Suv resurslarini boshqarish


management………………………………………………………………………



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana25.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#581417
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
suv

 


management………………………………………………………………………
………. 
171 
Glossary…………………………………………………………………………... 174 
References………………………………………………………………………... 177 
Kirish
 
Nazariy jihatdan qaralganda suv resurslari tuganmasdir, chunki ularning 
umumiy miqdori (sifatini e‘tiborga olmaganda) mavjud talablarga nisbatan ancha 
katta hamda chuchuk suvlar resurslari suvning tabiatdagi aylanma harakati 
jarayonida tiklanib, yangilanib turadi. Ammo suvni ist‘emol qilish shunday jadal 
sur‘atlar bilan o‗smoqdaki, insoniyat bugungi suv resurslari taqchilligi va ularning 
sifatini yomonlashib borishi sharoitida, o‗zining kelajakdagi suvga bo‗ladigan 
extiyojlarni qanday ta‘minlash kyerakligi haqidagi chuqur o‗yga tolmoqda. 
Jahonning ko‗plab mamlakatlari va mintaqalarida yildan-yilga suv resurslari 
takchilligi kuchayib borayotgani sezilmokda.
Suv xo‗jaligining asosiy vazifasi- xalq xo‗jaligining barcha tarmoq va 
sohalarining, shuningdek, atrof muhitning talablaridan kelib chiqqan holda ularni 
zaruriy mikdordagi va sifatdagi suv bilan ta‘minlash, shuningdek suv bilan bog‗liq 
salbiy oqibatlarni oldini olishni o‗z ichiga oladi. Suv resurslaridan okilona 
foydalanish va ularni muhofaza qilishni boshqarish turli mexanizmlar yordamida 
amlaga oshirilib, jumladan uni iqtisodiy mexanizmlar bilan boshqarish vazifalari 
o‗z ichiga quyidagilarni oladi:
- suv resurslaridan okilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‗yicha 
asoslangan tadbirlarni rejalashtirish va zaruriy mablag‗ bilan ta‘minlash;
- suvdan foydalanish limitlarini belgilash;
- suvdan foydalanganlik va suv iste‘moli uchun to‗lov me‘yorlarini 
belgilash;
- suv ob‘ektlariga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik uchun cheklov va 
to‗lov me‘yorlarini belgilash;


- kam chiqindi ajratuvchi va chiqindisiz ishlaydigan texnologiyalarni, 
suvdan oqilona foydalanish va uning tejamkorligi sohasida yuqori samara 
beradigan boshqa tadbirlarni qo‗llaganligi uchun soliq, kredit va boshqa 
yo‗nalishlarda imtiyozlar berish;
- suv qonunchiligi talablarini buzilishi sababli suv ob‘ektlari va inson 
salomatligiga etkazilgan zararlarni qoplash va boshqalar.
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy 
yo‗nalishi, suv xo‗jaligi majmuasi qatnashchilari, ya‘ni xalq xo‗jaligi sohalarida 
samarasiz suv iste‘moli miqdorini qisqartirishga yo‗naltirilgan bo‗lib, ayniksa bu 
toza suv iste‘moliga tegishlidir. Mazkur masalada ikkinchi yo‗nalish – suvdan 
foydalanishning barcha bosqichlarida katta mikdordagi suv yo‗qotilishlariga 
barham berishdan iboratdir. Bugungi kunda suv yo‗qotilishi holati suv xo‗jaligi 
majmuasining barcha qatnashchilari tizimlarida xam uchraydi. Jumladan 
kommunal ro‗zg‗or xo‗jaligida vodoprovod tizimlarining ayrim qoniqarsiz 
xolatlari, suv o‗lchagichlarning yo‗qligi yoki to‗liq ishlatilmasligi va boshqa 
sabablar tufayli yuzaga kelayotgan suv yo‗qotishlarini misol qilish mumkin. Bu 
esa boshqa salbiy oqibatlar bilan bir qatorda aholini toza ichimlik suvi bilan 
ta‘minlash muammosini ham murakkablashtirmoqda. Suv resurslarini boshqarish 
zaruriyati quyidagi holatlar bilan belgilanadi: 
- mavjud suv resurslarining cheklanganligi va notekis tarqalganligi; 
- suvga bo‗lgan talabning keskin ortib borishi;
- suv resurslari mikdorining, ularning shakllanish sharoitlari va manbalariga 
boglik ravishda vakt davomida o‗zgaruvchanligi va o‗zgarish amplitudasining 
kattaligi; 
-tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida suv resurslarining ifloslanishi va 
sho‗rlanishining kuchayib borishi; 
-suv ob‘ektlarining tabiatga va xalq xo‗jaligi ob‘ektlariga salbiy ta‘siri (suv 
toshqini, suv bosishi va b.).
Suv resurslarini boshqarish ikkita yo‗nalishda amalga oshiriladi:
1)
Suv resurslari mikdorini boshqarish; 


2)
Suv resurslari sifatini boshqarish; 
Suv resurslari mikdorini boshqarish bo‗yicha qarorlar qabul qilishda suvga 
bo‗lgan talabning o‗rtacha qiymatlariga, shuningdek, xar bir suv iste‘molchining 
tavsifnomasini o‗rganish natijalariga tayaniladi hamda xar bir mo‗ljallangan u yoki 
bu tadbirning o‗tkazish zaruriyatini asoslanishi lozim bo‗ladi. Suv resurslari 
sifatini boshqarishda iste‘molchilarning suv sifatiga qo‗yadigan talablariga 
asoslanish zarur: turli iste‘molchilar suv sifatiga nisbatan turli talablarni 
qo‗yadilar. Suv resurslarining miqdori va sifatini oddiy va murakkab boshqarish 
usullari mavjud.
Suv resurslarining oddiy boshqaruvida, ularni miqdor va sifat jihatidan suv 
iste‘moli tartibiga muvofik ravishda suv inshootlar va texnik vositalar yordamida 
iste‘molchilarga etkaziladi yoki yo‗l yo‗lakay suv ob‘ektining alohida foydali 
xususiyatlaridan foydalanish amalga oshiriladi. Suv resurslarining murakkab 
boshqaruvida esa suv (sifat va mikdor jixatdan) iste‘molchining talablariga mos 
ravishda tayyorlanadi va so‗ngra maxsus inshootlar va texnik vositalar yordamida 
iste‘molchilarga etkaziladi. 
Shunday kilib, suv resurslarini boshqarish tushunchasi ostida suv 
resurslarini vakt va xududlar bo‗yicha qayta taqsimlash, ekologik barqarorlik 
talablarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalarining suv resurslariga bo‗lgan 
talablarini optimal ravishda qondirish uchun suv sifatini yaxshilash, ya‘ni suvni 
kerak bo‗lgan joyga, talab etilgan sifat bilan zarur bo‗lgan vaktida etkazish 
tushuniladi. Yana ham qisqaroq qilib, suv resurslarini boshqarishni, suv 
resurslarining vaqt va makonda tarqalishi hamda sifat ko‗rsatkichlarini 
iste‘molchining talablariga moslashtirish jarayoni deb talqin etilishi mumkin. Suv 
resurslarining xar bir tarkibiy qismini vaqtda va makonda boshqarish mumkin. 
Jumladan yer usti suvlari miqdorini boshqarishni - suv omborlari barpo etish, 
kanallar qurish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bilan boshqariladi. Yer osti 
suvlari miqdorini esa suv omborlari barpo etish, yer osti sig‗imlaridan foydalanish 
va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bilan boshqariladi. Hozirgi davrda dunyo 


amaliyotida atmosfera yog‗inlarini boshqarish bo‗yicha ham katta tajriba 
to‗plangan.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish