Suv resurslarini boshqarish


I-BOB SUV RESURSLARINI BOSHQARISH ZARURIYATI



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana25.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#581417
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
suv

 


I-BOB SUV RESURSLARINI BOSHQARISH ZARURIYATI 
 
Hozirgi kunda suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish 
jarayonlarini boshqarish ehtiyoji jamiyat va mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va 
ekologik talablarini muvofiqlashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Iqtisodiy 
taraqqiyot, xuddi ijtimoiy talablarni o‗sishi kabi suv iste‘molini ortishiga olib 
keladi va bu esa o‗z navbatida asta sekinlik bilan tabiatning o‗zini ham, uning 
mahalliy, mintaqaviy va hatto global miqyoslarda suv iste‘molchisi va suvdan 
foydalanuvchi sifatidagi ehtiyojlarini hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Suv resurslarini boshqarishning mazkur uch strategiyasi o‗rtasidagi asoslangan 
muvozanatni topish butun jahon hamjamiyati oldida turgan maqsad va umumiy 
yondashuvdir.
 
1.1. Suv resurslarining ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik ahamiyatlari 
Chuchuk suv zahiralari sayyoramizda bir tekisda joylashmagan. Masalan, 
Afrikada aholining 10% gina muntazam suv ta‘minotiga ega, Evropada esa bu 
ko‗rsatkich 95% dan ortadi. Dunyoda suv bilan bog‗liq muammolar keskinlashib 
borayotganligi va ko‗p qirraliligi bilan xarakterlanadi. Buning asosiy sabablaridan 
biri shundaki suv resurslari sayyora bo‗yicha o‗ta notekis tarqalgan va joylashgan. 
Bu masalada eng og‗ir holat Osiyoda kuzatiladi. Ma‘lumki Osiyo qit‘asida dunyo 
aholisining 50% dan ortig‗i hayot kechiradi, ammo mavjud suv resurslarining 
faqatgina 36% mazkur qitaga to‗g‗ri keladi. Toza ichimlik suvining keskin 
etishmovchiligi dunyoning 80 ta davlatida kuzatiladi. Mazkur holat tufayli 
dunyoning ko‗p davlatlarda suv etkazib berish xozirdanoq me‘yorlanmokda.
Gidrologik klassifikatsiyaga muvofik, aholi jon boshiga yiliga 1000-1700 m
Z
yangilanib turuvchi suv resurslariga ega bo‗lgan davlatlar suv etishmovchiligi 
xolatida bo‗lsa, yiliga aholi jon boshiga 1000 m
3
dan kam yangilanib turuvchi suv 
resurslariga ega bo‗lgan davlatlar aholisi suv taqchilligi (defitsiti) xolatida kun 
kechiradi deb hisoblanadi. Ammo ta‘kidlab o‗tish lozimki, insoniyatning 
adaptatsiyaga (moslashish) nisbatan qobiliyatlari ulkandir: masalan Iordaniyaliklar, 


aholi jon boshiga yiliga bor-yo‗g‗i 176 m

yangilanib turuvchi suv resurslariga ega 
bo‗lib xam kun kechirib kelmoqdalar.
Aholini suv ta‘minoti va kanalizatsiya xizmati bilan ta‘minlash o‗ta dolzarb 
masala hisoblanadi: bugungi kunda dunyoda 1,1 mlrd. kishi toza chuchuk suvdan 
foydalanish imkoniga ega emas, Mazkur aholining 65% Osiyoga, 27% -Lotin 
Amerikasi va Karib havzasiga va 2% Evropaga to‗g‗ri keladi. 2 mlrd. kishi 
qoniqarsiz sanitariya sharoitlarida kun kechirmokda, ulardan 80% - Osiyoga, 13% 
- Afrikaga, 5% - Lotin Amerikasiga va Karib havzasiga, 2% - Evropaga to‗g‗ri 
keladi.
Aholi sonining ortib borishi bilan xo‗jalik faoliyati ehtiyojlari uchun 
sarflanadigan suv hajmi ham ortib bormoqda (XX asrda suv iste‘moli xajmi 6 
barobarga, yer shari aholisi esa 4 barobarga ortdi). Aholining yarmi (Evropa va 
Amerikada -70%) suv ta‘minoti va kanalizatsiya tizimlarini kurilishini yo‗lga 
qo‗yish uchun kerakli iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‗lgan, ammo buning o‗rniga 
chiqindilarni to‗plab va orttirib borayotgan katta va kichik shaxarlarda istiqomat 
qiladi. 
Suv ob‘ektlariga tashlanayotgan antropogen kelib chiqishga xos bo‗lgan 
ifloslantiruvchi moddalarning hajmi ortib bormoqda (xozirgi kunda dunyoning 
daryo va dengizlariga kuniga 6 mlrd. tonnadan ortiq chiqindi tashlanmokda). 
Rivojlanayotgan davlatlar aholisining 50% dan ortig‗i iste‘mol uchun suvni 
ifloslangan suv manbalaridan olishga majbur. BMT mutaxassislari fikriga ko‗ra 
agar bu tendensiya davom etsa, 20 yildan so‗ng aholi jon boshiga suv iste‘moli 1/3 
ga kamayadi. Ichimlik suvining qoniqarsiz sifati millionlab insonlarning hayoti va 
sog‗ligiga, ularning farovonligiga real xavf soladi. Xar yili dunyoda suvning sifati 
qoniqarsizligi bois 500 mln. kishi kasal bo‗ladi va 10-18 mln. kishi hayotdan ko‗z 
yumadi.
Suv energetik muammolarni xal etish uchun ham katta axamiyatga ega. 
Energetikada suvdan foydalanishning ikkita eng muxim yo‗nalishi mavjud: 
- gidroelektr energiyasini ishlab chiqarish va; 
- suvdan issiqlik elektr stansiyalarida sovitish maqsadlarida foydalanish.


2011 yilda gidroelektr energiyasi, ishlab chikariladigan energiyaning 
umumiy xajmidan 19% ni tashkil etdi (soatiga 2710 Terravatt). Bundan tashqari 
bir qancha korxonalar umumiy miqdori 377 TVt/s energiyani ishlab chiqarish 
uchun rejalashtirish yoki qurilish bosqichida turibdi. Ammo barcha loyixalardan 
fakat uchdan bir qismigina, ya‘ni iqtisodiy va ekologik jihatdan amalga 
oshirilishining imkoni mavjud bo‗lganlarigina keyingi bosqichlarga yo‗llanma 
oladi. Bu katta tug‗onlarni barpo etishda mintaqalarning ekologik barqarorligiga 
nisbatan ortgan xavflarni anglab etishning o‗sishi bilan ham xarakterlanadi.
Tugonlarning barpo etilishi va suv omborlarini qurish (elektr jnergiyasi 
ishlab chiqarish, irrigatsiyani rivojlantirish, sanoat korxonalari va maishiy sektorni 
suv bilan ta‘minlash, suv toshqinlarini boshqarish) iqtisodiy rivojlanishga albatta 
o‗z xissasini qo‗shdi. SHu bilan birga bu salbiy ijtimoiy oqibatlarni ham keltirib 
chiqardi. 40 dan 80 mln gacha odamni ko‗chirish, ko‗chirilganlarning ijtimoiy 
mavqei va turmush darajasining pasayishi, tabiiy atrof-muxit holatida tuzatib 
bo‗lmas okibatlariga olib kelganligi (suv omborining to‗ldirilishi natijasida 
yerlarning zax bosishi va sho‗rlanishi, shuningdek, oyoq etmagan tabiat 
maskanlari va hayvonot olamining yashash joylari va ko‗pgina boshqa 
maskanlarning yo‗qotilishi va boshqalar) shular jumlasidandir.
Masalan so‗nggi davrlarda AQSHda asosan tabiatni muhofaza qilish 
maqsadida 500 yaqin o‗rta o‗lchamdagi to‗g‗onlar buzildi yoki konservatsiya 
qilindi. Bunday inshootlar amerikaliklar tomonidan XX asrda qurilgan 800 mingta 
to‗g‗on va suv omborlarining faqat bir qisminigina tashkil etishiga qaramay, 
boshlangan bu jarayon keng qo‗llanilayotgan texnologiyalarga nisbatan 
hushyorroq nazar tashlashga chorlaydi.
Dunyoda 
umuman 
yirik 
tug‗onlarga 
bo‗lgan 
munosabatning 
o‗zgarayotganligiga qaramay, ba‘zi mintaqalarda gidrotexnik inshootlar qurish 
ishlari kengaymokda. Bu holat eng avvalo, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida 
yuz bermoqda.
Kichik gidroenergetika rivoji juda muhimdir. Kichik qurilmalar (10 MVt 
gacha quvvatga ega bo‗lgan) qishloq joylarida va uzoq maskanlarda ayniqsa 


foydali hisoblanadi. Xitoyda 60 mingga yakin shunday qurilmalar ishlamoqda. 
2010 yilda kichik gidroenergetika yordamida energiya ishlab chikarish Yaqin 
Sharqda 5, Avstraliya, Yaponiya va Yangi Zelandiyada 4,2, Markaziy va Sharqiy 
Evropada 3,5 va MDH davlatlarida 3 barobarga ortdi.
Suv resurslarining asosiy iste‘molchisi qishloq xo‗jaligidir (eng avvalo, bu 
sug‗orma dehqonchilik). Dunyoda umumiy suv iste‘molining 70% qishloq 
xo‗jaligi, 22% sanoat va 8% maishiy extiyojlar hisobiga to‗g‗ri keladi. Yuqori 
daromad darajasiga ega bo‗lgan davlatlarda bu raqamlar mos ravishda 30:59:11 
foizni, past va o‗rtacha daromad darajasiga ega davlatlarda esa 82:10:8 foizni 
tashkil etadi.
Aholini 
oziq-ovkat 
bilan 
ta‘minlash dehqonchilik, chorvachilik, 
akvaekinlar va o‗rmon xo‗jaligi xisobiga amalga oshiriladi. Yerning 
boshqarilmaydigan tizimlari 500 mln dan ortik odamni boqa olmaydi. Shuning 
uchun dunyoda qishloq xo‗jaligi muntazam rivojlanmokda, bu esa aholi sonining 
xozirgi o‗sish darajasida juda muximdir. Suv resurslarnidan foydalanish 
jarayonida oqava suvlarini chiqarish ularning tabiiy shakllanishidan ancha tezrok 
yuz bermoqda (tiklanish jarayoni juda sekin boryapti - taxminan 1400 yil). 
Ma‘lumki, iste‘molga yarokli suvning 50% olib bo‗lingan. Ozik-ovkatni import 
qilishga faqat ba‘zi davlatlargina qodir. Agar bu ishni davlatlarning ko‗p qismi 
amalga oshirmoqchi bo‗lsa, jaxon bozorlari o‗sib ketgan talabni qondira olmasligi 
mumkin, chunki ozik-ovkat eksport qiluvchi davlatlar soni tez kamaymoqda.
Qator daryo xavzalari bo‗yicha sug‗orma dehqonchilikning rivojlanishi 
natijasida o‗rtacha yillik suv olish, suv olishning ekologik mumkin bo‗lgan 
xajmlaridan ortib ketgan. Jumladan Kolorado daryosi AQSH va Meksika 
dalalarini sug‗orish uchun olinadigan suvlarning o‗sib ketganligi tufayli 
Kaliforniya bug‗oziga quyilmay qo‗ydi. Suv kamchil yillarda Sirdaryo va 
Amudaryo daryolari Orol dengiziga etib bormaydi. Ko‗llar soni juda tez 
kamaymokda. Xitoyda 543 ta ko‗l qurib qoldi, ulardagi suv miqdori tubigacha 
olindi.


Yer osti suvlarining kamayishi, yer osti suvlari satxlarining pasayishi 
ko‗plab mintaqalarda jumladan, Xindiston, Liviya, Saudiya Arabistoni, AQSHda 
kuzatilgan. SHimoliy Xitoyda 100 mln dan ortiq kishi yashaydigan xududda yer 
osti suvlarining satxi 30 m dan ko‗proq pasaygan. Donli o‗simliklarning 10% yer 
osti suvlari xisobiga etishtirilishi ma‘lum. Agar suvdan foydalanish siyosatida 
o‗zgarish bo‗lmasa, xosilning mazkur ulushi ham bir kun yo‗qotilishi mumkin. 
Oziq-ovqat siyosati xalqaro instituti ma‘lumotlariga ko‗ra 2005 yildayok chuchuk 
suv etishmovchiligi bois, dunyoda kamida 130 mln tonna oziq-ovqat 
maxsulotlarini kam olina boshlandi. Hozirgi kunda 1,5 mlrd aholi ochlikdan zarar 
ko‗rmoqda. 2030 yilga borib sug‗orma yerlar maydoni 20% ga, iste‘mol 
qilinadigan suv hajmi 14 % ga ortishi kutilmokda. Janubiy Osiyo o‗zining 40% 
yangilanuvchi chuchuk suvini sugorma dehqonchilik uchun ishlatadi. Bu shunday 
darajaki, bunda qishloq xo‗jaligi va boshqa suv iste‘smolchilari o‗rtasida og‗ir 
raqobat vujudga keladi. Yakin Shark va Shimoliy Afrika qishloq xo‗jaligi 
extiyojlari uchun 58% suv resurslarini sarflaydi.
O‗rmonlarning kesilishi (Yer yuzini 5-6 ming yil avval qoplab turgan 
o‗rmon maydonlarining 80% resurslari yo‗q qilingan), suv-botqoqlik yerlarining 
degradatsiyasi (50% ga yaqini saqlanib qolgan), daryo oqimining boshqarilishi 
(dunyoning eng katta daryolarining 60% oqimi gidrotexnik inshootlar tomonidan 
to‗xtatiladi) va boshqa omillar suvlarni tutib turishning tabiiy mexanizmi 
buzilishiga sabab bo‗ladi.
Ko‗plab jonivorlar uchun yashash maskani xisoblangan suv va suv atrofi 
tizimlari va landshaftlarning degredatsiyasi tufayli xozirdanoq 24 % sut 
emizuvchilar turining, 12 % qushlarning va yaxshi o‗rganilgan baliqlarning 3 dan 
1 kismi yukolib ketish arafasida turibdi. Chuchuk suvlarning bioxilma-xilligi 
(9000 dan 25000 turgacha) keskin kamaymokda. Ekotizimning buzilishi 
shuningdek, tabiiy halokatlarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. so‗nggi 10 yil 
ichida dunyoda u yoki bu tarzda suv bilan bog‗liq bo‗lgan 2200 ta yirik va kichik
xalokatlar yuz berdi (suv toshqini, qurg‗oqchilik, ko‗chki va ocharchilik). Bundan 
hammadan ham ko‗proq Osiyo va Afrika zarar ko‗rdi.


Suv resurslari xolatiga iqlim o‗zgarishi xam tasir ko‗rsatadi. Ekstremal ob-
xavo 
sharoitlari 
ko‗payishi tendensiyaga aylanib qoldi. Mutaxassislar 
bashoratlariga qaraganda bu dunyodagi suv taqchilligini 20 % dan ortadi. Halqaro 
daryo havzalarida suv resurslarini ulardan foydalanishning turli maqsadlari 
o‗rtasida taqsimoti muammosi bilan bir qatorda (irrigatsiyaning rivojlanishi
energiya ishlab chiqarish, kommunal xo‗jaligi va boshqalar) manfaatlarni 
muvofiklashtirish hamda boshqa daryo havzasi yoki yer osti suvlari manbalaridan 
foydalanadigan mamuriyat yoki davlatlar bilan xamkorlikni yo‗lga qo‗yish 
muammosi xam mavjud. BMT bashoratlariga ko‗ra 2050 yilga kelib planeta 
aholisi soni 8,9 mlrd kishiga etadi, suv takchilligidan 2 dan 7 mlrd gacha odam 
aziyat chekadi. Suv resurslarining taqsimoti atrofidagi baxslar iqtisodiy va siyosiy 
qarama-qarshiliklar va xatto urushlarning sababi bo‗lishi mumkin. Xozirgi kunda 
xalkaro daryo xavzalari soni 261 ta va ularni 145 ta davlat o‗zaro bo‗lishmoqda. 
Masalan, Nil, Dunay, Tigr, Efrat, Gang, Amudaryo, Sirdaryo va Braxmapudra 
daryolari qachonlardir barchani etarli xajmlarda suv bilan taminlagan. Ammo aholi 
o‗sishi va iqtisodiyot rivojlanishi bilan daryolar havzalarining yuqori qismida 
joylashgan davlatlar tomonidan suv resurslaridan foydalanish rejimlarini 
o‗zgartirilishi daryolar havzalarining quyi qismi joylashgan hududlarning suv bilan 
ta‘minlanganlik sharoitini o‗zgartirishi mumkin.
Evropa va Afrikada daryo havzalarining ko‗pchiligi ko‗p millatli 
xisoblanadi. Evropada 150 katta daryo va 50 ta ko‗l ikki va undan ortik davlatlar 
chegarasini kesib o‗tadi. Garbiy va Markaziy Evropada 100 dan ortiq yer osti 
transchegaraviy suvlar zahiralari topilgan. 31 % evropaliklar kelajakda kuchayishi 
kutilayotgan, nafaqat suv istemolchilari hatto davlatlar o‗rtasida xam ziddiyatlar 
tug‗diruvchi suv taqchilligi muammosiga xozirgi kundanoq duch kelmokdalar.
Evropa davlatlari suv resurslarini barqaror boshqarishda xamkorlik va suv 
resurslaridan 
okilona 
foydalanishning 
muximligini 
yanada 
kuchlirok 
anglamokdalar. Bunga BMT ning transchegaraviy suv okimlari va xalkaro 
kullardan foydalanish va ularni muhofaza qilish to‗g‗risidagi Evropa iqtisodiy 
komissiyasi konvensiyasi yordam berdi. So‗nggi 50 yillikdagi jaxon tajribasi shuni 


ko‗rsatadiki, daryo xavzasidan birgalikda foydalanishda ziddiyatli vaziyatlar 42 % 
xolatlarda vujudga kelgan, ammo rasman yuzaga kelgan, urush esa umuman elon 
kilinmagan. Daryo xavzalarida yuzaga keladigan baxslarning eng tipik 
ko‗rinishlariga quyidagilar kiradi: 
- davlatlarning mustakillikka erishishi, boshka suv istemolchilari 
manfaaatlarini etiborga olmay bir tomonlama suv xo‗jaligi loyixasini amalga 
oshirish; 
- boshqa sabablarga ko‗ra davlatlar o‗rtasida dushmanlik munosabatlari.
Suvdan birgalikda foydalanish muammolari zaruriy qonuniy asoslarni qabul 
qilish va muvofiq boshqaruv tuzilmalarini barpo etish yo‗li bilan xal qilinadi 
(davlatlararo komissiyalar). O‗tgan 50 yil ichida dunyoda kemalar qatnoviga 
aloqasi bo‗lmagan transchegaraviy akvatoriyadan foydalanish to‗grisida 200 ta 
shartnoma imzolangan, ammo ularing ko‗pchiligi yana takomillashtirilishi zarur. 
Suv resurslarini barqaror boshqarish, tozalangan ichimlik suviga etishish 
imkoniyatlarini kengaytirish, boshlangich sanitar texnik uskunalar va gigienani 
yaxshilash imkoniyatlarini mukammallashtirish tadbirlari - bir necha mlrd 
insonlarning turmush darajasini yaxshilash, bolalar o‗limini kamaytirish, onalar 
sog‗ligini yaxshilash va suv orqali tarqaladigan kasalliklar sonini qisqartirish 
uchun etarli potensialga ega. Ayollarning suv resurslariga va uning nazoratidagi 
ishtirokini kengaytirish o‗z navbatida ozik ovkatning xavfsiz manbalariga yo‗lni 
kengaytiradi va bu narsa ularning o‗zlarining sog‗liklari va oilalarining sog‗liklari 
uchun foyda keltiradi.
Suv ofatlari - qashshoqlik masshtablarini kamaytirish va taraqqiyot 
maqsadlarini amalga oshirish yo‗lida jiddiy to‗siq bo‗ladi (ularning orasida Ming 
yillik taraqqiyot maqsadlari). Ayniksa, yerlarning saxroga aylanishi va 
qurg‗oqchilik muammosi (ESQ) juda dolzarb. So‗nggi ma‘lumotlarga ko‗ra dunyo 
bo‗yicha 2 mlrd gektar yer maydoni (bu Xitoy hududidan ikki marta katta) jiddiy 
va qisman butunlay degradatsiyaga yuz tutgan. Dunyo miqyosida ESQ muammosi 
1,5 mlrd kishidan ortiq degradatsiyaga uchragan xo‗dudlarda yashayotgan aholiga 
taalukli bo‗lib, bu narsa qashshoqlikka bog‗liqdir. Suv tanqisligi tufayli yuzaga 


kelgan ESQ muammosi ozik-ovkat xavfsizligi va rivojlanayotgan davlatlarda 
ayniksa dolzarb bo‗lgan to‗yib ovqatlanmaslik kabi salbiy oqibatlarni keltirib 
chiqarishi mumkin. 
Ekotizimlar qurg‗okchilik va suv toshqini kabi ekstremal sharoitlarni o‗z 
ichiga olgan xolda suv sifati va etarliligi asosini tashkil etadi. Ular barkaror 
taraqqiyot uchun zarur bo‗lgan qator afzalliklarni taminlaydi. Bu asosiy 
afzalliklarning ko‗pchiligi bevosita suvdan olinadi va xammasi suvdan resurs 
sifatida foydalanishda amalga oshiriladi. Ekotizimlardagi shu jumladan, ular 
ta‘minlab turgan hayotdagi o‗zgarishlar muvozanatning buzilishini ko‗rsatadi.
Ta‘kidlash lozimki, ekotizimlar suv resurslarini istemol qilmaydilar ammo 
uni etkazadilar va regeneratsiya qiladilar. Ekotizimlardan suvni asossiz ravishda 
olinishi, ularning insonlarni kerakli ekologik xizmatlar bilan taminlash 
kobiliyatlarini pasaytiradi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish