«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf



Download 0,51 Mb.
bet32/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

SANA:1.O4.2016-2O17
OVQATLANISH. OVQATNING HAZM QILINISHI
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga ovqatlanish va ovqatning hazm qilinish a’zolari haqida ko‘nikmalarni berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarni ovqatlanish qoidalariga amal qilishga o‘rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: 0‘quvchilarga ovqat hazm qilish a’zolari haqida dunyoqarashlarni shakllantirish va kengaytirish.
Darsning jihozlari: hazm qilish a’zolari, ovqatlanish qoidalari tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: «Klaster» interfaol metodi, amaliy ish o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, hazm qilish a’zolari, ovqatlanish qoidalari tasvirlangan rasmlarni osish.
2. O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilish.
Avvalgi darsda o‘tilgan «Ovqatlanish. Ovqatning hazm qilinishi» mavzuyi bo‘yicha o‘quvchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini «Klaster» interfaol metodi bo‘yicha quyidagicha aniqlash mumkin. Darsdan oldin o‘qituvchi tomonidan o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchi-larga havola qilinadigan muammolar aniqlanib, ularning har biri alohida varaqlarga yozib chiqiladi. Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagi muammolarni o‘quvchilarga berish mumkin:
— Yurakning vazifasi.
— Qon tomirlari.
— 0‘pkaning vazifasi.
— Nafas olish.
— Toza havoning zarurligi.
Ushbu muammolar yozilgan varaqlar o‘quvchilarga tarqatib chiqiladi. 0‘quvchi tegishli muammo bo‘yicha o‘z fikrini shu berilgan varaqqa tushiradi. Bunda o‘quvchi ushbu muammo bo‘yicha nimani o‘ylasa, qog‘ozga shuni tushirishi lozimligi, kim qancha ko‘p va to‘g‘ri yozsa, shuncha yuqori baho olishi aytiladi. 0‘quvchilar o‘zlariga berilgan muammo bo‘yicha fikrlarini qog‘ozga tushirishga 10 minut vaqt beriladi. Vaqt tugagandan so‘ng varaqlar yig‘ishtirib olinadi. Natijalar keyingi darsda e’lon qilinadi.
Natijani baholashda o‘quvchining kam yoki ko‘p yozganligiga alohida e’tibor beriladi. Bunda o‘quvchining yozgani darslikdagi mavzu matnidan ko‘chirib olinmaganligiga, o‘quvchi yozgan matn mazmuni muammoni qay darajada ochib berganligiga, yozilgan fikrlarning keng qamrovliligiga alohida e’tibor qaratiladi. Natijalarni tekshirishda o‘qituvchi tomonidan yozilgan fikrlardan noto‘g‘rilariga e’tibor berilmay, faqat to‘g‘rilari tanlab olinadi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «Ovqatlanish. Ovqatning hazm qilinishi» mavzusi boshida ikkita savol berilgan.
1. Nima uchun ovqatlanamiz?
2. Odam oshqozoni tananing qayerida joylashgan?
O‘quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari to‘ldiradilar.
Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga ovqatlanishning zarurati, ovqat qanday hazm qilinishi, ovqat turlari, ovqatlanish qoidalari haqida batafsil so‘zlab beriladi. Bunda quyidagi matndan ham foydalanish tavsiya etiladi.
Nima uchun ovqatlanamiz? Biz jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganimizda yoki harakatli o’yinlar bilan mashg‘ul bo’lganimizda tanamizdagi a’zolar ko‘p energiya sarflaydi. Shuning uchun bu hollarda qorin tez ochadi. Aqliy mehnat qilganda ham energiya sarflanadi. Chunki bu vaqtda miya ko‘p ishlaydi, yurak va o‘pka kabi a’zolar esa hamma vaqt to’xtovsiz ishlaydi. Hatto uxlagan vaqtda ham a’zolar energiya sarflaydi.
Ertalab to‘yib nonushta qilsangiz ham oradan 4—5 soat o’tgandan keyin qorningiz ochiqib qolganini sezasiz. Chunki siz darsda o’tirganingizda miyangiz, yuragingiz, o’pkangiz tinimsiz ishlaydi. O‘qiganingizda, gapirga-ningizda, yurganingizda va boshqa hollarda ancha energiya sarflanadi.
Tanadagi a’zolar sarflagan energiyani to’ldirib turish uchun ularni o‘z vaqtida oziq moddalar bilan ta’minlab turish zarur bo’ladi. Oziq moddalar a’zolarning ishlashi, ularning o'sishi va rivojlanishi uchun zarur. Tanamiz haroratini doimiy saqlab turish uchun ham oziq modda sarflanadi. Odam oziq-ovqatsiz yashay va ishlay olmaydi. Kam ovqatlanish natijasida odam ozib ketishi va kasallikka chalinishi mumkin. Bir necha hafta ovqatsiz qolish oqibatida odam haddan tashqari ozib ketishi va hatto nobud bodishi mumkin.
Ovqatning hazm qilinishi. Odam ovqatlanganda oziq moddalar qanday qilib barcha a’zolarga yetkazib beriladi? Ovqat odam tanasida uzoq yo‘l (taxminan 5—8 metr)ni bosib o‘tadi va turli o‘zgarishlarga uchraydi. Ovqat bizning tanamizdan qanday o‘tishini ko‘rib chiqamiz.
Avval ovqat og‘izga tushadi. Biz bu yerda uni chaynaymiz — tishlarimiz bilan maydalaymiz. May-dalangan ovqat bodakchalari sodak bilan namlanadi. Ogdzda sodak ta’sirida ovqatning oziq moddalari o’zgarib, hazm qilina boshlaydi. Bunda ovqatning erimaydigan bir qismi erigan holatga o‘tadi.
Til ovqat bodagini tishlarga surib berib turishg'a va uni yutishga yordam beradi. Odam tili yordamida ovqatni sezadi va uni ta’miga ko‘ra (shirin, nordon, sho‘r, achchiq) farq qiladi.
Yaxshi chaynalgan va sodak bilan namlangan ovqat halqum orqali qizilo‘ngachga tushadi. Qizilo‘ngach — bu yumshoq muskulli naydir. Uning muskullari qis-qaradi va ovqatni oshqozonga itaradi. Oshqozon qorin bo‘shligdning yuqori qismiga joylashgan. Oshqozon devorlari qisqarib va bo‘shashib turuvchi muskullardan iborat.
Ovqat oshqozonga tushgach, uning devorlari cho‘ziladi va u kattalashadi. Katta yoshdagi odamning oshqozoniga 1,5 litr ovqat sigdshi mumkin. Oshqo-zonning ichki devori bujmaygan shilliq pardadan iborat. Shilliq parda nordon oshqozon shirasi ajratib chiqaradi.
Ovqat oshqozonda 4 — 8 soat turadi. Bu yerda oshqozon shirasi ta’sirida ovqat bo‘tqa holatga o‘tadi. Keyin u oshqozonning qisqarishlari natijasida asta-sekin ingichka ichakka o‘tadi. Ichaklarning devori ham muskullardan tuzilgan bodib, ular doimiy ravishda qisqarib-bo‘shashib turadi. Ichaklar devorining bunday harakati tufayli undagi ovqat aralashmasi muntazam siljib boradi.
Ingichka ichakning shilliq pardasi ichak shirasi ajratadi. U ovqat hazm qilishga xizmat qiladi. Ovqat ingichka ichakdan juda sekin o‘tadi.
Ingichka ichak devorlarida ko‘plab mayda qon tomirlari joylashgan. Yupqa devorlar orqali hazm bo‘lgan oziq moddalar qonga so‘riladi. Qon tomirlar bo‘ylab oqib, oziq moddalarni muskullar, suyaklar, miya va boshqa a’zolarga tarqatadi.
Qorin bo‘shlig‘ining o‘ng yarmida joylashgan jigar ostida o‘t pufagi joylashgan. U o‘t suyuqligini ajratadi. 0‘t suyuqligi ovqatdagi yogdarning hazm bodishiga yordam beradi.
Hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari yo‘g‘on ichakka o‘tadi. Uning boshlanish joyida, ya’ni ingichka ichaklar bilan birikadigan joyda ko‘richak bor. Hazm bodmagan ovqat qoldiqlari yo‘g‘on ichakdan juda sekin — 12 soatcha vaqt davomida o‘tadi. Bunda suv ichak devori orqali qonga so‘riladi. Hazm bodmagan ovqat qoldiqlari esa asta-sekin quyuqlashadi va to‘g‘ri ichak orqali tashqariga chiqariladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i (tish, til), halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ichaklar (ingichka va yo‘g‘on) va o‘t pufagi ovqat hazm qilish a’zolarini tashkil etadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Nima uchun ovqatlanamiz?
2. Ovqat qanday hazm qilinadi?
3. Ovqatlanish qoidasi qanday bodishi kerak?
0‘quvchilarning javobi o‘qituvchi tomonidan toddiriladi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.

32- dars
NERV SISTEMASI. DAM OLISHNING AHAMIYATL ZARARLI MODDALARNING ORGANIZMGA TA’SIRI


Darsning ta’limiy maqsadi: miya va nerv tolalari, ularning vazifalari, dam olishning ahamiyati, zararli moddalarning organizmga ta’siri haqida o'quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarga kun tartibiga rioya qilish, tamaki chekish, zararli moddalarni iste’mol qilish odam organizmi uchun xavfli ekanligini tushuntirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: odamning nerv sistemasi, zararli moddalarning organizmga ta’siri haqida o‘quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish.
Darsning jihozlari: odamning bosh miyasi, orqa miyasi, nerv tolalari, chekishning ta’sirida o‘pkadagi o‘zgarishlar tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: savol-javob.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, odamning bosh miyasi, orqa miyasi, nerv tolalari tasvirlangan rasmlarni osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o'tilgan «Ovqatlanish. Ovqatning hazm qilinishi» mavzusi yakunida berilgan savol asosida o’quvchilar bilan suhbatlashiladi. Quyidagi qo‘shimcha savollar bo‘yicha suhbatlashish davom ettirilishi mumkin:
1. Ovqatlanishda tish va til qanday vazifani ba-jaradi?
2. Hazm qilish a’zolarini aytib bering.
3. Ingichka ichak qanday vazifani bajaradi?
3. Yangi mavzularning bayoni. «Nerv sistemasi. Dam olishning ahamiyati» mavzusi boshida ikkita savol berilgan.
1. Nima uchun hamma o‘quvchilar bir xil o‘qimaydi?
2. Siz kuniga necha soatdan uxlaysiz?
0‘quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradi, qolganlari to‘ldiradi.
Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga odamning bosh miyasi, orqa miyasi, nerv tolalari, ularning vazifalari, dam olishning ahamiyati haqida batafsil so‘zlab beriladi. Bunda darslikdagi matndan tashqari quyidagi matndan ham foydalanish tavsiya etiladi.
Miya va nerv tolalari. Odam o‘ylaydi, tevarak-atrofda bo‘layotgan hodisalar haqida fikr yuritadi, eshitadi, o‘qiydi, yozadi. Bularning barchasi bosh miya faoliyati-ning natijasidir. U bir necha bodimdan iborat. Bosh miyaning har bir bodimi odam hayoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Kasallik yoki jarohatlanish tufayli bosh miyaning madum bir bodimi zararlangan odam gapirolmaydi. Boshqa bir bodimi zararlangan odam esa o‘z xatti-harakatini boshqarolmay qoladi.
Odamning qon aylanish sistemasi, nafas olish a’zolari, ovqat hazm qilish a’zolari va boshqa ko’plab a’zolar, qod-oyoqlar harakati bosh miya va orqa miya orqali boshqariladi.
Agar orqa miyadan oyoq muskullariga keladigan nerv tolalari zararlanib qolsa, oyoq ishlamay qoladi. Bunday holatda odam yurish u yoqda tursin, tik turolmaydi ham. Mabodo qodlarga keladigan nerv tolalari shikastlanib qolgan bodsa, qodlar ishlamay qoladi. Bu narsa hayvonning orqa miyasidan, masalan, oldingi oyoqlar muskuliga keladigan nerv tolalari zararlangan bodsa, oyoq harakatlanishdan qoladi, chunki bu oyoqning muskullari qisqarmay qo‘yadi.
Nerv tolalari tanamizning barcha a’zolarini bosh va orqa miya bilan bogdaydi. Ular orqali miyaga har xil qo‘zg‘alishlar uzatiladi. Qodimizga bexosdan tikan kirib ketsa, shu zahoti qodimizni tortib olamiz. Bu shuning uchun sodir bo‘ladiki, teridagi nerv tolalarining uchlari qabul qilgan signallar zudlik bilan orqa miyaga yuboriladi. Orqa miyadan esa nerv tolalari orqali qodni bukib-yozib turuvchi muskullarga bir zumda signal keladi. Bunda qodimizni xohlasak-xohlamasak harakatga kelganini, ya’ni tikandan tortib olganimizni ko‘ramiz.
Tanamizdagi barcha a’zolarning ishi o‘zaro bogdiq. Masalan, kislorod yetishmaganda nafas olish tezlashadi va yurak tezroq uradi. Havo harorati ko‘tarilganda teridagi qon tomirlar kengayib, terlash kuchayadi, shu zahoti yurakning ishi va nafas olish tezlashadi.
Dam olishning ahamiyati. Nerv sistemasi kuchli charchaganda ko‘pincha bosh og‘riydi, uyqu yo‘qoladi, ishtaha yomonlashadi, ishlash qobiliyati ham pasayadi.
Bunday holat bodmasligi uchun nerv sistemasiga vaqtida dam berish kerak. Nerv sistemasini mustah-kamlash va unga dam berish uchun kun tartibiga rioya qilish, mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish, sogdom uyqu qoidalariga rioya qilish lozim.
Kun tartibiga rioya qilish — bu ma’lum bir vaqtda ovqatlanish, dars tayyorlash, sayr qilish, mehnat qilish va uyquga yotishga o‘zini o‘rgatish demakdir.
Mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil etish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir darsdan so‘ng dam olish uchun qisqa muddatli tanaffus beriladi. Tanaffus paytida biroz bodsa ham maktab hovlisiga chiqib sayr qilish foydalidir. Maktabdan keyin bo‘sh vaqtlarda havoda serharakat o‘ymlar, sport va jismoniy mehnat bilan shugdillanish kerak. Aqliy va jismoniy mehnatni almashtirib turish nerv sistemasi uchun yaxshi damdir.
O‘quvchilardan quyidagi topishmoq javobini totish so‘raladi:
Bir narsa bor ko‘p asl,
Seni etar mustaqil.
U ilmingni boyitar,
Kamroq bo‘lsa koyitar.
0‘zingda ham bordir bil,
Boshingda ham bordir bil,
Boshingdagi bu ...
(Aql)
«Zararli moddalarning organizmga ta’siri» mavzuyi boshida ikkita savol berilgan.
1. Tamaki (sigareta) chekayotgan odam oldidan o‘tayotganingizda nimani his qilasiz?
2. Mast odam nima uchun sizga yoqmaydi?
0‘quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradi, qolganlari toddiradi.
Yangi mavzu bo’yicha chekish, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarning ta’siri haqida batafsil so‘zlab beriladi. Bunda darslikdagi matndan tashqari quyidagi matndan ham foydalanish tavsiya etiladi.
Tamaki va nos chekishning zarari. Hammamizga ma’lumki, donolik, qiziquvchanlik, mehribonlik va shu kabi ko‘plab boshqa insoniy sifatlar inson uchun eng muhimdir. Sogdom odamda bu sifatlar juda yaxshi mujassamlashadi. Aytishlaricha, odamning o‘zini tutishi uning kelajagini shakllantiradi. Insonning tashqi qiyofasi xuddi ko‘zgu kabi uning axloqini ko‘rsatadi. Bularni bila turib, nahotki tashqi qiyofamizga o’zimiz zarar yetkazishimiz mumkin? Chekish shartmikan? 0‘z sogdigdmizga zarar yetkazish davr talabimi yoki yoshlarning aytishicha, «moda»mi?
Tamaki Yevropaga fransuz diplomati J.Niko tomonidan 1560- yilda Janubiy Amerikadan olib kelin-gan. Aynan shu diplomat nomiga atab NIKOTIN so‘zi paydo bodgan.
Oldin tamaki ezilib, hidlanar yoki chaynalar edi, keyinchalik esa uni sigareta qilib chekish boshlandi.
Odam chekishni qanchalik erta boshlasa, o‘z hayotini shunchalik tez qisqartiradi: kimki chekishni 15 yoshdan boshlagan bodsa o‘z umrini 8 yilga, 25 yoshdan chekishni boshlagan bodsa 4 yilga qisqartirar ekan.
Har bir chekilgan sigareta natijasida odam umri 10— 14 minutga qisqarar ekan.
100—200 mg nikotin odamni oddiradi.
Tamaki tarkibida zahar ko’pligi tufayli undan qishloq xo‘jaligida turli zaharli moddalar tayyorlanib, ulardan zararli hasharotlarni yo‘qotishda foydalaniladi.
Tamaki tarkibida eng ko‘p zaharli modda — nikotin mavjud bodib, u hosil bodadigan tutunning 80—90 foizini tashkil etadi. Tamaki tutuni nafas yodlarini zararlaydi, bu esa burun, halqum, tomoq, traxeya, bronxlarning surunkali yalligdanishiga, o‘pka emfizemasiga olib keladi. Bir kunda 0,5 pachka tamaki chekkan odam o‘z umrini 3 foizga qisqartirsa, 1,5 pachka tamaki chekkan odam esa 10 foizga qisqartiradi. Chekuvchilarning 50 foizi ruhiy kasalliklarga duchor bodishadi. Ko‘pchilik odamlar sil (tuberkulyoz) kasalligiga chalinadilar.
Chekish vaqtida paydo bodadigan tutun shunchalik xavfliki, u chekayotgan odam oldida o'tirganlarga ham zarar yetkazadi.
Tutundan tashqari tamaki tarkibiga kislotalar, 27 xil aldegid va 80 foiz hollarda ketonol kiradi, bular saraton (rak) kasalligini keltirib chiqaradi.
Chekish organizmning himoya tizimini ishdan chiqaradi, bu esa organizmning mikroblar ta’siriga beriluvchanligini oshiradi.
Chekish tomirlarning kengayishiga olib keladi. Keyin esa miya yaxshiroq ishlayotgandek tuyuladi, lekin bu bor-yo‘gd birinchi taassurot, xolos, chunki o‘z vaqti bilan tomirlar torayadi va qon ishlab berish tizimining holati yomonlashadi. Bu esa, o‘z navbatida, miya ish tizimiga qattiq zararli ta’sir ko‘rsatadi.
Qon bosimining oshishi, ko‘rish qobiliyati pasayishi, asab tizimi bo‘shashib qolishi, yurak urishining tezla-shishi, yurak-qon tomir tizimining ishdan chiqishi boshlanadi va infarkt bodish xavfi 12 barobarga oshadi.
Chekish oshqozonga ham zararli ta’sir ko‘rsatadi, hazm qilish jarayonini buzadi, «chekuvchilar gastriti» paydo bodadi, oshqozon osti yarasi paydo bo’ladi, nosog‘lomlik tufayli tez ozib ketish hollari ro‘y beradi.
Eng xavflisi shuki, chekish o‘pkaning ish faoliyatini butunlay ishdan chiqaradi! Xuddi o‘pka tutunga todgandek va havo kirishiga to‘sqinlik qilayotgandek o‘pkada quruqlik paydo bo‘ladi. Natijada bular o‘pka devorlarining shikastlanishi va o‘pka raki paydo bodi-shiga olib keladi.
Yo‘tal — chekuvchining bir umrlik hamrohi!
Chekish faqat oshqozon-ichak tizimini ishdan chiqaribgina qolmasdan, balki butun organizmga zararli ta’sir ko‘rsatadi — yuz terisi tez qariydi, yuz va tishlar sarg‘ayadi, ovoz dag‘al va past bo‘lib qoladi.
Chekish miya va asab tizimiga, ayniqsa, kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bosh og’riqlari paydo bo’ladi, ko’rish qobiliyati pasayadi va xotira susayadi. Kattalarning organizmiga nisbatan rivojlanayotgan yosh organizmga chekish nisbatan ko’proq salbiy ta’sir etadi. Kichik yoshdagi chekuvchida rivojlanish jarayoni tengdoshlariga nisbatan ortda qoladi. Chekuvchi o‘smir o‘g‘il bola bodsa, uning suyak tizimi va mushaklari yomon rivojlanadi, natijada ularda mardlik, jasurlik hislari yo‘qolishi, gavdasi kichrayib qolishi, o‘sishdan to’xtash va jinsiy a’zolarning sust rivojlanishi kabi salbiy holatlar kuzatiladi. Miya va asab tizimi yaxshi rivojlanmaydi, xotiraning pasayishi, axborot va ma’lumot qabul qilishi pasayadi, bola rivojlanishida o‘ta noxush oqibatlar yuzaga keladi.
O‘smir qizlarda ham chekish oqibatida organizm rivoj -lanmay qo'yadi, bular hayo-ibo kabi xususiyatlardan mahrum boda boradilar. Rivojlanishda tengdoshlaridan ortda qoladilar, tos suyaklari kengaymaydi, mushaklar o‘z mustahkamligini yo‘qotadi va ko‘rinishidan osilib qoladi, yuz terisi va tishlar sarg‘ayadi. Fikrlash doirasi torayadi, xotira pasayadi, ma’lumot qabul qilish tizimining ish faoliyati susayadi.
Nosvoy butun organizmni zaharlaydi. Uning tarkibiga turli xil, jumladan, kantserogen moddalar, masalan, benzopirin, shuningdek, rak kasalligini chaqiruvchi ko'plab boshqa moddalar kiradi.
2. 9—10 yoshli bola kuniga necha soatdan uxlashi kerak?
3. Jahldor bodish, baqiriq-chaqiriq qilish qanday zarar keltiradi?
4. Tamaki ko‘p chekadigan odamning o‘pkasi qanday zararlanadi?
5. Ko‘p spirtli ichimlik ichish qaynday oqibatlarga olib keladi?
6. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish nimaga olib keladi?
3. Yangi mavzuning bayoni. «Tabiat va inson — bir butun» va «0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi» mavzulari boshidagi quyidagi savollar asosida o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi:
1. Uylar quriladigan yog‘ochlar qayerdan olinadi? Uyimizda yoqiladigan tabiiy gaz, mashinalarga quyila-digan benzinlar-chi?
— Ko‘chalardagi mashinalardan chiqayotgan benzin qoldiqlari (tutun) biz nafas olayotgan havoga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Yangi mavzu bo‘yicha o’quvchilarga ekologiya nima ekanligi, insonning tabiatga ta’siri, «0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi», unga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlar haqida batafsil so’zlab beriladi. Bunda quyidagi matnda keltirilgan ma’lumotlarni o’qituvchi o’zlashtirib olishi, ulardan zarur deb hisoblaganini o‘quvchilarga bayon qilib berishi tavsiya etiladi.
Insonning tabiatga ta’siri. Inson tabiatdan oziq-ovqat mahsulotlari, uy-joy qurilish materiallari, suv, foydali qazilmalar va boshqalarni ko‘p miqdorda olishi natijasida tabiatga ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Insonning tabiatga ta’siri, ayniqsa, keyingi asrlarda kuchaydi. Inson faoliyati natijasida shaharlar, qishloqlar, dalalar, bogdar, suv omborlari, kanallar bunyod etildi.
Yer sharining atmosfera, gidrosfera va litosferadagi tirik organizmlar yashaydigan qismlari biosferani tashkil etadi.
Yunonchadan bio— hayot, sfair— shar demakdir.
Biosferaga tirik organizmlar hosil qilgan yoki o‘zgartirgan jonsiz jinslar ham kiradi. Masalan, tuproq, o‘g‘itlar ham Yerning hayot qobig‘iga taalluqlidir.
Hozirgi davrda iosfera gidrosferaning hammasini, atmosferaning quyi qismini hamda litosferaning yuqori qismini qamrab olgan. Biosferaning quyi chegarasi quruqlikda 3—3,5 km chuqurlikda bo‘lsa, yuqori chegarasi Yer sirtidan 20 km balandlikdan o‘tadi.
Biosferaning asosiy qismini tashkil etgan tirik organizmlar juda ko‘p va xilma-xildir.
Tirik organizmlarning barchasi oziqlanish, nafas olish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish kabi asosiy belgilarga ega.
Tirik organizmlar eng ko‘p tarqalgan joy quruqlik yuzasi, uning ustidagi 150 m balandlikkacha boTgan havo, Quyosh nuri yetib boradigan 150 m chuqurlik-kacha bo‘lgan okeanning yuza qismi, Yerning tuproq qatlamidir.
Bu joylarda hayot uchun zarur boTgan harorat, namlik, kislorod, oziq moddalar yetarlidir. Sernam va issiq boTgan joylarda o‘simliklar va hayvonot dunyosi, ayniqsa, boy va xilma-xil. Masalan, ekvatorial o‘rmon-larning organik dunyosi sermahsul va juda xilma-xildir.
Iqlimi issiq, yog‘ingarchilik kam boTgan joylarda o‘simlik va hayvonlar ko‘p emas. Bunday joylar choTlarni tashkil etadi.
O‘simlik va hayvonlarning Yer yuzida tarqalishiga odam faoliyati katta ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, odam Shimoliy Amerikadan Yevrosiyoga pomidor, makkajo‘-xori, kungaboqar, tamaki kabi o‘simliklarni, hayvon-lardan ondatrani olib keldi va tarqatdi.
Inson qo’li bilan ko‘pgina yovvoyi o‘simliklar mada-niylashtirildi, yovvoyi hayvonlar uy hayvonlariga aylantirildi. 0‘simliklarning yangi navlari yetishtirildi va tarqatildi.
Insonning tabiatga munosabati ba’zan salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Hayvonlarni ko‘p miqdorda ovlash ham ularning ba’zi turlari yo‘qolib yoki kamayib ketishiga, okean boyliklarining tez kamayishiga sabab bodmoqda. 0‘rmonlardagi daraxtlarning ko‘p miqdorda kesib yuborilishi tabiat muvozanatini buzadi, undagi hayvonlarning qirilib ketishiga olib keladi.
Inson o‘z aql-zakovati va kuchi bilan kamayib ketgan o‘simlik va hayvonlarni ko‘paytirishi, noyob o'simlik va hayvonlarning qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Odamzod Yer yuzida yashash bilan bir qatorda mehnat qiladi, o‘z faoliyati bilan tabiatga ta’sir ko‘r-satadi, uni o’zgartiradi. Kishilarning mehnati natijasida fan va texnika taraqqiy etmoqda, aholining ijtimoiy turmush tarzi yuksalib bormoqda. Shu bilan birga insonning xo’jalik faoliyati tabiat komplekslariga ta’sir etib, uning o’zgarishiga sabab bo‘lmoqda.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tabiat komp-lekslarini kuchli o‘zgartirmoqda. Madaniy o‘simliklarni yetishtirish, uy hayvonlarini ko’paytirish uchun katta maydonlar kerak bo’lmoqda. Dashtlarni haydash, chodlarni o'zlashtirish, o‘rmonlarni kesish natijasida tabiiy o‘simliklar maydoni qisqardi. Tuproq tarkibi o‘zgardi, hosildorligi kamaydi.
Ishlab chiqarish korxonalarining ko’payishi, sanoatning o’sishi havo, suv va tuproqlarni ifloslantirib, tabiatga halokatli ta’sir ko‘rsatmoqda. Gazsimon moddalar atmosferaga, qattiq va suyuq moddalar tuproqqa va suvga tushmoqda. Aholi sonining ortishi natijasida shaharlarni kengaytirish, uylar, sanoat korxonalari va yodlar qurish uchun yer maydonlari zarur bo‘lmoqda. Katta shaharlar atrofidagi yerlarning tabiati ham o’zgarmoqda.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish