Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi



Download 2,83 Mb.
bet3/154
Sana26.02.2022
Hajmi2,83 Mb.
#468400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Tuproqlar geografiyasi 2021 2022 Majmua Joniyev O T 5555

Tuproq unumdorligi, bu tuproqning о‘simliklarni suv, oziq moddalar, issiqlik va boshqa zarur hayot sharoitlari bilan ta’min etish qobilyatidir.
Tuproqshunoslik – tuproq tо‘g‘risidagi fan bо‘lib, biologik va qishloq xо‘jalik fanlari toifasiga kiradi; bu fan tuproqlarning paydo bо‘lishi (genezisi),
tuzilishi, tarkibi, rivojlanishi, xossalari, geografik tarqalishi, xossalari, geografik tarqalishi, tashqi muhit bilan о‘zaro aloqalari, eng muhim qishloq xо‘jaligi va iqtisodiyotda tuproqdan oqilona foydalanish yо‘llari hamda foydalanish sharoitida tuproq qoplamining о‘zgarishiga ta’luqli masalalarni о‘rganadi.
Tuproqlar geografiyasi tuproqshunoslikning eng muhim bо‘limi hisoblansada, u tuproqshunoslik bilan geografiyaning tutashuvida vujudga kelgan bо‘lib, tuproqqa oid mavjud xossalarning aksariyatini tabiiy sharoit bilan bog‘langan holda, tuproqni tabiatning о‘ziga xos muhim komponenti sifatida talqin etadi, tuproq muhofazasiga geografik yondoshadi. Umuman tuproqlar geografiyasi – tuproqlarni Yer sharida tarqalish qonuniyatlari tо‘g‘risidagi fandir.
Fanning tadqiqot ob’ekti, maqsadi va vazifalari Tuproqshunoslikda Dokuchayevning genetik tamoyillariga asoslangan tuproq-geografik tadqiqotlar Rossiya va sobiq ittifoq hududlarida keng quloch yoza boshladi, natijada tuproq geografiyasi alohida tabiiy – ilmiy fan darajasiga erishdi. Birinchi tuproq geografiyasi kafedrasi XX asrning 20-yillarida S.S.Neustruev boshchiligida Leningrad (Sankt-Peterburg) davlat universitetida tashkil etildi, olim tomonidan ,,Tuproqlar geografiyasi elementlari” nomli birinchi darslik yaratildi (1930-1931). 1939 yilda Moskva universitetining geologiya-tuproqshunoslik fakultetida, 1946 yilda Voronej universitetida ham ,,Tuproqlar geografiyasi” kafedralari tashkil etildi. Ushbu kafedralarning tashkil etilishi bilan tuproqshunoslar va geograflar uchun muntazam darsliklar chop etila boshlandi.
Demak, kо‘rinib turibdiki ,,Tuproqlar geografiyasi” tabiiy-ilmiy fan sifatida paydo bо‘lganiga bir asr bо‘libdi. Fan – bu tartibga va tizimga keltirilgan bilimlar majmuasi bо‘lsa, har qanday bilimlar ikki tarkibiy qismlardan iborat bо‘ladi: obyekt va usul (metod). Ob’ekt – bu tushunarli: gap nima haqida ketmoqda, nima tadqiq qilinadi. Usul esa – bu obyekt qanday о‘rganiladi demakdir. Shundan kelib chiqiladigan bо‘lsa, ,,Tuproqlar geografiyasi”ning tadqiqot obyekti – bu tuproq qopla
mi, aniqrog‘i tuproqlarning tarqalishi va ularning sabablaridir.
Fan nuqtai nazaridan uning maqsadi tuproqlarning geografik va ekologik jihatlarini chuqur bilish hamda tuproqlarning geografik tarqalish qonuniyatlarining mohiyatini anglashdir. Ushbu fanning о‘qitilishidan kо‘zda tutilgan maqsad esa tuproqlarning hosil bо‘lish omillarini va sharoitlarini, tuproqning tabiat komponenti sifatida boshqa komponentlar bilan о‘zaro aloqadagi о‘rni va ahamiyatini hamda о‘ziga xos xossalari tо‘g‘risidagi bilimlarni berishdir.
Tuproqlar geografiyasining asosiy vazifasi tuproq qoplamining zonal-regional hamda landshaft-ekologik xususiyatlaridan kelib chiqib undan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ilmiy asoslari hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Ushbu vazifalarni navbatma-navbat yechishda qishloq, о‘rmon va yer resurslaridan foydalanuvchi boshqa xо‘jaliklarni har xil masshtabdagi tuproq xaritalari va tuproq-geografik hamda ekologik rayonlashtirish xaritalari bilan tо‘liq ta’minlash taqozo etiladi. Bunda tuproq xossalari bо‘yicha ma’lumotlar, tuproq qoplamini muhofaza qilish va biologik mahsuldorlikning barqarorligini ta’minlovchi usullar о‘z aksini topishi maqsadga muvofiqdir.
,,Tuproqlar geografiyasi”ning boshqa fanlar bilan о‘zaro aloqadorligi va tadqiqot usullari Tuproqlar geografiyasi keng qamrovli tabiiy – ilmiy fan sifatida kо‘plab boshqa fanlar bilan о‘zaro aloqada rivojlanadi. Xususan, qaysiki ularning yutuqlari hamda tadqiqot usullaridan bevosita foydalanadigan fundamental fanlar (fizika, kimyo, matematika), tabiiy, qishloq xо‘jalik, iqtisodiyot, shuningdek biologik-geologik-geografik fanlar (geologiya, tabiiy geografiya, geobotanika, biologiya, mikrobiologiya va b.) shular jumlasidandir.
Tuproqlarning paydo bо‘lishi, rivojlanishi, tarkibi, tuzilishi, xossalari va geografik tarqalishi kabi murakkab jarayonlarni о‘rganishda tuproqlar geografiyasi qator tadqiqot usullari tizimiga tayanadi. Ulardan asosiylari: qiyosiy – geografik, qiyosiy – analitik, kartografik, distansion usullar hisoblanadi.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish