Suv resurslarini boshqarish



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana25.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#581417
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
suv

1.4

Suvdan noratsional foydalanishning oqibatlari
 
Suv melioratsiyasi azal-azaldan insonlar fikrini band etib kelgan. Sug‗orish 
kanallarini qadimgi misrliklar bunyod eta boshlashgan va shu yul bilan tuprok 
unumdorligini oshirish mumkin ekanligini anglab etganlar.
Suv melioratsiyasi (sug‗orish va quritish)-quruqlikning 10% ni egallagan 
qishloq xo‗jalik yerlarining unumdorligini oshirishning asosiy yo‗llaridan biridir. 
Bu yerlarning oltidan bir kismi melioratsiyalangan, va ulardan ishlab 
chiqariladigan qishloq xo‗jalik maxsulotlarining 40-50% olinadi.
Yerlar melioratsiyasi tabiat komplekslarini o‗zgartirish, botqoq va 
botqoqlangan yerlarni yuqori unumli qishloq xo‗jalik yerlariga aylantirishning, 
mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy o‗zgartirishning ob‘ektiv zaruriyatidir. Qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishining eng muxim zvenosi sifatida melioratsiya oziq-ovqat 
dasturining xal etilishiga sezilarli xissa qo‗shishi uchun mo‗ljallangan.
Ekologik jihatlar muammoning xo‗jalik tomoni bilan bevosita bog‗liq va xar 
tomonlama e‘tiborni va chuqur anglab etishni talab etadi.
Butun jaxonda suv melioratsiyalari tomonidan kamrab olingan yerlar 
maydoni muntazam kengayib bormokda. Bu suv resurslaridan foydalanishning 


ancha ortishiga olib keldi. Suv melioratsiyasini amalga oshirishda namlanish 
darajasiga bog‗liq ravishda xar yili 200 km
3
suv sarflanadi. Bundan tashqari, 
yerlarning unumdorligini tubdan yaxshilash uchun melioratsiyaning u yoki bu 
turiga muxtoj bo‗lmagan yerlar deyarli yuk. Sug‗orish uchun yangi qishloq xo‗jalik 
yerlarini o‗zlashtirish suv resurslari tanqisligi tufayli oqsab qoladi. Sug‗orishni 
rivojlantira turib, uning asosiga shu turdagi melioratsiyaning samaradorligini 
keskin oshirishga yordam beradigan suv tejovchi sug‗orish texnologiyasini qo‗yish 
kerak.
Ammo, shu paytgacha sug‗orish tarmog‗ining foydali ish koeffitsienti 
pastligicha qolmoqda. Shimoliy Kavkaz sug‗orish tizimlarida xo‗jaliklararo 
kanallarda suv yo‗qotishlari, uning umumiy olinish xajmidan 30 % ni tashkil etadi. 
Sug‗orish tizimlarining tuprokli magistral kanallarida suv filtratsiyasi bois 
yo‗qotishlar ancha katta. Namlikdan me‘yorlangan ravishda foydalanishning jiddiy 
rezervi-qishloq xo‗jalik yerlarini sug‗orishning turli usullarini to‗g‗ri tanlash va 
ularni oqilona qo‗llay olishdan iborat. So‗nggi yigirma yil ichida Rossiyada 
yerlarni yomg‗irlatish usuli bilan sug‗orish maydonlari 75 % ga ortdi, bu sug‗orish 
me‘yorlarining 25-30 %ga qisqarishga olib keldi. Sug‗orishning yanada progressif 
usullari paydo bo‗lmoqda: suvni 50% gacha tejash imkonini beradigan tomchilatib 
va aerozol sug‗orish bunga misoldir. SHuningdek, kuzgi bugdoyning yomg‗irlatib 
sug‗orishni mayda dispersli namlatish usuli bilan muvofiklashtirgan xolda 
sug‗orish me‘yori o‗rtacha 3 yil ichida faqat yomg‗irlatib sug‗orishga nisbatan 
30% suv sarfini iqtisod qilish imkonini beradi.
Sug‗oriladigan yerlarning kengashi bilan kollektor-drenaj suvlari xajmi xam 
ortmoqda. Kollektor-drenaj suvlari suv oqimi o‗ta ko‗p bo‗lganda, shuningdek, 
yerlarning sho‗rini yuvishda hamda davriy sug‗orish natijasida xosil bo‗ladi. Bu 
xolatlarda daryo suvlari minerallashuvi ortadi va ular yerlarni sug‗orish uchun 
yaroksiz bo‗lib qoladi. Masalan, bunday suvlarni Markaziy Osiyoda maxsus suv 
xavzalariga chiqariladi (Sarikamish chukurligi va b.). Drenaj suvlari katta xajmda 
Amudaryoga chiqariladi. So‗nggi 15 yil mobaynida shu tufayli Amudaryo suvlari 
minerallashuvi ikki barobar ortdi. Tojikiston xududining o‗zidan daryo va uning 


irmoklariga 3 km
3
dan ortiq kollektor-drenaj suvlari va 1-4 g/l minerallashgan 
oqava suvlar chiqariladi. Natijada quyi okimda Amudaryo suvi oldindan tozalamay 
turib ichimlik suv ta‘minoti uchun yaroksiz bo‗lib qolgan, chunki uning 
minerallashuvi 2-3 g/l ga etgan.
Bu muammoni hal etish uchun turli xalk xo‗jalik maqsadlari uchun 
kollektor-drenaj oqimlarini kompleks ravishda qo‗llash sxemasini tuzish zarur 
(yaylovlarga suv chiqarish, tuzga chidamli va suvni tozalash xususiyatiga ega 
o‗simliklarni o‗stirish, chuchuklashtirish asosida suv bilan ta‘minlash va x). 
shuningdek, sho‗rlangan yerlarning shurini yuvishga ketadigan suv sarfini 
kamaytirish, sug‗orish me‘yorlarini pasaytirish, gidromeliorativ tizimlar samarasini 
oshirish, 
kollektor-drenaj 
suvlarini 
zararli 
birikmalardan 
tozalash 
deminerallashtirish kerak.
Kuritish melioratsiyalari mamlakatdagi gumid shariotda joylashgan 
mamlakatlar suv xujaligini rivojlantirishning eng asosiy yo‗nalishlaridan biridir. 
Shu yul bilan shu paytgacha foydalanishga yaroksiz yerlardan qishloq xo‗jalik 
maxsulotlarining yuqori xosildorligini ta‘minlanadi. 
Bundan 100 yil avval melioratsiyaga qarshi keltirilgan dalillar bu paytga 
kelib etarli ilmiy va amaliy tajriba orttirilganiga qaramay xozir ham deyarli xuddi 
shu shaklda olg‗a surilmokda. Keng mikyosli melioratsiyalar ko‗p muammolarni 
tug‗diradiki, ulardan biri tabiiy muxitni asrashning samarali va tejamkor qarorlari 
bilan mutanosiblikda yuqori xosil olish xisoblanadi.
Qishloq xo‗jaligi ishlab chikarishini intensiflashishi munosabati bilan
xozirgi kunda suvni ifloslanishdan saqlash masalasi eng dolzarb masalaga aylandi. 
Meliortativ tizimlarga chiqarilayotgan drenaj suvlari bilan birga tabiiy suvlarga 
zararli ta‘sir ko‗rsatuvchi biogen moddalar, pestitsidlar va boshqa kimyoviy 
birikmalar xam oqib chiqishini yoddan chiqarmaslik lozim. Gidrokimyoviy 
tadkikotlarning ko‗rsatishicha meliorativ tizimlar konstruksiyalari sizot suvlari, 
boshqaruv va o‗tkazish tarmoklari hamda suv qabul qilgichga sezilarli ta‘sir 
ko‗rsatadi.


Meliorativ tadbirlarning eng katta ta‘sirlari daryo oqimi o‗zgarishlarida 
kuzatiladi. Kuritish tizimlarining eksplutatsiyasining birinchi yillarida suv 
xavzasida ortiqcha suvlarning intensiv chiqarilishi xisobiga yillik oqimning bir 
muncha ko‗payishi kuzatiladi. Yoz-kuz chillasida oqimning melioratsiyadan 
keyingi o‗zgarishlarini taxlil qilish shuni ko‗rsatdiki, bu davrda sersuvlik ortadi. 
Keyinchalik u o‗zining boshlangich (meliorativ ishlar boshlangunga qadar bo‗lgan) 
bosqichdagi darajasigacha tushib qolishi mumkin. Yerlar quritilgandan keyin, 
ayniksa, birinchi yillarda daryo oqimida yer osti suvlari ta‘minotining xissasi 
ortishi kuzatiladi. Baxorgi toshqinlar oqimi kam, asosan kamayish tomon 
o‗zgaradi, chunki melioratsiyalanayotgan yerlarda u qarama-qarshi yo‗nalishlarda 
xarakatlanadigan ikkita asosiy omil ta‘siri ostida shakllanadi: yerigan qor
suvlarining katta yo‗qotishlarini keltirib chiqaradigan aeratsiya zonasining 
xajmining kattalashishi, va sun‘iy gidrografik tarmoq rivojlanishi okibatida 
baxorgi suvlarning oqim tezligining ortishi.
Hozirgi vaqtda kichik daryolarni boshqarish va rostlash munosabati bilan 
melioratorlarga ko‗p tanbexlar berilyapti. Aytish kerakki ekologik salbiy ta‘sirlarni 
qat‘iy tug‗rilanish jarayoni davlat etarli moddiy va energetik resurslariga ega 
bo‗lmagan davrda o‗tkazildi. Bundan tashqari mamlakat aholisini oziq ovqat bilan 
ta‘minlash muammosini xal etish zarur edi. Bu boskichda melioratsiyanig oddiy
arzon usullarini qo‗llash yo‗li bilan kuritilgan yerlarni tezlik bilan intensiv qishloq 
xujaligi aylanmasiga qo‗shish zaruriyati bor edi. 
Ko‗pincha meliorativ maqsadlarda ko‗p sonli suv omborlari, hovuzlar barpo 
etiladi. 
Bugungi kunda fanda xal etilmagan masalalarning eng asosiysi barcha tabiiy 
resurslardan okilona foydalanish va xalk xo‗jaligining barcha soxalari 
manfaatlarini xisobga olgan xolda xar bir konkret suv aylanmasi uchun 
melioratsiyaning yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan xajmini belgilash xisobladi. 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish