Suzish usullari



Download 19,81 Kb.
bet17/17
Sana11.01.2022
Hajmi19,81 Kb.
#351235
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Suzish usullari

Depsinish fazasi–eshishning kuchli va hal qiluvchi qismi. Kaft qorin va taz ostida oldindan orqaga, nisbatan tashqariga, frontal holatga yaqin holatni saqlab, kuch bilan harakatlanadi. Qo‘l tirsak bo‘g‘imidan bukiladi. Eshish kaftning yuqoriga-pastga, nisbatan tashqariga toyg‘oq tayanch harakati bilan tugallanadi.

Eshish oxirida qo‘l tirsak bo‘g‘imidan batamom to‘g‘irlanadi, kaft suv yuziga chiqish uchun boldir yonidan o‘tib, kichkina barmoq orqali orqaga o‘giriladi. Fazaning davomiyligi–0,15–0,30 s.



Qo‘lning suvdan chiqish fazasi. Bu fazaning boshlanishi va tugallanishi, gavdaning  qarama-qarshi harakati, qo‘l yelka kamarining suv yuzasidagi holati bilan boshlanadi. Keyin, ketma-ket tirsak, yelka bo‘gimi va kaft suv yuzasiga ko‘tariladi. Bu   fazaning davomiyligi–0,05–0,07 s  (5–8%  jarayon vaqtidan).

Qo‘l harakatining suv yuzasidagi holati. Qo‘l quyidagi ketma-ketlikda suvdan ko‘tariladi: eng avval,yelka bo‘g‘imi va yelka, keyin esa bilak va panjalar,so‘ngra suv ustida harakat boshlanib, tirsak bo‘gimida bukilgan qo‘l erkin yuqoriga-oldinga ko‘tariladi, yelka bilan chetga tortiladi. Bilak va panjalar yelka bo‘g‘imi chegarasigacha yaqinlashib keladi.

Bunda panjalar tirsak bo‘g‘imidan ancha past, suv yuzasiga yaqin joyda bo‘ladi. Keyinchalik, qo‘l oldinga harakat qiladi. Bunda tirsak bo‘gimidan to‘g‘irlanib boradi va ozgina bukilgan holda, shu yelka bo‘g‘imi to‘g‘risiga panjalar bilam suvga botgan holda uzatiladi. Bu fazaning davomiyligi (tayyorgarlik davri)–0,30–0,45 s (25% to‘liq jarayon vaqtidan).



Nafas. Krol usulida suzganda, nafas faqat og‘iz orqali olinadi va og‘iz hamda qo‘shimcha, burun orqali suvga chiqariladi. Bosh o‘ngga yoki chapga buriladi va og‘iz suv ustiga chiqqandagina, nafas olinadi. Nafas olib bo‘lgach, bosh oldingi holatga qaytadi.  Keyin nafas chiqarish boshlanadi. Nafas  olish va   nafas   chiqarish  uchun   boshni   buraganda, gavda muvozanati hamda gorizontal holatni buzmaslik kerak.

Harakatlarning umumiy moslashuvi. Ikki zarbli krol. Ikki zarbli krol usulida ikkita navbatma-navbat qo‘l harakatiga ikkita ketma-ket oyoq harakati to‘g‘ri keladi. O‘ng qo‘l ushlashni tugatishi bilan, chap oyoq zarbni tugatadi, tortishning boshlanish davri suv yuzasining 36 daraja burchak ostida bo‘ladi. Navbatdagi chap qo‘l tayyorgarlik harakatining o‘rtasiga, ya’ni olib o‘tish holatiga to‘g‘ri keladi. Ikki zarbli krolda qo‘llar harakati kuchli va harakatchan, harakat tempi yuqori maromda bajariladi.

To‘rt zarbli krol. To‘rt zarbli krolda ikkita navbatma-navbat qo‘l harakatiga to‘rtta ketma-ket oyoq harakati to‘g‘ri keladi. Chap oyoq zarbni tugallash vaqtida o‘ng qo‘l 20 daraja burchak ostida eshishni boshlaydi, chap qo‘l itarilish fazasida harakatlanadi.

Ikkinchi zarb (o‘ng oyoq) qo‘l harakati suv yuzasining 90–95 daraja burchak ostidagi holatda tugallanadi.

Uchinchi zarb chap qo‘l 20 daraja suv yuzasida ushlash vaqtida chap oyoq harakatni tugallaydi, bu vaqt o‘ng qo‘l depsinish fazasini tugallaydi.

To‘rtinchi zarb o‘ng oyoqda, qo‘l harakati suv yuzasining 90–95 daraja burchak ostida eshish, o‘ng qo‘lni olib o‘tish va tayyorgarlik harakatining o‘rtasida tugallanadi.



To‘rt zarb krol texnikasi ikki zarbli krol texnikasidan juda kam farq qiladi.

Olti zarbli krol.Olti zarbli krolda qo‘l harakatining to‘liq tsikliga olti oyoq zarbi to‘g‘ri keladi. Bu texnika variantida suzuvchilar sekin ushlash bilan birga, kuchli va uzun eshishni qo‘llaydilar.Oyoq harakati kichik tezlikda, harakat yo‘nalishini tez o‘zgartirib bajariladi. Oyoq harakati maromi qo‘l harakatiga to‘liq bo‘ysunadi.Olti zarbli krolda qo‘lning eshish harakatiga uchta oyoq zarbi to‘g‘ri keladi, bu vaqtda qo‘l suv yuzasidan 11–15, 53–55 daraja burchak ostida bo‘ladi.U yoki bu texnika variantini tanlash suzuvchining shahsiy xususiyatlari, masofaning uzunligi, suzuvchining jismoniy va boshqa tayyorgarliklaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Download 19,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish