Tabiatda sodir bo‘ladigan favqulotdagi holatlar



Download 87,96 Kb.
bet9/11
Sana30.05.2023
Hajmi87,96 Kb.
#946003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
22-mavzu. Favqulodda vaziyatlar va ularning tasnifi. Tabiiy va texnogen tu

Kichik tizim quyidagilarga tadbirlar uchun mo’ljallangan:
1. Potensial xavfli hamma ob’ektlar va hodisalar, shuningdek hamma favqulodda vaziyatlar haqida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, almaShish, saqlash va tegishli organlarga uzatish;
2. Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lgani (sodir bo’lish ehtimoli) haqida, favqulodda vaziyatning tusi, ko’lami va rivojlana borishi, ehtimol bo’lgan oqibatlari to’g’risida, favqulodda vaziyatlardagi hatti-harakatlar haqida FVDT ning rahbar organlariga, kundalik boshqarish organlariga, favqulodda vaziyatni tugatish kuchlari va vositalariga hamda aholiga xabar va ma’lumot berish;
3. FVDT kichik tizimlari va bo’g’inlari o’rtasida, boshqaruv punktlari kuch va vositalari o’rtasida o’zaro ma’lumot almashish;
4. Boshqaruv punktlaridagi navbatchi-dispetcherlik xizmati harakat qilishiga doimo shay bo’lib turish.
FVDTning har qaysi darajasida quyidagilar organlar bo’ladi:
1. Rahbar organlari.
2. Kundalik boshqarish organlari.
3. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatish kuch va vositalari.
4. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervi.
5. Xabar berish va ma’lumot ta’minoti (ABT)tizimi.
6. Kimyoviy va boshqa potensial xavfli ob’ektlarda hamda ularga tutaSh hududlarda xabar berish va ma’lumot cheklangan tizimlari, Shuningdek suv omborlari gidrotexnika inshootlaridagi signalizasiya va xabar berish tizimlari.
7. Atrof tabiiy muhit va potensial xavfli ob’ektlar holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, favqulodda vaziyatni oldindan ta’minlash.
8. FVDT boshqaruv organlari, boshqarish punktlari, kuch va vositalari favqulodda vaziyatdagi ishlarga tayyor turishini ta’minlash.
9. Sodir bo’lgan favqulodda vaziyatlar haqida, ularning rivojlana borishi, ehtimol bo’lgan oqibatlari va ularni tugatish yuzasidan ko’rilayotgan choralar haqida xabar berish, ma’lumot yig’ish va almashlishni ta’minlash va nazorat qilish.
10. Avariya-qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlar tadbirlari, jumladan evakuasiya tadbirlari bajarilishini ta’minlash, shikastlangan aholi turmush kechirishini ta’minlash.
11. Favqulodda vaziyatni tugatishga jalb qilingan vazirliklar va idoralar, kuch va vositalar hamkorligini ta’minlash hamda ularning ishini moslashtirish.
12. Favqulodda vaziyatlarni tugatish moliyaviy va moddiy resurslar (idoralar) rezervini, shuningdek FVDT maxsus sug’urta fondini tashkil etishga va ulardan foydalanishga rahbarlik qilish.
13. Favqulodda vaziyatlardan shikast ko’rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish.
14. Favqulodda vaziyatda o’ziga qarashli ob’ektlar rahbarlar tarkibini, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini tayyorlashni moslashtirib turish,
15. Ishlab chiqarish va texnologiya xavfsizligi, shuningdek xodimlarni favqulodda vaziyatdan muhofaza qilish tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
16. Avariya-qutqarish tuzilmalari va qutqaruvchilarni attestasiya qilishni tashkil etish.
FVDT mahalliy darajadagi boshqaruv organlarining asosiy vazifalari:
1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish tashkiliy va muhandislik-texnikaviy tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish maqsadli hududiy (viloyat) dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
3. Viloyat ichki aloqa va xabar berish tizimi, shuningdek boshqarish va ma’lumot ta’minoti avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va doimiy shaylikda tutib turish.
4. Ma’lumotni boshqarish va uzatish uchun viloyatlar va idoralardagi davlat aloqa kanallaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashgan foydalanishni ta’minlash.
5. Kimyoviy va boshqa potensial xavfli ob’ektlarda hamda ularga tutash hududlarda xabar berish va ma’lumot cheklangan tizimlari, shuningdek suv omborlari gidrotexnika inshootlarida signalizasiya va xabar berish cheklangan avtomat tizimlarini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yaratish.
6. Atrof tabiiy muhitini potensial xavfli ob’ektlardagi sharoitni muntazam kuzatihni va nazorat qilishni ta’minlash.
7. Boshqarish organlari, boshqarish punktlari, kuch va vositalarning favqulodda vaziyatdagi ishlarga shay turishini ta’minlash.
8. Sodir bo’lgan favqulodda vaziyatlar, ularning ko’lami va rivojlana borishi, ehtimol bo’lgan oqibatlari, ularni tugatish yuzasidan ko’rilayotgan choralar haqida xabar berish, ma’lumot yig’ish va almashishni ta’minlash va nazorat qilish.
9. Hududiy (viloyatlar) kichik tizimlar kuch va vositalari, shuningdek berkitib berilgan tuzilmalarning favqulodda vaziyatdagi avariya-qutqarish va boshqa shoshilinch ishlar o’tkazish faoliyatiga rahbarlik qilish va uni ta’minlash, mehnatga layoqatli aholini ishlarga jalb qilishni tashkil etish.
10. Aholini evakuasiya qilishni (vaqtincha ko’chirib turishni), evakuasiya qilingan aholini joylashtirishni, uning turmush kechirishini hamda favqulodda vaziyat tugatilgandan keyin doimiy turar joylariga qaytarilishini rejalashtirish va amalga oshirish.
11. Aholi punktlari va xo’jaliklarda yashovchilarni jiddiy xavf zonalaridan xavfsiz joylardagi doimiy yashash joyiga ko’chirish va ularning xayot faoliyatini har tomonlama ta’minlash.
12. Favqulodda vaziyatni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlarini yaratish.
13. Favqulodda vaziyatdan shikast topgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; fuqarolar, ularning turar joylari va mulklarini maqsadli sug’urta qilishni tashkil etish.

Download 87,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish