Tabiat bilan jamiat o`rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi va uning oqibatlari reja kirish I bob insoniyat va tabiat 1



Download 0,59 Mb.
bet1/8
Sana22.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#839266
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMI Rahmonov


TABIAT BILAN JAMIAT O`RTASIDAGI MUNOSABATLAR KESKINLASHUVI VA UNING OQIBATLARI


REJA


Kirish
I BOB Insoniyat va tabiat
1.1 Inson taraqqiyotining tabiatga ta`siri
1.2 Atrof muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi
1.3 Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishning zararlari
II BOB .Respublikamizdagi ekologik muammolar va bartaraf etish chora tadbirlari
2.1 Ekologik muammolar va bartaraf etish chora tadbirlari
2.2 Ishlab chiqarish taraqqiyoti
2.3 Atrof muhitga salbiy ta`sirlar oqibati
2.4 Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishning ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlarini baxolash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


TABIAT BILAN JAMIAT O`RTASIDAGI MUNOSABATLAR KESKINLASHUVI VA UNING OQIBATLARI




KIRISH




I BOB INSONIYAT VA TABIAT

1.1

Inson taraqqiyotining tabiatga ta`siri




1.2

Atrof muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi




1.3

Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishning zararlari




II BOB .RESPUBLIKAMIZDAGI EKOLOGIK MUAMMOLAR VA BARTARAF ETISH CHORA TADBIRLARI



2.1

Ekologik muammolar va bartaraf etish chora tadbirlari




2.2

Ishlab chiqarish taraqqiyoti




2.3

Atrof muhitga salbiy ta`sirlar oqibati




2.4

Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishning ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlarini baxolash




Xulosa




Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati






MUNDARIJA


Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Kishilik jamiyati tabiiy borliqning bir qismi bo‘lib, uning mavjudligi va rivojlanishi tabiatning inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv qonuniyatlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Kishilar butun hayoti mobaynida tabiatda yashaydi va o‘ziga kerakli barcha narsalarni tabiatdan oladi. Odam foydalanadigan va iste’mol qiladigan hamma narsa tabiat ne’mati bilan inson mehnati mahsulidir. Inson hamma narsani tabiatdan o‘z mehnati orqali oladi. Mana shu mehnati bilan u tabiatga ta’sir ko‘rsatadi. Insonning tabiatga ta’siri ijobiy bo‘lishi ham, salbiy bo‘lishi ham mumkin. Bu inson mehnatining qanday tashkil etilishi va amalga oshirilishiga bog‘liq, ya’ni inson o‘z mehnati bilan tabiatga ta’sir etayotganda tabiiy geografik qonuniyatlarni hisobga olishiga bevosita bog‘likdir.
Inson va tabiatni o‘zaro ta’sirining asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari, tabiiy resurslar va ulardan foydalanish miqyosi, tabiiy resurslarning inson tomonidan o‘zlashtirilishi, er, suv, iqlim, mineral va biologik resurslar, ya’ni hayvonot olami va o‘simliklar dunyosidan foydalanishda tabiatning ifloslanishi, tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar, tabiatni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama etilgan. Shuningdek, asosiy matndagi fikr va ma’lumotlarni mustahkamlash hamda aniqlik kiritish uchun glossariy, qo‘shimcha ma’lumotlar, test savollari berilgan.
Talabalarga kishilik jamiyati bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi aloqalarni echib berish, inson hayotida kishilarning mehnat faoliyatida, xususan insonning tabiat bilan munosabatlarida hal qiluvchi omil bo‘lgan tabiiy geografik va ekologik qonuniyatlar bilan tanishtirish maqsad qilib olingan. SHu bilan birga insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida tabiatda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida hamda inson mehnati bilan bunyod etilgan tabiiy hududiy komplekslarda yuz berayotgan siljishlar haqida bilimlar beriladi.
Tabiatni muhofaza qilish muammosining kelib chiqishi. Insoniyat jamiyatining rivojlanishining boshlang‘ich davrlarida odamlarni tabiatga bo‘lgan munosabati shunchaki, ya’ni ongsiz bo‘lgan. Uning sharti inson o‘zi va jamiyat uchun foydali narsalarni, uning keyingi bo‘ladigan oqibatlariga e’tibor bermay munosabat bildirgan. O‘sha vaqtda sodda qurollar har jamoaning ehtiyojlarini eng kam miqdorda qondirgan. SHu bois inson bilan tabiat o‘rtasida muvozanat - tenglik bo‘lgan. Lekin ayovsiz ov qilish tufayli kam ko‘payadigan hayvonlarning (mamontlar, serjun nosoroglar) qirilib ketishiga olib keldi. Ana shu paytdan boshlab tabiat hodisalari sababi o‘rganilib, tabiat boyliklarini muhofaza qilish haqida fikr yuritilgan. SHu maqsadda tabiatni muhofaza qilish urf-odatlar qatoriga kiritilgan.
Qadimda odamlar o‘z ehtiyojlarini boshlang‘ich dehqonchilik va chorvachilik hisobiga qondira boshlashgan. Feodalizm vaqgiga kelib ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilar o‘rtasida aniq ayirma hosil bo‘ldi. Bu davrda qimmatbaho, kam tarqalgan hayvonlarni himoya qilish haqida qonunlar chiqarildi. Kapitalizm davrida insonning tabiatga ta’sir qilishi eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Rivojlangan davlatlarda tabiatni muhofaza qilish xususida qator qonunlar yaratildi.
Tabiatni muhofaza qilish haqida birinchi qonun qadimiy Vavilion podshosi Xamurat tomonidan (1792-1850 yil bizning eramizga qadar) chiqarilgan. Hindistonda eramizdan 240 yil oldin Ashoni imperatori tomonidan olti oyga to‘lmagan va bo‘g‘oz hayvonlarni otishni man qilish haqida qonun chiqarilgan. Keyinchalik, XIII asrda Boleslav xoni Urmat tur, zubr va boshqa hayvonlarni muhofaza qilishni qonunlashtirdi. XIV asrda Daniya podshosi dyunlardagi o‘simliklarni saqlash haqida qonun chiqardi. XIX asr oxiri XX asrning birinchi yarmida Prussiya, Niderlandiya, Fransiyada tabiatni muhofaza qilish haqida bir qancha qarorlar chiqdi.

  1. asr va XX asrning boshlarida tabiatni muhofaza qilish jamoatchiligi shakllandi. SHundan so‘ng, tabiat boyliklarini muhofaza qilish boshlandi. Matbuotda suvning tozaligini muhofaza qilish, yer osti boyliklaridan foydalanish haqida qonunlar e’lon qilindi. Sobiq sho‘ro hukumati vaqtida ham tabiatni muhofaza qilishga e’tibor berilgan. O‘rmon ishlari haqidagi birinchi qonun 1918 yilning may oyida chiqqan. Mustaqil mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish faqat davlatning vazifasi emas, balki umumxalq ishi deb qaraladi.

  1. Inson - tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgizuvchi individ. Inson tarixiy jamoa jarayoni subekti bo‘lib, u yer kurrasidagi moddiy va ma’naviy madaniy rivojlanishning asoschisidir. Inson boshqa turdagi tirik mavjudotlar bilan ginetik bog‘langan holda, lekin ulardan ongini yuqoriligi, mehnat qurollarini ishlab chiqara olishi, nutqning rivojlanganligi, ijodiy faolligi hamda axloqiy, ma’naviy va ruxiy o‘z - o‘zini anglay olishi bilan ajralib turadi.

Jamiyat - keng ma’noda insonlarning tarixan qaror topgan birgalikdagi faoliyatlari majmui yoki tor ma’noda ijtimoiy munosabatlarning konkret tipidir.
Tabiat - keng ma’noda butun borliq olam va uning xilma - xil shakllari; tor ma’noda kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo‘lgan atrof tabiiy muhit. Inson o‘zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balki uni o‘rab turuvchi va uning ta’siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanish mumkin.
Shu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o‘rtasida to‘xtovsiz va xilma - xil o‘zaro ta’sirlar ro‘y bergan. Jamiyat va tabiat, inson va yashab turgan muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir muammosi insoniyatning abadiy muammolaridan biridir. Falsafiy tafakkurning butun tarixi davomida u turlicha hal qilib kelingan. XVIII asrda Fransiya sotsiologi Monteske o‘sha davr uchun xos bo‘lgan fikrlarni olg‘a suradi. U «Qonunlar ruhi to‘g‘risida nomli asarida jamiyat tabiatga to‘la ravishda qaramligi to‘g‘risidagi g‘oyani rivojlantirib, «Iqlimning hukmronligi barcha kuchlardan ustunroqdir», degan shiorni olg‘a suradi.
Kishilar jamiyatini tabiatga qarshi qo‘yadigan, kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi aloqani istisno qiladigan idealistik qarashlarga qarshi o‘laroq tabiat bilan inson o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni asoslash va ko‘rsatish muhim ahamiyatga molikdir. Tarixga ikki tomondan qarash mumkin, uni tabiat tarixi va insonlar tarixiga bo‘lish mumkin. Biroq har ikki tomon chambarchas bog‘liqdir. Insoniyat jamiyati mavjud ekan, tabiat tarixi va insonlar tarixi bir-birini o‘zaro quvvatlab turadilar.
Jamiyat va tabiat birligini ta’kidlar ekanmiz, biz uning timsolida ularning moddiy jihatdan birligini tushunamiz, ya’ni ular moddiydirlar, bir xil kimyoviy moddalardan iboratdirlar, nazariyada dialektik deb ataluvchi ba’zi bir ob’ektiv (xolis) qonunlarga garchi o‘ziga xos bo‘lsa ham bo‘yso‘nadilar. Jamiyatda ijtimoiy qonunlar bilan birga fizika, kimyo va biologiya qonunlari ham amal qiladi. Bunda inson, jamiyat tabiatning bir qismi sifatida tavsiflanadi. Insonning jismoniy va ma’naviy hayoti tabiat bilan chambarchas bog‘langandir. Bu tabiat o‘z-o‘zi bilan chambarchas bog‘liq demakdir, zero inson tabiatning bir qismidir, uning farzandi, rivojining gultojidir. Mazkur holat avvalambor tabiat inson va jamiyat paydo bo‘lishining etakchi omili ekanligi ko‘rinadi.
Tabiat rivojining majmui bo‘lishi insoniyat tabiatga tobora ko‘p o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, inson faqat har xil o‘simlik va hayvonot turlari o‘rnini o‘zgartiribgina qolmay, binobarin ularni shu darajada o‘zgartirdiki, uning faoliyati natijasida yer shari umumiy o‘limga mahkum bo‘lgandagina u bilan birga yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. SHunday qilib, inson nafaqat tabiatni o‘rganib biladi, balki o‘zini o‘rab turgan dunyoni o‘zgartiradi, «ijod» qiladi ham. Biroq landshaft (tabiat manzarasi)ni g‘oyat o‘zgartirib yuborgan va koinotgacha chiqa olgan insoniyat hech qachon tabiatdan uzilib ketaolmaydi, u hamma vaqt uning bag‘rida yashaydi.
Insonning ijodiy imkoniyatlari, uning tabiati va o‘zgartirish qobiliyatlariga kelganda, ular chek-chegarasizdir. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida odamlar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarsiz ishlab chiqarishning o‘zi ham, inson hayoti moddiy sharoitlari ham bo‘lmaydi, demakki jamiyat ham bo‘lmaydi. Jamiyat bu odamlarning birgalikda harakati, o‘zaro ta’sirining mahsulidir, bu odamlarning ijtimoiy munosabatlaridagi insonning o‘zidir.
Jamiyat inson hayot faoliyatining tarixiy shakli sifatida hech qachon odamdarning oddiy birlashmasi bo‘lgan emas va bo‘lmaydi ham. Jamiyat odamlar, ishlab chiqarish, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy tashkilotlar o‘zaro ta’siri murakkab sistemasidan iboratdir. Jamiyat bu muttasil rivojda bo‘lgan a’zo (organizm)dir, u ayrim ijtimoiy elementlarning o‘z boshimcha ishlariga yo‘l qo‘yuvchi g‘ayri-ixtiyoriy birikma emas. Tabiat esa-bu moddiy jismlar, realliklar majmuidan iborat bo‘lib, ular jamiyat negizini tashkil etadi va uni qurshab turadi.
Tabiat rivojining oliy bosqichi bo‘lish jamiyat faqat tabiiy omil negizidagina yashaydi, rivojlana oladi va uning tabiiy omil bilan doimiy o‘zaro ta’sirida bo‘lish shartidir. Kelib chiqishi jihatdan tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyat har holda tabiatning alohida qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi.
Inson o‘zining tabiatga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirining oqibatlarini sezgach va bilgach, tabiatdan oqilona, rejali, tejab-tergab foydalanish va uni muhofaza qilish zarurligi haqida o‘ylay boshladi.
«Tabiatni muhofaza qilish» termini dastlab 1913 yil birinchi xalqaro tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha SHvetsariyada o‘tkazilgan s’ezddan so‘ng keng tarqaldi.
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish muammolari keskinlashib, o‘ta ziddiyatli tus olgan hozirgi davrda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni muvozanatga keltirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik muammosi abadiy muammolardan biridir. Tabiat jamiyatni yashash muhiti, uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai hisoblanadi

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish