mln ga ni tashkil etadi. 
Ular dunyo qishloq xo‗jalik maxsulotining taxminan yarmini beradi. 
Sug‗oriladigan yerlarda dunyodagi g‗o‗za ekinining 2/3 qismi joylashgan.
Zamonaviy chorvachilik ferma va komplekslarida ham suvga bo‗lgan 
extiyoj kattadir. Jumladan 1 kg sut etishtirish uchun 4 tn, 1 kg go‗sht uchun 25 tn 
suv sarflanadi.
Sanoat ishlab chiqarishida xam suv sarfi ortib bormoqda. Suv kislorod, 
vodorod, oksidlar, azot kislatasi, spirt va ko‗plab boshqa muhim kimyoviy 
maxsulotlarni ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi kimeviy reagentdir. Suv – 
qurilish materiallari ishlab chiqarishda zarur komponent: sement, gips, oxak va 
boshqalar. Sanoatda iste‘mol qilinadigan suvning asosiy qismi energiya ishlab 
chikarish va sovutish uchun foydalaniladi. Qayta ishlash sanoatida esa suv asosan 
katta mikdorda eritish, aralashtirish, tozalash va boshqa texnologik jarayonlar 
uchun ishlatiladi.
Ishlab chiqarishning katta qismi faqat chuchuk suvlardan foydalanishga 
mo‗ljallangan; sanoatning eng yangi sohalariga aloxida toza suv zarur (yarim 
o‗tkazgichlar, atom texnikasi va boshqalar). Zamonaviy sanoat korxonalari, issiklik 
elektrostansiyalari, yirik daryolarning yillik oqimi bilan teng keladigan ulkan 
mikdordagi suv resurslari ishlatadilar.
Aholi soni va shaxarlarning ortib borishi bilan kommunal maishiy extiyojlar 
uchun suv sarfi xam ortib boradi. Iqlim sharoitlariga bog‗liq ravishda insonning 
suvga bo‗lgan fiziologik extiyoji 9-10 l/sutkani tashkil etadi. Anchagina mikdorda 
suv xo‗jalik maishiy va sanitar extiyojlar uchun zarur. Suv taminotining 


markazlashgan tizimlari tomonidan taminlanadigan suvning etarli darajasidagina 
oqizuvchi kanalizatsiya yordamida chiqindilar va axlatlarni yo‗qotish mumkin. 
Xo‗jalik ichimlik suv istemoli darajasi sezilarli miqdorda suv olish kolonkalaridan 
suv istemol qiluvchi binolarda 30-50 l/sutkani tashkil etadi. Tabiiyki, shaxar va 
qishloqlardagi hayotning maishiy-kommunal sharoitlarini yaxshilanishi suv 
iste‘molining ortishiga olib keladi.
Iqtisodiyot sohalari suv resurslarining miqdori, sifati va rejimiga turli 
talablar qo‗ymokda, shuning uchun suv xo‗jalik qurilishi bilan bog‗liq masalalarni, 
xar bir sohaning o‗ziga xosliklarini hamda yer osti va yer usti suvlari tartibini 
o‗zgarishida gidrotexnik inshootlar kurilishi va ularni ekspluatatsiyasi tufayli 
paydo bo‗ladigan va ekotizimlarni buzadigan o‗zgarishlarni xisobga olib 
kompleks ravishda xal etish maqsadga muvofik bo‗ladi. Suv resurslaridan 
kompleks ravishda foydalanish xalq xo‗jaligi sohalarining suvga bo‗lgan 
extiyojlarini eng ratsional tarzda qondirish, barcha suv iste‘molchilari va suv 
foydalanuvchilarining manfaatlarini muvofiklashtirish, suv xo‗jaligi inshootlari 
qurilishiga sarflanadigan xarajatlarni tejamkorlik bilan amalga oshirish imkonini 
beradi. Shunga bog‗liq ravishda suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni 
asrash barqaror rivojlanishning mustahkam poydevoridir.
Suvga bo‗lgan eng katta talablar suv xo‗jaligi majmuasining 4 ta asosiy 
qatnashuvchilari hisobiga to‗g‗ri keladi: qishloq xo‗jaligi, elektr energiyasini ishlab 
chiqarish, sanoat va maishiy-xo‗jaligi sohalari.
Suv xom ashyo olish, issiqlik jarayonlarida sovitish, tozalash, ekinlar 
etishtirish va turbinalarni ishga tushirishda foydalaniladigan birlamchi energiya va 
elektr energiyasini etkazib beruvchilar uchun bebaho ishlab chiqarish resursidir. 
Xozirdayoq bir mlrd. dan ortiq kishining elektr energiyasi va energiyaning boshqa 
toza manbalariga bo‗lgan extiyojlari to‗liq qondirilmayapdi. Aholi sonining ortishi 
va iqtisodiy faoliyatning kengayishi xisobiga talabning o‗sishi energiyadan 
foydalanishning keskin ortishiga olib kelishi kutilmokda.
Suv va oziq-ovqat ishlab chiqarish o‗rtasida bevosita bog‗liqlik bor. Qishloq 
xo‗jaligi maxsulotlarini etishtirish va chorvachilik – suv ko‗p talab etuvchi 


jarayonlardir. Qishloq xo‗jaligi, kommunal xo‗jaligi va sanoat sohalari 
(energetikani ham hisobga olganda) oladigan umumiy suvlarning 70% qishloq 
xo‗jaligiga to‗g‗ri keladi. Chorvachilik maxsulotlariga nisbatan ortib borayotgan 
talab qisman suvga bo‗lgan talabni ham oshiradi. Bu shuningdek, suvning sifatiga 
xam ta‘sir qiladi. Qishloq xo‗jaligida suv resurslarini ma‘suliyat bilan boshqarish 
kelajakning global suv xavfsizligining muhim qismi bo‗ladi. 2050 yilga kelib 
jahondagi oziq-ovqatga bo‗ladigan talabning 70 % ga ortishi taxmin qilinmoqda. 
Ammo qishloq xo‗jaligida suvga bo‗lgan talabni bashorat qilish noaniq natija 
berishi mumkin va foydalanilayotgan uslub hamda taxminlarga bog‗liq bo‗ladi. 
Talab aholining soni, zarur bo‗lgan oziq-ovqatlar turlariga va iste‘mol xajmlariga, 
eng avvalo qishloq xo‗jaligining jahon miqyosidagi suv iste‘moliga (sug‗oriladigan 
va sug‗orilmaydigan yerlarda) bog‗liq. Qishloq xo‗jaligining ekin turlari, 
hosildorlik va ishlab chiqarish samaradorligi ham talab etilayotgan suv miqdoriga 
ta‘sir etadi. Iqlim o‗zgarishlari esa hisoblardagi noaniqlikni kuchaytiradi. 
Mutaxassislarning fikrlariga ko‗ra, 2050 yilga kelib qishloq xo‗jaligining jahon 
miqyosidagi suv iste‘moli taxminan 19 % ga ortadi.
Insonning suv iste‘mol qilishi masalasiga kelsak, talabning asosiy qismi 
suvni asosan ichimlik va gigienik maqsadlarda foydalanuvchi shaxar aholisi 
hissasiga to‗g‗ri keladi. Bashoratlarga ko‗ra, shaxarlar aholisining umumiy 
sonining ortishi qishloq joylaridan shaharlarga migratsiya bo‗lishi xisobiga bo‗lib, 
2009 yildagi 3,4 mlrd.dan 2050 yilga kelib 6,3 mlrd.gacha etadi. Xozirdanoq 
shahar aholisiga suv xizmatini ko‗rsatishda sur‘atdan orqada qolish kuzatilmokda 
va ming yillik maqsadlarini(MDGs) qabul qilgan vaqtdan keyingi davrda suv 
ta‘minoti tizimlaridan foydalana olmaydigan shahar aholisining soni taxminan 
20% ga ortgan.
Jahonning turli mamlakatlarida suv resurslaridan turli xo‗jalik maqsadlari 
uchun foydalanish (umumiy suv iste‘moliga nisbatan % xisobida)
1.3-jadval 
Suv iste‘moli guruxlari 
Rossiya 
AQSH 
Fransiya 
Finlyandiya 
Qishloq xo‗jaligi 
22 
49 
51 
10 


Sanoat
33 
41 
37 
80 
Kommunal-maishiy
24 
10 
12 
10 
Suv resurlaridan foydalanish xarakteriga ko‗ra, suv xo‗jaligi majmuasi 
qatnashchilari, ya‘ni bir manbaning suv resurslaridan birgalikda foydalanuvchi 
xalq xo‗jaligi soxalarini suv iste‘molchilari va suvdan foydalanuvchilarga 
ajratiladi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish