Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi reja I. Kirish II. Asosiy qism


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik



Download 31,76 Kb.
bet3/6
Sana29.05.2022
Hajmi31,76 Kb.
#615895
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekologiya Ramazon

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik
Ma’lumki, tabiiy resurslar-er, suv, o'rmon, er osti boyliklari va shu kabilar mol-mulk obъekt¬lari tizimida alohida o'rin egallaydi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida erga va boshqa tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik masalasi umumiy kontseptual g'oya tarzida hal etildi. Asosiy qonunimizda tabiiy resurslar xususiy mulk yoki davlat mulki bo'ladi degan bevo¬sita ko'rsatma mavjud emas. Konstitutsiyaning 55-moddasi mazmuni tizimli tahlil etilganda quyidagi xulosaga kelishi mumkin. Birin¬chidan, tabiiy resurslar obъektlar doirasi belgilab qo'yilgan: er, er osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa ta¬biiy zahiralar. Ikkinchidan, tabiiy resurslar umummilliy boylik¬dir. Demak, barcha O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va kelgusi avlodlar undan foydalanishga haqli. Umummilliy boylik turli mulk shakllarida bo'lishi mumkin. Agar mustaqillgimizning ilk bosqichlarida tabiiy resurslar faqat davlat mulkchiligida mavjud bo'lgan bo'lsa, keyinchalik asta-sekin ularga nisbatan ham xususiy mulkchilikka yo'l qo'yla boshlandi. Agar 1997 yil 01 martda kuchga kiritilgan Fuqarolik Kodeksida er va boshqa tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik masalalari boshqa qonunlarga havola etish bilan cheklangan bo'lsa, 1998 yilda qabul qilingan. Er Kodeksi erga nisbatan xususuiy mulkchilik mavjud bo'lishligini belgilab qo'ydi.
Tabiiy resurslar boshqa mol-mulk kabi O'zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishning moddiy asosidir.Birinchidan, ular ko'p hol¬larda inson mehnatini mahsuli emas, foydalanib bo'lgandan keyin qayta tiklanmaslik xususiyatiga ega yoxud qayta tiklash uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi.
Ikkinchidan, tabiiy resurslar jonli va jonsiz tabiatning tarkibiy qismi, inson yashash muhiti bilan uzviy bog'liq, Binobarin, tabiiy resurslardan har qanday foyda¬lanish va unga taъsir qilish bevosita boshqa shaxslarga va jamiyatga muayyan darajada taъsir etmasdan iloji yo'q.Uchinchidan, tabiiy resurslardan foydalanmasdan turib har qanday ishlab chiqarish jarayonini tashkil etib bo'lmaydi. Iqtisodiy tizimda tabiiy re¬surslar ishlab chiqarish vositasi sifatida namoyon bo'ladi.
Shuni eъtirof etish lozimki, rivojlangan mamlakatlar Kons-titutsiyalarida bu masala turlicha hal etilgan. Masalan, 1787 yil 17 sentyabrda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida bu masala umumiy tarzda hal etilgan.
Konstitutsiyaning muqaddima qismida “umumiy farovonlikni taъminlash, hozirgi va kelgusi avlodlar uchun neъmatlarni mustah-kamlash” bo'yicha AQSh xalqi erki izhor etiladi. 1781 yilda kiri¬tilgan huquqlar to'g'risidagi Billning IV tuzatishida shaxs, turar-joy, qog'ozlar, va mol-mulk daxlsizligi belgilab qo'yilgan o'sha vaqtda tabiiy resurslar inson o'zlashtirish imkoniyatidan ko'prok bo'lgani, industirlashtirishga asoslangan ishlab chiqarish mavjud bo'lmagani sababli yuqoridagi muammo ham mavjud bo'lmagan. 1949 yil 23 mayda qabul qilingan Germaniya Konstitutsiyasi¬ning 15-moddasida ko'rsatilishicha Er va qazilma boyliklar tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalari tovon to'lash turlari va miqdorlarini tartibga soluvchi qonunga muvofiq umumlashtirish maqsadlarida ijtimoiy mulkka yoki ijtimoiy xo'jalikning boshqa shakllariga o'tkazilishi mumkin. Bundan shunday holat kelib chiqa¬diki, Germaniyada tabiiy resurslarni dastlabki boshlang'ich shaklda xususiy mulk sifatida namoyon bo'ladi. Biroq, bundan tabiiy resurs¬lar xususiy mulk sifatida fakat xususiy mulkdor manfaatlari yo'lida foydalanishi mumkin degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Germaniya Konstitutsiyasining 14-moddasi 2-bandida mulk majburiyat yuklaydi, undan foydalanish bir vaqtning o'zida umumiy farovon¬likka xizmat qilishi belgilab qo'yilgan.1958 yil 4 oktyabrda qabul qilingan Frantsiya Konstitutsiyasiga 1946 yilda qabul qilingan konstitutsiyani muqaddimasi tarkibiy qism sifatida kiritilgan. Unda milliy ijtimoiy xizmat yoki faktik manapoliya belgilariga ega yoki ega bo'ladigan har qanday mol-mulk korxona jamoa mulkiga aylantirilishi lozim deb belgilab qo'¬yilgan.1947 yil 3 mayda qabul qilingan Yaponiya konstitutsiyasining 29-moddasida quyidagi normalar belgilab qo'yilgan. “Mulk huquqi buzilmasligi lozim. Ijtimoiy farovonlikka zid kelmaslik maqsa¬dida mulk huquqi qonun bilan belgilanadi. Xususiy mol-mulkdan ommaviy maqsadlarda adolatli to'lov evaziga foydalanish mumkin.”1993 yil 12 dekabrda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasi konstitu-tsiyasida tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik munosabatlarini belgilashda xususiy mulkka urg'u berish holati kuzatiladi. Konsti-tutsiyaning 36-moddasiga binoan fuqarolar va ularning birlashma¬lari erga nisbatan xususiy mulkdor bo'lishga haqli. Erga va boshqa tabiiy resurslarga nisbatan egallash, foydalanish, tasarruf qilish agarda bu atrof muhiga zarar etkazmasa va boshqa shaxslarni huquq¬lari qonuniy manfaatlarini buzmasa mulkdorlar tomonidan erkin ravishda amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 iyulda chiqargan “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band bo'lgan er uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida”gi Farmoni erga nisbatan xususiy mulkchilikni amalga oshirish mexanizimini yaratdi. Demak konstitutsiyada mulkchilik shakllarini bevosita ko'rsatmagan holda umumiy boylik sifatida ko'rsatilishi qonunlarni rivojlantirishga juda katta zahira im-koniyatlar vujudga keltirdi. Uchinchidan, konstitutsiyada tabiiy re-surslardan foydalanish xarakteri belgilab qo'yilgan. Tabiiy re-surslardan foydalanuvchi xususiy mulkdor yoki ommaviy mulk subъekti bo'lishidan qatъi nazar undan oqilona foydalanishi shart. Bunda oqilona foydalanish, maqsadli foydalanish, tejab-tergab foydalanish atrof muhitga zarar etkazmaslik tabiiy resursni yahshi saqlash yoki qayta tiklash mezonlariga javob berishi lozim. Va ni¬hoyat to'rtinchidan, tabiiy resurslar kimning mulki bo'lishidan qatъi nazar va hatto xususiy mulkdorga tegishli bo'lgan taqdirda ham davlat muhofazasida hisoblanadi. Binobarin, davlat tabiiy resurslardan kim foydalanilishidan qatъi nazar undan foydalanish ustidan nazorat o'rnatadi, monitoring yuritadi va zarur hollarda huquqbuzarlarga nisbatan yuridik taъsir choralarini ko'radi.

Download 31,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish