T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Falsafada  milliylik  va  umuminsoniylik,  milliy  falsafani  rivoj­



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/286
Sana06.09.2021
Hajmi8,66 Mb.
#166837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

Falsafada  milliylik  va  umuminsoniylik,  milliy  falsafani  rivoj­
lantirish  zarurligi.  Falsafa um um insoniy  fan  sifatida  bashariyatga 
doir  um um iy  m uam m olarni  qamrab  oladi,  albatta.  M a’lum ki, 
olam  va  odam   m unosabatlari,  jam iyat  va  tabiatni  asrash,  um rni 
m azm unli  o‘tkazish,  yaxshilik va yomonlik kabi  qadriyatlar bilan 
bog‘liq  m asalalarning  barchasi  insoniyat  uchun  umumiy.  A m m o 
falsafada  muayyan  m illiy  xususiyat,  maqsad  va  intilishlar  ham  
o‘z  ifodasini  topadi.  Aslida,  yuqorida  zikr  etilgan  um um insoniy 
mavzu,  masala  va  m uam m olarning  barchasi  avval-boshda  xu- 
susiy,  milliy,  mintaqaviy  ahamiyatga  m olik  m asalalar  tarzida 
namoyon b olad i.  0 ‘z yurti,  m illati,  ota-onasi va yor-birodarlarini 
sevgan  vatanparvar  inson,  avvalo,  ana  shularning  kam oli  uchun 
qayg‘uradi,  ularni  o‘ylaydi,  ularga xizm at  qilishni  oliy saodat  deb 
biladi.  Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jih at va xususiyatlar 
albatta aks etadi.  Bu esa,  o‘z navbatida,  um um insoniy fan bo£lgan 
falsafada m illiylikning  aks etishiga  asos b o lad i.  Um um insoniylik
—  vatansizlik  (kosmopolitizm)  b o lm ag an i  singari,  milliylik  ham
—  milliy  qobiqqa  o‘ralish,  m illiy m ahdudlik  degani  emas.
Lekin  sizning  xayolingizda  beixtiyor  «Milliy  falsafa  b o lish i
m um kinm i?  Axir,  yuqorida  falsafaga  o‘z  mohiyati  bilan  um um -
19


insoniy  fandir,  degan  ta ’rif berildi-ku?»  —  degan  savollar  charx 
urishi  m um kin.  Bu  —  o ‘ziga  xos  m illiy taraqqiyot  yo‘lidan  keta- 
yotgan  barcha  xalqlar  falsafasi  uchun  daxldor b o lg a n   savollardir. 
Agar  biz  yuqorida  qayd  etilgan  muam m olarga  m illiy  m anfaat- 
larim iz  nuqtayi  nazaridan  qaraydigan  b o lsak ,  0 ‘zbekistonda  bu 
yo‘nalishni  rivojlantirish  zarurati yetilganini  anglaymiz.
Falsafiy  adabiyotlarda  m illiy  falsafa  mavzuida  turlicha  fikrlar 
mavjud.  Ayrim  faylasuflar,  aslida  milliy  falsafa  b o lish i  m um kin 
emas,  bunday yondashuvning  o‘zi  etnik m ahdudlikka  olib  keladi, 
deb  hisoblaydi.  Boshqalari  esa,  m odom iki,  milliy  falsafa  milliy 
g‘oya va m afkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan,  har qan­
day  um um iy  qonuniyatlar  muayyan  ijtimoiy  m akon  va  tarixiy 
zam onda  xususiy  holda  nam oyon  b o lad i,  deya  m illiy  falsafani 
yoqlab  chiqadi.
Biz  m illat  bor  ekan,  milliy  m adaniyat,  til  va  adabiyot  ham  
mavjud  degan  fikrga  o lg a n ib   qolganmiz.  Aslida,  ularning 
barchasi  nafaqat  bir  millatga,  balki  butun  insoniyatga  xos-ku! 
Bizning  nazarim izda,  m illiy  falsafa  m illat  m entalitetini  bel- 
gilaydigan  m uhim   omildir.  Um um bashariy  sivilizatsiyaga  uzviy 
qo‘shilish  jarayoni  milliy  falsafani  yaratish  orqali  sodir  boladi. 
Eng  m uhim i  —  falsafadagi m illiylik um um insoniylikni rad  qilish 
evaziga  emas,  balki un i  ijodiy boyitish  orqali  rivojlanib  boradi.
Falsafa  tarixiga  nazar  tashlaydigan  b o lsak ,  ayrim   m illiy  fal- 
safalarning  um um insoniy  m a’naviyat  xazinasiga  munosib  hissa 
b o lib   qo‘shilganini  k o la m iz .  M asalan,  R im   imperiyasi  zavolga 
yuz  tutganidan  keyin  o ‘z  m illiy  davlatchiligiga  ega  b o lg a n   Yev­
ropa  m am lakatlarida,  o‘rta   asrlarga  kelib,  m illiy  falsafa  yaratish 
im koni  tu g lld i.  ( 0 ‘rta   asr  Yevropa  madaniyatiga  baglshlangan 
mavzuda  bu  haqda  atroflicha  fikr  yuritamiz).  To‘g l i ,  ular 
umumyevropa hududida,  qadim gi Yunoniston va R im  m adaniyati 
negizida  shakllandi.  U larda Yevropa  xalqlariga xos  um um iy jihat 
va  xususiyatlar,  um um etnik  m entalitet  aks  etgan  edi.  Bu jarayon 
avvalo,  Italiya  va  Angliyada,  so‘ngra  Fransiyada  yuz  berdi.  Bu 
falsafiy  m aktablarning  F.  Bekon  va  R.  D ekart,  B.  Spinoza  va 
J.J.  Russo  kabi  atoqli  nam oyandalari  nafaqat  o ‘z  m am lakatlari, 
balki  Yevropa  va jahon  falsafasi  tarixida  o ‘chm as  nom   qoldirdi.
20


I Jl;I r,  avvalambor,  o‘z  yurti,  o‘z  m illati  sha’nu  sharafini  yuksak- 
likka  kolarish,  taraqqiyotga  olib  chiqish  uchun  ilg‘or  g‘oyalarni 
o'rlaga  tashlagan,  davr taqozo  etgan  m afkuraning  shakllanishiga 
hissa  qo‘shgan.
Xuddi  shunday,  X V III-X IX   asrlarda  m illiylik  va  jahon  fal­
sa fasining  taraqqiyotiga  nihoyatda  katta  ta ’sir  ko‘rsatgan  hudud 
l'iussiya  bo‘ldi.  U zoq  vaqt  Avstriya-Vengriya  imperiyasi  tarki- 
bida b o lg an  bu o‘lka m ustaqillikka erishib,  m illiy davlatchiligini 
liklaganidan  keyin,  m illiy  ozodlikning  falsafiy  in ’ikosi  o la ro q
I.  Kant,  I.  Hegel,  Fixte,  Shelling,  Feyerbax  kabi  donishm andlar 
lom onidan  asoslangan  nemis  falsafasi  shakllandi.  Keyinchalik 
bu  falsafa  Nichshe,  Freyd  kabi  ko‘plab  faylasuflar  tom onidan 
rivojlantirildi.  U shbu  falsafa  m aktabining  atoqli  nam oyandasi 
hisoblangan  Hegel  ta ’lim oti  esa,  Pruss  m onarxiyasining  davlat 
mafkurasi  m aqom ini  oldi.  H am m a  narsaning  o ‘tkinchi  ekan­
ligini  nihoyatda  yaxshi  biladigan,  yangi  zam onning  A rastusi 
nom ini  olgan  Hegel  Pruss  m onarxiyasining  o‘tkinchi  ekanligini 
bilmasmidi?  N im a  sababdan  u  dialektik  ta ’lim oti  emas,  balki 
monarxiyaga xizm at  qilgan  falsafiy sistem asining  m ukam m alroq 
b o lish i  uchun  ko‘proq  kuch  sarfladi?  degan  savollar  haligacha 
faylasuflarni  o‘ylantirib  keladi.
Xo‘sh,  nim a  sababdan  Hegel bu y o ld a n  bordi?  C hunki,  Hegel 
o‘z davrining,  o‘z xalqining farzandi edi.  U  m ustaqil nemis milliy 
davlati  —  Pruss  monarxiyasi davrining  m ahsuli,  o‘sha  davr falsa- 
fasining namoyandasi edi.  U  «Faylasuflar osm ondan y o m g lr kabi 
yogllm aydilar  yoki  y o m g lrd an   keyingi  qo‘ziqorinlardek  yerdan 
o‘sib  chiqmaydilar,  balki  ularni  xalq  yaratadi»  deganida  aynan 
ana  shuni  nazarda  tutgan  edi.  Hegel  o‘z  ijodi  va  faoliyati  bilan 
Pruss  monarxiyasi,  garchand monarxiya  shaklida b o lsad a,  nemis 
davlati  ekanligini o ‘z  m illatining  ongi va  dunyoqarashini tarkibiy 
qismiga  aylantirib  keta  olgan  buyuk  faylasuf  edi.  U ning  «Aqlga 
muvofiq narsalarning barchasi voqedir,  voqe b o lg a n  narsalarning 
barchasi  esa  aqlga  muvofiqdir»,  degan  so‘zlarini  ham   ana  shu 
m a’noda tushunish lozim.  Hegelning bu m asalada dialektik emas, 
balki  m etafizik  usulga  ko‘proq  e’tibor berganligining  sababi  ham  
ana  shunda.
21


0 ‘sha  davrgacha,  R im   imperiyasi  qulaganidan  keyin  ko‘proq 
tarqoq hududlarga bo‘linib, Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida 
yashab  kelgan  nemis  m illati  uchun  Pruss  m onarxiyasi  —  milliy 
davlat  edi.  U ning  shakli-sham oyili  kelajakda  o‘zgarishi  boshqa 
m asala  b o‘lgani  holda,  bu  davlatning  Yevropada  nem is  milliy 
davlati tarzida saqlanib  qolishi,  uning  m illat falsafasiga aylanishi 
bilan bog‘liq edi.  M illat falsafasiga,  uning dunyoqarashiga aylan- 
gan  m illiy davlatchilik g‘oyasi hech  qachon  so‘nm aydi,  garchand 
yu rtn i yovlar asrlar davomida bosib  tursalarda,  qachondir baribir 
qad  rostlaydi  va  m illatning  davlati  tarzida  yana  qayta  nam oyon 
b o la d i.  Hegel  o‘z  m illatining  falsafasi  va  dunyoqarashiga  o‘sha 
davlatning  shakli-sham oyilini  va  m azm un-m ohiyatini  singdirib 
keta  olgan  faylasuf darajasiga  ko‘tarilgani  uchun  ham   bu  m illat 
tarixida  va  u   orqali,  jah o n   falsafasi  tarixida  abadiy  qoladi.  M il­
liylik  va  umumyevropa  m adaniyatidan  bahra  olgan  bu  falsafa 
haligacha  o‘z  jozibasini  yo‘qotm aganligining  sabablaridan  biri 
ham   ana  shunda.
Shunga  o‘xshash vazifani,  o‘z  davrida,  m illatim izning  asl  far- 
zandi  A lisher  Navoiy  ham   bajargan.  U   ozodlikka  erishgan  m il­
lat  falsafasini  adabiyot  falsafasiga,  mustaqil  davlat  tilini  adabiyot 
tiliga  aylantira  olgan,  o‘z  xalqining  bu  sohadagi  dahosi  buyuk 
ekanligiga,  nafaqat  zam ondoshlari,  balki  kelajak  avlodlarni  ham  
ishontirib keta olgan edi.  Navoiy va uning zamoniga,  o ‘sha davrga 
xos  o‘zgarishlarning  boshida  turgan  A m ir Temur faoliyatiga  qay- 
ta-qayta  murojaat  etilishining  sabablaridan biri ham  ana  shunda. 
Zero,  h ar bir xalq,  avvalo,  o‘zining  tarixidan bugungi  kun uchun 
tashbehlar  izlaydi  va  ijtimoiy  taraqqiyoti  uchun  asos  bo‘ladigan 
m a’naviy tamoyil,  a n ’ana va  qadriyatlarga  m urojaat  qiladi.
Bugungi  kunda  bashariyat  milodiy  XX  asr  bilan  xayrlashib, 
uchinchi m ing yillikka qadam   qo‘ydi,  hayotning barcha sohalari- 
da ulkan yutuqlarga  erishdi.  Fan va texnika,  m adaniyat va m aorif 
beqiyos rivojlandi.  O dam zod o‘zining  aql-zakovati va m ehnati  bi­
lan  juda  ko‘p  yangiliklar  yaratdi.  D unyoning  ko‘plab  sir-asrori 
kashf etildi,  buyuk ixtirolar  qilindi.
Biz  yashayotgan  dunyo  so‘nggi  yillarda  nihoyatda  o‘zgarib 
ketdi.  Xususan,  Vatanim iz  tarixida  XX  asrning  90-yillarida
22


olamshumul  voqealar  yuz  berdi:  m am lakatim iz  m ustaqillikka 
erishib,  tub islohotlarni amalga oshirishga kirishdi.  X alqim izning 
huquqiy  demokratik jam iyat  barpo  etish  zarurati  dunyoqarashni 
tubdan  o‘zgartirish,  eski  aqidalardan  tam om an  voz  kechish,  is­
tiqlol  m afkurasini  shakllantirish,  xalq  m a’naviyatini  yuksalti- 
rishni  taqozo  etmoqda.  Bunda  ijtimoiy  fanlar,  ayniqsa  falsafiy 
bilim larni  egallash  m uhim   aham iyat  kasb  etadi.
Bugungi dunyoda o‘z m illiy falsafa m aktabini yaratgan xalqlar 
bor.  C hunonchi,  «hind  falsafasi»,  «xitoy  falsafasi»,  «nemis  falsa­
fasi»,  «ingliz  falsafasi»  kabilar  shular jum lasidandir.  M illiy  ada­
biyot,  milliy  m adaniyat,  san’at  va  hokazolar  bo‘lgani  kabi,  m il­
liy  falsafaning  ham   bo‘lishi  tabiiy.  A m m o  bu  —  falsafa  milliy 
qobiqqa  o ‘ralib  qoladi,  degani  emas.  U   um um insoniy  fan  sifa­
tida,  bir  tom ondan,  um um bashariy  m uam m olarni  qam rab  olsa, 
ikkinchi  tom ondan,  shu  m asalalar  bilan  shug‘ullanayotgan  aniq 
shaxs  —  faylasuf mansub  m illatning  m uayyan  m anfaatlarini  ham  
ifodalaydi.  M illat  ozod  b o lsa ,  o‘z  turm ush  tarziga  mos  fikrlasa, 
olam ni,  uning m uam m olarini dunyoqarashiga xos holda idrok eta 
olsa,  uning  o‘z  falsafasi  shakllanadi.  Bunday  falsafa  xalq  m an­
faatlarini  aql-idrok,  m afkura  y o li  bilan  himoya  qilishga,  uning 
ongi,  dunyoqarashi va m a’naviyatini yuksaltirishga xizm at  qiladi.
Shu  bois  Vatanim iz  m ustaqillikka  erishganidan  so‘ng  milliy 
falsafani  rivojlantirish  g‘oyat  m uhim   aham iyat  kasb  etdi.  Busiz 
m illatning  haqiqiy  farzandi  b o lg an ,  uning  kam olini  o‘ylaydigan 
chinakam  ozod, hur fikrli, barkam ol insonni tarbiyalab bolm aydi. 
Shu  sababli  biz  o lg an ad ig an   falsafa  um um bashariy  m uam m o­
lar  bilan  birga,  Vatanim iz  m ustaqilligini  m ustahkam lash,  huqu­
qiy  dem okratik jam iyat  barpo  etish jarayonidagi  m a’naviyatning 
tarkibiy  qismi  b o lib ,  uning  asosiy  tam oyillarini  aks  ettirm o g l 
lozim.
Bugun ulug‘  ajdodlarim iz  tam al toshini  qo‘ygan  o‘zbek milliy 
falsafasini  rivojlantirishning  barcha  shart-sharoitlari  mavjud  va 
bunda  quyidagi jihatlar  alohida  o l i n  tutadi:
— xalqim izning  o‘z  m illiy  an ’analariga  sodiqligi;
— m am lakatim izning  buyuk  kelajagiga  ishonchi;
— muqaddas  qadriyatlarim izga  ishonch-e’tiqodi;
23


—  mehnatsevarligi,  intellektual  salohiyati va boshqalar.
0 ‘zbek  falsafasini  yanada  taraqqiy  ettirish vazifalarini  amalga
oshirish  quyidagi  m uam m olarning  yechim ini  topishga  bog‘liq:
—  birinchidan,  m ustam lakachilik  sharoitida  soxtalashtirilgan 
tarixim izni  haqqoniy  yoritish  falsafiy  g‘oyalar,  qarashlar  tarixini 
ham   xolis  k o lsatib   berishni  taqozo  qiladi.  0 ‘z  davrida  qim m atli 
tarixiy  m anbalarning  yo‘q  qilingani  yoki  ayovsiz  talon-taroj  etil- 
gani  bu  ishni  qiyinlashtirmoqda;
— ikkinchidan,  mavjud  m anbalar arab yoki fors tillarida ekan- 
ligi,  ularni  biladigan  faylasuf olim larning,  m alakali  tarjim onlar- 
ning  kamligi  um um insoniy  m a’naviy  m erosdan  bahram and 
b o iis h  va  ulardan  ijodiy  foydalanishga  to‘siq bolm oqda;
—  uchinchidan,  odam lar  ongidan  mustabid  tuzum ning  soxta 
g‘oyalarini,  ular qoldirgan asoratlarni  siqib  chiqarish,  mafkuraviy 
bo‘shliqni  yangi  g‘oyalar  bilan  to ld irish ,  istiqlol  m afkurasini 
shakllantirish  muayyan vaqtni  taqozo  qiladi.
U shbu  vazifalarni  amalga  oshirish  bugungi  falsafa  m asalalari 
bilan shug‘ullanuvchi olim  va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda 
katta  m as’uliyat  yuklaydi.  Bunda,  eng  avvalo,  m azkur  sohaga 
aloqador  h ar  bir  yurtdoshim iz  dunyoqarashining  milliy  m an- 
faatlarim iz  nuqtayi  nazaridan  o ‘zgarishi  nihoyatda  m uhim dir. 
M am lakatim izda  huquqiy  dem okratik jam iyat  barpo  etilayotgan 
hozirgi  davrda bu jarayonning  qanday borishi  yangi  falsafiy  ong­
ning  shakllanishiga  muayyan  darajada  ta ’sir ko‘rsatadi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish