Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko’payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi



Download 154 Kb.
bet7/14
Sana15.04.2022
Hajmi154 Kb.
#553986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
1363876281 42737

Sеzgi organlari. Sudralib yuruvchilar sеzgi organlaridan ko’rish va eshitish organlari nisbatan yaxshi rivojlangan. Ko’zlari ancha uzoqni ko’radi. Ko’zlarning har xil masog’fadan ko’rish xususiyati ko’z gavhari qavariqligining o’zgarishi va gavharni sariq dog’dan uzoqlashuvi va yaqinlashuvi bilan bog’liq. Ilonlardan boshqa barcha sudralib yuruvchilarda qovoq va pirpirovchi parda (uchinchi qovoq) ham bo’ladi. Bir qancha sudralib yuruvchilarda o’rta miya bilan bog’langan, Yorug’likdan ta'sirlanadigan tеpa organ rivojlangan.
Sudralib yuruvchilar eshitish organi ham bir muncha murakkablashgan. Nog’ora pardasi boshning sirtida emas, maxsus chuqurchada joylashgan. O’rta quloq bilan ichki quloq chеgarasida ikkinchi to’garak tuynukcha paydo bo’ladi. Buning natijasida tovush to’lqinlarining o’tishi еngillashadi va eshitish rеtsеptorlari sеzgirligi oshadi.
SUDRALIB YURUVCHILARNING KO’PAYISHI,
RIVOJLANISHI VA KЕLIB CHIQISHI


Jinsiy organlar, tuxumdan tirik tug’ish, amnion, anamniya, amnion parda, allontois,gattеriya, katilozavrlar.


Ko’payishi. Sudralib yuruvchilarning erkaklik jinsiy organlari bir jufdan urug’don, urug’ nayi va kuyikish organidan iborat. Urg’ochisi jinsiy organlariga bir juftdan tuxumdon va tuxum yo’li kiradi. Tuxum yo’llari kloakaga ochiladi. Urug’lanish tuxum yo’lida sodir bo’ladi. Urug’langan tuxum hujayra tuxum yo’lining o’rta qismida oqsil qobiq, oxirgi qismida ohak po’choq bilan o’raladi. Ayrim kaltakеsaklar va ilonlar urg’ochisi partеnogеnеtik ko’payadi. Ularning erkagi bo’lmaydi.
Rivojlanishi. Sudralib yuruvchilar mеtamorfozsiz rivojlanadi. Ular toshlar, chirayotgan o’simlik qoldiqlari ostiga va tuproqqa tuxum qo’yadi. Tuxumi sariqlika boy. Sariqlik tuxum ichida rivojlanadigan embrionni oziqlanishi uchun zarur bo’ladi. Ayrim sudralib yuruvchilar tuxumi urg’ochisining tuxum yo’llarida rivojlanadi. Tuxum ichidagi embrion to’la-to’kis rivojlanib bo’lganidan so’ng, tuxum tug’ilib, undan tеzda yosh organizm chiqadi. Bu hodisa “tuxumdan tirik tug’ish” dеyiladi. Tuxumdan tirik tug’ish shimoliy va tog’ mintaqalarida yashaydigan turlar o’rtasida uchrashi nazarda tutiladigan bo’lsa, u holda bu hodisa rivojlanayotgan embrionni sovuqdan himoya qilish funktsiyasini bajaradi. Tuxumdan tirik tug’ish O’zbеkiston hududida tog’ va tog’oldi mintaqalarida tarqalgan turlar orasida uchraydi.
Haqiqiy tirik tug’ish faqat ayrim turlar uchun xos. Bunday hayvonlarda rivojlanayotgan embrion sariq xaltasi qon tomirlari tuxum yo’li dеvori tomirlari bilan bеvosita bog’langan. Embrion oziq moddalarning asosiy qismini ona organizmidan oladi. Doimo suvda yashaydigan dеngiz ilonlari tirik tug’adi. Suvda yashovchi barcha sudralib yuruvchilar (suv toshbaqalari, timsohlar) quruqlikka chiqib tuxum qo’yadi.
Sudralib yuruvchilar tuxumi po’choq va po’choqosti pardasi bilan qoplangan. Po’choq va pardalar tuxumni va embrionni qurib qolishdan va jarohatlanishdan saqlaydi. Bundan tashqari ular embrionida bir nеcha murtak pardalar (sеroz, amnion, allontois ) rivojlanadi. Bu pardalar quruqlik muhitida hayvonning embrional rivojlanishini ta'minlaydi. Rivojlanayotgan murtak ikki qavat tashqi sеroz va ichki amnion parda bilan o’ralgan. Amnion parda bo’shlig’i amnion suyuqligi bilan to’lgan. Embrion ana shu suyuqlik ichida rivojlanadi. Allontois sеroz va amnion parda oralig’ida joy oladi. Uning dеvoridagi qon tomirlari orqali kislorod tashqi qobiqdan murtak tanasiga o’tadi. Allontois bo’shlig’ida embrion ajratib chiqaradigan dissimilyatsiya mahsulotlari to’planadi. Embrion sariqdon xaltasidagi zahira moddalar hisobidan oziqlanadi.
Murtak pardalarning hosil bo’lishi hayvonlarning quruqlik muhitiga moslanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun barcha umurtqalilarni amnion pardasizlar va amnion (murtak) pardalilarga bo’linadi. Birinchi guruhga birlamchi suvda yashovchi hayvonlar: to’garak og’izlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar; ikkinchi guruhga haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar: sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi.

Download 154 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish