Suyakli baliqlar sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Suyak – tog‘aylilar, shu’la qanotlilar, ikki XIL nafas oluvchilar va panja qanotlilar kenja sinflari vakillarining tuzilishi, asosiy turkumlari



Download 1,34 Mb.
bet3/10
Sana12.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#659068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
suyakli baliqlar sinfining umumiy ta

Seldsimonlar turkumi. Seldsimonlar eng sodda suyakdor baliqlar bo`lib, bularning bosh skeletining ancha qismi tog`aydan tuzilgan. Cyzgich qanotlarining shu'lalari yumshoq va bo`g`imli bo`ladi.
Bu turkumning seldlar va lososlar oilalari diqqatga sazovordir.
Seldlar oilasiga dengizlarda yashaydigan 160 ga yaqin tur baliqlar kiradi. Ular dunyoda tutiladigan baliqlarning 37 % ini tashkil qiladi. Seldlarga tipik vakil qilib shimoliy va Uzoq Sharq dengizlarida yashovchi shimol seldi, Kaspiy dengizida tarqalgan puzanok, shprotlar va kilkalarni olish mumkin.
Lososlar orqsida yelka va dum suzgich qanotlar orasida skeletsiz yon suzgich qanot bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bu oilaga o`tkinchi baliqlar kiradi. Bu baliqlar go`shti va qizil ikrasi uchun ovlanadi. Bularga shimol dengizlarida yashovchi odatdagi losos yoki semga, ko`l va soy suvlarida yashaydigan gulmoy, ya'ni forel Uzoq Sharq dengizlarida va chuchuk suvlarda yashaydigan keta va gorbushalar tipik vakil bo`lib kiradi.
Zog`orasimon baliqlar turkumi. Bu baliqlar uchun shu narsa xarakterliki, ularning havo pufakchalari bir-biriga harakatchan birikkan uchta suyak zanjir - Vebyer apparati bilan ichki quloqqa qo`shilgan. Uning vazifasi havo pufakchasi sezgan suv bosimini muvozanat organga o`tkazishdan iborat.
Bu turkumga 5 mingga yaqin tur baliqlar kiradi va ko`pgina turlari asosan chuchuk suvlarda yashaydi. Zog`orasimon yoki karpsimonlar turkumiga ikkita asosiy oila kiradi.
Zog`ora baliqlar yoki karplar oilasi bizdagi chuchuk suvlarda yashaydigan baliqlarning ko`p qismini tashkil etadi. Jag`larida tishlari bo`lmaydi, orqa jabra yoylarida yaxshi taraqqiy etgan halqum tishlari bo`ladi. Bu oilaga qizilko`z, lesh, zog`ora baliq kabi baliqlar vakil bo`ladi. Zog`ora baliqlar jahonda ovlanadigan baliqlarning 4,5 % ini tashkil qiladi.
Laqqalar oilasiga kiruvchi baliqlarda haqiqiy tangacha bo`lmaydi, ba'zilarida suyak tikan bo`lishi mumkin. Jag`larida tishlari bor, ko`pincha uzun mo`ylovi bo`ladi. Bizda odatdagi laqqa keng tarqalgan.
Ilonsimon baliqlar turkumi. Bu baliqlar gavdasining uzun va ilonsimon bo`lishi, qorin va ba'zan ko`krak suzgich qanotlari bo`lmasligi bilan xarakterlanadi. Tipik vakili odatdagi ilonbaliq — ugor bo`lib, uning qiziqarli tomoni shundaki, bu baliq ikra tashlash uchun chuchuk suvdan (daryodan) dengizga o`tadi va dengizda zigotadan hayotining uchinchi yilida lichinka chiqadi va Yevropa qirg`oqlariga keladi.
Cho`rtansimonlar turkumi. Bu baliqlar chuchuk suvlarda yashaydi, uzunligi 1,5 m ga, massasi 35 kg ga yetadi. Yirtqich bo`lib, mayda, ovlanmaydigan baliqlar bilan oziqlanadi. Vakili cho`rtan baliqdir.
Olabug`a-cho`rtansimonlar turkumi. Bu turkumga havo pufakchalari yopiq bo`lgan, Qora dengizda yashaydigan va ovlanadigan kefal ko`krak suzgich qanotlari uzun bo`lgan uchar baliq, jag`i juda uzun bo`ladigan sargan daraxtlarga ham chiqa oladigan anabaslar kiradi. Gambuziya balig`i ham (bo`yi 5 sm.) shu turkumga kiradi. Gambuziya bezgak chivini lichinkasining kushandasi bo`lgani uchun Kavkazda va O`rta Osiyoda iqlimlashtirilgan.
Tikanbaliqsimonlar turkumi. Tikanbaliqlar sho`r va chuchuk suvlarda yashaydigan mayda baliqlar hisoblanadi. Orqa suzgich qanotining oldingi qismi o`tkir tikanga aylangan, qorin suzgich qanotlari esa bir juft tikan ko`rinishida bo`ladi. Bu turkumning tipik vakili uch tikanli tikanbaliqdir.
Tutamjabralilar turkumi. Bu baliqlarning jabra yaproqlari bir tutam bo`lib yig`ilgan, gavdasi suyak plastinka (pantsir) bilan qoplangan, og`zi uzun nay shaklidagi tumshug`ining uchiga o`rnashgan. Bu turkumga nihoyatda o`ziga xos tuzilgan tropik dengizlarda tarqalgan dengiz toychalari va dengiz ninalari kiradi.
Olabug`asimonlar turkumi. Bu turkum suyakli baliqlar sinfi ichida eng ko`p turlisi bo`lib, 6500 dan ortiq turlarni birlashtiradi. Olabug`asimon yoki okunsimon baliqlarning xarakterli belgisi shundaki, suzgich qanotlari (ayniqsa, orqa suzgich qanotlari)da uchi o`tkir va bo`g`imlarga bo`linmagan nurlar bo`ladi, qorin suzgich qanotlari ko`krak suzgich qanotlarining ostida yoki biroz oldinrog`ida turadi, havo pufakchasi ichak bilan qo`shilmaydi, ya'ni yopiq.
Bulardan quyidagilari didqatga sazovordir.
Olabug`a baliqlari sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan slalar, ya'ni sudak olabug`alar va toshboshlar yoki yershlarni o`z ichiga oladi.
Skumbriyalar tropik dengizlarda yashaydi. Tipik vakili skumbriya Qora dengizda ovlanadigan qimmatbaho baliq hisoblanadi.
Tunetslar katta dengiz balivqari (40 sm. dan 3 m. gacha uzunlikda) bo`lib, Tinch va Atlantika okeanlarida ko`p ovlanadi.
Yopishqoq baliqlarning boshi ustida so`rg`ichi bo`ladi, ular shu so`rg`ichi yordamida boshqa baliqlarning terisiga yopishib, o`sha baliqlarning energiyasidan foydalanadi. Tipik vakili yopishqoq baliqdir.
Buqa baliqlarning gavdasi biroz yapaloqlashgan va qorin suzgich qanotlari shaklan o`zgarib, so`rg`ichga aylangan. Bu baliqlar tropik dengizlarda, Kaspiy, Qora dengizlarida yashaydi.
Kambalasimonlar turkumi. Bularning gavdasi yon tomondan qisilgan va atrofi orqa hamda anal suzgich qanotlari bilan o`ralgan, ko`zlari asimmetrik, ya'ni boshining bir tomoniga o`rnashgan. Havo pufakchalari yo`q. Kambalalar suv tubida yashab, o`sha yerda yotadi va yon tomoni bilan suzadi. Gavdaning suv tagiga qaratilgan tomoni yorug`, yuqoriga qaragan tomoni esa pigmentlashgan. Kaspiy va Orol dengizlaridan tashqari barcha dengizlarda keng tarqalgan. Ular umuman ko`p ovlanadi. MDH ning Murmansk va Uzoq Sharq o`lkalarida ko`plab ovlanadi.
Treskasimonlar turkumi. Treska baliqlarining qorin suzgich qanotlari ko`krak suzgich qanotlaridan oldinda joylashadi, havo pufakchalari yopiq bo`ladi. Bu baliqlar, asosan dengizlarda yashaydi va katta sanoat ahamiyatiga ega. Jahonda ovlanadigan baliqlarning 14 % ini tashkil qiladi. Treska balig`idan go`sht, jigaridan shifobaxsh baliq moyi olinadi. Piksha va navagalar ham ko`p ovlanadi.
Ko`pqanotlilar katta turkumi — Ro1urteri
Bularga bitta ko`pqanotsimonlar turkumi kiradi. Bularning terisi harakatchan romb shaklidagi ganoid tangachalardan tashkil topgan qattiq pantsir bilan qoplangan. Orqa suzgich qanoti qator mayda suzgich qanotlarga ajralgan, shu sababli ko`pqanotlilar deb nom olgan. Boshqa baliqlardan ko`krak suzgich qanotining asosiy pallasi go`shtdor bo`lishi, shulalar endi shu pallaga o`rnashganligi bilan farq qiladi. Bu go`shtdor palla ikkita tayoqchasimon suyakdan iborat va ularning orasida radialiyalar bo`lgan tog`ay plastinka bo`ladi. Xordasi yo`q. Jabra pardasini tutib turuvchi shu'lalari yo`q. Dum suzgich qanoti gomotsyerkal. Ichki burun teshiklari — xoanalar yo`q. Juft havo pufagi (o`pkasi) qorin tomondan qizilo`ngachga ochiladi. Lekin bularda o`pka arteriyasi va o`pka venasi yo`q. Ichaklarida spiral klapin, yurakparida arterial konus bo`ladi. Keyingi kovak vena hosil bo`ladi.
Ko`pqanotlilarning 10 ga yaqin turlari Afrikaning daryo va ko`llarida yashaydi. Uzunligi 1,2 m gacha yetadi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish