Suyakli baliqlar sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Suyak – tog‘aylilar, shu’la qanotlilar, ikki XIL nafas oluvchilar va panja qanotlilar kenja sinflari vakillarining tuzilishi, asosiy turkumlari



Download 1,34 Mb.
bet4/10
Sana12.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#659068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
suyakli baliqlar sinfining umumiy ta

2.2. Kaftqanotlilar kenja sinfi - Crossoptyerygii
Qadimgi va deyarli butunlay qirilib ketgan baliqlar guruhi hisoblanadi. Bu baliqlar devon va toshko`mir davrlarida nisbatan keng tarqalgan, yaqin vaqtlarga qadar cho`tka (kaft) qanotli baliqlar yo`qolib ketgan, deb hisoblanar edi. Bu baliqlarning birinchi nusxasi 1938 yilda Hind okeanida Afrikaning janubiy qirg`oqlarida topildi. Bunga latimyeriya deb nom berildi. Buning bo`yi 150 sm, massasi 57 kg bo`lgan. Keyinchalik Komor orollari atrofidan latimyeriya turiga mansub bo`lgan bir nechta nusxalari topilgan.
Latimyeriyaning gavdasi og`ir, terisi kosmoid tangacha (hozirgi baliqlar ichida yagona hol) bilan qoplangan. Juft suzgich qanotlarida, xuddi ko`p qanotlilardagidek tangachali asosiy go`shtdor pallasi bor. Orqa suzgich qanoti ikkita. Dumi teng pallali, lekin bularning dumida ichki tomondan ham simmetriya saqlangan. Bunday dum suzgich qanotga difitsyerkal dum deyiladi. Bu baliqlarning yuragida arterial konus, ichagida spiral klapin bo`ladi. Xordasi umrbod saqlanadi. Kloakasi bor. Qizilo`ngachning qorin tomoni uchidan o`pka vazifasini bajaruvchi pufaklar chiqadi. Ichki burun teshiklari yo`q.
Kaftqanotli baliqlardan birinchi quruqlikda yashovchi umurtqa-lilar (amfibiyalar) kelib chiqqan, deb tushuntiradilar.
2.3. Ikki xil nafas oluvchilar kenja siifi — Dipnoi
Bu baliqlarning ichki burun teshigi — xoanalari bor. Bosh skeleti autostilik, tishlari qo`shilib, 2-3 juft tish plastinkalarini hosil qiladi. Xordasi umrbod saqlanadi. Ustki va pastki yoylari rivojlanadi. Ularning alohida orqa hamda anal suzgich qanotlari yo`q, bu qanotlar dum suzgich qanoti bilan qo`shilib ketadi. Juft suzgich qanotlari keng palla yoki uzun lenta shaklida bo`ladi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlarning bitta yoki ikkita o`pkasi qizilo`ngachning oldingi uchiga qorin tomondan qo`shilib turadi.
Jabraga olib keluvchi arteriyalarning yurakka yaqin turgan (1-jufti) jufti o`pka arteriyasi deyiladi va venoz qonni o`pkaga olib boradi, o`pkada tozalangan qon o`pka venasi nomi bilan yurak bo`lmasining chap qismiga quyiladi, yurak bulmasi to`siq bilan ikkiga — chap va o`ng qismlarga bo`lingan. Keyingi kardinal vena bilan bir qatorda keyingi kovak vena ham bo`ladi, bu vena o`ng kardinal venaning ajralishidan hosil bo`ladi (2-rasm). Havo pufakchalari bo`lmaydi. Ustki jag` va jag`lararo suyaklari yo`q. Ichagida spiral klapin, yuragida arterial konus saqlangan.
Ikki xil nafas oluvchi baliqlar ikkita turkumga bo`linadi.
Bir o`pkalilar turkumi. Bu baliqlarning suzgich qanotlari yaxshi rivojlangan. Faqat bitta o`pka xaltasi bor. Bu turkumga hozirgi zamonda yashayotgan baliqlardan shoxtish yoki syeratod degan turi kiradi.
Bu baliq Avstraliyaning g`arbiy tomonida- Kvinslenda yashaydi. Bo`yi 1,5 m, massasi 10 kg keladi. Botqoqli suv va sekin oqar daryolarda yashaydi. Bu daryo- larning suvi yozda juda ifloslanib ketadi, shu vaqtda syeratod o`pkasiga havo olish uchun vaqti-vaqti bilan suv yuziga chiqib, atmosfera havosidan nafas oladi.
Ikki o`pkalilar rturkumi. Bu turkumga Afrikada tarqalgan protoptyerus va Janubiy Amerikaning Amazonka daryosida tarqalgan lepidosirenlar kiradi. Ular juft o`pkalari hamda xivchinsimon juft suzgich qanotlari bilan xarakterlanadi. Ular yozda suv qurib qolganda balchiqqa ko`milib yotadi, shunda balchiq baliq gavdasini pillaga o`xshab o`rab oladi va baliq uyquga ketadi. Bu vaqtda faqat o`pka orqali nafas oladi. O`pkaga havo pilladaga maxsus teshikdan kiradi. Yog`ingarchilik paytida pilla erib ketadi va baliq uyqudan uyg`onib, jabrasi orqali nafas oladi.
Bu oila a’zolari o’tkir tishlari bilan qoplangan katta, sobit og’zi bo’lgan yertqich tishli baliqlar bor. Ular boshqa baliqla rovchilari bo’lgan yertqich baliqlar. Uning tumshug’I o’rdakburunnikiga o’xshaydi. Dorzalva anal suzgichlari tanasining orqatomonida joylashgan. Ular asosan Evroosiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan turlari bor.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish