«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf



Download 0,51 Mb.
bet30/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

0‘txo‘r hayvonlar

Go‘shtxo‘r hayvonlar

1.

1.

2.

2.

3.

3.

4.

4.

5. Oziq zanjiri nima?
1- savol bo‘yicha javob berishga tayyor boTgan o‘quv-chidan fikr-mulohazasini bayon qilish so‘raladi. Javob bergan o‘quvchining fikr-mulohazasi boshqa o‘quvchilar tomonidan to’ldiriladi.
Keyingi har bir savol bo'yicha ham avvaliga bir o‘quvchining fikr-mulohazasi eshitiladi, so‘ngra boshqa o‘quvchilar shu savol bo‘yicha fikr-mulohazalarini aytadilar. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarning fikr-mulohazalari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini oshkor qilmaydi. Bu bilan o‘quvchilarni erkin fikrlash va o‘z fikrini bayon qilishga o‘rgatiladi.
Barcha savollar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirib boTingandan so‘ng o‘qituvchi o‘z fikrini aytishi va faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirishi mumkin.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish uyga vazifa sifatida beriladi. Mustaqil ravishda bitta oziq zanjirini tuzish.
Ko’rildi: O’.I.B.D.O’:-----------------
SANA:1.O4.2016-2O17
SOG‘LIG‘IMIZNI SAQLAYLIK
ODAM TANASINING TUZILISHI
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga odam tanasi, terisi, skeleti, muskullari va ularning vazifalari haqida ma’lumotlar berish, odam tanasining tuzilishi bo‘yicha o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarga terini toza tutish, to‘g‘ri o‘tirish, muskullarni chiniqtirishni o‘rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: odam tanasining tuzilishi, skeleti va muskullari haqida o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirish.
Darsning jihozlari: odam tanasi, skeleti va muskullari tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: savol-javob, amaliy ishlar o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, odam tanasi, skeleti va muskullari tasvirlangan rasmlarni osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Hayvonlarning xilma-xilligi» mavzusi yakunida berilgan savollarga o‘quvchilar javob beradilar. Ularga quyidagi qo‘shimcha savollar berilishi mumkin:
1. O‘rmonda qanday hayvonlar yashaydi?
2. Tog‘larda yashovchi yovvoyi hayvonlardan qaysilarini bilasiz?
3. Dashtlarda qanday hayvonlar yashashini bilasizmi?
4. Suvda yashovchi hayvonlardan qaysilarini bilasiz?
5. Baqa va qurbaqalar qayerda yashaydi?
6. Tuzgan oziq zanjiri o‘qib beriladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «Odam tanasining tuzilishi» mavzuyi boshida berilgan quyidagi savollar bo‘yicha o’quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi:
1. Odamning sezgi organlari nimalardan iborat?
2. Odam tanasining tashqi va ichki organlaridan qaysilarini bilasiz?
O‘quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradi, qolganlari to‘ldiradi.
Yangi mavzu bo’yicha o‘quvchilarga odam tanasi, terisi, skeleti, muskullari va ularning vazifalari bo‘yicha darslik matnida keltirilgan ma’lumotlar tushuntirib beriladi. Yangi mavzuni bayon etishda o‘qituvchi darslikdan tashqari quyida keltirilgan matndan ham foydalanishi tavsiya etiladi.
Odam tanasi. Odam — tabiatning bir bo‘lagidir. U jonli tabiat orasida o‘zining aql-idroki va mehnat qilish qobiliyati bilan alohida ajralib turadi. Odam — fikr yuritish, gapirish, o‘qish, yozish, yangiliklar yaratish kabi xislatlarga ega bo‘lgan mavjudotdir.
Odam o’zining aql-zakovati va mehnati bilangina emas, tanasining mukammalligi va jismonan yetukligi bilan ham boshqa jonzotlardan farq qiladi. Odam tanasi nimalardan tashkil topgan?
Bosh, bo‘yin, gavda, qo‘l va oyoqlar — odam tanasining qismlaridir. Bizning tanamiz teri bilan qoplangan. Terimiz ostida mushaklar, ya’ni muskullar bor. Muskullar suyaklarga paylar orqali birikkan.
Odam tanasi tashqi va ichki a’zolardan iborat. Ularning har biri hayotimiz uchun zarur bo‘lgan vazifalarni bajaradi. Masalan, ko‘z — ko‘rish a’zosi. Til — ta’m bilish a’zosi. Quloq — eshitish a’zosi.
Ko’pgina a’zolar tana ichidagi bo‘shliqlarda joylashgan. Odam tanasida, asosan, uchta bo’shliq — kalla suyagi, ko‘krak qafasi va qorin bo’shliqlari mavjud. Kalla suyagi bo‘shlig‘ida bosh miya, ko’krak qafasi bo‘shligdda yurak va o‘pka, qorin bo‘shlig‘ida oshqozon, ichaklar, jigar va boshqa a’zolar joylashgan. Ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i bir-biridan yupqa parda bilan ajralgan.
Odam skeleti. Tanamizda 200 dan ortiq suyak bor. Ular shakli va katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Suyaklar o‘zaro birikib, skeletni hosil qiladi.
Skelet juda katta ahamiyatga ega. Odam turganda, harakat qilganda, o‘tirganda, hattoki, yotganda ham u tayanch vazifasini bajaradi. Skelet ichki a’zolarni o‘zaro shikastlanishlardan saqlashda ham katta ahamiyatga ega. Masalan, kalla suyagi bosh miyani, umurtqa pog‘ona-sining suyaklari orqa miyani, ko‘krak qafasi suyaklari esa yurak va o‘pkani himoyalab turadi.
Odam skeleti kalla, gavda, qo‘l va oyoq skeletlaridan iborat.
Suyaklar mustahkam va qattiq bodadi. Masalan, oyoq suyaklari butun tana og‘irligidan tashqari biz kodargan yukni ham ko‘taradi. Suyaklar juda yengil bodadi. Masalan, tana ogdrligi 70 kilogramm bodgan odam skeletining ogdrligi bor-yo‘gd 8 kilogramm keladi.
Umurtqa pog‘onasi gavdamizning asosiy tayanchi bodib xizmat qiladi. Umurtqa pog‘onasi umurtqalardan tashkil topgan. Ularning soni 33 ta yoki 34 ta bodadi. Har bir umurtqa bir-biri bilan pay va bo‘g‘imlar yordamida birikkan. Shuning uchun umurtqa pog‘onasi egiluvchan bodib, biz oson egilamiz yoki burilamiz.
Bolalar va o‘smirlarning umurtqa pog‘onasi hali todiq rivojlanmagan bodadi. Sport bilan, har xil harakatli o‘yin yoki jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish umurtqa pog‘onasini to‘g‘ri o‘stiradi va mustahkamlaydi. Agar kimki doimo qiyshayib yoki bukchayib o‘tirsa, engashib yursa, shu odamning umurtqa pog'onasi qiyshayib o‘sadi.
Odam umurtqa pog‘onasining 12 ta umurtqa suyagiga 12 juft qovurg‘a birlashgan bodadi. Bu umurtqa suyaklari, qovurg‘alar hamda to‘sh suyagi ko'krak qafasini tashkil etadi. Nafas olganda qovurg‘alar kodariladi va kengayadi. Nafas chiqarganda esa pasayadi va torayadi.
Bukilib yurish va qiyshayib o‘tirish ko‘krak qafasi-ning noto‘g‘ri rivojlanishiga olib keladi. Agar siz dars vaqtida ko‘kragingizni stolga tirab o‘tirsangiz, ko‘krak qafasi suyaklari qiyshayib o'sadi. Uning to‘g‘ri rivoj-lanishini ham qiyinlashtiradi va tez-tez kasalliklarga chalinib turishga sabab bo‘ladi. Ko'krak qafasi yaxshi rivojlanishi uchun badantarbiya bilan, ayniqsa, yugu-rish bilan shug‘ullanish foydalidir.
Odam muskullari. Skelet suyaklarining holati muskullar yordamida o‘zgaradi. Natijada odam harakatlanadi.
Qodingizni tirsakdan buking. Bunda tirsagingizning yuqori qismi bo'rtib chiqqanini va qattiq bo‘lib qolganini sezasiz. Shuning o‘zi qo‘l suyaklarini harakatga keltiradigan muskullardir.
Tanamizning terisida osuda muskullar bor. Odatda muskullar suyaklarga birikadi. Bunday muskullar skelet muskullarini tashkil etadi. Ular skelet suyaklarini harakatga keltiradi. Skelet muskullari suyaklarga pishiq paylar bilan birikadi.
Odamning har bir harakati muskullarning ishi bilan bog‘liq. Tananing bukilishi va to‘g‘rilanishi, boshning burilishi, qo‘l va oyoqlar harakati muskullar orqali bajariladi.
Yuzning turli xil — jiddiy, muloyim, quvnoq yoki g‘amgin ko‘rinishi ham muskullarning holatiga bog‘liq. Yuz muskullari qisqarganda terining ayrim joylari holati va yuzning ko‘rinishi o‘zgaradi.
Odamning ko‘pgina ichki a’zolari, masalan, yurak, o‘pka, oshqozon va boshqalar ham muskullardan iborat. Barcha muskullarning massasi odam tanasining deyarli yarmini tashkil etadi.
Muskullar uzoq vaqt ishlashi natijasida toliqadi. Masalan, uzoq yurganda yoki yugurganda oyoq muskullari, biror ishni qo‘l bilan uzoq vaqt davomida bajarilganda qo‘l muskullari toliqadi.
Jismoniy tarbiya, sport va mehnat bilan shug‘ullan-maydigan odamlarning muskullari pishiq bo‘lmaydi.
Bunday odamlar tez charchab qoladilar. Yoshlikdan harakatli o‘yinlar, jismoniy mehnat va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullangan, ko‘p harakat qiladigan odamlarning muskullari baquwat, kuchli, yaxshi rivojlangan bodadi. Bunday odamlarning salomatligi yaxshi bodadi. Ularning qaddi-qomatlari chiroyli va kelishgan bodib, yengil va erkin harakat qiladilar.
Mavzu oxirida keltirilgan amaliy ishlar bajariladi. 0‘quvchilardan quyidagi topishmoqlar javoblarini topish so‘raladi:
1. Bir otadan besh o‘gdl. (Barmoqlar)
2. Dumaloq chodga mayda tol ekdim. (Bosh va sochlar)
3. Jar yoqalab tosh quydim,
Jiyronchani bo‘sh qo‘ydim. (Tishlar va til)
4. Ikki aka-uka yashaydi,
Bir-birini ko‘rmaydi. (Ko'zlar)
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilar bilan quyidagi savollar bo'yicha savol-javob o‘tkaziladi:
1. Odamning asosiy ichki a’zolarini ayting va yozing. Ular tanamizning qayerida joylashgan? Jadvalni toddiring.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish