Tenglamalarda kirim qismi elementlari sifatida Dunyo okeani yuzasiga (Xo) quruqlikning chekka oqimli hududiga (berk) hududiga (X2) va nihoyat butun Yer kurrasi sitiga (Xr) yog`adigan yillik yog`in miqdorlarini hisobga olish zarur. Shularga mos ravishda Dunyo okeani yuzasidan (G`o) quruqlikning chekka oqimli hududidan (G`2) quruqlikning ichki oqimli (berk) hududidan (G`i) va ularning yig`indisi Yer kurrasi yuzasidan (G`er) bo`ladigan yillik bugianish miqdorlari tenglamalarning chiqim qismini tashkil etadi. Suv muvozanati tenglamalarida quruqlikdan Dunyo okeaniga yoki u bilan tutash bulgan dengizlarga daryolar kelib, quyadigan yillik oqim miqdori (Uo) ham hisobga olinadi. Kirim va chiqim qismlarining qabul qilingan belgilashlariga asosan suv muvozanati tenglamalarini dastlab Yer sirtining ayrim qismlari uchun ko`raylik. Dunyo okeani uchun u quyidagicha ifodalanadi: G`o = X0 + Yu Chekka oqimli hudud uchun G`2 = x2 + y2 Ichki oqimli hudud uchun esa G`u = Xu